Beruniy. Yuqoridagi asar, 243-b.).
Beruniy Moniy tarafdorlarining mazkur xabarlarini sharhlamay-
di, munosabat ham bildirmaydi, ulardan eshitganlarini bayon qiladi va
hukm chiqarishni kitobxon hukmiga qoldiradi.
Moniy ta’limotining Beruniy tanqidiga uchrashiga birinchi sabab -
dualistik qarash (Beruniy ta’biri bilan aytganda, sanaviya, ya’ni ikkila-
66
nuvchilar mazhabi)ga asoslanganidir; ikkinchi sabab - Moniy yaratgan
ta’limot mustaqil bo‘lmay, bir necha diniy oqimlar va mazhablaming,
xususan, xristianlik, zardushtiylik va buddaviylikning qorishiq holatidan
paydo bo‘lganidir.
Moniyning hayoti ayanchli bo‘ldi. Bahrom uni o'ldirtirib, terisini
ihildirdi va terisiga somon tiqdirib, Junjishopur shahrining darvozasiga
Osdirdi.
Moniy ibn Fatakning ta’limoti va hayoti yana darvesh Avgustin, av-
liyo Efrayim, avliyo yepifaniyoning asarlarida (IV asr), nasroniy-suryo-
nly yilnomalarida, qator arab va fors manbalarida ham bor. Uning ismi
ma’nosi to‘g‘risida har xil talqinlar yuradi: “telba”, “odamxo‘r”, “qim-
matbaho tosh”. Moniy izdoshlari esa uning ismini suryoniycha “Moniy
tirik” so‘zidan deb talqin qilgan edilar.
Moniy yaratgan ta’limot teosofik sinkretizm (narigi dunyo bilan be-
Vosita
muloqot qilish va xudoni bilish haqidagi qarashlaming yaxlitligi)
tayanadi. Uning ta’limoti o‘z davrida hayotga yaqin bo‘ldi, shuning uc-
bun ham ming yilcha yashadi va nafaqat 0 ‘rta Osiyo va Eronda, balki
yevropadan Xitoygacha bo‘lgan hududda yoyildi. VIII asming ikkinchi
yarmida paydo bo‘lgan uyg‘ur-turk xoqonligida moniylik oqimi yaqin
yuz yilcha rasmiy din sifatida faoliyat ko‘rsatgan edi.
Moniy yaratgan sinkretik tizim shundan iboratki, atrofimizdagi olam
ikki qarama-qarshi ruhiy kuch - ezgulik bilan yovuzlik, nur bilan zulmat
lhafqatsiz kurashadigan maydondir. Bu kurashning oqibati, shubhasiz,
(jobiy natija bilan tugaydi.
Xo‘rmuzd moniylik oqimida olamdagi jamiki mavjudotlaming ya-
latuvchisi, koinotdagi jismlarga shakl bergan bosh xudodir. Moniylik-
da ham, zardushtiylikdagi singari, inson tanasi emas, ruhi bosh o ‘ringa
J|b‘yiladi.
Moniylik adabiyoti. Qadimgi turkiy adabiyot ko‘p qatlamli, tur
li mazmundagi manbalarga tayanishi bilan diqqatga sazovordir. Qola-
versa, turkiy xalqlar yashagan zamindagi keng ommaga to‘liq ma’lum
bo‘lmagan, yetib bormagan shunday yozma manbalar borki, bu yozma
manbalaming turkiy xalqlar adabiyoti tarixida tutgan o‘mini belgilamas-
dan turib, qadimgi turkiy xalqlaming ma’lum tarixiy bosqichdagi ma
daniy, ijtimoiy-siyosiy mavqeini to‘g‘ri belgilab bo‘lmaydi. Milodning
boshlaridagi davr mafkurasi, jamiyatdagi ma’naviy bo‘shliq aynan shu
asarlar orqali to‘ldirildi. Jamiyatga komil insonni yetkazib berishday
67
mas’uliyatli vazifani moniylik oqimi va bu oqimdagi adabiyot bajardi.
Shu boisdan moniylik oqimining va uning ta’sirida yozma adabiyotning
paydo bo‘lishi tasodif emas, balki zarurat bo‘lgan edi. Moniylik oqimi-
dagi adabiy yodgorlikning bizga yetib kelgan namunasi “Xuastuanift”
(Moniylaming tavbanomasi) va bir qator moniylik she’rlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |