O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

maxasangxiki
asosida tashkil topdi. Maxayananing to‘liq shakl- 
lanishi milodning boshlariga - sutralar alohida guruh sifatida paydo 
bo'lgan davrga to‘g‘ri keladi. Maxayana yo‘nalishini buddaviylik bilan 
shug'ullangan Nagaijuna, Ashvagxosha, Shantarakshita, Chandrakirti 
kabi buyuk faylasuflar rivoj lantirdilar.
Maxayananing boshqa buddaviylik yo‘nalishlaridan farqi nimada? 
Nima uchun uni “katta g‘ildirak” deb ataydilar? Gap shundaki, maxa­
yana tarafdorlarining qarashicha, ongning tiniqlashuvi faqat rohiblarga- 
gina emas, balki jamiki mavjudotlar uchun joizdir. Maxayananing aso­
siy farqli xususiyati shundan iborat. Maxayanada, hamma najot topishi 
mumkin, bu yo‘lda insonga buddalar va bo‘disatvlar yordam beradilar, 
deb qaraladi. Xinayana yo‘nalishiga mansub 
arxant
timsoli o‘miga, 
bo‘disatv timsoli shakllantirilgan. Bo‘disatv oliy ruhiy yetuklikka eris- 
hib, nirvonga ketmaydi, balki hamma najot topishga erishishi uchun 
yordam berish maqsadida sansarada qoladi. Aytish mumkinki, xinayana 
izdoshlariga: “Faqat yakka holatda, uzoq vaqt shaxsan o‘zini o‘zi komil 
qilish rohiblik orqali najot topa oladi”, deb ta’lim bersa, maxayana qu­
yidagicha o‘git beradi: “Hamma uchun yo‘l ochiq. Boringlar, sizlarga 
budda va bo‘disatvlar yordam beradilar. Agar bu yo‘lga kirishga zaif 
bo‘lsangiz, oddiy odam bo‘lib qolinglar, ammo Buddaning qoidalari va
Dil ve Edebiyat Incelemeleri Dergisi. Tiirkiye. Sayi 5. Nisan 2013. P. 15-21.
89


amrlariga rioya qilinglar, nirvonga yetishish uchun katta qadam shudir”.
Buning ma’nosi shuki, maxayana yo‘liga kirgan insonlar bu 
yo'nalishning barcha aqidalarini bajaradilar. Qolaversa, buddalar va 
bo'disatvlar xuddi boshqa odamlaming 
karma
(inson butunlay qay­
ta tug‘ilish jarayonida yuz beradigan jamiki yaxshi va yomon ishlar 
yig‘indisi)sini o‘z zimmasiga olayotganday bo‘ladi. Ular o‘z jasoratlari 
bilan oliyjanob karmani yaratadilar va azob-uqubatlar orqali imonlilar- 
ga o'tkazadilar. Shuning uchun maxayanadagi azob-uqubat oliy donish- 
mandlikka tenglashtiriladi.
Maxayana mazhabining falsafiy asoslariga ko‘ra, moddiy olamning 
to‘rt ilk elementi yoki “to‘rt maxabutli ilonlar” - yuqoriga intiladigan o‘t 
va shamol, pastga intiladigan yer va suvning harakatlari aralashib ket- 
ganda, ko‘p xastaliklar paydo bo‘ladi. Ko‘ngil bilimiga tayanish, ya’ni 
faqat o‘zligiga ishonish xastaliklaming boshidir.
Buddaviylik diniy tizimini axloq fani bilan bir doirada qarash 
mumkin. Yoki najot topish haqidagi aqida ham bir necha diniy tizim 
bilan maqsad va mohiyat jihatdan bir, faqat ish-amallari, timsollari bi­
lan farq qiladi, xolos. Ammo najot topish, shuningdek, “qayta tug‘ilish” 
ham ta’limot bo‘lishi bilan birga, diniy tizim hamdir. Masalan, “Oltun 
yorug‘”dagi har bir sudur insoniyatga najot berish va illatlardan xalos 
qilishga qaratilgan.
“Oltun yorug‘”da bayon etilishicha, Buddaning insoniyatga 
ko'rsatadigan cheksiz inoyati va marhamati ta’rifi yer yuzida mavjud 
bo‘lgan ta’rifu tavsiflaming hammasini qamrab oladi. Insoniyatni so- 
lihlikka yetaklashda insonga imkonsiz narsa Budda uchun imkonli. 
Qolaversa, Buddaning o‘nta va’dasi va buddaviylikning tub mohiyati
- insoniyatni komilikka yetaklash uchun ulami illatlardan xalos qilib, 
amaliy natijaga olib keladi. Asarda insonlami nuqsonlardan tamomila 
xoli, pok, ma’naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash yo‘l-yo‘riqlari 
Buddaning sifatlariga mos o‘gitlarining amaliy natijasidir. Ma’naviy pok 
insonlar, yoki umuman jonzotlar (“Oltun yorug‘”da 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish