O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

dan, 
sahnada o‘zimni ko‘rsatishdan voz kechaman. 8. Gulchambarlardan 
foydalanishdan, atir va turli taqinchoqlami ishlatishdan voz kechaman.
9. 
Baland o‘rindiqlarda o‘tirishdan, qalin to‘shakda yotishdan voz kec­
haman. 
10. Oltin va kumushdan foydalanmayman.
Buddaviiylik hamma davrda, sharoit taqozosiga ko‘ra vazifa bajar- 
gan. Bu buddaviylikning ma’lum bir hududdagi maqsad va vazifalari
shu joyning ijtimoiy hayotiga muayyan ta’siri bilan belgilanadi. Ay­
rim mamlakatlarda milliy-ozodlik harakatiga buddaviylik katta ta’sir 
ko‘rsatdi. Ammo qanday sharoitda va qayerda bo‘lmasin, buddaviylik 
o‘z mohiyatini - insoniyatga najot berish maqsadini saqlab qoldi. Zo- 
tan, 
Budda shunday degan edi: “Okeanning suvi bitta ta’mga - sho‘r 
fa’mga ega boMganiday, mening ta’limotim ham bir yo‘singa - qutqa­
rishga mo‘ljallangan. Odam bajarishi kerak bo‘lgan eng muhim vazifa
- atrof-muhitni itoatdan qutqarishga erishishdir, qo‘rquvning yo‘qolishi 
odamzodni ozod qiladi. U ozod bo‘lgandagina o‘z ozodligini biladi
qayta tirilishdan qutulganini tushunadi, muqaddaslikka to‘la erishilgan 
bo‘ladi, burch bajarilgan boMadi, odam bu dunyoga qaytib kelmaydi”.
Faqat jasad tirilib qaytib kelmaydi, bordi-yu, tirilib qaytib keladigan 
bo‘lsa, itoatdan qutula olmaydi. Buddaviylikning asosiy maqsadi faqat 
odamzodning ozod boMishiga yoM-yo‘riq ko‘rsatishdan iborat boMib 
qolrnay, balki butun mavjudotni qutqarishga moMjallangan. Irodaga ega
85


bo‘lish va irodani birdan-bir maqsadga bo‘ysundirish buddaviylikning 
tub maqsadidir.
“Oltun yorug‘”ning yaratilishi. Asarda falsafiy ta’limot. 
Insoni- 
yatni solihlikka yetaklashda dunyoning turli joylarida mushtarak yo'llar 
mavjud bo‘lib, bu yo‘llar bir manzilga olib boradi. Manzil - inson, in­
son ko‘ngli. Hindistonda - buddaviylik, Eronda — moniylik, Yaqin Sharq 
mamlakatlarida - islom. Aqidalaru e’tiqodlar turlicha bo‘lsa-da, maqsad 
bir. Ana shu mushtarak yo‘llar bir manzilda - komillik manzilida tutas- 
hadilar. Bugun biz ko‘p gapirayotgan ma’naviyatning pirovard natijasi 
ham jamiyatga komil insonni tarbiyalab yetishtirishdan iborat bo‘lgan 
edi va shunday bo‘lib qoladi.
Komillikka erishgan jonzotlar orasida eng oliysi insondir. Komillik 
pandu nasihatlarga quloq tutishnigina emas, amaldagi xatti- harakatni
mushohadani talab etadi. Komillikning da’vatkor qudrati adabiyotdadir. 
Qadimdan shunday bo‘lib kelgan va bugungacha davom etib kelmoqda. 
Tarixga nazar tashlasak, Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan turkiyzibon 
xalqlaming islomiyatgacha bo‘lgan adabiyoti bu jihatdan namunadir. 
Gap V-1X asrlarda zaminimizda yaratilgan moniylik va buddaviylik 
oqimidagi adabiyot to‘g‘risida ketyapti. Bu davr turkiy tilli adabiyotida 
aniq maqsadga - komil insonlami tarbiyalashga yo‘naltirilgan alohida 
da’vatu aqidalami ko‘ramiz. Gap jamiyatning bunga muhtoj bo‘lib qol- 
ganida emas, balki sog‘lom jamiyat barpo qilish, ruhan sobit va uyg‘oq 
nasi yaratishga intilishda bu davming alohida o‘ziga xosligidadir.
Islomgacha yaratilgan yozma obidalar orasida moniylik oqimidagi 
she’rlar, “Xuastuanift” (yoki “Moniylaming tavbanomasi”), buddaviy­
lik oqimiga mansub “Maytri smit” dramasi, “Oltun yorug”’ (ya’ni oltin 
singari nur) sudurlari, moniylik she’rlari hamda ko‘plab buddaviylik va 
moniylik matnlari parchalari hamma davrda ham Markaziy Osiyo tur­
kiy xalqlarining ijodiy mahsuli bo‘lib keldi. Mazkur adabiy yodgorlik­
lar orasida “Oltun y o ru g su d u rlari diqqatga sazovor bo‘lib, bir necha 
asrlar davomida Turonzaminda ma’naviy muhitning barqarorlashuvida 
katta xizmat qildi.
“Oltun yorug‘” sudurlardan tashkil topgan. Sudur sanskritcha so‘z 
bo‘lib, “rishta”, “qoida”, “qo‘llanma” ma’nolarini bildiradi. Sudur hind 
adabiyotining, jumladan, falsafiy adabiyotning alohida janri bo‘lib, biron 
ta’limotning asoslari bayon qilinadi. “Oltun yorug‘”da ma’lum yaxlitlik-
86


ni hosil qilgan bir qancha sudur jamlanib, xuddi ipga tizilganday tasav­
vur qoldiradi, ya’ni sudur janrining talablari bu asarda mujassamlashgan.
Sudur janri afsonalami, turli muloqot shakllarini, qoidalami
o‘gitlami, pand-nasihatlami o‘z ichiga oladi.
Asar buddaviylikka mansub bo‘lib, xalqning shuuriy izlanishlari, 
e’tiqod butunligi orqali paydo bo‘ldi. Asar turkiy tilli xalqlar orasida 
e’tiborga molik asar bo‘lgani uchun ham X - X V I11 asrlar davomida 
o‘n marta ko‘chirilgan va sharqdagi ko‘p tillarga tarjima qilingan. “Ol­
tin yorug‘”ning Radiov-Malov nusxasi 10 kitobdan (tagzin?) iborat. 
Asami 1910-yili rus olimi S.ye. Malov Xitoyning Gansu viloyatiga qa- 
rashli Vinshgu qishlog'idagi buddaviylar ibodatxonasidan topgan. Asar 
qo‘lyozmasi 710 sahifadan iborat bo‘lib, 1687-yili ko‘chirilgan. Hozir- 
da bu nusxa Sankt-Peterburgning Osiyo muzeyida saqlanadi. Bu asami 
birinchi marta V.V.Radlov va S.ye. Malov eski uyg‘ur-turk alifbosida 
chop ettirganlar32. 0 ‘nta kitob 31 boMimni o‘z ichiga oladi.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish