Mavzu: An’anaviy madaniyatning dunyo madaniyatida tutgan o’rni
Reja:
1)O’rta asrlarda ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotdagi keskin o’zgarishlar
2) Iudaizm- mustaqil diniy tizim
3) Masihiylik ta’limoti sharqning falsafiy tafakkuri mahsuli sifatida.
O’rta asrlarda ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotdagi keskin o’zgarishla
Qabila boshliqlari, ishboshilar o‘zlariga tegishli yer maydonlarini sug‘orish tarmoqlarining yuqori qismidan, ayniqsa, to‘g‘on boshi atrofidan ajratib olganlar. Bu yo‘l bilan ular suvdan dehqonchilikda bemalol foydalanish, suv taqsimotini nazoratga olib, qishloq aholisi ustidan o‘z ta’sirini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lganlar. Shu tariqa, ular ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlaganlar. O‘sha davrda ular dehqonlar deb atalgan. Dehqonlar shaharlarda hashamatli qasr va saroylarga, savdo va hunarmandchilik do‘kon-u rastalaridan iborat kattagina xo‘jalikka ham ega bo‘lganlar. Qishloqlarda esa ekinzor paykallardan tashqari, ularning ko‘shk va istehkomli qo‘rg‘onlari, tegirmonlari bo‘lgan. Ko‘pdan ko‘p xizmatkorlar dehqonlarning xo‘jaligida qishin-yozin mehnat qilganlar. Har bir katta yer egasining 30–40, 50–100 va ba’zan undan ortiq maxsus askarlar guruhi – chokarlari bo‘lgan. Chokarlar baquvvat va abjir hamda o‘z xojasiga sadoqatli o‘spirinlardan tanlab olingan. Bunday sodiq va jangovar chokarlari bilan dehqonlar yov hujumi paytlarida dushmanga qarshi harbiy yurishlarda qatnashgan. Boshqa vaqtlarda ular dehqon xo‘jaligidagi tartibga qarab turganlar. Qishloqlarda dehqonlarning mavqeyi ortib, katta-katta yerlarga ega bo‘lib oldilar. Bu esa o‘z navbatida mamlakatning ijtimoiy hayotiga ta’sir o‘tkazdi. Yer egaligining tarkib topishi oqibatida mamlakatning ijtimoiy hayotida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Qishloq jamoalari yerli mulkdor dehqon va unga qaram bo‘lgan yersiz va erksiz kadivarlarga ajralib borgan. Qishloq jamoalari yerlarida yashab yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo‘lgan erkin ziroatchilar tabaqasi kashovarzlar deb atalardi. Keyinchalik ularning ma’lum bir qismi yerlaridan mahrum bo‘lib, bora-bora kadivarlarga aylanib borganlar. Ayrim dehqonlar esa o‘z viloyatlarida hatto mustaqil hokim bo‘lib olganlar. V asrning o‘rtalariga kelib, garchi ekin yerlarining ma’lum bir qismi mulkdor dehqonlar qo‘l ostidagi mulklardan iborat bo‘lsa ham, ammo ziroatkor vohalardagi sug‘oriladigan yerlarning asosiy qismi hali ham qishloq jamoalarining qaramog‘ida edi.
Eftaliylar davlati (V-VI asrlar)
Mamlakatimiz hududida ilk oʻrta asrlar davrida tashkil topgan yirik davlatlardan biri Eftaliylar davlatidir. Eftaliylarning etnik jihatdan qaysi qabilaga mansubligi, tillari tarixda yetarlicha tadqiq qilingan emas. Olimlarning xulosalariga qaraganda, milodning IV asr oʻrtalarida kushonlar bilan Eftaliylar boshqa qabilalar bilan birlashganlar. "Eftal" soʻzi esa eftaliylar shohi Vaxshunvor Eftalon nomi bilan bogʻliqdir. Vaxshunvor 457- yildan e'tiboran Chohaniyon, Tohariston, Badaxshonni oʻziga boʻysundirib Oʻrta Osiyoda katta davlatga asos soldi. V asrning ikkinchi yarmi va VI asr boshlarida Eftaliylar davlati hududlariga Oʻrta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston erlari kirar edi. Eftaliylar zamonida saltanat yakka xukmdor tomonidan boshqarilgan. Davlat boshqaruv tipi konfederativ podshohlik boʻlib, boshqaruv shakli cheklangan monarxiya boʻlgan. Taxt vorisini aniqlab, taqdim etadigan kengash mavjud boʻlgan. Bu kengash sulolaning moʻtabar vakillari, amirlar, yirik arkonlardan iborat boʻlgan. Eng muhimi, Eftaliylar davrida davlatimiz qonunlar asosida boshqarilib, bu turkiy tuzuklardan iborat boʻlgan. Katta hududni egallagan bu davlatda ba’zi katta viloyatlar mahalliy sulolalar tomonidan boshqarilgan. Eftaliylarning harbiy qoʻshinlari katta kuchga ega boʻlgan. Askarlari qoʻlida harbiy qurol-yaroqlardan gurzi, oʻq-yoy va asosiysi qilich muhim oʻrin tutgan. Ular lashkarlarining asosini otliq askarlar tashkil etgan. Milodiy V asrda sosoniylar va eftaliylar davlati oʻrtasidagi harbiy toʻqnashuvlarda eftaliylar qoʻshinining ustun kelishi, ular harbiy maxoratining yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi. Sosoniylarning sharqqa yurishlari eftaliylarning qarshiligi tufayli toʻxtadi. Ular Eron podshohlarining ichki siyosatiga ham aralashib turdilar, xatto shohlardan qaysi birini saylash va tayinlash masalasini hal qilish ularning qoʻlida boʻlgan. Eron davlati har- yili eftaliylarga oʻlpon toʻlab turgan. Eftaliylar davlatining poytaxti haqida ma’lumotlar yoʻq. Bunday markaz Poykan (Boykent) yoki Balx boʻlgan degan taxminlar bor. Bu davrda jamiyatda yerga egalik munosabati shakllanayotgan boʻlsada, qullar mehnatidan foydalanish davom etgan. Qaror topayotgan yerga egalik qilish munosabatlariga koʻra, katta yerlarni egallab olganlar dehqon nomi bilan atalgan. “Dehqon” qishloq hokimi ma’nosini anglatgan. Oʻzining kichikroq yerida xoʻjalik yuritganlar kashivarzlar, yeridan ajralib qolib dehqon xoʻjaliklarida yollanib ishlaganlar kadivarlar deb nomlangan. Eftaliylarning bir qismi koʻchmanchi boʻlib, chorvachilik bilan shugʻullansalar, asosiy qismi shahar va qishloqlarda yashaydigan oʻtroq aholi boʻlgan. Koʻpgina hududlarda, xususan, Qashqadaryo va Zarafshon vodiylarda gʻalladan tashqari sholi ham yetishtirilgan. Shuningdek, koʻplab gʻoʻza ekilgan va Markaziy Osiyoning paxtasi, xatto Xitoyda ham mashhur boʻlgan yilqichilik bilan shugʻullangan aholi asosan togʻ va togʻ oldi yerlarda yashashgan, zotdor argʻumoqlar Fargʻona vodiysida koʻpaytirilgan. Sugʻoriladigan yer maydonlarining ma’lum bir qismi feodal munosabatlarning qaror topa boshlashi bilan mulkdor zodagon tabaqa vakillari-"dehqonlar" qoʻliga oʻta boshlagan. Bu esa erkin dehqonlarning zodagon dehqonlarga qaram kadivarlarga aylanishiga asos boʻlgan. Dehqonchilik vohalarida Eftaliylarning V-VI asrlarda oʻtroqlashuvi kuchayadi va sugʻorma yerlarga talab ortadi. Hozirgi vaqtda ham mavjud boʻlgan. Zahariq, Boʻzsuv, Darhom kanallari V asrda barpo etilgan eng yirik sugʻorish tarmoqlaridan boʻlgan. Shu davr me'morchiligida qasrlar qurilishi ayniqsa ahamiyatli boʻlgan. Bu qasrlar 2 qavatli, shipi tekis, gumbazsimon va ravoqsimon qilib yopilgan bir necha xonadan iborat boʻlgan. Saroy va qasrlar qurilishida V asrdan boshlab pishiq gʻishtlar ishlatila boshlangan. Saroy ibodatxonalar devorlari rangdor tasvirlar bilan bezatilgan. Eftaliylar me'morchiligining ajoyib namunalaridan biri Buxoro yaqinidagi Varaxsha saroyi boʻlib, u buxorxudotlarning VI-VII asrlardagi qarorgohlar boʻlgan. Eftaliylar davrida hunarmandchilikning kulolchilik, shishasozlik, chilangirlik, boʻzchilik, zargarlik, qurolsozlik kabi turlari yaxshi taraqqiy etgan. Eftaliylar Eron, Vizantiya, Hindiston, Xitoy kabi mamlakatlar bilan elchilik, savdo-sotiq munosabatlarini olib borishgan. Xususan, 456- yili Eftaliylar Xitoyga oʻzi elchilarini yuborganlari tarixda qayd etilgan. V-VI asrlarda diniy e'tiqod va tasavvurlari bilan uzviy bogʻliq boʻlgan sopol haykalchalarni yasash va ularga topinish keng yoyiladi. Ulkan hududga yoyilgan Eftaliylar davlatida turli diniy e'tiqodlar turlicha boʻlgan. Soʻgʻdda zardushtiylik keng tarqalgan. Tohariston va Sharqiy Turkistonda esa buddiylikka e'tiqod qiluvchilar koʻp boʻlgan. Shunday qilib, V-VI asrlarda yurtimizda Eftaliylar sulolasi 100 yildan ortiq hukmronlik qildi. Bu sulola vakillari tarqoq mamlakatni birlashtirib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlar va tashqi aloqalar taraqqiyotining yuksalishiga erishdi. Ammo 563-567- yillarda turk xoqonlari tomonidan berilgan zarbadan soʻng Eftaliylar inqiroz sari yuzlandilar va xoqonlik ta’siriga tushib qoldilar.
Turk xoqonligi
VI asr boshlarida Oltoy o‘lkasida siyosiy jarayonlar faollashadi. O‘sha paytda hozirgi Mo‘g‘uliston va qisman Xitoyning shimoliy hududlari ustidan Jujan xonligi hukmronlik qilardi. VI asr boshlarida Oltoydagi turkiy qavmlar orasida Ashin urug‘ining mavqei ko‘tariladi. Ashin urug‘iga mansub Asan va Tuu 460-545- yillarda boshqa urug’larni o’zlariga bo’ysundiradilar va Oltoyda turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar.Tuuning o‘g‘li Bumin Tele qabilasini ham bo‘ysundiradi. Bumin Jujan xonligiga tobelikdan chiqish uchun kurashadi va 551- yilda Jujan xonining qo‘shinlarini engib, ularni o‘ziga bo‘ysundiradi. Tuuning oʻgʻli Bumin 551- yilda Markaziy Osiyoda eng kuchli hisoblangan jujanlar xonini yengib, Turk xoqonligi davlatiga asos soldi. Xoqonlikda birinchi hukmdor Bumin boʻlib, u taxtga Ili xoqon unvoni bilan oʻtirdi. 553-572- yillarda hukmronlik qilgan Muqan xoqon davrida esa xoqonlik Markaziy Osiyoda siyosiy ustunlikni oʻz qoʻliga oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |