~ ~ O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


~  ~    O’RTA OSIYO HUDUDIDA ANTIK DAVR DAVLATLARI



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/55
Sana30.12.2021
Hajmi3,95 Mb.
#96167
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti nazariy-uslubiy asoslari va uni organishning ahamiyati

~  ~ 
 
O’RTA OSIYO HUDUDIDA ANTIK DAVR DAVLATLARI 
(Yunon-Baqtriya, Xorazm, Qang’, Davan davlati) 
 
 
Reja: 
O’rta Osiyo hududida antik davr. 
Yunon-Baqtriya davlatining hududi va tarixi. 
Qadimgi Xorazm antik davr davlatining tarixi. 
Qang’ davlatining hududi va tarixi. 
Davan davlatining hududi va tarixi. 
 
 
Tayanch tushunchalar: 
Antik davr, Ellinizm, Salavka, Yunon-Baqtriya, Qang’, Davan, satrap, strateg, 
Guyshuan, davlat hududi. 
 
 
 
Nazorat uchun savollar: 
O’rta Osiyo hududida qaysi davr antik davr hisoblanadi? 
Yunon-Baqtriya davlati qaysi davlat tarkibidan ajralib chiqdi? 
Yunon-Baqtriya davlatining hududi va tarixi haqida ma’lumot bering. 
Qadimgi Xorazm antik davr davlatining tarixi haqida ma’lumot bering. 
Qang’ davlatining hududi va tarixi haqida ma’lumot bering. 
Qang’ davlatiga kimlar asos solgan? 
Davan davlatining hududi va tarixi haqida ma’lumot bering. 
Qang’ va Davan davlatlari haqida qaysi yozma manbalar ma’lumotlar bergan? 
 
 
 
Adabiyotlar 
Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Toshkent, 2000 
Zeymalь Ye.V.Amudarьinskiy klad. Leningrad, 1979. 
Masson V.M. Drevnezemledelьcheskaya kul’tura Margiain. MIA, 1959, № 73. 
Masson V.M.Strana tыsyachi gorodov.Moskva, 1966. 
Muhammadjonov A.R. Qadimgi Buxoro.Toshkent, 1991. 
Pidayev Sh.R.Sirli kushonlar saltanati.Toshkent, 1990. 
Pugachenkova G.A., Rtveladze E.V. Severnaya Baktriya-Toxaristan.Tashkent, 
1990. 
Sagdullayev A.S. Kadimgi O’zbekiston ilk yozma manbalarda.Toshkent, 1996. 
Pugachenkova G.A.Shedevrn Sredney Azii.Tashkent, 1986. 
O’zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. A.Sagdullayev, B.Eshov taxriri ostida. 
Toshkent, 1997, ikkinchi nashri -1999. 
Baqtriya-Toxariston qadim va o’rta asrlarda. To’plam, Samarqand, 1993 
 
Makedoniyalik Iskandar o’z xarbiy yurishlari bilan Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Misr, 
Sirdaryo va Xindistongacha cho’zilgan ulkan hududda o’z saltanatini barpo qildi. Saltanat poytaxti 
Bobil edi. Bu ulkan davlat Iskandar vafot etishi bilanoq inqirozga yuz tutdi va parchalana boshladi. 
Miloddan avvalgi 312 yilda Iskandar davlatining Sharqiy qismi (Kichik Osiyo, Suriya, Eron 
va  O’rta  Osiyo)  sarkarda  Salavka  xukumronligi  ostida  birlashtirildi.  Salavkaning  xokimiyati  turli 
xarbiy  manzilgoxlarda  joylashgan  yunon-makedon  va  makedonlar  qurol–yarog’lari  bilan 
qurollangan mahalliy xalqlarning harbiy kuchlariga tayangan edi.  Yunonlar 
o’z  xokimyatlarini 


~  ~ 
 
mustaxkamlash maqsadida O’rta Osiyo hududlarida bir qancha xarbiy istexkomlar va qal’alar barpo 
qilgan edi. Bu narsa Aleksandr vaqtidayoq boshlanib, uning o’zi O’rta Osiyoda 12 ta shaharga asos 
solgan  edi.  Bu  shahar  va  qal’a  istexkomlaridagi  yunon-  makedon  harbiylari  qo’riqchi  kuch 
sifatidagi xarbiy kuch bo’lgan. Iskandar saltanati qulagach, bu an’analar Salavkiylarda ham davom 
etdi. 
  Salavkiylar davlati turli etnik guruhlarni xarbiy kuch ishlatish yo’li bilan birlashtirish orqali 
tashkil etilgan davlat edi. Davlat boshqaruvining barcha siyosiy, xuquqiy va ijtimoiy yo’nalishlari 
podsho saroyi bilan bog’liq bo’lib, «podsho saroyi» davlat boshqaruvida katta axamiyatga ega edi. 
Ahmoniylar  kabi,  Salavkiylarda  ham  davlat  ishlarini  boshqaruvchi  devonxona  mavjud  bo’lgan. 
Salavkiylar  davlatida  birmuncha  murakkab  soliq  tartibi  mavjud  bo’lib,  Salavkiylar  xukumdorlari 
o’zlarigacha  bo’lgan  soliq  tartiblarini  o’zgartirmay,  unga  bir  qancha  qo’shimchalar  kiritganlar. 
Dexqonlardan soliq yig’ib olish satrap xokimining vazifasi edi. Satraplikning umumiy soliq miqdori 
jamoalardan tushadigan soliq miqdoriga qarab belgilanar edi. 
  Miloddan  avvalgi  293  yil  davlatning  Sharqiy  viloyatlariga  Salavka  va  Spitaman  qizi 
Apamaning  o’g’li  Antiox  xokim  etib  tayinlandi.  Bu    narsa  Salavkiylarda  xokimlarning  podsho 
oilasi  bilan    qarindoshlik  bo’lishi  sharti  boshqaruv    tizimining  asosiy  xususiyatlaridan  biri 
bo’lganligini ko’rsatadi. Miloddan avvalgi 280 yilda Salavka o’limidan so’ng Antiox  podsho bo’ldi 
va davlatni 20 yil davomida boshqardi. 
  Salavkiylar davlati doimiy ichki kurashlar orasida qoldi. Miloddan avvalgi  III asr o’rtalarida 
undan Baqtriya ajralib chiqadi. Shu vaqtda Salavkiylardan yana bir davlat-parfiya ajralib chiqadi va 
keyinchalik Sharqdagi eng qudratli davlatlardan biriga aylanadi. 
  Yunon-Baqtriya  davlatining  gullab  –  yashnagan  davri  miloddan  avavalgi  III  asrning  
ikkinchi yarmi va II  asrning birinchi yarmiga to’g’ri keladi. Bu davlatning poytaxti Baqtra shaxri 
bo’lgan.  Davlat  bir  necha  dexqonchilik  viloyat  va  tumanlarini  o’z  ichiga  olgan.  Davlat 
markazlashgan  hokimiyatga  bo’ysunuvchi  boshqaruv  tizimiga  ega  edi.  Podsho  yoki  davlat 
hukmdorlari  yunon  –  makedonlardan  bo’lib,  uni  turli  yillarda  Diodot,  Yevtidem,  Demetriy  va 
Yevkraditlar  boshqarganlar.  Davlat  boshqaruv  tizimi  Iskandar  davrida  joriy  etilgan  siyosiy 
an’analarga asoslangan edi. Podsho hokimiyati  harbiy kuchlarga va viloyatlar hokimlari madadiga 
tayanar edi. Muhim savdo yo’llari bo’ylab harbiy – strategik va iqtisodiy axamiyatga ega bo’lgan 
joylarda tayanch istehkomlari va qal’alari qurilgan edi.  
  Ichki nizolar va kurashlar davom etib turganligiga  qaramay, bu davrda ijtimoiy – iqtisodiy 
hayotda bosqichma–bosqich rivojlanish jarayoni taraqqiy etganligi kuzatiladi. Miloddan avvalgi II 
asrning o’rtalarida Yunon-Baqtriya davlati tinimsiz kurashlar olib bordi va harbiy qudratini yo’qota 
boshladi. O’sha vaqtda davlat hududlariga bostirib kirayotgan yuechjilar miloddan avvalgi 140–130 
yillarda Yunon–Baqtriya davlatini qulatdilar va uni bosib oldilar. 
  Miloddan    avvalgi  I  asrda  yuechji  qabilalari  uyushmasida  (Guyshuan,  Shuanmi,  Xisi, 
Xyumi,  Xuanmi)  Guyshuan  (Kushon)  urug’ining  xokimlik  mavqei  ancha  kuchaydi.  Guyshuan 
qabilasi dastlab Surxon vohasida joylashgan va ularning poytaxti Dalvarzin shaxri (hozirgi Sho’rchi 
tumani) bo’lgan. Podsho Kudjula Kadfiz davrida Kushon podsholigi hududlari ancha kengaydi va 
davlat  tarikibiga Janubiy Tojikiston, Afg’oniston va Kashmir yerlari qo’shib olinadi.  
  Kushon podsholigi Kanishka xukumronligi yillarida (78-123 yillar) ulkan saltanatga aylandi. 
Kushon podsholigi Surxon vohasi, Janubiy Tojikiston, Afg’oniston, Shimoliy Xindiston va Sharqiy 
Turkiston  yerlarini  o’z tarkibiga  kiritdi.  Shu  vaqtda  poytaxt  Dalvarzindan  Peshovarga  ko’chirildi. 
Kushon podsholigi qadimgi davrdagi Rim, Parfiya, Xitoy davlatlari bilan teng bo’lgan va g’oyatda 
qudratli davlatga aylandi. 


~  ~ 
 
  Mamlakatimiz  hududlarida  yuzaga  kelgan  Kushon  podsholigi  tarkibiga  O’zbekistonning 
asosiy  hududlari  (Xorazm,  Zarafshon,  Qashqadaryo,  Toshkent,  Farg’ona)  kirmaganligi  diqqatga 
sazovordir. Bu hududlarda o’ziga xos boshqa mahalliy davlat yuzaga kelgan va kushonlar madaniy 
an’analarga holi tarzda taraqqiy etgan. Bu davlatlar bilan Kushon davlatining shimoliy chegaralari 
Ko’hitog’,  Boysun,  Xisor  tog’lari  orqali  o’tganligi  Boysun  tumanidagi  Darband  atrofidan 
o’rganilgan  mudofaa  devorlarini  o’rganish  natijasida  isbotlandi.  Bu  mudofaa  devorlari  qoldiqlari 
shu yerdan o’tgan chegara qal’asi devorlari bo’lgan. 
  Kushon  sulolasi  va  davlati  tarixi  yozma  manbalar  va  tangashunoslik  tadqiqotlari  orqali 
o’rganilgan. Tangalardagi  dastlabki  vaqtlarda  yunon-Baqtriya shohlari tasviri mavjudigi va asta-
sekin uning o’rnini kushonlarning «shoh», «shohlar shohi» so’zlari egallashi uning xarbiy siyosiy 
qudrati yuksalib borganligidan dalolat beradi. 
  Podsho  Kanishka  I  o’zidan  oldingi  davlat    boshqaruvi  an’analari  saqlab  qoldi  va  davom 
ettirdi.  Davlatning  oliy  xukumdori  podsho  viloyatlar  va  shaharlari  o’z  noiblari  yordamida 
boshqarardi. 
  Buyuk  Ipak  yo’lining  rivojlanishi  bilan  Kushon  podsholigining  ijtimoiy-iqtisodiy  jixatdan 
yashnashiga  ta’sir  ko’rsatdi.  Shaxarlar  ko’paydi,  yangi  –  yangi  yerlar  o’zlashtirildi  va  sug’orish 
tarmoqlari barpo etildi. 
  Shaxarlar tuzilishiga ko’ra bir necha qismdan iborat bo’lgan: xokim saroyi, xunarmandchilik 
ustaxonalari, guzarlar, aloxida ibodatxonalar joylashgan shaxar qismi va boshqalar. 
  Davlatning  iqtisodiy  asosini  sug’orma  dexqonchilikka  asoslangan  xo’jalik,  savdo  va 
xunarmandchilik tashkil etgan. Xunarmandchilik turli-tuman kasb va xunarlardan iborat bo’lgan. 
  Tashqi  siyosat  ancha  kengayib,  Xindiston,  Xitoy,  Rim  saltanati  bilan  savdo  va  elchilik 
munosabatlari o’rnatilgan. Savdo  munosabatlarining kengayishida Buyuk Ipak yo’lining axamiyati 
katta  bo’lgan.  Tadqiqotlar  natijasida  Termizdan  Rim  tangalari,  O’rta  yer  dengizi  atroflaridan 
Kushon tangalarining topilishi ham fikrimizning dalilidir.  Kanishka  davrida  kushonlar  madaniyati 
xindlashtirildi  va  Budda  dini  davlat  diniga  aylandi.  Oromiy  va  yunon  yozuvlari  asosida  kushon 
yozuvi  shakillandi.  Me’morchilik  tasviriy  san’at  yuksak  darajada    rivojlandi.  Jaxon  miqyosida 
mashxur  bo’lgan  kushon  davri  san’at  obidalari  Ayritom,  Eski  Termiz,  Dalvarzintepa  va 
Xolchayondan topib o’rganilgan. 
  Kushon davlati xaqida shuni aloxida ta’kidlash joizki, davlat bir necha hududlar va ko’plab 
qadimgi  xalqlarni  birlashtirgan.  Ular  orasida  o’zbek  xalqi  ajdodlari  ham  kushon  madaniyati 
yuksalishiga o’z hissasini qo’shgan. Kushon davlati IV asrlargacha og’ir ichki va tashqi kurashlar 
iskanjasida  qoldi  va  asosiy  hududlaridan  ajraldi.  Bu  vaqtda  uning  hududlari  qisman  Shimoliy 
Hindistondagina saqlanib qoldi. 
O’zbekistonda  qadimgi  mahalliy  davlatchilik  tarixi  Qang’,  Dovon,  Xorazm  davlatlari  rivoji 
bilan uzviy bog’lanadi. Qang’ davlati miloddan avvalgi III asrning boshlarida paydo bo’ldi. Uning 
dastlabki davrlardagi hududlari Toshkent vohasidan iborat bo’lgan.  
  Qang’  davlatining  tashkil  topishi  asosiy  sabablaridan  biri  tashqi  harbiy  hujumlardan 
himoyalanish  zaruriyati  bo’lgan.  Miloddan  avvalgi  329  yilda  Iskandar  qo’shinlari  Bekobod  va 
Ho’jand  oralig’ida  Sirdaryodan  kechib  o’tib,  bosqinchilik  qilganida  mahalliy  aholi  unga  qarshi 
qattiq  qarshilik  ko’rsatgan.  Bundan  natija  chiqara  olmagan  Iskandar  ortga  qaytishga  va  Ho’jand 
yaqinida  Aleksandriya  Esxata  shaxriga  asos  solishga  majbur  bo’lgan  edi.  Bu  xaqda  Kvint  Kursiy 
Ruf o’z asarida eslatib o’tadi («Makedonskiy tarixi» asari). 
  Miloddan  avvalgi  II    va  milodiy  I  asrda  Qang’  davlatining  hududi  kengayib,  Toshkent 
vohasi,  Sirdaryoning  o’rta  oqimidagi  yerlar,  Talas  vodiysi  va  Chu  daryolarning  quyi  oqimidagi 
yerlarni o’z tarkibiga kiritadi. Qang’ davlatining ikkita poytaxti bo’lib, biri Qang’diz (Oqqo’rg’on) 


~  ~ 
 
va ikkinchisi O’tror bo’lgan.  Qang’  davlati  aholisi  tarkibini  asosan  dexqonlar  va  chorvadorlar 
tashkil  etgan.  O’troq  aholi  shaxarlarda  va  vodiylarda  yashab,  dexqonchilik,  hunarmandchilik  va 
savdo bilan mashg’ul bo’lgan. Dasht tumanlarida esa chorvachilik rivojlangan. Milodan avvalgi II 
asrda  Qang’  qabilalari  eng  qudratli  davlat  birlashmasiga  aylanadi,  uning  hukmdorlari  o’z 
nomlaridan  tangalar  zarb  qildilar.  Qang’  davlatining  iqtisodiy  taraqqiyotiga  Buyuk  Ipak  yo’lining 
davlat hududlaridan o’tgan shimoliy tarmog’i katta ta’sir o’tkazadi. Qang’ davlati milodiy III asrga 
kelib parchalanib ketadi. 
O’zbek  xalqi  davlatchiligi  tarixi  bo’yicha  kam  o’rganilgan 
masalalardan  biri  Dovon  davlati  tarixidir.  Xitoy  manbalarida  Davanь  nomi  bilan  atalgan  davlat 
boshqa  manbalarda  Parkana,  Fragana  kabi  bir  qancha  nomlar  bilan  yuritilgan.  Dovon  davlati 
taxminan miloddan avvalgi III asrda paydo bo’lgan. Manbalarga ko’ra, Farg’ona – Dovon davlatida 
300  ming  aholi  yashagan  va  bu  yerda  70  ga  yaqin  katta  –  kichik  shaxarlar  bo’lgan.  Shaxarlar 
orasida  Ershi  shaxri  alohida  ahamiyatga  ega  bo’lgan  va  Davlat  poytaxti  hisoblangan.  Miloddan 
avvalgi  104  –  101  yillarda  Xitoy  qo’shinlari  jang  qilib,  Ershini  bosib  olgan  vaqtda  Dovonliklarga 
Qang’ davlati qo’shinlari yordamga yetib keldi va ikki o’rtada tuzilgan sulh shartnomasiga ko’ra, 
xitoyliklar Dovon davlat hududlaridan chiqib ketadilar. 
  Farg’ona  vodiysi  hududlaridan  qadimgi  davrga  oid  uy-qo’rg’onlar,  qishloqlar,  shaxarlar 
xarobalari  topib  o’rganilgan.  Dovon  davlatining  asosiy  aholisi  dexqonchilik,  hunarmandchilik, 
savdo – sotiq bilan shug’ullanganlar. Dovon dexqonlari arpa, sholi, bug’doy va beda yetishtirishda 
mashhur bo’lganlar. Bog’dorchilik va uzumchilik keng tarqalgan. 
  Farg’ona – Dovon davlatining o’ziga xos boyliklaridan biri uning «samoviy» otlari bo’lgan. 
Manbalarga  ko’ra  Xitoy  imperatorlarining  Dovonga  bosqinchilik  uyushtirishlarining  asosiy 
sabablaridan  biri  ham  aynan  ana  shu  «samoviy»  otlarni  qo’lga  kiritish  bo’lgan.  Dovon  davlati 
Xitoy, Hindiston va boshqa Sharq mamlakatlari bilan olib boriladigan xalqaro savdoda muhim o’rin 
egallaganlar. Dovon davlati milodiy  II asrgacha mavjud bo’lgan. 
  Mil.avv.  IV–II  asrlarda  qadimgi  Xorazm  mustaqil  davlat  bo’lib,  Iskandar,  Salavkiylar, 
Yunon–Baqtriya  davlatlari  tarkibiga  kirmagan.  Bunday  siyosiy  qulaylik  Xorazmda  o’ziga  xos 
mahalliy davlatchilik tizimiga ega bo’lgan davlatning shakllanishida muhim omil bo’ldi. Iskandar 
O’rta  Osiyoning  janubiy  hududlarida  hukmronlik  qilgan  vaqtda  Xorazmda  Farasman  ismli  odam 
podsholik  qilgan.  Yunon  tarixchisi  Arrian  Farasmanning  Iskandar  bilan  bitim  tuzganligi  xaqida 
ma’lumot qoldiradi («Aleksandrning yurishlari» asari). 
  Xorazmdan  topib  o’rganilgan  qadimgi  shaxar  xarobalaridagi  xususiyatlar  bu  yerda 
mustahkam  davlatchilik  tizimi  barpo  qilinganligidan  dalolat  beradi.  Shunday  shaxarlardan  biri 
Jonbosqal’adir.  Bu  shaxar  tuzilishiga  ko’ra  to’g’rito’rtburchakli  bo’lib,  ikki  qator  mudofaa  
devorlari bilan o’rab olingan va devorlarda shinaklar mavjud bo’lgan. 
  Jonbosqal’a  ikki  qismdan  iborat  bo’lib,  bir  qismida  «olov  uylari»  –  ibodatxonalar, 
ikkinchisida  aholi  turar  joylari  bo’lgan.  Qo’yqirilganqal’a  shaxri  xarobalari  boshqa  shaxarlardan 
farqli  o’laroq,  asosiy  inshooti  aylana  shaklida  bo’lib,  inshootning  markazidagi  bino  ikki  qavatli 
bo’lgan va shu binoning o’zi ayni vaqtda rasadxona vazifasini ham bajargan.  
  Tuproqqal’a shaxri to’g’ri burchakli mudofaa devorlari bilan o’rab olingan bo’lib, devorlar 
xom g’ishtdan ishlangan va unda shinaklar bilan birga minoralar ham bo’lgan. Tuproqqal’a Xorazm 
hukmdorlari qarorgohi vazifasini ham bajargan. Bu yerda Xorazm davlati shohlari boshqaruviga oid 
bir  qancha  moddiy  manbalar  hamda  hukmdorlarning  arxivlari  hujjatlaridan  namunalar  ham 
topilgan.  
Xorazm  davlati  xo’jalik  hayotida  dexqonchilik  va  hunarmandchilik  asosiy  o’rin 
egallagan.  Milodning  dastlabki  asrlaridayoq,  bu  yerda  kumush  va  mis  tangalar  zarb  qilingan. 
Shuningdek, Xorazmdan O’rta Osiyodagi eng qadimgi yozuv namunalari ham topilgan bo’lib, ular 
miloddan avvalgi  V – IV asrlarga oid oromiy yozuvlari  asosida shakllangan. 


~  ~ 
 
  Qang’,  Dovon  va  Xorazm  davlatlarida  mavjud  davlatchilik  tizimi,  xo’jalik  hayotining 
taraqqiy  etib  borishi  keyingi  davrlarda  O’zbekistonda  yuzaga  kelgan  davlatlarning  yuksalishiga 
ham  o’z  ta’sirini  o’tkazgan  va  ularning  keyingi  bosqichlarga  ko’tarilishidagi  muhim  omillardan 
bo’lgan.  Mil.  avv.  III  asrning  o’rtalarida  mustaqil  davlat  sifatida  tashkil  topgan  Parfiya  davlati 
hozirgi  Turkmaniston  va  Eronning  bir  qismini  o’z  ichiga  olgan.  Bu  davlatning  birinchi  hukmdori 
Arshak bo’lib, u mil, avv. 247 yili taxtga o’tiradi. Mil. avv. 235 yildan boshlab, Parfiya podsholari 
o’z  yerlari  hududlarini  kengaytirib  bordilar.  Milodiy  III  asrning  birinchi  choragida  sosoniylar 
arshakiylar  hukmronligini  tugatib,  Parfiyada  hokimiyatni  qo’lga  oldilar.  Antik  davr  Parfiyaning 
qishloq  xo’jaligida  qullar  mehnatidan  keng  foydalanilgan.  Mil.  avv.  III  asr  o’rtalaridan  boshlab 
Parfiya davlati hozirgi O’zbekiston hududlarida joylashgan qadimgi viloyatlar - Xorazm, Baqtriya, 
So’g’diyona bilan siyosiy, madaniy va iqtisodiy munosabatlarni ayniqsa rivojlantirdi. 
Undan  tashqari,  parfiyaliklar  besh  asr  davomida  Hindiston,  O’rta  Osiyo  va  Xitoyning  g’arb 
mamlakatlari  bilan  qilgan  savdo  aloqalarida  vositachilik  qildilar,  Parfiyaliklarning  yozuvi  oromiy 
(Niso hujjatlari) yozuvi bo’lib, zardo’shtiylik diniga e’tiqod qilishgan. 
Kadimgi Farg’ona turli davr manbalarida Dovon, Boxan, Polona, Parkana kabi nomlar bilan 
eslatib o’tiladi. Ma’lumotlarga qaraganda Ershi (Marhamat) shahri Dovonning poytaxti edi. Antik 
davr  Dovon  aholisi  dehqonchilik,  uzumchilik,  yilqichilik  bilan  shug’ullanishgan.  Dovonning 
«samoviy otlari» o’lkadan tashqarida ham ma’lum va mashhur bo’lgan. 
Mil.  avv.  II  asrning  oxirlarida  Xitoy  hukmdorlari  Dovon  yerlarini  bosib  olishga  harakat 
qildalar.  Ammo  qo’shni  davlatlar  tomonidan  qo’llab-quvvatlangan  dovonliklar  o’z  mustaqilligini 
saqlab qolishga muvaffaq bo’ddilar. 
Mil. avv. III asrlar boshlarida paydo bo’lgan Kang’ davlatining hududlari Sirdaryoning o’rta 
oqimidagi  yerlar  edi.  Mil.  II-1  asrlarda  Kang’  davlati  yerlari  kengayib,  Amudaryo  va  oralig’idagi 
yerlar  va  Xorazmni  o’z  ichiga  oladi.  Antik  Kang’  davlati  ancha    rivojlangan  davlat    edi.  O’troq 
asosan  vodiylarda  yashab,  dehqonchilik,  bog’dorchilik  va  hunarmandchilik  bilan  shug’ulanib 
kelishgan.  Qang’  hukmdorlarning  markaziy  shaharlari  ikkita  edi.  Ular  yozni  O’trorda  (hoz.  Aris 
Turkiston  oralig’ida),  qishlovni  esa  Qang’a  (hoz.  Toshkent  viloyati  Oqqo’rg’on  tumanida) 
shaharlarida o’tkazar edilar. 
Mil. avv. I asrga kelib, O’rta Osiyo hududlarida antik davrning eng qudratli davlatlaridan biri 
bo’lgan  kushon  davlati  tashkil  topadi.  Dastlabki  hukmdorlar  Kadfiz  I  va  Kadfiz  II  lar  davlat 
yerlarini  kengaytirib,  pul  islohoti  o’gkazadilar.  Milodiy  II  asrga    kelib  Kushon  davlati  yerlari 
Shimoliy  Hindiston,  Afg’oniston,  O’rta  Osiyo,  Sharqiy  Turkistondan  iborat  edi.  Kushon 
hukmdorlari, xususan Kanishka (II asr)  davri savdo-sotiq, ichki va tashqi savdo ayniqsa rivojlanish 
dehqonchilik,      chorvachilik,      hunarmandchilik  ham  ancha  taraqqiy,  etadi.  Bu  jarayonda  Buyuk 
Ipak  yo’lining  ahamiyati  nihoyatda  katta  bo’ldi.  Kushon  davlatida  asosiy  din  buddaviylik  bo’lib, 
yunon zardo’shtiylik aqidalariga ham e’tiqod qilinar edi. Antik davr O’rta Osiyo xalqlari moddiy va 
ma’naviy madaniyatida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mil. avv. IV-P asrlar oromiy yozuvi asosida 
Xorazm, Parfiya va So’g’d yozuvlari paydo bo’ldi. Kushon davriga kelib yana bir yozuv-Kushon 
(Baqtriya) yozuvi shakllanadi. O’rta Osiyo va Afg’oniston hududidagi arxeologik tadqiqotlar antik 
davr  madaniyatining  gullab  yashnaganidan  dalolat  beradi.  Ayritom  va  Ko’hna  Termizda  Budda 
ibodatxonalar  ochilgan.  Fayoztepa,  Quva,  Xolchayon,  Dalvarzin  kabi  kuhna  shaharlarda  ham 
saroylar,  ibodatxonalar  ochilib,  ular  yuksak  madaniyatga  ega  ekanligi  kuzatilgan.  1972  yilda 
Dalvarzintepadan  (Surxondaryo)  tilla buyumlar  xazinasi  (32 kg)  topilgan. Bu xazina orasida antik 
davrga  oid  bilaguzuk,  xalqalar,  to’g’alar,  bo’yin  taqinchoqlari  kabi  san’at  buyumlari  ham  bor. 
Umuman,  antik  davr  Qang’,  So’g’d,  Farg’ona  yerlarida  mavjud  bo’lgan  madaniyat  o’z 
taraqqiyotining yangi bosqichiga ko’tariladi. 



Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish