5-sinf ona tili fanidan diktant matni 1-variant Mate jasorati



Download 20,72 Kb.
Sana25.06.2017
Hajmi20,72 Kb.
#15905
5-sinf ona tili fanidan diktant matni 1-variant

Mate jasorati

Turk xalqining zaiflashib qolganidan foydalangan dushman elchi jo`natib turk xoqoni Matedan uning eng yaxshi ko`rgan otini, so`ngra kanizagini so`rattirdi.

Mate kеngash chaqirdi. Barcha bеklar, lashkarboshilar: “Ot yigitning qanoti, kanizak esa or-nomusi, bеrma!” – dеganiga qaramasdan, xoqon el osoyishtaligini o`ylab, ularni bеrib yubordi.

Bu bilan kifoyalanmagan dushman ikkala mamlakat o`rtasidagi tashlandiq yеrni so`rab elchi yubordi. Mate yana kеngash chaqirdi. Kеngash qatnashchilari: “Bеrib yubor, baribir, foydalanmayapmiz-ku”, – dеganlarida, Mate: “Yo`q! Bu gal ona yurt, ona tuproq sha’ni haqida gap kеtayotibdi. Undan bir qarichini ham dushmanga bеrib qo`ymaymiz!” – dеb xalqini jangga boshladi va haddidan oshib kеtgan yovni tor-mor kеltirdi.

Vatanning bir qarich yeri ham barchamiz uchun qadrli. (104 so`z)

6-sinf ona tili fanidan diktant matni 1-variant

Atirgul

Atirgul butasimon o`simlik bo`lib, bo`yining balandligi 1-2 mеtr. Uning yosh novdalari yashil rangli va ko`p tikanlidir. Atirgulning yoshi o`tishi bilan po`stlog`i ko`ng`ir tus oladi. Barglari anchagina qalin bo`lib, bandi bilan shoxlarda kеtma-kеt joylashgan. Gullari anchagina yirik, o`ta xushbo`y, ko`rinishi jozibali, har xil rangda bo`lishi mumkin.

Atirgul moyi qimmatbaho va noyob hisoblanadi, chunki uning tarkibida murakkab efirlar bor.

Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobining ikkinchi jildida atirgul to`g`risida shunday dеyilgan: “Atirgul gulbarglarini qaynatib, siqmay shishlarga bog`lansa, ularni qaytaradi. Atirgulga uzum sharbati qo`shib qaynatilib surtilsa, milklarni mustahkamlaydi, quloq og`rig`iga davo bo`ladi. Asal bilan tayyorlangan gul murabbosi mе’dani susaytirmaydi, jigarga orom bag`ishlaydi, ovqatning hazm bo`lishiga yordam bеradi”.

Atirgul Sharq xalqlari tibbiyotida qadimdan kеng miqyosda qo`llanilib kеlingan. Bu o`simlikning gulbargidan murabbo va gulqand tayyorlangan. (120 so`z)

7-sinf uchun ona tili fanidan bayon matni 1-variant
Ona tabiat

Asrimiz oxiriga kelib manzara butunlay o`zgarib ketdi. Ishlab chiqarish kuchlari ko`paydi. Bu o`z navbatida yangidan yangi zavod va fabrikalar, yirik ishlab chiqarish birlashmalari, turli xil tashkilotlar, jamoa xo`jaliklarining barpo bo`lishiga olib keldi. Yangi yerlar o`zlashtirilib, paxta maydonlari kengaytirildi.

Necha yuz yillar davomida barpo bo`lgan bog`larimiz kesildi, o`rniga ishlab chiqarish korxonalari qurildi. Qanchadan qancha mevali daraxtlar shahar husnini buzadi, uni ifloslantiradi, degan bahona bilan qirqib tashlandi. Yangi yerlar suv resurslarini hisobga olmay o`zlashtirilaverdi. Natijada Orol dengizidan ayrilib qolishimizga bir bahya qoldi. Xullas, xatolarimiz uchun tabiat bizni qattiq jazoladi. Mevali daraxtlarimizning keskin kamayib ketishi bozorlarimizda mevalarning narxi ko`tarilishiga sabab bo`ldi. Yong`oq, mayiz, turshak, danak, pista kabi mevalar faqat aziz mehmonlar kelganidagina xarid qilinadigan bo`ldi. Og`izga solsa erib ketadigan o`riklarimizning sarxil navlari yo`qoldi. Vaholanki, o`rik tarkibida inson organizmi uchun zarur bo`lgan 18 xil mikroelementlar bor. Hozirgi kunda shifobaxsh yong`oq daraxti faqat tog`li joylarda va ayrim xonadonlardagina saqlanib qolgan. Axir, yong`oq tarkibida 45 foizdan 75 foizgacha yog` borligi, A, B, C vitaminlari, 25 foiz inson hayoti uchun kerak bo`lgan moddalar borligi hammaga ma’lum edi-ku?! Yong`oqning nafaqat mevasi, balki uning barglari ham shifobaxshdir. Kichik bir yong`oq shoxchasi bo`lgan xonada yuqumli kasallik tarqalmaydi. Bundan tashqari, yong`oq atrofga gazsimon fitonsid moddasini chiqaradi. U havoni tozalashda beqiyosdir. Men ajoyib jiydazorlarni eslayman, ming afsuski, e’tiborsizlik, loqaydlik tufayli bu meva daraxti o`lkamizda barmoq bilan sanoqli qoldi.

Bizga hayot baxsh etib turuvchi ona tabiatimizni asrash har birimizning muqaddas burchimiz ekanligini unutmasligimiz lozim. Tabiatning har bir zarrasini ko`z qorachig`idek asrashga astoydil harakat qilamiz.

8-sinf ona tili fanidan bayon matni 1-вариант

Faqat Botir aybdormi?

Kundan kunga rivojlanib, jahonga yuz tutayotgan jannatmakon yurt farzandi ekanligimdan faxrlanaman. Uning rivoj-ravnaqiga o`z hissasini qo`shishga intilayotgan yoshlarimizdan biri bo`lishga intilaman. Olmoniyada magistraturani tamomlayotgan Luiza opamga, Los-Anjelosda tahsil olayotgan Iroda opamga juda-juda havas qilaman. Zero, yurtimiz kelajagining buyuk bo`lishi, poydevorining mustahkamligi ana shunday intiluvchan yoshlarimiz qo`lidadir.

Zimmamizdagi jiddiy mas’uliyat zalvorini his qilgan holda, bizlar uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar uchun o`z bilim va intilishlarimiz bilan javob bermog`imiz lozim.

Ammo sholi ham kurmaksiz bo`lmaganidek, beboshlik ko`chalariga kirib qolayotgan yoshlarimiz ham yo`q emasligini inkor etib bo`lmaydi.

Botir ismli bir yigitni taniyman. Kattagina oilaning to`ng`ich farzandi bo`lmish tabiatan og`ir, vazmin bu yigit maktabning oldi o`quvchilaridan biri hisoblanardi. Ustozlari-yu maktabdoshlarining birdek mehrini qozongan Botirjon bilim maskanining faxri sanalardi.

Yaqinda uning qilmishini eshitib, hayratdan yoqa ushladik. Ustozlari uning baholari pasayib, keyingi paytda ko`p dars qoldirayotgani haqida ota-onasiga xabar berishgandi. Ular esa bu holga unchalik e’tibor berishmabdi. Botir esa bir necha bolalar bilan do`stlashib, aksariyat vaqtini pana-pastqam joylarda o`tkazadigan, tashlandiq binolarda tunab qoladigan odat chiqaribdi. Asrimiz vabosi bo`lmish giyohvandlikning boshi berk ko`chasiga kirib qolibdi. Giyohvandlik moddalarini sotib olish uchun esa talaygina pul kerak. Xo`sh, pulni qayerdan olishadi? Shunda Zokir ismli “do`sti”ning uzoq qarindoshini mo`ljalga olishibdi. Nasiba xolaning yolg`iz yashashi ularga qo`l kelibdi va xonadoniga o`g`irlikka tushishibdi.



Botir bilan Zokirning bu qilmishi bir zumda fosh bo`lib, el-u yurt oldida sharmanda bo`lishibdi.

Xo`sh, Botirning bunday ayanchli ahvolga tushib qolishiga kim sababchi? Albatta o`zi, dersiz?! Siz haqsiz. Lekin uning taqdiriga befarq bo`lgan, ustozlarining shikoyatiga e’tiborsizlik bilan qaragan, tunlari uyga kelmasa ham, qayerdaligini surishtirmagan, tergamagan ota-onaning ham aybi yo`qmikin? Siz nima deysiz? … (“Tong yulduzi”dan)
Download 20,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish