O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Ь
ma’lum darajada bog‘langan eski boshqaruv tizimidan voz kechdi, 
siy lavozimlarga xitoy va so‘g‘dlami tayinladi. Xalq ko‘zi oidida ho- 
Idmiyat 
begonalar qo‘liga o‘tdi, oqibatda ijtimoiy va mulkiy tengsizlik 
kelib chiqdi, vaziyat taranglashdi. Xoqonlikda ichki ziddiyat kuchayib 
borayotganini chegaradagi Xitoy amaldorlari doim kuzatib turardilar. 
“Turklaming odatlari oddiy va o‘zlari ham samimiydirlar. El xoqonning 
laroyida Chjao De degan bir xitoy olimi yashar edi, El xoqon uni iste’do- 
di uchun hurmat qilar, unga to‘liq ishonardi. Natijada Chjao De yana 
|Kta-sekin davlat ishlariga aralasha boshladi. Bundan tashqari, Eli xoqon 
iug‘dlami boshqarishni unga ishonib topshirdi, safdoshlarini o ‘zidan 
Izoqlashtirdi, ulami xizmatga qo‘ymadi. U har yili jangga lashkar yu- 
lorardi... oqibatda xalq og‘irliklami ko‘tara olmay qoldi...Yildan-yilga
g
iatchilik kuchayib bordi. Soliqlar va boj chidab bo‘lmaydigan daraja- 
og‘irlashdi, qabilalaming El xoqonga nafrati kuchayib boraverdi”.24
Buning oqibati shu bo'ldiki, 629-yili El xoqon Shansida 
rpag'lubiyatga uchradi. 0 ‘g‘uz qabilasi unga qarshi isyon ko‘targan edi. 
jKitoy lashkari vaziyatdan foydalanib, xoqonlik hududiga bostirib kirdi. 
El 
hoqondan hamma yuz o'girdi, u 630-yili asirga tushdi. Birinchi turk 
joqonligi shu tariqa barham topdi.
Turk xoqonligini El xoqon jar yoqasiga olib keldi. Xalq jaholat va 
ttodonlik qurboni bo‘ldi. Fitna, adovat, makkorlik, firib kabi illatlar na- 
faqat insonni, balki butun boshli xalqlarni, mamlakatlami halokatga olib 
jorgani El xoqon misolida yaqqol namoyon bo‘ldi. Kultigin bitikoshi- 
lagi johil, badfe’l xoqonlar El xoqon singari qudratli davlatning paro-
“ BichurinN.Ya. (Iaknif). Yuqoridagi asar, 1 jild, 194-b.
49


kanda bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bitiktoshda o‘git sifatida johil xoqonlarga 
berilayotgan ta’rif ana shu tarixiy voqealarga asoslangan. Oqibat shu 
bo‘ldiki, turk xalqi “tabg‘ach xalqiga bek bo‘ladigan o ‘g‘il bolasi bilan 
qul bo‘ldi, suluv qiz bolasi bilan cho‘ri bo‘ldi. Turk beklari turkcha otini 
tashladi. Tabg‘ach beklarining tabg‘achcha otini qabul qilib, Tabg‘ach 
xoqoniga qaram bo‘ldi”(Ktu 7).
Turkiy qavmlar ellik yil Tabg‘ach xoqonligiga qaram bo‘lib yas- 
hadi. Bu qaramlik bo‘libgina qolmay, balki o‘zlgini unutish ham edi. 
Ammo tabg‘achlaming zulmidan xalqning sabr kosasi to‘ldi: “Davlatli 
xalq edim, davlatim endi qani? Kimga davlatni egallab beryapman? - der 
ekan. - Xoqonli xalq edim, xoqonim qani? Qaysi xoqonga mehnatimni, 
kuchimni sarf qilyapman? - der ekan. Shunday deb tabg‘ach xoqoniga 
qarshi bo‘libdi” (Ktu 9). Ammo bu qarshilik bir necha marta Tabg'ach 
xoqonligi tomonidan shafqatsizlarcha bostirilgani haqida bitikoshda xa­
bar beriladi.
Qadimgi turkiy qavmlaming inonch-e’tiqodida Tangri (osmon) va 
yer kultlari muhim rol o ‘ynagani haqida yuqori da aytib o‘tgan edik. Kul 
tigin bitikoshida aytilishicha, o‘z xoqonligini Tabg‘ach xoqonligiga boy 
bergan turkiy qavmlarga Tangri va yer panoh bo‘ldi. Tangri “Turk xalqi 
yo‘q bo‘lmasin”, deb, “xalq bo‘lsin”, deb Kul tigin va Bilga xoqonning 
otasi Eltarish xoqon bilan onasi Elbilga xotunni yubordi. Eltarish xoqon 
Tabg‘ach xoqonligiga qarshi o‘n yetti yigiti bilan isyon ko'tardi, ammo 
butun boshli tabg‘ach xoqonligi lashkariga o‘n yetti yigit bas kela olmas- 
ligi tabiiy edi. Eltarishning tabg‘achlarga qarshi qo‘zg‘alganini eshitgan 
jamiki turkiy qavmlaming fidoyi farzandlaridan uning atrofiga yetti yuz- 
tasi jam bo‘ldi. Nihoyat, 679-yilda Tabg‘ach xoqonligiga qarshi Eltarish 
xoqon boshchiligida boshlangan mustaqillik uchun kurash 689-yili Elta­
rishning g ‘alabasi bilan tugadi. Shunday qilib, Ikkinchi turk xoqonligiga 
Eltarish asos soldi. Eltarish - uning unvoni bo‘lib, ismi Qutlug‘dir.
Kul titin bitiktoshida Eltarish xoqonning faoliyati alohida sahifani 
tashkil qiladi. Eltarish xoqon turkiy qabilalami oyoqqa turg‘azib, at- 
rofdagi dushman xalqlami bo‘ysundirdi. Mana, Bilga xoqon otasi Elta­
rishning jasorati haqida nima deydi: “Otam xoqon...tangri yorlaqagani 
uchun davlati bomi davlatsizlantirgan, xoqoni bomi xoqonsizlantirgan, 
dushmanni el qilgan, tizzasi bomi cho‘kkalatgan, boshi bomi egib ta’zim 
qildirgan”(Ktu 15).
50


Eltarish xoqon Ikkinchi turk xoqonligini barpo qilgandan keyin uzoq 
yashamadi. 692-yili u vafot etdi. Uning o‘miga Qaapag‘an taxtga o‘tirdi. 
Qapag‘an xoqon davrida (691-716-yiIlarda hukmronlik qilgan) Ikkinchi 
Turk xoqoniigining harbiy-siyosiy qudrati nihoyatda yuksaldi. Qapag‘an 
xoqonning layoqatini, davlat boshqaruvidagi mahoratini, Markaziy Osi- 
yodagi siyosiy mavqeini Bilga xoqon quyidagicha tasvirlaydi: “Amakim 
xoqon xalqni yaxshilab tuzatdi, tarbiyat qildi. Kambag‘alni boy qildi. 
Amakim xoqon bo‘lib turganda o‘zim tardush xalqi ustidan shad edim”. 
Qapag‘anning Markaziy Osiyoning harbiy va siyosiy maydondagi o‘mi 
haqiqatan ham, katta bo‘ldi. Bilga xoqon bu davrda amakisi bilan bir qa- 
torda o‘zining xoqonlik hayotidagi roliga ham baho berib boradi. Bilga 
xoqon bu davrdagi mamlakat va davlat hayotida o‘zining roliga alohi­
da urg‘u bermaydi, aksincha, xoqonlikning mavqeini mustahkamlashda 
amakisi Qapag‘an bilan birga o‘zining olib borgan xizmatlarini bayon 
qiladi. Bu ham Kul tigin bitikoshidagi voqealarning haqqoniyligini, tari­
xiy dalillaming xolisligini ko‘rsatadi. Turk xoqoniigining iqtisodiy tur- 
inushi yaxshilanishiga Qapag‘an xoqon bilan birga, Bilga xoqon ham 
astoydil kurashdi. Natijada Qapag‘an xoqon hukmronligi davrida “qul 
qulga ega bo'igan edi, cho‘ri cho‘riga ega bo'lgan edi” (Ktu 21).
Bu iqtisodiy yuksalish ham vaqtincha edi. Xalqning beboshligi yana 
mamlakat parokandaligiga, davlatning tanazzuliga sabab bo‘ldi. Yuqo- 
ridagiday turkiylarning samimiyligidan foydalangan dushman xalqlar 
yana xoqonlikni yemirish payiga tushdilar. Xoqonlikning tanazzuliga 
xalq aybdor, Qapag‘an xoqonning qilgan yaxshiligini xalq bilmagani uc­
hun, amakim xoqon o lib ketdi, deydi Bilga xoqon. Endi turk xalqining 
taqdiri nihoyatda achinarli, hatto aytish mumkinki, fojiali ahvolga tus­
hib qoldi. Xalqning fojiasi mana bunday oqibatlarga olib keldi: “Qoning 
fpvday oqdi, suyaging tog‘day uyulib yotdi, bek bo‘ladigan o‘g‘il bolang 
qul bo‘ldi, suluv qiz bolang cho‘ri bo‘ldi”(Ktu 24).
Kul tigin bitiktoshining hikoyachisi Bilga Qapag‘an vafotidan ke­
yin (716-yili) qonuniy ravishda taxtga o ‘tirdi. Bilga xoqonning ismi
— Mo‘g‘uliyon, Bilga uning unvonidir. Bilga xoqon taxtga o‘tirganda, 
mamlakatning iqtisodiy ahvoli nochor edi. Bu vaziyatni Bilga xoqon 
shunday ta’riflaydi: “Mol, yilqilik xalqqa xoqon bo‘lib o‘mashmadim. 
Ichi oshsiz, tashi kiyimsiz och-yalang‘och, yovuz, yomon xalq uza 
o‘mashdim. Inim Kul tigin bilan so‘zlashdik: otamiz, amakimiz qozon- 
gan xalqning oti, dong‘i yo‘q bo‘lmasin deb, turk xalqi uchun tun uxla-
51


madim, kxmduz o‘tirmadiro” (Ktu 26-27). Bilga xoqon ilgari tardush xal- 
qining shadi (hokimi) bo‘lib turganda ham, Qapag‘an xoqon bilan birga 
xoqonlikning ravnaqi uchun kurashdi, u elparvar xoqon sifatida tanildi. 
Bilga xoqonning taxtga о‘tirganini eshitgan “har yerga ketgan xalq olib- 
tirilib yayov, yalang‘och”(Ktu 28) qaytib keldi.
Bilga xoqonning faoliyati Kul tiginning jasoratlari, ta’rif-tavsifi bi­
lan birga tasvirlanadi. Har ikkalasi bitta maqsad uchun - Turk xoqonligi- 
ni mustahkamlash va kengaytirish uchun kurashdilar.
Kul tiginning jasorati bitikoshda alohida e’tibor va mehr bilan tas­
virlanadi. Kul tiginning qisqa tarjima holi: yetti yoshda ekanida (692- 
yili) otasi Eltarish xoqon vafot etdi, o‘n yoshida qahramonlik ko‘rsatib 
elda shuhrat topdi, o‘n olti yoshida Qapag‘an xoqon hokimiyatini mus­
tahkamlash uchun janglar olib bordi...
Bitiktoshda Kul tiginning qahramonligi va u olib borgan janglar 
ko‘proq o‘rinni egallaydi. Ayniqsa, u minib jangga kirgan ot tasviriga 
alohida e’tibor qaratilgan. “Kul tigin...yigirma bir yoshida Chacha San- 
gunga urush qildik. Eng avval Tadqan Churning bo‘z otini minib hujum 
qildi, u ot o ‘shanda o‘ldi. Ikkinchi bor Ishbara Yamtaming bo‘z otini 
minib hujum qildi, u ot o ‘shanda oldi. Uchinchi bor Yigan silik bek­
ning to‘riq otini minib hujum qildi, u ot o ‘shanda oldi...Kul tigin Ba- 
yirquning oq otini minib hujum qildi. Bir emi o‘q bilan urdi, ikki erni 
ketma-ket qilib sanchdi..” (Ktu 32-33, 36). Bu tasvir bevosita va bil- 
vosita xalq og‘zaki ijodining ta’siridir, bitiktoshlarning yozma adabiyot 
sifatida shakllanishida xalq og‘zaki ijodi asos bolganini ko‘rsatuvchi bir 
dalildir. Turkiy xalqlar ertak va eposlarida oq ot har doim muvaffaqiyat 
ramzi sifatida qollangan va g‘alaba keltirgan. Kul tigin oq otni minib 
kirgandagina ot olmadi. Kul tigin epos qahramonlariga xos ko‘tarinki 
ruhda tasvirlanadi, ya’ni u birdaniga ikki odamga nayza sanchdi. Boshqa 
bir o‘rinda Y ollig‘ tigin Kul tiginning jasoratini yana bir bor uluglash 
uchun jang tasviriga e’tibor qaratadi: u yana oq otni minib jangga kirgan- 
da, qahramonlik namunalarini ko‘rsatadi va bir necha dushman askarini 
birdaniga yer tishlatadi: “Kul tigin...Alp Shalchining oq otini minib oti- 
lib hujum qildi. Dushmanning ikki jangchisini birin-ketin qilib sanchdi” 
(Ktu 42); “Kul tigin Azmanning oq otini minib hujum qildi. Olti jang­
chisini oldirdi. Qo‘shin hujum qilganda, yettinchi jangchini qilich bilan 
chopdi” (Ktu45); “Kul tigin 0 ‘gsizning oq otini minib, to‘qqiz jangchini 
oldirdi” (Ktu 49).
52


Kul tiginning halokati butun Turk xoqonligi uchun katta yo‘qotish 
bo‘ldi. Bilga xoqon Kul tigin o‘limidan chekkan aziyatini shuncha- 
lik ta’sirli qilib tasvirlaganki, go‘yo butun Turk xoqonligi emas, balki 
qo‘shni mamlakatlar uchun ham katta yo‘qotish boigan. Vatanning taq­
diri, xalqning tirikligi faqat Kul tiginga bog‘liq qilib qo‘yiladiki, bu bejiz 
emas. Zotan, Kul tiginning jasorati haqida boshqa tarixiy manbalarda 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish