~ ~ O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/55
Sana30.12.2021
Hajmi3,95 Mb.
#96167
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti nazariy-uslubiy asoslari va uni organishning ahamiyati

~  ~ 
 
 
Ilk temir davrining 
xususiyati  
Ilk temir davrining  
yodgorliklari 
Aholining turmush tarzi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


~  ~ 
 
 
 
 
► TEMIRNING KASHF ETILISHI 
► 1500

DA ERIYDI 
► MILL.AVV/ 14-12 A. XETTLAR KASHF ETISHGAN 
► DASTLAB ZEB-ZIYNAT UCHUN ISHLATILGAN 
► 2-MEHNAT TAQSIMOTI: HUNARMANDCHILIKNING 
DEHQONCHILIKDAN AJRALIB CHIQISHI 
► KORIZLAR 
► HUDUDIY QO’SHNICHILIK JAMOASI 
► QABILALARARO HARBIY ITTIFOQ 
► JAMIYAT BOSHLIQLARINI AJRALIB CHIQISHI 
► AHOLINING TABAQALANISHI 
► QABILA-URUG’-HUDUDIY QO’SHNICHILIK JAMOASI-DAVLAT 
► PATRIARXAT OILANING YUZAGA KELISHI 
► HARBIY DEMOKRATIYA 
► BOSHQARUV TIZIMI 
DALVARZIN 
► ANOV 
► QIZILTEPA 
► DARATEPA 
 


~  ~ 
 
O’ZBEKISTON HUDUDIDA BRONZA VA TEMIR DAVRI MANZILGOHLARI 
 
 
Reja: 
1.O’zbekiston hududida bronza davri manzilgohlari. 
2.O’zbekiston hududida temir davri manzilgohlari. 
3.O’lkamiz hududlarida dastlabki shaharsozlik madaniyati 
 
 
 
Tayanch tushunchalar: 
Bronza davri, temir davri, manzilgohlar, shaharsozlik madaniyati, sug’orma 
dehqonchilik, Sopollitepa. 
 
 
 
Nazorat uchun savollar: 
1.O’zbekiston hududida bronza davri manzilgohlarini aniqlang. 
2.O’zbekiston hududida temir davri manzilgohlarini aniqlang. 
3.O’lkamiz hududlarida dastlabki shaharsozlik madaniyati haqida ma’lumot 
bering. 
4.O’zbekiston hududida sug’orma dehqonchilik qachon paydo bo’lgan va uning 
ahamiyati nimalardan iborat. 
5.Sopollitepa manzilgohi haqida ma’lumot bering. 
6.O’lkamiz hududidagi eng qadimgi shaharlar haqida ma’lumot bering 
 
 
Adabiyotlar: 
1. Arxeologlar hikoya qiladi. To’plam. Toshkent, 1974. 
2. Arsixovskiy A. Arxeologiya asoslari. Toshkent, 1970. 
3. Askarov A, Alьbaum L.Poseleniye Kuchuktepa. Tashkent, 1970. 
4. Borisovskiy A.I. Drevneysheye proshloye chelovechestva. Moskva. Nauka, 
1980. 
5. Kabirov J, Sagdullayev A.O’rta Osiyo arxeologiyasi. Toshkent, 1990. 
6. Muhammadjonov A. Qadimgi Buxoro. Toshkent, 1991. 
7. Okladnikov A.P. Paleolit i mezolit Sredney Azii. Vkn. Srednyaya Aziya v 
epoxu kamnya i bronzi. M. - L., 1966. 
8. Tolstov S.P. Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab. Toshkent, 1964. 
9. Taylor E.B. Pervobыtnaya kul’tura. Per. s angl. D. A. Koropchevskogo.M., 
1989. 
10. Cheboksarov N.N., Cheboksarova I.A. Narodы, rasы, kulьturiы. M.: Nauka, 
1985. 
11.O’zbekiston tarixi. Sagdullayev A., Eshov B. tahriri ostida. 
Toshkent.Universitet, 1997, 2-nashri, 1999. 
 
Nafaqat  O’zbekiston,  balki  dunyo  tarixida  ilk  davlatchilikning  paydo  bo’lishi  masalalari 
xozirgi  kunda  tadqiqotchilar  orasida  eng  dolzarb  bo’lib  turgan  muammolardan  biri  hisoblanadi. 
Masalani o’rganib, unga aniqlik kiritishdan oldin davlatchilikning ildizlari va paydo bo’lish shart-
sharoitlariga diqqat-e’tiborni qaratmog’imiz lozim. 
Yangi  tosh  asriga  (neolit)  kelib  O’rta  Osiyo  hududlarida  dehqonchilikning  paydo  bo’lishi 
jamiyat  hayotida  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot  jarayonlarini  yanada  tezlashtirdi.  Bronza  davriga 
kelib  esa  dehqonchilikdan  chorvachilikning  ajralib  chiqishi,  ixtisoslashgan  hunarmandchilik 


~  ~ 
 
xo’jaliklarining  rivojlanishi  natijasida  ishlab  chiqarish  xajmi  ko’payib,  mehnat  qurollari  yanada 
takomillashib  bordi.  Jamiyatda  ishlab  chikaruvchi  xo’jalikning  paydo  bo’lishi  va  jadallik  bilan 
rivojlanishi o’z navbatida ijtimoiy hayotdagi o’zgarishlarning sabab bo’ldi. 
Tadqiqotchilarning  fikrlariga  qaraganda,  sun’iy  sug’orishga  asoslangan  dehqonchilik  O’rta 
Osiyo  xo’jalikning  asosi  hisoblanib,  bu  jarayon  janubiy  Turkmaniston,  Tojikiston  va 
O’zbekistonning  janubida  bronza  (mil.  avv.  III-II  yilliklar)  davrida,  Toshkent  vohasi  va  uning 
atroflarida  esa  ilk  temir  (VIII-IV  asrlar)  davrida  shakllanib  rivojlandi.  O’rta  Osiyoda  ilk  davlat 
uyushmalari  sun’iy  sug’orish  birmuncha  qulay  bo’lgan  Amudaryo  (yuqori,  quyi,  o’rta)  oqimlari 
bo’ylarida,  Murg’ob  voxasida,  Zarafshon  va  Qashqadaryo  voxalarida  shakllanib  rivojlanadi. 
Bunday xolatni dunyo tarixidaga dastlabki davlatlar - Misr (Nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) 
misolida xam kuzatish mumkin. 
Hozirga  kunga  kelib,  O’rta  Osiyoning  juda  ko’plab  bronza  va  ilk  temir  davriga  oid 
yodgorliklaridan  (Sopolli,  Jarko’ton,  Anov,  Qiziltepa,  Ko’zaliqir,  Afrosiyob,  Chust,  Dalvarzin, 
Daratepa va boshq.) Ishlab chiqaruvchi xo’jalik bilan bevosita bog’liq bo’lgan metall qurollar topib 
o’rganilgan. Metall qurollarining mehnat qurollari sifatida jamiyat hayotiga keng yoyilishi mehnat 
unumdorligining yanada yuksalishi uchun ulkan imkoniyatlar yaratib, bu jarayon davlatchilik paydo 
bo’lishini yanada tezlashtirdi. 
So’nggi  bronza  davriga  kelib  kulolchilik  charxining  ishlatila  boshlanishi  natijasida  Sopolli, 
Oltintepa,  Gonur,  Jarqo’ton  kabilarda  kulolchilik  mahallalari  paydo  bo’ladi.  Shuningdek, 
hunarmandchilikning toshga, metallga, yog’ochga, suyakka ishlov berish turlari xam keng tarqaladi. 
Hunarmandchilikning  ixtisoslashuvi  aloxida  xo’jalik  tarmog’i  sifatida  shakllanib  rivojlanishi 
jamiyatdagi  iqtisodiy  taraqqiyot  uchun  muhim  ahamiyatga  ega  bo’lib,  davlatchilik  paydo  bo’lishi 
uchun muxim bo’lgan qo’shimcha maxsulot ko’payishiga turtki bo’ldi. 
O’rta  Osiyo  hududlarida  yashagan  aholi  qadimgi  davrlardan  boshlab  o’zaro  munosabatlarni 
rivojlantirib  kelganlar.  Bronza  davriga  kelib  shimoldagi  ko’chmanchi  chorvador  qabilalar  va 
janubdagi o’troq dehqonchilik aholisi o’rtasida o’zaro mol ayirboshlash va madaniy aloqalar yanada 
jadallashdi. Bu o’rinda o’sha davrda shakllanib keyinchalik yanada rivojlangan qadimgi yo’larning 
axamiyati beqiyos bo’ldi. Bu yo’llar orqali O’rta Osiyo qadimgi aholisi mintaqadan tashqari qo’shni 
davlatlar  Mesopotamiya,  Misr,  Hindiston,  Eron,  Afg’oniston  kabilar  bilan  turli  aloqalarni 
rivojlantirganlar. 
Xullas, Bronza davriga kelib aholi ishlab chiqarishning ma’lum bir soxalariga - dehqonchilik, 
chorvachilik va  hunarmandchilikka ixtisoslashib bordi. Bu jarayon ishlab chiqaruvchi  kuchlarning 
o’sishi  va  ularning  bir  yerga  to’planishi  uchun  zamin  yaratadi.  Ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning 
o’sishi  o’z  navbatida  mahsulot  hajmining  o’sib,  qo’shimcha  mahsulot  paydo  bo’lishiga  sabab 
bo’ldi.  Demak,  qadimgi  xo’jaliklarning  ixtisoslashuvi,  sug’orma  dehqonchilikning  rivojlanishi, 
metallning hayotga jadallik bilan  kirib  kelishi va  yoyilishi, hunarmandchilikda turli  tarmoqlarning 
rivojlanishi, o’zaro ayirboshlash va savdo-sotiq taraqqiy etishi natijasida jamiyat hayotida ijtimoiy-
iqtisodiy yuksalish kuzatiladi. Bu yuksalish ilk davlatchilikning asosiy poydevori hisoblanadi. 
Mil.  avv.  IV  ming  yillikka  kelib  qadimgi  Misr  xo’jaligida  sun’iy  sug’orishga  asoslangan 
dehqonchilik  katga  yutuqlarga  erishadi.  Ko’p  tarmoqli  bo’lgan  hunarmandchilik  dehqonchilikdan 
ajralib chiqadi. Savdo-sotiq keng miqyosda rivojlanib boradi. Aynan mana shu davrda jamiyatning 
ijtimoiy  hayotida  ham  tubdan  o’zgarishlar  bo’lib  o’tdi.  Aholi  orasida  tabaqalanish  ro’y  berib, 
jamiyat  uchta  -  hukmron  qatlam  (qabila  oqsoqollari,  kohinlar,  boy  jamoachilar),  dehqonchilik 
jamoasi a’zolari (qad. Misr jamiyatdagi moddiy chiqaruvchilar) va qullar qatlamlariga bo’linadi. 
Mil. avv. IV ming yillikning ikkinchi yarmida Qadimgi Misrda shahar markazi atrofidagi bir  
nechta  qishloqlar  birlashtirgan    unchalik    katta    bo’lmagan      viloyatlar      (nomlar)  doirasida    


~  ~ 
 
dastlabki    davlatlar    paydo    bo’ladi.   Markaziy shaharlar markazida hukmdor qarorgohi va bosh 
xudo  ibodatxonasi  joylashgan.  Bu  davrda  Quyi  Misrda  22  ta  nom,  Yuqori  Misrda  20  ta  nom 
bo’lgani ma’lum. Mil. avv. IV ming yili oxirlariga   kelib   barcha   nomlar   birlashtirilib   Quyi 
Yuqori  podsholiklar  tashkil  topadi.  Quyi  Misr  podsholigi  poytaxti  Enxab  (Nexen)  shahri,  Yuqori 
Misr  podsholigi  poytaxti  esa  Buto  shahri  edi.  Kadimgi  Misrning  rivojlanishi  O’rta,  Yangi  va 
So’nggi podsholiklar davrlariga bo’linadi. 
Mil. avv. V ming yillikka kelib,   qadimgi  Mesopotamiya aholisi hayotida Xalaf madaniyati 
(Tal-Xalaf  qishlog’i  nomidan)  ma’lum  ahamiyatga  ega  bo’lgan  bo’lsa-da,  bu  hududlarda 
jamiyatning  tabaqalashuvi   va  davlatchilikning  paydo   bo’lishi hamda Shumer sivilizatsiyasining 
asoslari Uruk (IV minglikning ikkinchi yarmi) madaniyati bilan bog’liqdir. 
Bu  davrda  Mesopotamiya  xo’jaligining  asosini  sug’orma  dehqonchilik tashkil  etardi.    Asta-
sekinlik  bilan  dehqonchilikdan  hunarmandchilik  xo’jaliklari  ajralib  chiqib,  ular  jamiyat 
rivojlanishida  katta  ahamiyatga  ega  bo’lgan  tarmoqlarga  aylana  boshlaydi.  Ichki  va  tashqi 
almashinuv  rivojlanadi.  Qo’shni  viloyatlardan  mis,  oltin,  qurilish  mollari,  qimmatbaxo  toshlar 
keltirila boshlanadi. Manzilgoxlar o’lchamlari kengayib, ular madaniy, ma’muriy, siyosiy va diniy 
markazlarga aylanib boradi. 
Mil. avv. IV ming yillikka kelib ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi natijasida ishlab 
chiqarish munosabatlar ham taraqqiy etadi. Natijada Mesopotamiya jamiyatda mulkiy tengsizlik va 
ijtimoiy  tabaqalanish  ro’y  beradi.  Mil.  avv.  III  yillikning  boshlari  Mesopotamiyaning  (Tigr  va 
Yevfrat  daryolari  vodiysi)  janubida  Shumer,  O’rta  qismida  esa  Akkad  kabi  davlatlar  Eredu,  Ur, 
Larsa, Uruk, Umma, Lagas kabi bir nechta shahar-davlatlar mavjud edi. O’sha davr Mesopotamiya 
rivojlanishining asosini sug’orma dehqonchilik tashkil etardi. 
O’lkamiz  hududlarida  dastlabki  shaharsozlik  madaniyati.  Tadqiqotchilarning  fikrlariga 
qaraganda,  ilk  shaharlarni  paydo  bo’lishi  dastlabki  davlatchilik  shakllanishida  eng  muhim  asosiy 
omil bo’lib, bu ikkala jarayon  uzviy bog’liq holda kechgan.  
Ma’lumki, mil. avv. II ming yillikka kelib qadimgi O’zbekistonning dehqonchilik vohalarida 
o’troq  qabilalar  rivojlanib,  aholining  alohida  joylashuv  tizimi  shakllanadi.  Aholining  alohida 
joylashuv  manzilgoxlaridagi  ijtimoiy-iqtisodiy  o’zgarishlar-o’troq  dehqonchilikning  rivojlanishi, 
aholi  zichligining  yuqori  darajasi,  hunarmandchilikning  taraqqiy  etishi,  ijtimoiy  tabaqalanish  va 
boshqaruv  tizimining  murakkablashib  borishi,  o’zaro  almashinuv,  savdo-sotiq  va  madaniy 
aloqalarining  kuchayishi  hamda  harbiy-siyosiy  vaziyat  O’zbekiston  hududlarida  dastlabki 
shaharlarning paydo bo’lishida asosiy omillardan hisoblanadi. 
Jamiyat  hayotida  sodir  bo’lgan  ijgimoiy-iqtisodiy  o’zgarishlar  mil.  avv.  III  ming  yillikning 
oxiri  II  ming  yillikning  boshlariga  kelib,  O’rta  Osiyo  hududlarida  dastlabki  shaharlarning  paydo 
bo’lishiga olib keladi. Shahar madaniyatining shakllanishi ham xuddi jamiyat taraqqiyotida bo’lgani 
kabi uzluksiz taraqqiyot yo’li bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga ko’ra shaharsozlik madaniyatining 
shakllanishi, uzoq, bosqichma-bosqich davrlarni bosib o’tgan. Mil. avv. II ming yillikka oid O’rta 
Osiyodagi  Jarqo’ton,  Sopolli,  Dashli,  Gonur,  Namozgoh,  Oltintepa,  Ulug’tepa  kabilarda  ilk 
shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi uchun quyidagi omillar muxim ahamiyatga 
ega bo’ldi; 
• aholining o’troq dehqonchilikka o’tishi va keng vohalar bo’ylab yoyilishi
• hunarmandchilikning rivojlanishi va ayrim sohalarga ixtisoslashishi; 
•  qadimgi  savdo  yo’llarining  rivojlanishi  natijasida  iqtisodiy  va  madaniy  aloqalar  hamda 
savdo-sotiqning taraqqiy etishi; 
• tabiiy-geografik hamda harbiy-strategik shart-sharoitlar. 


~  ~ 
 
Shahar  madaniyati  dastavval  O’zbekistonning  janubida,  Surxondaryo  hududida  shakllandi, 
so’ngra  esa  shimolga  So’g’d  (Qashqadaryo,  Samarqand,  Buxoro),  Xorazm,  Shosh  va  Farg’ona 
hududlariga  tarqaldi.  Bu  -  aynan  yurtlar  va  xalqlar  taraqqiyotidagi  notekislik  kabi  tarixiy 
qonuniyatga zid emas. 
Ko’p  sonli  arxeologik  topilmalarning  dalolat  berishicha,  O’zbekistondagi  ayrim  ko’hna 
shaharlarning  yoshi  2700-3000  yildan  kam  emas.  Ularga  Afrosiyob  (Samarqand),  Qiziltepa 
(Surxondaryo),  Uzunqir,  Yerqo’rgon  (Qashqadaryo)  kabilar  kiradi.  Qadimgi  shaharlar  -  tarixiy 
rivojlanishdagi  urbanistik  jarayonda  muhim  ahamiyatga  ega  bo’lgan  jamiyat  taraqqiyotining 
ijtimoiy  asosi  hisoblanadi.  Fikrimizcha,  shaharlar  tarixini  o’rganish  jarayonida  dastavval,  eng 
qadimgi  shaharlar  shakllanishi  va  rivojlanishi;  aniq  hududlar  va  viloyatlardagi  tarixiy-madaniy 
shart-sharoitning ta’siri; ekologik-geografik, ijtimoiy, iqtisodiy va demografik muhitlarning darajasi 
va  ta’sir  doirasi;  shaharlarning  vazifasi;  qadimgi  markazlarining  tarixiy-madaniy  jarayonlardagi 
o’rni ahamiyati masalalariga keng e’tibor qaratish lozim. 
Ko’pchilik  tadqiqotchilarning  fikrlariga  qaraganda  bronzaning  vatani  Kichik  Osiyo  va 
Mesopotamiya bo’lgan. Mill. avv. III ming yillikka kelib, O’rta Osiyo hududlarida bronza qurollar 
keng  tarqaladi.  O’zbekiston  hududlarida  bronza  davri  yodgorliklari  ko’plab  uchraydi.  Bu  davrga 
mansub madaniyat izlari dastlab Xorazm, keyinroq esa Zarafshon va Qashqadaryo hamda Farg’ona 
vodiylaridan topilgan. 
Ulardan  eng  yiriklari  Sopollitepa,  Jarqo’ton,  Tozabog’yob,  Zamonbobo,  Chust,  Amirobod 
yodgorliklaridir.  Bu  yodgorliklarda  olib  borilgan  tadqiqotlar  shundan  dalolat  beradiki,  bronza 
davrida  branza  davrida  kishilik  jamiyati  madaniy  tarakqiyotida  katta-katta  o’zgarishlar  sodir 
bo’ladi. Aholi xo’jalik yuritishining muayyan ko’rinishlariga yaьni vohalarda, ko’llar, daryolar va 
soylar  bo’ylarida  dehqonchilikka,  dasht  va  tog’oldi  hududlarida  chorvachilikka  (mehnatning 
dastlabki yirik taqsimoti) o’tib oldi. 
Bu  davrga  kelib,  O’rta  Osiyoning  ijtimoiy  tuzumida  ham  o’zgarish  jarayonlari  bo’lib  o’tdi. 
Urug’chilik  tuzumi  bronza  davridayam  davom  etgan  bo’lsada  ona  urug’ining  mavqei  yo’qolib 
bordi.  Metall  eritish  va  xo’jalikning  rivojlanishi  natijasida  jamiyatda  erkaklar  mehnat  va  mavqei 
birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lib bordi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, bronza 
davri  jamiyat  taraqqyotida,  dehqonchilik,  chorvachilik,  ovchilik  va  hunarmandchilikning 
rivojlanishda erkaklar yYetakchilik qilganlar. Ayollar erkaklar ishlab chiqargan narsalarni iste’mol 
qilishda  ishtirok  etsalar  ham,  unga  egalik  qilishdan  mahrum  bo’ladilar.  Ishlab  chiqarishda 
hukmronlik  qilish  shu  tariqa  erkaklar  qo’liga  o’tadi  va  ona  urug’i  tuzumi  o’rnini  ota  urug’i 
(patriarxat) tuzumi egallaydi.   
Bronza davriga kelib, ishlab chikaruvchi kuchlarning o’sishi, mehnat unumdorligining oshishi 
natijasida  kishilik  jamiyati  tarixiy-madaniy  taraqqiyotida  katta-katta  o’zgarishlar  sodir  bo’ldi.  Bu 
jarayonlarda bronzaning ahamiyati katta bo’ldi. Aholi xo’jalik  yuritishning ma’lum ko’rinishlariga, 
ya’ni  vohalarda,  ko’llar  va  soylar  bo’ylarida  dehqonchilikka  dasht  va  tog’oldi  hududlarida  esa 
chorvachilikka o’tib  oldi. Bu davrda jamiyat  hayotidagi  sodir bo’lgan turli taraqqiyot  jarayonlari-
kishilik tarixida muhim bosqich bo’lgan davlatchilikning paydo bo’lishi va rivojlanishi uchun ulkan 
ahamiyat kasb etdi.  
  Bronza  davrida  O’rta  Osiyoning  janubiy  qismida  baland  bo’yli,  boshi  cho’zinchoq,  yuzi 
ingichka ko’rinishdagi odamlar tarqalgan. O’rta Osiyoning shimoliy dashti va cho’l qismida boshi 
dumaloq, yuzi juda keng va cho’ziq bo’lmagan qabilalar yashagan. Janubiy qiyofali odamlar O’rta 
Yer  dengizi  irki  vakillari  deb  yuritiladi,  ular  Old  Osiyo,  Mesopotamiya,  Eron,  Afg’oniston,  O’rta 
Osiyoning  janubi,  Xindiston  hududlarida  tarqalgan.  Shimoliy  qiyofali  odamlar  Janubiy  Sibir 
hududidan  Qozog’iston va O’rta Osiyoning shimoliy-sharqiy qismi, Ural, Volga chegaralarigacha 


~  ~ 
 
tarqalgan. Miloddan avvalgi  II ming yillikning ikkinchi yarmida O’rta Osiyo hududlarida qadimgi 
janubiy  va  shimoliy  qiyofadagi,  ya’ni,  dexqonchilik  va  chorvachilik  bilan  shug’ullanuvchi 
odamlarning aralashuvi boshlandi va bu hududlarda turli elatga asos solindi. 
  O’zbekistonda  so’g’dlar,  baqtriylar,  xorazmiylar  va  saklar  keyingi  xalqlarning 
shakllanishida o’z o’rniga ega bo’lgan. Bu xalqlar xaqida ayrim antik davr tarixchilari o’z asarlarida 
yozib qoldirganlar. 
  Miloddan avvalgi 1 ming yillikdan boshlab yirik madaniy-tarixiy viloyatlar: 
Xorazm,  Baqtriya,  So’g’d,  Farg’ona,  Shosh  (Choch)  kabilar  yuzaga  keldi  va  o’rta  asrlarda  
ham Sharqdagi eng mashxur siyosiy va madaniy markazlarga aylanib qoldi. Antropologik va yozma 
manbalar O’rta Osiyoda aloxida eng qadimgi elatlarning shakllanishi va etnik hududlarning ajrala 
boshlashi miloddan avvalgi  IX-VIII asrlarda yuz berganligi xaqida ma’lumot beradi. 
  Etnogenez  jarayoni  turli  xalqlarning  ajdodlari  tarixidan  boshlanadi.  O’rta  Osiyo  murakkab 
etnik-madaniy  taraqqiyot  chorraxasida  joylashgan  bo’lib,    mezolit  davridayoq  bu  yerda    dastlab 
qadimgi  ovchilar  va  baliqchilar,  keyingi    davrlarida  dexqonlar,  ovchilar,  baliqchilar,  dexqonlar  va 
chorvadorlarning turli ko’rinishdagi o’zaro aloqalari paydo bo’ldi. Ularning bu yaqinligi faqatgina 
madaniy  jixatdan  emas,  balki,    etnik  jixatdan  ham    aralashib  ketishiga  olib  kelgan.  Biroq,  shuni 
ta’kidlash  joizki,  xar  qancha  yangi  qabilalar  kelib  qo’shilmasin,  o’zbek  etnogenezi  asosini  tub 
maxalliy axoli tashkil etgan. 
Ming yillar davomida O’zbekiston hududlarida yashab o’tgan qabilalar va elatlarning tarixi va 
madaniyati izsiz yo’qolib ketmagan. Ushbu elatlarning ayrimlari ajdodlarimizning yirik guruxlarini 
tashkil  etib,  eng  qadimgi  yozma  manbalarda  tilga  olingan.  Arxeologik  ma’lumotlar  O’zbekiston 
hududlarida  dexqonchilik miloddan avvalgi 2 ming yillikda keng tarqalganligini tasdiqlaydi. 
Bronza  davriga  oid  makonlar  O’zbekistonning  Surxondaryo,  Buxoro,  Xorazm  hududlaridan 
topib,  o’rganilgan.  Sopollitepa,  Jarqo’ton  manzilgoxlarida  mudofaa  devorlari  bilan  o’rab  olingan 
ko’p    xonali  turar-joylar,  xunarmandchilik  ustaxonalari,  qurollar  topib  o’rganilgan.  Dexqonchilik  
va  chorvachilik  madaniyati  yodgorliklari  orasida  Xorazmdagi  Tozabog’yob    madaniyati  ancha 
mashxur.  Bundagi  turar  joylar  va  mexnat  qurollari  ko’plab  topilgan.  Buxoro  voxasidan  topilgan 
Zamonbobo ko’li yaqinidagi manzilgox dexqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan odamlar 
makoni  xisoblanadi.  Bu  davrda  Zamonbobo  odamlari  qoramol,  ot,  tuya,  qo’y,  echkilarni  qo’lga 
o’rgatganlar.  
O’zbekiston  hududlaridan  topib  o’rganilgan,  turli  davrlarga  oid    Sarazm,  Kaltaminor, 
Mo’minobod, Gujayli, Chust, Burgulik kabi dexqonchilik va chorvachilik madaniyatlari usha davr  
taraqqiyotidagi muxim xususiyatlarini o’zida mujassam etgan. Shu davrdagi O’zbekiston tub axolisi 
xayotida katta ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar sodir bo’lgan. 



Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish