O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

(Anta) so ‘ngushtim,
щит sanchdim, ichikigma ichikdi, bo ‘dun bo Iti, о ‘lugma о ‘Iti. Salanga
qp'di yo'ripan, qarag'in qisdilata abin barqin anta buzdim (Bx 37) -
(O'sha yerda) jang qildim, lashkarini tor-mor qildim, taslim bo‘ladigani 
^o‘ysunib, (mening) xalq(im) bo‘ldi, o‘ladigani o‘ldi. Selenga (daryosi) 
bo‘ylab yurib, ulami qattiq qisuvga olib, uyini, bor narsasini o‘sha yerda 
Viayron qilib tashladim.

Bilga xoqon o‘zining xoqon sifatidagi faoliyatiga bitiktoshda baho 
beradi. Bu baho tarixiy asarlarda Bilga xoqon bilan bog‘liq voqealarga 
mos keladi. A w al Bilga xoqon bitiktoshidagi tasvirga e’tibor beraylik: 
Tangri yorlaqagani uchun, men muvaffaqiyat qozonganim uchun Turk 
xalqi g‘alaba qozondi. Men tomondan davlat bunday boshqarilmasa, 
Turk xalqi o‘lajak edi, yo‘q bo‘lajak edi.
Endi Bilga xoqonga oid Xitoy yilnomalaridagi voqealarga 
to'xtalamiz. Qapag‘an xoqon vafotidan oldin, o‘g‘li Kuchuk xonni 
noqonuniy ravishda taxt vorisi qilib e’lon qilgan edi. Aslida qadimgi 
turkiylar qonuniga ko‘ra, Qapag‘andan so‘ng akasi Eltarishning o‘g‘li 
Mo‘g‘uliyon taxtda o‘tirishi kerak edi. Qapag‘an xoqon davrida Bilga 
Xoqon 
tardush xalqi ustidan shad, ya’ni bek edi.
Noqonuniy xatti-harakatga qarshi Kul tigin vaziyatni qo‘lga oldi 
va Qapag‘anning safdoshlarini qilichdan o‘tkazib, akasi Mo‘g‘uliyonni 
Turk xoqonligi taxtiga o‘tqazdi. Mo‘g‘uliyon Bilga (dono) xoqon unvoni
55


bilan taxtga o‘tirdi. Qapag‘anxoqonning safdoshlaridan faqat To‘nyuquq 
qoldi, xolos. Bilga xoqon tashqi siyosatda ham, mamlakat ichkarisida 
ham vaziyatni tamomila o‘zgartirdi. Xitoy bilan tinchlik shartnomasi tu- 
zishni taklif qildi, ammo Xitoyning Tan sulolasi nafaqat shartnomaga 
rozi bo‘ldi, aksincha harbiy harakatlarni yanada kuchaytirdi. Xoqonlik­
ning Xitoy imperiyasi bilan chegaradosh hududida turkiy qabilalar yov- 
voyi hayvonlami ovlashni Xitoy imperatori ta’qiqlab qo‘ydi. Bundan 
g‘azablangan xalq isyon ko‘tarib, imperatoming chegaradosh hududdagi 
noibi Chjan Chji-yunni asirga oldilar. Xitoyliklar uni arang qutqarib ol­
dilar. Mana shu voqea ham Turk xoqoniigining takliflarini o‘ylab ko‘rish 
uchun xitoylarga turtki bo‘ldi.
Bilga xoqon boshchiligidagi davlat boshidanoq xalqning manfaat- 
larini himoya qildi. Qapag‘an xoqon ayrim qabilalarga, jumladan, to‘lis 
xalqiga nihoyatda qattiq zulm o ‘tkazgan edi. Oqibatda bu xalq Qapag‘an 
bilan bo'lgan jangda m agiub bo‘ldi va to‘lis xalqining ko‘pchiligi Xitoy 
imperiyasidan panoh izlab, o‘sha yoqqa qochdi. Ular Turk xoqonligida 
to‘ntarish va yangilanish bo‘lganini eshitgach, yana o'zlarining yurtiga 
qaytib keldilar. Bu voqea xitoy yilnomalarida To‘nyuquqning ta’siri deb 
baholanadi.26 Ammo Bilga xoqonning siyosati ham to‘lis xalqini o‘z yur­
tiga qaytib kelishiga sabablardan biri bo‘lgan edi. To‘lis xalqining qaytib 
kelishi xoqonlikning harbiy qudratini mustahkamladi. Xitoy imperiyasi 
o‘chayotgan urush alangasini yana alanglatmoqchi bo'ldi. Ammo bunga 
muvaffaq bo‘la olmadi. Xitoy imperiyasiga qarshi Tibet boshlagan urush 
imperiyani holdan toydirdi. Bilga xoqon vaqtni qo‘ldan boy bermay, 
Tabg‘ach xoqoni “yoldan ozdirgan va yer-suvini tashlab, tabg‘achga 
qaram bo'lgan” to‘quz o‘g‘uzlarga amakisi Qapag‘anning o‘chini ol- 
maslikka (Qapag‘anni to‘quz o‘g‘uzlar o'ldirgan edilar) va’da berib, 
ulami Turk xoqonligiga yana qaytardi. Bu xalq ham katta kuch edi.
Xullas, Bilga xoqon insonparvar, uzoqni ko‘ra biladigan, shuning­
dek, mohir siyosatchi sifatida xoqonlikni buhrondan olib chiqdi, iqtiso­
diy va harbiy jihatdan mustahkamladi.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish