SO‘Z BOSHI
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va adabiyot tarixiga mu-
nosabat.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, hamma sohalar qatori,
ma’naviy jarayonga ham alohida e’tibor qaratila boshlandi. Ma’naviy
jarayon ma’lum bir mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o ‘ynab
kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Mamlakatning ruhan barqaror, sog‘lom
fikrli avlodlari ma’naviy jarayon tufayligina o‘z g‘oyalarini, aqidalarini
yaratib, avloddan-avlodga o‘tkazib kelgan.
Sharq azaldan ma’naviy jarayon beshigi edi. Qadimgi Simmer,
Misr, Xitoy, Hindiston, Turon xalqlari yaratgan moddiy-ma’naviy yod-
gorliklami eslab o‘tishning o‘zi kifoya. Ayniqsa, Turonzaminning
osori-
atiqalari, yozuv madaniyati, arixitektura inshootlari hamon jahon ahlini
hayratga solib kelmoqda.
Zotan “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da shunday deyiladi:
sifatli o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik material-
laming kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o ‘rtasidagi puxta
o‘zaro hamkorlik va o‘zaro foydali integratsiyaning yo‘qligi kadrlar tay-
yorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi”.1 Das-
turda aytilgan bu kamchiliklar o‘zbek mumtoz adabiyotini oliy ta’lim
tizimida o‘qitishga ham bevosita va bilvosita aloqadordir. Ayniqsa, das-
turda “Xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy
qadriyatlar asosida ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini ta’minlash”2ga
qaratilgani o ‘zbek mumtoz adabiyotini oliy ta’lim tizimida o‘qitishga
alohida e’tibor berish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Chunki Dastur-
da ta’kidlangan “xalqning boy va ma’naviy merosi”ning katta qismini
o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari tashkil qiladi. Ikki ming yillik ta-
rixga ega mumtoz adabiyotni izchil o'rgatadigan qo'llanmaning yo‘qligi
ham “Kadrlar tayyorlash Millik dasturi”da qo‘yilgan
vaziflami amalga
oshirishni bir oz qiyinlashtirmoqda.
0 ‘zbek adabiyoti tarixi, umuman, o‘zbek tili va adabiyoti fanlariga
hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor berilayotgani ham bu fanning
oliy ta’lim tizimida, qolaversa, jamiyatimizda katta mavqega ega ekanini
ko‘rsatadi. Xususan, 2016-yilning 13 may kuni 0 ‘zbekiston Respublika-
sining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan chiqarilgan “Alisher
1 Oliy ta ’lim. M e’yoriy-huquqiy va uslubiy hujjatlar to‘plami. - “Istiqlol” nashriyoti sho‘ba kor-
xonasi Bosh tahririyati. Toshkent- 2004, 10-b.
2 Yuqoridagi to ‘plam. 17-b.
3
Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini
tashkil etish to‘g‘risida” Farmoni muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Far-
monda ta’kidlanishicha, “Har qaysi xalqning ona tili
va adabiyoti uning
milliy ruhi va o‘zligining, madaniy-ma’rifiy olami, milliy g‘oyasining
asosi hisoblanadi. Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning “Har
bir millatning dunyoda borlig'ini ko'rsatadurgan oyinai hayoti til va
adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak - millatning ruhini yo‘qotmakdur”
degan hikmatli so‘zlari ham bu fikmi yaqqol tasdiqlaydi”. Shuningdek,
Farmonda o‘zbek tilining qadimiy ildizga va boy tarixga ega ekani, uzoq
tarixiy taraqqiyot bosqichini bosib o‘tgani to‘g‘risida ham aytilgan.
Qo‘llanmada, mazkur farmondan
kelib chiqilgan holda, har bir davrdagi
adabiy tilning adabiy manbalami shakllantirishdagi roliga ham alohida
e’tibor qaratilgan.
“0 ‘zbek adabiyoti tarixi” kursini o‘qitish muntazam ravishda ada-
biyotshunoslik va metodika fanlariga doir so‘nggi yutuqlar bilan boyitib
borilishi talab etiladi.
Aks holda, talabalaming mumtoz adabiyot tarixi
haqidagi tasavvurlari adabiyotshunoslik fani taraqqiyotidan ortda qolib
ketadi. Shuningdek, bo‘lajak filologlar egallagan bilimlarini yosh avlod-
ga o‘rgatishning samarali didaktik usullaridan bexabar qolishlari mum-
kin. Yosh filologlar ertangi kunga yaroqsiz
eski adabiy qarashlar tizi-
mi bilan qurollanib qolmasliklari uchun ko‘p asrlik tarixga ega o‘zbek
adabiyotiga tamomila yangicha nuqtai nazardan yondashish zaruriyati
paydo bo‘ldi. Chunki bizda, shu vaqtga qadar, umuman, adabiyot tarixi-
ni, xususan, mumtoz adabiyot tarixini sogiom ilmiy asoslarda o‘rganish
tamoyillari ishlab chiqilmagan edi.
Ko‘p asrlik o‘zbek adabiyoti tarixi o‘tmishda
alohida mustaqil fan
va yaxlit tizimli badiiy-estetik hodisa sifatida emas, balki eng yetuk ada
biy siymolaming alohida asarlari ko‘proq badiiy mahorat nuqtai nazari-
dan lokal yo‘sinda o‘rganib kelingan bo‘lsa, Sho‘ro davrida adabiyotga
sinfiy-partiyaviy nuqtai nazar bilan qarash oqibatida bir millatning ya-
gona adabiyotiga bir-biriga zid bo‘lgan ikkita adabiyot sifatida qaraldi.
Do'stlaringiz bilan baham: