Shomonlik oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot.
Moniylik oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot;
Buddaviylik oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot.
Biz ikki jilddan iborat “0 ‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari”ni3
tuzganimizda, o ‘zbek adabiyotini davrlashtirish tamoyillarining o‘ziga
xos jihatlari, mezonlari, tamoyillari haqida qisqacha so‘z yuritib,
o'zimizning davrlashtirishimizni taqdim qilgan edik. Keyingi izlanishlar
natijasida o‘zbek adabiyotini davrlashtirish uchun faqat badiiy asarlami
emas, balki tarixiy-adabiy asarlami, sof tarixiy asarlar va ulaming tar-
3
Qarang: 0 ‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari, 1 jild (eng qadimgi davrlardan X l l l asr oxiri-
gacha). Tuzuvchi, izoh va sharhlar muallifi filologiya fanlari doktori, professorN. Rahmonov, Tosh
kent, «Fan», 2005; O 'zbek mumtoz adabiyoti namimalari,
IJ
jild (XIV-XV asr boshlari), Tuzuvchi,
izoh va sharhlar muallifi filologiya fanlari doktori, professor N. Rahmon, Toshkent, «Fan», 2007.
5
kibida istifoda etilgan ma’lum adabiy janrlami ham jalb etish lozimligi
ma’lum bo‘ldi.
Ammo o‘zbek adabiyotini davrlashtirish uchun faqat turkiy yoki
o‘zbek tilidagi asarlaming o‘zi ham kifoya emas. 0 ‘rta Osiyodagi, xusu-
san, Turonzamindagi arab tilidagi adabiyot ham o‘zbek adabiyoti tarixida
alohida davmi tashkil qilishi haqida biz o‘z qarashlarimizni ilgari surgan
edik.4 Bu davr adabiyotini biz «G'aznaviylar davri adabiyoti» degan nom
bilan atash maqsadga muvofiqiigini va buning sabablarini ham tahlil qil-
dik. G'aznaviylar davlatining o‘z qo‘li ostidagi davlatlarda olib borgan
siyosati ilmiy va madaniy muhitga keskin ta’sir o'tkazdi. G‘aznaviylar
davlatining ilmiy, madaniy va adabiy muhiti XI asming buyuk qomusiy
olimi Abu Rayhon Beruniy merosida namoyon bo‘ladi. Aytish mum-
kinki, G‘aznaviylar davlatining butun yutuqlari, ilmdagi, adabiyotdagi
muvaffaqiyatlarini belgilovchi omil - Beruniyning asarlaridir. Eng mu-
himi, G‘aznaviylar davlati adabiyotini alohida davr sifatida o‘rganishda
Beruniyga tayanish mumkin. Soddaroq qilib aytganda,
“G‘aznaviylar
davri adabiyoti"
degan nom ostida alohida davmi Beruniyning badiiy
adabiyotga, adabiy janrlarga bo‘lgan munosabati, uning qarashlari bel-
gilaydi. Biz uchun muhimi shu - uning ilmiy faoliyati, G‘aznaviylar su-
lolasida yaratgan adabiyot va adabiyoshunoslikka oid qarashlari alohida
adabiy davr haqida so‘z yuritish imkonini berganidir. Shu bois, birinchi
navbatda, “G‘aznaviylar davri adabiyoti”ni alohida adabiy davr sifatida
baholar ekanmiz, Beruniyning “Osor ul boqiya” (“Qadimgi xalqlardan
qolgan yodgorliklar”) asaridagi adabiy janrlar, adabiyotshunoslikka oid
kuzatishlariga, qolaversa, “Hindiston” asarida afsona va rivoyatlarga ta-
yanamiz. Shuningdek, Ibn Sinoning “Tayr”, “Solomon va Ibsol” qissala-
ri ham G‘aznaviylar davri adabiyotining bir qismidir.
Savol tug‘ilishi mumkin: Beruniy bironta asarini o ‘zbek tilida yoz-
magan bo‘lsa, qanday qilib uning tarixiy-etnografik asarlarida keltirilgan
adabiy janrlar o‘zbek adabiyotining mulki deb ayta olamiz? Jahon ada
biy otida shu qoida ma’lumki, til muammosi har doim ham masalani hal
qilavermagan. Masalan, Bibliyaning Yangi Ahd qismini yahudiy xalqi
o‘zining mulki, o‘zining badiiy asarlari, madaniy merosi sifatida qadr-
laydi. Lekin Yangi Ahd asosan yunon tilida yetib kelgan. Ammo yunon-
lar hech qachon Yangi Ahd muallifligiga da’vo qilgan emaslar. Bunga
o‘xshash misollarni boshqa xalqlaming qadimgi adabiyotidan namuna
sifatida keltirish mumkin. Biz esa faqat bir misol bilan cheklanamiz.
4
Некоторые вопросы периодизации узбекской литературы. «Алтаистика и тюркология»
ж., Астана, 2013, №4.
6
0 ‘rta Osiyoda arab xalifaligi hukmronligi davrida turkiy yoki o‘zbek
adabiyoti tanazzulga yuz tutdi. 0 ‘rta Osiyoda arab xalifaligi hukmronligi
davriga oid turkiy tildagi yozma manbalar yo‘q. Darvoqe, Beruniy 0 ‘rta
Osiyoga, xususan, Moavarounnahrda arablar istilosigt va uning oqibatla-
rini shunday tasvirlaydi: “Qutayba Ibn Muslim al- Bohiliy xorazmliklar-
ning kotiblarini halok etib, bilimdonlarini o‘ldirib, kitob va daftarlarini
kuydirgani sababli, ular savodsiz qolib, o‘z ehtiyojlarida yodlash quvva-
tiga suyanadigan bo‘ldilar”.5
Mana shu dalilning o‘zi ham arab xalifaligi davrida Movarounnahr-
ning madaniy ahvolidan darak beradi. Ammo adabiy jarayon to‘xtab
qolmadi. Yaqin uch asr davomida turkiy adabiyotning markazi Mova-
rounnahrdan tashqarida Sharqiy Turkistonda, Sibir o‘lkalarida yashadi.
Bu o'lkalar islom madaniyatidan xoli bo‘lgani uchun og‘zaki va yozma
adabiyot qadimgi turkiy adabiyotning davomi sifatida yashayverdi.
Arab xalifaligidan keyin paydo bo‘lgan Somoniylar, G‘aznaviylar,
Saljuqiylar sulolalarida vaziyat tamomila boshqacha tarzda namoyon
bo‘ldi. Somoniylar sulolasida fors-tojik adabiyoti gullab-yashnadi, Qo-
raxoniylar davrida turkiy til, turkiy madaniyatga alohida e’tibor qaratildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “G‘aznaviylar davri adabiyoti”
ham o‘zbek adabiyotining bir bo‘lagi sifatida o‘qitilishi lozim, deb bi-
lamiz. Ammo shuni hisobga olish kerakki, Ilk uyg'onish davri vakilla-
ri - Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Rudakiy kabi olim va shoirlar ham
“G‘aznaviylar davri adabiyoti” qismida berildi.
Xullas, sulolalar tarixi davrlashtirishning bir mezoni bo‘lishi mum-
kin ekan. Bunday holda albatta adabiy jarayonda jiddiy o‘zgarishlar
bo‘lishi, yangi, takrorlanmas adabiy muhit yuzaga kelishi shart. Mashhur
adabiyotshunos N.Mallayev o‘z davrida o‘zbek adabiyotini davrlashti
rish haqida so‘z yuritganda, sovet mafkurasi nuqtai nazaridan adabiyot
bilan xonlar, sulolalar tarixi va nomi o‘rtasiga qat’iy chegara qo‘ygan
edi. U o‘zbek adabiyoti tarixini davrlashtirish tamoyillari va omillari si
fatida quyidagilami ko'rsatdi: “...adabiyottarixi xalq tarixining uzviy bir
qismi bo‘lib, uni davrlashtirishda, bir tomondan, jamiyatning umumiy
taraqqiyot qonuniyatlariga, ikkinchi tomondan, adabiyot taraqqiyotining
o‘ziga xos xususiyatlariga asoslanish lozim”.6 N.Mallayevning davr
lashtirish tamoyillari bu o‘rinda aniq belgilangan. Darslik muallifi ada-
biyotshunoslikda erishilgan yutuqlar, xususan, adabiyotni davrlashtirish
5 Abu Rayhon Benrniy. 0 ‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar, Toshkent, Fan, 1968, 84-b.
6
Mallayev N.M, 0 ‘zbek adabiyoti tarixi. Birinchi kitob (XVII asrgacha) “0 ‘qituvchi” nashriyoti,
Toshkent, 1976. 7-b.
7
tamoyillarining eskicha usullari bilan o‘zining davrlashtirish tamoyilla
ri o‘rtasida tamomila farq borligini dalillashga harakat qiladi: “...sovet
adabiyotshunosligi o‘zbek adabiyoti tarixini o‘rganish sohasida yo‘l
qo‘yilgan xatolarga, jumladan, adabiyot tarixi taraqqiyotini sulolalaryoki
podsholaming, xonlaming kelib-ketishlari tarixiga qarab davrlashtirish
mayllariga uzil-kesil barham berdi”.7 N.Mallayev ma’lum darajada haq,
u sulolalar hukmdorlari bilan adabiy jarayon taqdirini belgilash tarafdori
emas va adabiyotni davrlashtirishda ham tamomila bu tamoyildan Sovet
davrida voz kechilganini ta’kidladi. Ammo masala boshqa yoqda - ada
biy jarayonning ma’lum bir xonlik davridagi o‘ziga xos, takrorlanmas
xususiyatlari - adabiy jarayonning yuksalishi yoki tanazzuli, adabiyotga
yangicha yondashuv davrlashtirish uchun tamoyil bo‘lishi kerakmi yoki
yo‘qmi? Shubhasiz, ma’lum bir sulolalar va xonliklaming adabiy jara-
yonni yangi o‘zanga burib yuborgani aniq va bunga misollar ham ko‘p.
Bu holatni Qoraxoniylar sulolasida ham, Oltin 0 ‘rda adabiyotida ham,
Temuriylar davri adabiyotida ham ko‘rish mumkin. Shu bois biz o‘zbek
adabiyotida ma’lum sulolalar davrida o'ziga xos mezon, tamoyillar, usul
shakllangani uchun, adabiyotni davrlashtirishda sulolalar tarixiga taya-
namiz va shu nom bilan ataymiz.
0 ‘zbek adabiyotining ilk mumtoz va o‘rta asrlar davridagi bosqich-
lariga nazar tashlasak, yana bir hodisaning guvohi bo‘lamiz. Bu adabiy
jarayonning uzluksizligi masalasidir. Adabiy jarayonning uzluksizligini
ta’minlaydigan omillar va vositalar ma’lum syujetlar, yoki badiiy tasvir
vositalaridir. Aytaylik, qadimgi turkiy adabiyotdan ilk klassik davrga
o‘tish jarayonida shunday hodisani kuzatish mumkin. Jumladan, qadim
gi turkiy-run yozma yodgorliklarini yozma adabiyotning namunasi si
fatida tahlil va talqinlar ilk mumtoz adabiyotidan uzilmasdan, obrazlar,
badiiy tasviriy vositalarida davom etdi. Masalan, “Qutadg‘u bilig” bilan
turkiy- run yozuvlari o‘rtasidagi aloqalar shundan dalolat beradi. Ikki
davr adabiyotining - islomgacha va islomdan keyingi davr adabiyotining
o‘rtasidagi uzluksizlik davrlashtirishga aslo halaqit bermaydi. Bu holat
esa qadimgi turkiy adabiyotni ikki davrga - islomgacha va islom davri
dagi adabiyot sifatida chegaralab o‘rganishga imkon berdi.
Qoraxoniylar sulolasi davridagi turkiy adabiyot islomgacha bo‘lgan
turkiy adabiyotdan farq qiladi. Garchi bu davrdagi adabiyot qadimgi tur
kiy tilda davom etgan bo‘Isa ham, adabiyotning mazmun-mohiyati, ada
biy ta’sir, janrlar, vazn, xullas, adabiy jarayon nuqtai nazaridan alohida
davr sifatida ajratilishini taqozo etadi.
7 Mallaycv N.M. Yuqoridagi asar, 8-b.
Mo‘g‘ullar istilosi Markaziy Osiyoning iqtisodiy, ijtimoiy-siyo-
siy hayotiga jiddiy salbiy ta’sir etdi. Bu haqda aytib o‘tirishga hojat
yo‘q, deb o‘ylaymiz. Ammo mo‘g‘ul istilosining, birinchi navbatda,
mo‘g ‘ullaming o‘zlari uchun, ikkinchidan, 0 ‘rta Osiyo turkiy qavmla-
ri uchun ijobiy tomonlari ham bo‘ldi. Mo‘g‘ullar uchun ijobiy tomoni
shunda bo‘ldiki, na davlat tizimiga, na davlat boshqaruvi tizimiga, na
turmush madaniyatiga ega bo‘lgan xalq 0 ‘rta Osiyoga kelib, hamma
narsani - davlat tuzilishini ham, davlat boshqaruvini ham, turmush ma-
daniyatini, ma’naviy madaniyatni, jumladan, yozuv madaniyatini ham
o‘rgandi. Ikkinchidan, adabiy jarayon tamomila boshqa o‘zanga tushdi.
yerli xalqning ehtiyojlarini birinchi navbatda e’tiborda tutgan mo‘g‘ul
xonlari turkiy tildagi adabiyotga e’tibor berdilar. Ayniqsa, Oltin 0 ‘rda
davlati turkiy tildagi, aniqrog‘i, yevropaliklar “chig‘atoycha” deb atay-
digan eski o ‘zbek tilidagi adabiyot taraqqiyotiga e’tibor qaratdilar. Ol-
tin 0 ‘rda davlatining poytaxti Saroy shahrida eski o‘zbek tilidagi ada
biy muhit yuzaga keldi. Qul Ali, Mahmud Ali ibn as-Saroyi, Xorazmiy,
Rabg‘uziy, Qutb va boshqa qator ijodkorlar Oltin 0 ‘rda adabiy muhitini
shakllantirdilar. Misr mamluklar davlatidagi (XIII-XVI asrlar) turkiy
adabiyot ham bevosita Oltin 0 ‘rda adabiyotining davomidir.
Oltin 0 ‘rda qulagandan so‘ng, ijtimoiy-siyosiy hayot bilan bir-
ga, adabiy, madaniy va ilmiy hayot ham o‘zgardi. Adabiy hayotdagi
o'zgarishlar Temuriylar davri adabiyotiga zamin bo‘ldi.
Temuriylar davri adabiyotiga oid mazkur qo‘llanmada tahlil qilin-
gan asarlami biz yuqorida keltirilgan majmuamizning 2-jildida manbas-
hunoslik nuqtai nazaridan qaytadan ко‘rib chiqdik. Xususan, munoza-
ralar janriga oid asarlaming nashrini fotonusxalariga solishtirib, matn
tayyorlash jarayonida yo‘l qo‘yilgan ko‘plab saktaliklami bartaraf qila
oldik. Talabalar matnni о ‘qish jarayonida lug‘atga ehtiyoj sezmasin deb,
matnlami imkon qadar lug‘at bilan ta’minlashga harakat qildik; zamon
talablari tufayli tushirib qoldirilgan aksariyat mumtoz asarlaming debo-
chalarini, masalan, nomalaming hamd, na’t qismlarini turli manbalardan
topib tiklab, tahlil ob’ekti qilib oldik va talaba asami to‘liq tasawur qi-
lishiga harakat etdik.
Yuqoridagi qisqacha sharhlardan shu narsa ayon boiadiki, adabiy
jarayonning o‘zgarishi va taraqqiyoti bevosita va bilvosita sulolalar tari
xiga ham, sulolalar o‘zgarishi bilan yuzaga kelgan adabiy va madaniy
muhitga ham bog‘liq ekan. Qolaversa, o‘zbek adabiyoti har bir davrda
o‘ziga xos kategoriyalarga - muallif pozitsiyasiga, mavzuga, g‘oyaga,
9
muammoga, uslubga va h.larga ega bo‘lib, sulolalar tarixi bu kategoriya-
laming paydo bo‘lishi va shakllanishida muhim rol o‘ynadi. Adabiy ja-
rayondagi ana shu kategoriyalarni inobatga olgan holda, XV asrgacha
bo‘lgan o‘zbek adabiyoti tarixini quyidagicha davrlashtirib o'rganish
maqsadga muvofiq, deb qaraymiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |