O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

To‘nyuquq bitikoshi. 
Bitikosh Turk xoqoniigining mashhur sarkar- 
dasi, Ikkinchi Turk xoqonligini barpo qilgan Eltarishning, Qapag‘an va 
To‘nyuquqning maslahatchisi To'nyuquqqa atab o‘matilgan. Bitikosh- 
ning muallifi - To‘nyuquqning o‘zidir. Bu bitikosh ham, Bilga xoqon
26Грумм-Гржимайло. Западная Монголия. С. 321-322.
56


bitiktoshi kabi, memuar janriga mansubdir. Bitikosh yaratilgan paytda 
To‘nyuquq hayot va ancha yoshga borib qolgan edi.
Bitiktoshning ibtidosi To'nyuquqning tarixi bilan boshlanadi: 
“Dono To‘nyuquq - men o'zim Tabg‘ach davlatida tarbiyalandim, turk 
Xalqi Tabg‘ach davlatiga bo‘ysunar edi”. To‘nyuquq hikoya qilayotgan 
bu voqea Ikkinchi Turk xoqonligi barpo bo‘lmasdan oldingi davrga alo- 
qador. Bu paytda To‘nyuquq Xitoy imperatori saroyida garov sifatida 
Ushlab turilgan, xitoycha tarbiyalangan edi.
To‘nyuquq Birinchi Turk xoqoniigining barbod bo‘lishi va turkiy 
qavmlaming parokanda bo‘lishi voqealarini bayon qiladi. Voqealar siqiq 
tarzda, oz so‘z bilan butun davming manzarasi yoki ma’lum bir voqea­
lar sahnasi o‘quvchi ko‘z o‘ngida gavdalantiriladi. Masalan, To‘nyuquq 
Kultigin va Bilga xoqon bitikoshlarida Turk xoqoniigining Xitoyga qa­
ram bo‘lib qolishi va Birinchi Turk xoqoniigining tugashi haqida hikoya 
qilar 
ekan, dard-alam bilan: “Tangri shunday degan shekilli: Xon ber­
dim. 
Xoningni qo‘yib taslim bo‘lding. Tabg‘achga taslim bo‘lgani uchun 
Tangri, o‘l, degan shekilli, turk xalqi o‘ldi, yo‘q bo‘ldi, tugadi. Turk xal­
qi 
yerida bironta ham urug‘ qolmadi” (To‘n., 2-4). Turk xoqoniigining 
fojiasi - To'nyuquqning shaxsiy fojiasiday taassurot qoldiradi. Xalqning 
taqdirini o‘zining taqdiri deb, xalqning muvaffaqiyatlarini o‘zining mu- 
vaffaqiyatlari deb bilgan To‘nyuquq doimo harakatda, doim xalqning, 
jrurtning tashvishida. Dushmanlar xoqonlikka hujum qilishni rejalashti- 
cayotganini To‘nyuquq eshitib, Eltarish bilan birga jangga otlanar ekan: 
“Shunday turar yashaguvchi erk ahli”deya o‘ziga hurliknii shior qilib 
olganini e’lon qiladi. To‘nyuquq xoqonning lashkarboshisi va masla- 
katchisi sifatida mamlakatning mustaqilligini saqlash uchun jonbozlik 
bo‘rsatib kurashadi. Xoqonlikning fojiasini yuqoridagiday ta’sirchan qi­
lib 
tasvirlash faqat To‘nyuquq bitiktoshiga xos bo‘lib, bu tasvirdan maq- 
lad xalqni ogohlantirish, doimo hushyorlikka chorlash edi.
Bitiktoshning boshlanishidanoq To‘nyuquq ko‘pni ko‘rgan, tajri- 
>ali, haqiqiy maslahatchiga xos aqlli ekani ko‘zga tashlanadi. U ayni 
)aytda iste’dodli lashkarboshi hamdir. Ikkinchi Turk xoqonligini qay- 
adan barpo qilishda To‘nyuquq Eltarish bilan birga o‘zining ishtiroki- 
li hikoya qilganda, voqealar bayonida bir usulni qo‘llaydi - xoqonlik 
joshidan o‘tkazayotgan voqealami dushman tomonning tilidan hikoya 
jiladi: “0 ‘shanda o‘g ‘uzdan kuzatuvchi keldi. Kuzatuvchining gaplari 
ihunday: to‘quz o‘g‘uz xalqi ustiga bir xoqon hukmron bo‘ldi, deydi.
57


Tabg‘achga Kuni sangunni yuboribdi, Xitoyga To‘ngra Semni yubo- 
ribdi. Ularga shunday gap yuboribdi: ozgina turk xalqi yurgan emish. 
Xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi alloma ekan. 0 ‘sha ikki kishi bor 
bo‘lsa, seni - tabg‘achni o‘ldirajak deyman” (To‘n., 8-10). Bu voqealar 
Eltarish xoqonning Ikkinchi turk xoqonligini barpo qilish uchun kurash 
olib borayotgan davr voqealarini o‘zida aks ettiradi. Dushman tomonning 
Eltarish xoqon va uning maslahatchisi To'nyuquqqa bergan bahosi har 
ikkalasiga berilgan real baho edi. Bu usul shuni ko‘rsatadiki, To‘nyuquq 
yuz berayotgan voqea-hodisalaming aniqligini dallilaydi, dushman to- 
monni yaxshi, sinchiklab kuzatganiga ishora qiladi.
To‘nyuquq bitiktoshidagi yoki boshqa bitikoshlardagi voqealar ular­
ga badiiy asar sifatida yondashishni talab qiladimi, degan savol tug‘ilishi 
mumkin. Buning uchun badiiy asaming muhim elementlaridan syujet va 
motivning To‘nyuquq bitiktoshida kelib chiqishini tahlil qilamiz.
Syujetning uch elementi -

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish