O‘zbek davlatchiligi rivojidagi antik davr. Yunon-BaQtriya, QanG‘, Parkana va Tohariston davlatlari



Download 25,42 Kb.
Sana27.06.2017
Hajmi25,42 Kb.
#16922

Aim.Uz

O‘zbek davlatchiligi rivojidagi antik davr. Yunon-BaQtriya, QanG‘, Parkana va Tohariston davlatlari.

Miloddan avvalgi 250 yillar arafasida Baqtriya hukumdori Diodot o‘zini seleqkiylar davlatidan mustaqil hi qila bboshladi. Biroq u seleqkiylar davlati bilan aloqani darhol uzmadi va o‘zining faoliyachtida selevkiylarga qarashligini yuzaki bo‘lsada ko‘rsatib siyosat yurgizdi. Biroq uning o‘g‘li Diodot II o‘zini selevkiylardan mustaqil podsho deb e’lon qildi. Shu tariqa Baqtriya eparhiyasi (satrapligi) o‘rnida Grek-Baqtriya podsholigi vujudga keldi. Bu podsholik 100 yildan ortiqroq hukm surdi. (miloddan avvalgi 250-140 yoki 130 yillar). Uning hududiga Sug‘d, Baqtriya, Mirg‘iyona yerlari hamda Parkana va Chochni bir qism yerlari kirgan.

Grek-Baqtriya davlatida Diodot II dan keyin yevtidem Demetriy (miloddan avvalgi 199-167 yillar) Yevkratitlar hukumronlik qiladi. Bular davrida o‘zaro urushlar kuchaydi.

M.Yevratit davrida Sug‘d, Grek-Baqtriya davlati tarkibidan chiqib ketadi.(miloddan avvalgi 160 yillarga yaqin) va keyinchalik Xorazm tarkibiga kiradi. Huddi shu vaqtda Parfiya podshosi Mitridat I Baqtriyaga qarshi urush boshlaydi. Yevkraditni o‘zi esa Xindistonni shimoliy qismini buysundirib kelayotganda o‘z o‘g‘li Galiak tomonidan o‘ldiriladi.

Shunday keyin asta-sekin Grek-Baqtriya podsholigining inqirozi boshlandi (miloddan avvalgi II asr o‘rtalarida)

Kuchsizlanib qolgan Grek-Baqtriya davlatiga O‘rta Osiyoda yashovchi ko‘chmanchi qabilalar-yuyechjeylar miloddan avvalgi 140 va 130 yillar o‘rtasida, hujum qilib, uni ag‘dardi. Umuman olganda yuyechjeylar O‘rta Osiyoda grek-makedonlar hukumdorligini tak-tomiri bilan agdarib tashladilar. Miloddan avvalgi II asrning oxiri choragida Amu-dryoning shimolidagi hududlarining barchasi grek hukumdoridan ozod etildi. Miloddan avvalgi. I asrningn o‘rtalarida eng oxirgi Grek-Baqtriya davlati yerlari yuyechjeylar tomonidan bosib olingan va yo‘q qilingan edi.



Davlatni boshqarish. Grek-Baqtriya davlati boshida podsho turgan. Ayrim vaqtlarda podshoning o‘g‘li davlatni birga boshqargan. Davlat huddi selevkiy lardagidek satraplarga bo‘lingan. Podshoning 6 ta yaqin amaldorlari bo‘lib, ular davlatni boshqarishda muhim rol o‘ynaganlar. Ularga: lashkarlarning yuqori boshlig‘i, birinchi ministr, bosh qozi, xazina boshlig‘i va boshqalar kirgan.

Davlatda lashkarlar katta rol o‘ynaganlar. Ular greklardan va mahalliy xalqlardan tashkil topgan. Armiyada asosiy rolni otliq lashkarlar o‘ynagan. Otliq lashkarlar mahalliy amaldorlar vakillaridan tashkil topgan. Armiyada piyodalarga ham katta e’tibor bilan qaralgan. Ular asosan nayza bilan qurollangan bo‘lib, ular oddiy erkin kishilardan tuzilgan. Podshoning shaxsiy gvardiyasi bo‘lgan. Armiyada fillardan foydalanilgan.



Iqtisodiy hayot.

Grek-Baqtriya davlati (Sug‘d, Baqtriya, Marg‘iyonda) hosildor yerlari bilan ajraplib turgan. Bu yerda sug‘orma dexqonchilik rivojlangan bo‘lib, ekinlardan bug‘doy, gurunch ekilgan. Ko‘plab bog‘u-rog‘lar bo‘lgan.

Dehqonchilik bilan birga chorvachilik ham rivojlangan. Ayniqsa, yilkichilik yuqori darajada bo‘lgan. Baqtriya va Sug‘dda qisman tillo ham qazib olingan.

Yustian va Strabonlar Baqtriyani “Ming shaharli mamlakat” deb ta’riflashgan. Demak ajoyib shaharlar ko‘p bo‘lgan. Mamlakat podsholik poytaxti Baqtra shahri bo‘lgan. (Bu shahar hozirgi Afg‘oniistonga qarashli Mozori sharifdan 20 km masofada bo‘lgan). Shaharlarda savdo-sotiq, xunarmandchilik yuqori darajada bo‘lgan. O‘z vaqtida Baqtriyalik kulolchilar, ko‘nchilar, zargarlar, to‘quvchilar dunyoga mashhur bo‘lganlar.

Baqtriya savdo yo‘llari kesishgan joyda joylashgan bo‘lgani uchun bu yerdan Eron, Hindiston, Xitoy va boshqa mamlakatlarga turli buyumlar olib borib sotilgan va olib kelishgan.

Grek-Baqtriya podsholigi davriga kelib, O‘rta Osiyoda pul muomalasi sohasida dastlabki sezilardi ishlar amalga oshirilardi. Podsholar tillo, kumush va misdan tangalar zarb etganlar. Bizlargacha bu davrga hos tangalar yetib kelgani buni yaqqol isbotidir.



Madaniyat. Sug‘d va Baqtriya aholisi turli hil Eron shevalarida gapirishgan. Biroq, ular bir-biriga juda yaqin bo‘lgan. Saroy tili albatta grek tili bo‘lgan. Aramiy yozuvi bilan birga grek yozuvi ham keng tarqalgan bo‘lgan. Oylar makedoncha kalendar asosida sanalgan. Mahalliy xalq orasida zorostrizm kalendari amal qilgan. Musiqa mamlakat txalqi hayotida katta rol o‘ynagan.

Grek-Baqtriya podsholigida turli hil dinga sig‘inish bo‘lgan. Dinlar ichidan zardushtiylik hal qiluvchi o‘rin tutgan. Buddizm ham keng tarqalgan. Mahaliy madaniyat bilan grek madaniyati qo‘shilishi natijasida madaniyatning yangi yo‘nalishi-Sharq ellinizmi vujudga keldi.



Qadimgi Parfiya davlati: Mil av. III asrning o‘rtalaprida mustaqil davlat sifatida tashkil topgan Parfiya davlati hozirgi Turkiston va Eronning bir qismini o‘z ichiga olgan. Bu davlatning birinchi hukmdori Arshak bo‘lib, u mil. avv. 247 yili taxta o‘tiradi. Mil. avv. 235 yildan boshlab, Parfiya podsholari o‘z yerlari hududlarini kengaytirib bordilar. Milodiy III asrning birinchi choragida sosoniylararshakiylar hukmronligini tugatib, Parfiyada hokimiyatini qo‘lga oldilar. Antik davr Parfiyaning qishloq ho‘jaligida qullar mehnatidan keng foydananilgan. Mil. avv. III asr o‘rtalaridan boshlab Parfiya davlati hozirgi O‘zbekiston hududlarida joylashgan qadimgi viloyatlar-Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona bilan siyosiy, madaniy va iqtisodiy munosabatlarni ayniqsa rivojlantirdi.

Undan tashqari, parfiyaliklar besh asr davomida Hindiston, O‘rta Osiyo va Xitoyning g‘arb mamlakatlari bilan qilgan savdo aloqalarida vositachilik qildirlar. Parfiyaliklarning yozuvi oromiy (Niso hujjatlari) yozuvi bo‘lib, zardushtiylik diniga e’ttiqod qilishgan.

Stabonning yozishicha, “.... day (dax)larning Ohu (Tajan) daryosi bo‘ylarida yashovchi aparnlar (parnlar) deb atalgan bir qismiga Arsak (Arshak) boshchilik qilib, u Parfiyaga hujum qildi va uni bosib oldi ”. shuningdek antik davr tarixchilari parnlar qabilasini Parfiya imperiyasining asoschisi sifatida tilga oldilar. Bu qabila haqida Ahmoniylar davriga oid yozma manbalarda axborot berilmaydi.

Parfiya haqida dastlabki ma’lumotlar miloddan avvalgi VII asrlarga oid Ossuriya hujjatlarida uchraydi. Mil. avv. VI asrning boshlarida Prfiya kuchli Midiya hukmronligi ostiga tushib qoladi.

Parfiya qo‘shin Baqtriya, Marg‘iyona va Sug‘diyona kabi serhosil yerlarga ega emas, shaharlari ham kam edi. Shu o‘rinda V.M. Massonning “Qoraqum-Parfiya podsholigining beshigidir” degan so‘zlarini keltirish mumkin. Biroq mamalakat harbiy-strategik ahamiyatga ega bo‘lgan muhim yerda joylashgan. Midiyaliklarga u skiflar hujumidan saqlanish uchun zarur bo‘lsa, Kir uchun boy Xorazm vohalariga chiqish yo‘lidagi darvoza vazifasini o‘tar edi. Makedoniyalik Iskandarning Parfiyani istilo qilishga sabab shimoldagi ko‘chmanchi qabilalarni itoatda tutish bo‘lsa, salavkiylar uchun Parfiyani qo‘lda saqlash shimoliy chegaralarning xavfsizligini ta’minlash demak edi.

Miloddan avvalgi IIIasrning o‘rtalariga kelib Markeaziy Osiyodagi Baqtriya va Parfiya davlatlari salavkiylar davlatidan ajralib chiqadi. Parfiya tarixida duch kelinadigan chalkash, lekin qiziqarli masalalardan biri Arashakiylar sulolasi to‘g‘risidagi muammodir.

Mil. avv. 247 yilda Arshak boshchilidagi parnlar qabilasi salavkiylardan ajralib chiqadi va Nisoga hujum qilib uni egallaydi. Shu yili parnlar Arshakni o‘zlariga podsho qilib saylaydilar. Qadimgi mualliflar ma’lumotlariga qalranganda taxtga o‘tirgan Arshak uzoq muddat podshog‘lik qilgan va katta obro‘ga ega bo‘lgan. Sulola asoschisi o‘zining tashkilotchiligi, jasurligi va mohir diplomatligi sababli qisqa vaqt ichida mustaqil davlat tuzishga erishgan. Mil. avv. 235 yildan boshlab Parfiya podsholari o‘z davlatlari hududlarini kengaytirib bordilar.

Mitridat I hukumronlik qilgan yillarda (mil. avv. 171-138 y) u Parfiya davlatini Baqrtiya salavkiylarning boshqa yerlari hisobiga kengaytirib bordi. 155 yilda Midiya podsholigi ishg‘ol etildi. Mil. avv. 1414 yilda Bobil bosib olindi. Mitridat I vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Fraat (Arshak VI bilan) taxtga o‘tirdi. U podsholigining ko‘p davrini imperiyaning sharqiy nohiyalarida o‘tkazgan. Tadqiqotchiliklarning fikricha, bunga Markaziy Osiyo ko‘chmanchi qabilalarining faol harakatlari sabab bo‘lgan.

Mil.avv. II asrningn o‘rtalarida yuyechjilar sak qabilalarining parfiyaning sharqiy chegalalarida surib borgan. Saklar bilan bo‘lgan jangda Fraat III va Artabon Iilar halokt bo‘ldilar. Mil. avv. 128 yilda Mitridat II taxtga o‘tirdi. Uning hukumronlik davridan boshlab Rim papasi kuchli raqiblarga aylandi. Ikki kuchli davhlatning o‘zaro munosabatlari sharq va g‘arbdagi siyosiy jarayonlarni belgilab bera boshlaydi. Mil.avv. 88 yilda Mitridat II vafot yetib Arshak IX nomi bilan Gotras taxtga o‘tiradi. Uning hokimiyat tepasiga kelishi mamlakakt ichidagi siyosiy inqirozlar davriga keladi. Ba’zi do‘avlatlar yeparfiyadan ajralib keta boshlaydi. Umuman, mil.

III asriga qadar Parfiya davlatiga Arshakiylar sulolasi hukumronlik qildi. 207-222 yillarda Parfiyaga Vologez V hukumronlik qildi. Uning hukumronlik davrida davlat ikkiga bo‘linib kutadi. Bular ()213 y.

Vologez V hukmronligidagi Messopatamiya va Artabon V hukumronligidagi Midiya edi. Huddi shu vaqtga kelib Fors yerlarida yangi kuchli davlat-sosoniylar vujudga kelmoqda edi. O‘zini o‘nglab, oyoqqa turib olgan bu yosh davlat ko‘hna va ulkan Parfiya saltanatini ag‘darib tashladi.

Parfiyaning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida Niso shaharidan topilgan hujjatlar xabar beradi. Niso hujjatlarida podshoning yerlaridan tushgan soliqlarning hajmi, kim tomonidan va qachon, qayerdan keltirilganligi yozib qo‘yilgan. Yozuvlar oromiy usulda yozilgan bo‘lib, soliqlar solingan xumlarga bitilgan. Qishloq xo‘jaligida qullar mehnatidan keng foydalanilgan. Pompey Trog ma’lumotlariga ko‘ra “Parfiyada qullar ko‘p edi, qullarni ozod qilish davlat tomonidan man qilingandi”.askarlarning ko‘pchiligi qullardan edi. Butun Parfiyada qullar mehnatidan sug‘orish inshoatlarini qurish maqsadida keng foydalanilgan. Mamlakatning iqtisodiy hayotida savdo-sotiq ishlari muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Parfiya davlati besh psr davomida Hindiston, Markaziy Osiyo va Xitoyning G‘arb mamlakatlari bilan qilgan savdo aloqlarida vositachilik qilgan. Parfiyaliklar juda katta harbiy kuchga ega bo‘lib, manbalarga ko‘ra rimlik jangchilardan ham afzal bo‘lgan.

Parfiyalarda qadimgi madaniyat, hususan amaliy san’at ancha rivojlangan. U4lar oromiy yozuvdan foydalaganlar. Parfiyaliklar tili bilan bir qatorda yunon tili ham ramiy davlat tilidan biri hisoblangan. Yagona diniiy e’tiqod bo‘lmagan. Lekin zardushtiylik kengroq o‘rin egallagan.

Parkana davlati (Davon). Mil. avv. II-I asrlar Xitoy manbalari keng, boy va ko‘p aholili deb eslatilgan Dovon davlatini tadqiqotchilar qadlimgi Farhona deb hisoblaydilar. Mil. avv. III asrlarda bu davlat “Dovon”, keyinroq esa “Boxan” va “Polona” nomlari bilan eslatiladi. “Polna” bu, shubhasiz “Farg‘ona”ning xitoygacha talaffuz etilishidir. Xitoy ma’lumotlariga ko‘ra mil. avv. II asrda Farg‘onada 300 ming aholi yashagan. Vohada shaharlar ko‘p bo‘lib, poytixti Ershi shahri (hozirgi Marhamat) edi. Qadimgi farg‘onaliklar haqida: “odamlari chuqur ko‘zli va sersoqol; savdo-sotiqda mohir ... xotinlarni hurmat qiladi. Xotinning aytganini eri albatta bajaradi”, deb ma’lumot beradi.

Dovon qishloq xo‘jaligi yuksak darajada rivojlangan mamlakat edi. Dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholshi arpa, sholi, beda kabi turli ekinlar ekkanlar. Shuningdek ular uzumchilik ham qilganlar. Vinoni katta sopol xumlarda uzoq yillar saqlanish ham bilganlar. Xitoy sayyohi Chjan Szyan (mil. avv. II asr) ma’lumotlarga ko‘ra “Dovon mamlakatida hamma joyda uzumdan vino qiladilar. Badavlat oilalar vinoni juda ko‘p miqdorda zahira qiladilar va bu vino o‘nlab yillar davomida buzilmay saqlanadi”. farg‘ona vodiysida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari bu ma’lumotlarni tasdiqlaydi.

Chjan Siyan Dovondan olgan taassurotlari haqida gapirar ekan, ularning madaniy saviyasi, urf-odatlari jihatdan bir-birlariga teng ekanliklarini ko‘rsatadi. Demak, xitoy sayyohi Farg‘onada ham o‘troq aholini upchratgan va bu aholining dehqonchilik sohasida erishgan yutuqlari uni hayron qoldirgan. Dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq aholi bilan bir qatorda, Farg‘onaning cho‘l va dasht hududlarida ko‘chmanchi chorvador aholi iham yashagan. Manbalar bu ko‘chmanchilarning ot ustida turib kamon otishga juda mohir ekanliklari haqida eslatib o‘tadi.

O‘sha davrda Dovon davlati o‘zining “afsonaviy” va “samoviy” otlari bilan shuhrat qozongan. Dovon arg‘umoqlari mamlakatdan tashqarida ham, ayniqsa Xitoyda juda ham qadrlangan. Xitoyliklar Farg‘ona otlarini ilohiylashtirish darajasiga borib yetganlar.

Mil. avv. II asrning oxirlari Xitoy peratorlari Dovonni bosib olishga harakat qiladilar. Dovon xalqi bosqinchilarga qarshi uzoq muddatli og‘ir urushlar olib bordi. Mil. avv. 104-101 yillarda Xitoy imperatorining 60 ming kishilik qo‘shini Dovonga bostirib kiradi. Manbalarga qaraganda “Bir necha o‘n ming kishilik xitoylik yosh jangchilar” bu qo‘shinga yordamchi kuch sifatida qo‘shiladilar. Dastlabki hujum Xitoy imperatori qo‘shinlarining mag‘lubiyati bilan yakunlanadi. Xitoy qo‘shinlari o‘tib bo‘lmasistehkomga aylantirilgan Dovon qal’alari qarashligini sindirishga ojizlik qiladilar.

Miloddna avvalgi 101 yilda ko‘p ming kishilik imperator qo‘shinlari Dovonga ikkinchi marta yurish qiladilar va Ershi shahrini qamal qiladilar. Ularning bu safarga urinishlari ham muvaffaqiyatsizshi aholisi bo‘yosunishni hohlamagach, xitoyliklar shaharga keladigan suv yo‘llarini berkitib qo‘yadilar. Shahar aholisi esa o‘zlari qazigan quduqlardan suv olib,himoyani mardonavor davom ettiradilar. Shunday sharoitda Dovonning o‘sha paytdagi hukmdori Mug‘va qo‘shni davlat hukmdorlardan yordam so‘raydi.

Qattiq qarshilikka uchragan xitoyliklar Dovondan chekinishga majbur bo‘ladilar. Lekin Dovonga “samoviy” arg‘umoqlar berish majburiyatlari qo‘yadilar. Bu majburiyatni bajarish borasida dovonliklar orasida nizo chiqadi va natijada Mug‘va o‘ldiriladi. (aftidan u xitoyliklarga soliq to‘lashga qarshi bo‘lgan bo‘lsa kerak).

Xitoyliklar bir necha o‘n “samoviy” arg‘umoq va 3 mingta boshqa otlarni olib Dovonni tashlab chiqadilar.

Shunday qilib, qo‘shni davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Dovonliklar mil. avv. II asrda Xitoyliklar ta’siriga tushmasdan o‘zo‘ mustaqilliklarini saqlab qoldilar. Dovon davlatining keyingi taqdiri haqpida ma’lumot deyarli yo‘q. Ayrim rivoyatlarga ko‘ra milodimizning Iiasrida bu davlatni ko‘chmanchilar egallagan.

Qang‘ davlati. Miloddan avvalgi III asrning boshlarida paydo bo‘lgan yana bir davlat Qang‘ davlati edi. Yunon-makedon hukumdorligiga qarshi kurashlar va ichki nizolarning hukumronligiga qarshi kurashlar va ichki nizolarning keskinlashuvi natijasida paydo bo‘lgan bu davlat hududi dastlab Sirdaryoning o‘rta oqimidagi yerlardan (Toshkent vohasi hamda unga tutash tog‘ va cho‘l zonalari) iborat edi. Mil. avv. II asrning boshlariga kelib Qang‘ davlatining yerlari birmuncha kengaytirib, sharqda Farg‘ona vodiysi (Dovon), shimoli-sharqda usun, yuyechji qabilalari bilan, shimoli-g‘arbda Sarisu daryosi, g‘arbda Sirdaryogacha borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman Chu daryosining quyi oqimidagi yerlarni o‘z ichiga olib Qang‘ davlatining asosiy yerlari hisoblangan. Mil. avv. II-I asrlarda qang‘liklar Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi yerlarni va Xorazmni o‘zlariga bo‘ysundiradilar.

Mil. avv. I va milodiy II-I asrlarda Qang‘ davlati iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan davlat edi. Davlatning tashqi siyosati qo‘shni davlatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatish keskinlashgan vaziyatning oldini olish va o‘z chegarasida osoyishtalik o‘rnatishga qaratilgan. Shu bilan birga payti kelganda kuchsizlanib qolgan qabilalarga, viloyatlarga hujum qilib ularni qaram qilish edi.

Qang‘liklarning eng ashaddiy dushmanlar usun qabilalar edi. Mil. avv. II-I asrlarda usunlar Xitoy imperatorlari bilan yaqinlashib xunnlar va qang‘liklar bilan kurash boshlaydilar. Xitoy imperatori esa ko‘chmanchilarning bunday kelishmovchiligidan foydalanib o‘z davlati yerlarini kengaytirishga harakat qiladi va Qashg‘ar, Yorkent, Dovon yerlariga hujum qiladi. Qang‘liklar xitoyliklarning maqsadlarini tushunib ularni o‘z chegaralariga yaqin yo‘latmaydilar. Shuning uchun ham Xitoy qo‘shinlari miloddan avvalgi 104 va 101 yillarda Dovonga hujum qilganida qang‘liular yordamiga kelib, bosqinchilarga qarshi kurashda faol ishtirok etadilar.

Qang‘ davlatining asosiy aholisi o‘troq va yarim o‘troq bo‘lib uningn hududida ko‘chmanchi chorvadorlar ham yashar edi. O‘troq aholi asosan vodiyda yashab, dehqonchilik, bog‘dorchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Dehqonchilikda mol qo‘shib, omon bilan yer haydash keng taraqqiy etgan edi. Bu davrda yerni sug‘orish ekin ekish, katta va kichik kanallar qazish ham rivojlanadi, Toshkent vohasida yashagan qang‘lar asosan arpa, bug‘doy, tariq, no‘xot, sholi va boshqa donli mahsulotlarnri yetishtirishganlar. Bu ekinlardan yuqori hosil olinib, ma’lum qismi bozorga chiqarilgan.

Vohada yashovchi o‘roq aholi dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik bilan ham shug‘ullangan. Yozma manbalarda qang‘lilarning sut-qatiqlari mo‘lligi va ko‘plab zotli otlari borligi alohida ta’kidlab o‘tdilar. Chorva mollarining ko‘pchiligi qisman ko‘chmanchi va yarim o‘troq holda yashovchi aholi ixtiyorida edi. Ko‘p sonli chorva mollarini esa mavsumiga qarab, bir joydan ikkinchi joyga haydab boqqanlar.

Qang‘ podsholari, ya’ni hoqonlari va ularning xonadoniga yaqin kishilar boy chorvadorlardan bo‘lgan. Tadqiqotchilarning fikricha, Qang‘ hukumdorlarining markaziy shaharlari ikkita edi. Hukumdorlar yozni O‘trorda (hozirgi Aris va Turkiston oralig‘ida) qishlovni esa Qang‘da (uning xarobalari hozirgi Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani)da o‘tkazar edilar.

Qang‘lilarda ko‘plab shahar va qo‘rg‘onlar bo‘lib, ular dushman qalamirga bardosh beradigan qilib qurilgan. Aholi yashaydigan uylarning aksariyati paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan. Shahar va qo‘rg‘onlarda hunarmandchilikning turli sohalari anchagina rivojlangan. Qang‘ xarobasidan, Jo‘nariq bo‘ylaridagi tepaliklardan, Qovunchitepa, Choshtepa va Toshkent vohasidagi boshqa tepaqo‘rg‘onlardan topilgan arxeologik topilmalar Qang‘ davlati madaniyatining namunasi hisoblanadi.

Choch (Toshkent) davlati. Toshkent haqidagi dlastlabki aniq ma’lumotlar miloddan avvalgi II-milodiy V asrlarga mansub Xitoy manbalarida uchraydi. Ularda Toshkent viloyati qadimda Lo-yuyeni, so‘ngra Chjeshe, Chje-chji, Chje-si va Shi deb nomlangan. Bu atamalar (avvalgi ikkitasidan tashqari) “Choch” so‘zining xitoycha talaffuz etilishi natijasida hosil bo‘lib, hatto ohirgi Shi toponimi xitoychada “tosh” ma’nosini anglatgan. Milddan avvalgi III asrlarda qadimgi Choch viloyatida tashkil topib, milooning III asrlarigacha xukm surgan “Qang‘” davlati Xitoy yozma manbalarida “Kangkiya” (“Kanizyuy”) nomi bilan tilga olinadi.

Kad toxarlar tilida “qang‘” so‘zi ham “tosh” ma’nosini anglatgan. Bu davlatning poytaxti Bityan’ shahri bo‘lib, u iosha-Xasart (sirdaryo) daryosi bo‘yida joylashgan va Davandan 500 km masofa bo‘lgan. Toshkentdan 70 km janubua-Sirdaryoga yaqin yerda, Ohangaron daryosining qurib qolgan qadimgi o‘zani bo‘yida joylashgan. Qadimgi “Qang‘”davlatining axolisi “qang‘lar”, “qanzar”, keyinchalik “qanhi”, “qang‘li” yoki “qa’ni” deb nomlangan. Xozirgi Toshkent shahrining Chilonzor tumani, 20 kvartali yonida ham “katta qa’ni”, “kichik qa’ni” nomli mahalalar mavjud. Demak bular o‘rtasida uzviy bog‘liqlik bor.

Yozma manbalarda keltirilishicha, Toshkent qadimgi “Choch” nomi Toshkent arablar tasarrufiga o‘tgach, arab alifbosida “ch” harfining yo‘qligi tufayli arab tilidagi asarlarda “Shosh” deb yuritilgan. O‘rta asrlarda u “Choch”, “Shosh”, “Shoshkent”, “Madinat osh-Shosh”, “Binkam” va “Tarkan” deb nomlangan.

Toshkent haqidagi dastlabki ma’lumotlar mahalliy olimlardan Xorazmiy va tarixchi-geograflardan Tabariy, Istahriy asarlarida uchraydi. Istahriyning “Kitob al masolik val mamolik” (yo‘llar va mamlakatlar to‘g‘risidagi kitob) asarida Shoshning bosh shahri Binkat deb ko‘rsatildi. X asrda yozilgan “Hudud ul-olom” (muallifi noma’lum) (olamning chegaralari) kitobida “Choch bu katta viloyat, xalqi jangavor va sahiydir. U yerda kamon va o‘q-yoy yasaladi. Binkat Chochning poytaxti hisoblanadi. Bu katta shahar, oyni vaqtda podshohning qarorgohi hisoblanadi”, deb ta’riflanadi.

Firdavsiyning “Shohnomasida” Choch o‘zining komoni Shoshiy (O‘q-yoylari) bilan mashhurligi haqida misralar bor.

Shahar “Toshkent” dastavval XI asr mashhur allomalari Beruniy va Mahmud Qoshg‘ariy asrlarida tilga olinadi.

Beruniy “Hindiston” asarida Toshkentni nomining kelib chiqishi haqida so‘z yuritib “Tosh” so‘zi asli turkcha bo‘lib, Shosh ko‘rinishini olgan. “Toshkand” –toshli qishloq demakdir degani.

Qoshg‘ariy ma’lumoti bo‘yicha Toshkent XI-XII asrlarda “Tarkan” deb ham yuritilgan. Bobur esa “Boburnoma” da Toshkent nomi ustida to‘xtalib, “asarlarda Toshkent nomini Shosh ba’zan Choch yozadilar” deb qayd yetadi. Biroq XVI asr ohiri XVII asr boshlarida Toshkent toponimi shuhrat topib, uning qadimgi Choch, Shosh, Binkat nomlari asta-sekin muomalladan tushib qoldi. XVIII asr tarixchi olimi Mahmud ibn Vali shunday yozadi: “Shosh-Sayxun (Sirdaryo) ning u tomoniga joylashgan shahar va Turkiston (viloyati, o‘lka) ga qaraydi... uni Choch ataydilar. Biroq hozirgi vaqtda u Toshkent nomi bilan mashhurdir”. Chirchiq daryosidan chiqadigan Bo‘zsuv , Salor, Anhor, Oqqo‘rg‘on, Bo‘rijar, Oqtepa, Qoraqamish va boshqa kanallar shahar iqlimiga ijobiy ta’sir qilib turadi.

Qadimgi Choch davlati aholsi Chorvachilik (Qoramolchilik, Yilqichilik, Qo‘ychilik va Tuyachilik) bilan shug‘ullangan. Shuningdek, jiz va temirdan qurol-yarog‘ va asboblar yasashni, kulolchilik hamda to‘qimachilikni yaxshi bilishgan. Bu hududda keyingi yillarda olib borilgan arxeologik qazilmalar natijalari shuni ko‘rsatadiki mil. avv. III-II asrlardayoq shahar madaniyati rivojlanib shahar qiyofasiga kira boshlagan. Bu esa hozirgi Toshkent va uning ajdodlari tarixini 22 asrdan kam emas deb baholash imkonini beradi.

Toxariston davlati. Bu davlat eramizdan avvalgi II-I asrlar vujudga kelgan. Bu davlat hududiga Janubiy O‘zbekiston, hozirgi Tojikistonning kattagina qismi va Afg‘onistonni shimoliy qismidagi yerlar kirgan. Shimolda Xisor tog‘lar, Janubda Xindiqukm, G‘arbda Murg‘ob va Xerirud daryolari, Sharqda Pomir bilan chegaralangan. Xitoy manbalariga ko‘ra bu davlat Grek-Baqtriya davlatini ag‘dargan yuyechjilar tomonidan vujudga keltirgan. Bu yuyechjilarni antik muarrixlar toxarlar deydilar. Shuning uchun ham bu davlatni nomi Toxariston deydilar.

Aholisi 1 millionga yaqin bo‘lgan, O‘troq hayot kechiradi. Davlatni poytaxti Langin deb atalgan. Toxaristonga yagona davlat faqat yuyechjilar Grek-Baqtriya davlatini egallagan dastlabki vaqtda mavjud bo‘lgan. Keyinchalik Xitoy manbalariga ko‘ra Toxariston bir necha mayda knyazliklarga bo‘linib ketadi. Har bir shahar o‘z knyaziga ega bo‘lgan. Hammasi bo‘lib 5 ta knyaz uyi bo‘lgan. Ulardan eng kattasi Kushan knyazligi bo‘lgan. Shu knyazlik asosida keyinchalik Kushan davlati vujudga kelgan.

Sotsial-iqtisodiy hayot bu yerda ham Kanxa va Parkanadagidek bo‘jlgan. Grek-Baqtriya, Choch, Kang‘, Parkana va Toxariston davlatlari taraqqiyotida farqli tomonlar bilan birga o‘xshash tomonlari ham ko‘rish mumkin.

A) markazlashgan davlat boshqaruvini yo‘qligi.

B) Xo‘jalik hayotini turli hil formadaligi.

V) Sotsial-iqtisodiy tuzumini o‘xshashligi.

G) O‘troq dexqonchilik madaniyatini, ko‘chmanchi madaniyat bilan qo‘shib olib borish.

Fors va arab tarixchisi, geograflari (IX-XII asrlar) Toxariston atamasini V asrdan XII asrgacha qo‘llagan. Toxariston miloddining I-IV asrlarida Kushon podsholigi tarkibiga kirib, uning o‘zagini tashkil qilgan. Markaziy Osiyoning qadimiy etnoslaridan biri bo‘lgan toxarlar ilk marotaba yunon-rim manbalarida toxar, togur(mil. avv. I-milodiy I asrlar), keyinroq esa, ilk o‘rta asrlarda xind manbalarida tukxora, Xitoy yilnomalarida tuxolo, qadimgi turk manbalarida toqar (to‘qar), toxri (to‘xri) shakillarida qayd etiladi. Ptolemey (milodiy I asr) Toxaristoni “Baqtriyaning eng katta xalqi sifatida tilga oladi.

Toxalarning ilk vatani masalasi esa baxslidir. Bir qism tadqiqotchilar fikricha, ularning ilk vatani Shim. Qora dengiz bo‘yi yoki Volga dashtlari bo‘lib, miloddan avvalgi III ming yilikda O‘rta Osiyo orqali Sharqiy Turkistonga borib joylashganlar. Boshqa tadqiqotchilar fikricha, ularning ilk vatani aynan Sharqiy Turkiston bo‘lib, ular bu yerni tub aholisi bo‘lgan va miloddan avvalgi so‘nggi asrlarda O‘rta Osiyo va Baqtriya ko‘chib o‘tgan. Bir qancha tadqiqotchilar esa qadimgi Xitoy yilnomalaridagi yuyechji va yunon-rim manbalaridagi Toxarlar bitta xalq deb, hisoblashadi va ular dastlab hozirgi Xitoydagi Gansu (kengsuv)viloyatida yashaganliklari ta’kidlaydilar.

Zoki Volidiy fikricha, ular asli urol-oltoy xalqlariga mansub bo‘lib, keyinchalik Toxar etnonimi Sharqiy Turkistonga ko‘chib kelgan hind-yevropaliklarning bir guruhi uchun qo‘llanila boshlagan. Hususan Toxar etnonimining yasolishi urol-oltoy tillariga hosdir.



Shunday qilib hozirgi Markaziy Osiyo hududida miloddan avvalgi yuz yilliklarda vujudga kelgan. Mustaqil turkiy davlatlar va ulardagi faoliyat hamda taraqqiyot bosqichlari milodimizning keyingi asrlaridagi hamda hozirgi kundagi o‘zbek davlatchiligining rivojida, yuksalishida mustahkam poydevor rolini bajarib kelmoqda.
Download 25,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish