O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

donishmandim, 
pahlavonim, 
Mening quyosh tangri nuri kabi faxrim, donishmandim,
Mening Quyosh tangri nuri kabi faxrim aqlligim.
Go‘zal asl Tangrim shuhratim, najotkorim,
Go‘zal asl Tangrim, burxonim, noyobim.
Aprinchur tiginning bundan boshqa yana bir she’ri bor. Bu she’r
- dunyoviy ishq, hijron azoblari, yoming ta’rif-tavsifi to‘g‘risida. She’r 
yigirma bir misradan iborat bo‘lib, uchliklar shaklida yozilgan. Bunday 
she’r shakli qadimgi turkiy adabiyotda noyob hodisa. She’ming dastlab­
ki uch misrasida о‘chib ketgan joylari bor. Oshiq sevikli yoriga dard- 
alamlarini so‘ylar ekan, yorini dunyoda tengsiz sevikli deb murojaat 
etadi. Lekin sevikli yor uzoqda, bu ahvoldan yoming dardu iztiroblari 
cheksiz. Shunday bo‘lsa-da, oshiq umidsizlanmaydi, yoming visoliga 
yetishmoqqa umid qiladi:
Uzoqdaligingni bilib hasrat chekaman,
Hasrat chekkanimcha, qoshi go‘zalim,
Qovushmoq istayman.
She’ming davomida qahramonning o‘z istagiga zid o ‘laroq harakati 
she’ming ta’sirchanligini kuchaytirgan, qahramonning jismoniy holati-
79


dan ко‘ra, ruhiy holati yorqinroq yuzaga chiqqan. Yorning oshiq naza- 
ridagi eng go‘zal tasviri ham oshiqning istagi va o‘z istagiga qarshi zid 
harakatlarining natijasi sifatida yuzaga chiqadi:
Borayin desam, go‘zal sevgilim,
Bora olmasman.
Mehribon jonim.
Kirayin desam, jajjiginam,
Kira olmasman,
Anbar mushkli kokilligim.
Oshiqning bu dardlari umidsizlik kayfiyatlari emas, balki har qan­
day oshiq boshidan o‘tkazadigan kechinmalardir. Oshiqning istaklari 
bajo bo‘lishi uchun omil yana Kun, Oy tangrilaridir. Oshiq tangrilardan 
madad so‘raydi. Oshiq o‘z tilaklarini bajo qiladigan kuch tangrilar ekani­
ga ishonadi. Garchi oshiq hali iztirobda, yor visoliga yetishmagan bo‘Isa 
ham, orzusining amalga oshuvi shubhasizdir:
Mayin fe’lligim ila
Qovushib, bir muddat ayrilmaylik.
Qudratli malaklar quvvat bersin,
Ko‘z qarashlari ila 
Kulishib o‘tiraylik.
Qadimgi turkiy she’riyat, xususan, moniylik she’riyati rang- barang 
ekani keltirilgan namunalardan ko‘rinib turibdi. Islomgacha yaratilgan 
she’riyat mavzu jihatdan turlicha. Yuqoridagilardan tashqari, Moniy mu- 
hitida yozilgan “Buyuk iloh” nomli besh yuz misraga yaqin she’r ham 
bor bo‘lib, Moniyga atalgan qasida deb atash mumkin. Bu qasidada bud- 
daviylik terminlari ko‘p uchraydi. Moniylik va buddaviylik bir hudud- 
da bir paytning o‘zida amal qilgani va har ikkalasidagi ezgulik, solihlik 
to‘g ‘risidagi aqidalar bir-birini to‘ldirib kelgani uchun ham bu qasida­
ning mazmun va mohiyati ifodasida o‘ziga xoslik bor.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish