Savol va topshiriqlar
1. Moniylik oqimining mohiyati nimalami o‘z ichiga oladi?
2. Beruniyning Moniy shaxsi va ta’limoti haqidagi qarashlari haqi
da so'zlab bering.
3. Moniy yaratgan sinkretik tizim nima?
4. Moniylik oqimidagi adabiyotning o‘zak
masalalari haqida
so‘zlang.
5. “Xuastuanift” necha bo‘limdan iborat? Dastlabki besh
bo'limning mazmunini so‘zlab bering.
6. “Xuastuanift”ning oltinchi-o‘ninchi bo‘limlari mazmunini
so‘zlab bering.
7. “Xuastuanift”ning o‘n birinchi-o‘n beshinchi bo‘limlari mazmu-
nini so‘zlab bering.
8. “Xuastuanift”dagi ruhan poklanish aqidasi nimalami o‘z ichiga
oladi?
9. Moniylik she’rlarida ko‘tarilgan masalalar nimalardan iborat?
81
Buddaviylik oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot
Reja:
1. Buddaviylik haqida qisqacha ma’lumot.
2. Buddaviylikda “to‘rt oliy haqiqat”.
3. Buddaning va’dalari va ulaming hayotiy ahamiyati.
4. “Oltun yorug‘”ning yaratilishi. Asarda falsafiy ta’limot.
5. “Oltun yorug‘”ning yaratilishida turkiy qavmlaming ishtiroki.
6. Maxayana mazhabi haqida.
7. “Oltun yorug‘”dano‘mtushunchasi.
8. “Oltun yorug‘”da zamon tushunchasi. Darma.
9. “Oltun yorug‘”dagi afsonalar. Ku tau afsonasi.
10. “Shahzoda va bars” afsonasi.
11. “Udaqatati tabib va uning o‘g‘li” afsonasi.
12. “Oltun yorug‘” o‘gitlari.
Tayanch so‘z va iboralar:
maxayana, masihiylik, sanskritcha,
moniylik, maxayana, masihiylik, Uchta Yo
7,
darma, о ‘nta va ’da, najot,
“Xustuanift”, ixtiyoriyfaqirlik, “O ltunyorug‘”, chadik.
Buddaviylik haqida qisqacha
m a’lumot.Buddaviylik
dunyodagi
yirik, keng tarqalgan dinlar - islom va masihiylik (xristianlik)dan ham
qadimiydir. “Budda” degan nom sanskritcha bo‘lib, “ong tiniqlashuvi”
ma’nosini bildiradi. Buddaning hayotini tasvirlaydigan hikoyalar “cha
dik” deb ataladi va mifologik mazmunga yo‘g‘rilgan bolib, “xudoning
odami” timsolini gavdalantiradi.
Budda tarixiy shaxs sifatida talqin qilinadi. Tirik mavjudotlami
azob-uqubatlardan qutqarish Buddaning asosiy maqsadi bo‘lgan.
Budda - haqiqat najotkori demakdir. Uning asl nomi - Siddxartxa.
Siddxartxaning onasi - shakiylar hukmdori Mayyaning xotini bir kuni
tushida yoniga oq filning kirib yotganini ko‘rdi. Ma’lum vaqtdan so‘ng
u o‘g‘il tug‘di. U boshqa ayollar singari tug‘may, qoltigldan tug‘di.
Ayolning ovozini koinotdagi hamma xudolar eshitdi.
Borliqdagi uqu-
batlaming oldini oladigan Zot keldi, deb xursand boldilar. Dono Asita
chaqaloqning buyuk qahramonliklar ko‘rsatishi haqida karomat qildi.
Chaqaloqqa Siddxartxa deb ism qo‘ydilar. Bu - “topshiriqni bajaruvchi”
deganidir.
82
Siddxartxaning tug‘ilgan yili mil.ol. 642-448-yillar oralig‘ida deb
taxmin qilinadi. Onasi Siddxartxani tuqqandan keyin bir necha kun
O'tgach vafot etdi.
Onaga vafotidan oldin, siz g‘ayritabiiy narsani dun
yoga keltirdingiz, deb xabar berishga ulgurdilar. Buddaning tug'ilishi
haqidagi rivoyatlarga ko‘ra, u nuqsonsiz homila bo'lgan va homilador-
lik davri ham nuqsonsiz bo‘lib o‘tdi, shu bois Buddani onasi dunyoga
keltirgandan
keyin ham, u bokira qizligicha qolgan. Buddaning tanasida
olamning bo‘lg‘usi hukmdori alomatlari ko‘ringan.
Siddxartxaning otasi o‘g‘li diniy tarbiya olishini istamadi. Ota ha-
yotning salbiy tomonlarini o‘g‘lidan yashirib, dabdabali hayotni muhay-
yo qildi. 0 ‘g‘liga haqiqiy dunyoviy tarbiya berdi.
Siddxartxa o‘n olti yoshida ikkita malikaga uylanib,
otasining sa-
royida betashvish hayot kechiraverdi. U saroydan uch marta tashqariga
chiqib, uchta muqarrar yovuzlikni bilib oldi: bular -
Do'stlaringiz bilan baham: