Kosmogonik mifning qadimgi turkiy yodgorliklarda ko‘rinishi.
Qadimgi turkiy miflaming manbai umm-yenisey yozma yodgorliklari
va qadimgi xitoy yilnomalarida, ayrim arab, fors va boshqa manbalarda.
Qadimgi turkiy yozma yodgorliklardan Kultigin bitikoshining birinchi
misrasida olamning va insoniyatning paydo bo‘lishi haqidagi mif mav-
jud:
Uza ко 'к tangri asm yag ‘iz yer qilintuqta akin ага kisi о ‘g ‘li qi-
linmis. Kisi о ‘g ‘linta uza achum арат Bo ‘min qag ‘an, Istami qag ‘an
о ‘lurmis, о ‘luripan turk bo ‘dunin alin to ‘rusin tuta birmis, ita birmis
- Yuqorida ko‘k osmon, ostda qora yer qilinganda, ikkovining orasida
inson bolasi yaratilgan. Inson bolasi ustidan ota-bobom Bo‘min xoqon,
Istami xoqon o‘tirganlar, o‘tirib,
turk xalqining davlatini, qonun-qoida-
larini ushlab turgan. rioya qilib turgan10.
Parchani mif deb qarashimizga quyidagi omillar sababdir:
qadimgi
turkiylar yemi - ona, osmonni - ona deb tasawur qilganlar. Inson bola-
lari (qadimgi turkiylar) osmon va yeming nikohidan paydo bo‘lgan. Kul
tigin bitiktoshidan olingan bu parcha kosmogonik mifning namunasidir.
Bilga xoqon bitiktoshining boshlanmasida ham shu mif aynan takrora-
nadi.
Kul tigin bitikoshining boshlanmasidagi
mifga hamohanglik
ko'pchilik turkiy eposlaming boshlanmasida, jumladan, xakaslaming
“Altin arig‘”, yoqut xalqining “Er Sogotox” eposlarida ham uchraydi.
Jumladan, “Er Sogotox”da “ona yer” iborasi aynan Kul tigin bitikoshi-
dagi yemi ifoda etadi. Darvoqe, Kultigin bitiktoshi boshlanmasi qadimgi
turkiy qavmlaming tarixiy voqealardan oldingi mifologik tasawurlari va
inonch-e ’ tiqodlar in mg manzarasini yaratadi.
Mo join chur bitiktoshining boshlanmasi Kul tigin va Bilga xoqon
bitikoshlariniki singari mif bilan boshlanadi:
Tangrida bo ‘Imish, il it-
mish bilga qag'an
(1) - Tangridan bo‘lgan, davlatni barpo qilgan dono
xoqon.
Kul tigin. Bilgan xoqon va Moyun chur bitiktoshlarining boshlan
masida afsonaviy epik ruhning borligiga sabab shuki,
epik zamonning
asosini mif tashkil qiladi. Mualliflaming maqsadi ilk davrdagi turkiy
qavmlaming tarixini hikoya qilish edi. Tarixiy voqealar va mif bir-birini
to‘ldiradi.n Mifning tarixiy voqealami tasdiqlash uchun kiritilishi ayni
,0Bu haqda yana qarang:: Журакузиев H. Представления древних тюрков о мироздании. -
Российская тюркология. №1(6) 2012. РКТ при ОИФН РАН. - Москва-Казань. С. 91-96.
"Рахмонов Н. Некоторые особенности зачинов орхонских памятников. -“K o‘hna turkiy
yozma yodgorliklar: yozuv madamyatining ibtidosi” xalqaro konferensiya materiallari “Информ
13
ana shu o‘rinda o‘z ifodasini topadi. Mazkur mif kosmogonik miflaming
namunasidir.
Qadimgi turkiylaming kosmogonik
mifologiyasida quyosh va oy
timsoli ham alohida ahamiyatga ega. Xususan, tongda chiqayotgan qu
yosh muqaddas sanalgan. Xoqon qarorgohining darvozasi sharqqa - qu
yosh chiqadigan tomonga qaratib qurilgan. Xitoy yilnomalarida qadimgi
turkiylardagi boshqa muqaddas sanalgan samoviy jismlar qatorida “yetti
sayyora” ham eslanadi. Urxun bitiktoshlarida makon sifatidagi yer to‘rt
tomondan iborat bo‘iib, to‘rt burchak bilan chegaralangan. Bu holatda
yer yuqoridagiday mifologik mazmundan xolidir :
To ‘rt bulung qo ‘p
yag'i armis
(Ktu 2) - To‘rt tomon butunlay dushman ekan. Yoki to-
monlar aniqlashtirilganda ham yeming to‘rt tomoni geografik cljegarala-
nish ma’nosini iqoda etadi:
О 'ngra qitaniyda, bariya tabg'achda, quriya
qurdanta, yiraya og'uzda, aki uch bing sumuz, kaltachimiz bar mu na?
(To‘n., 14) - Sharqda qitaniyga, janubda tabg'achga, g‘arbda qurdanga,
shimolda o ‘g ‘uzga ikki uch ming lashkarimiz (bilan) boraylikmi?
Do'stlaringiz bilan baham: