O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


Tinsi о 'g ‘li yotadigan Bangligak tog ‘i, Tangri, Umay, muqaddas



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Tinsi о 'g ‘li yotadigan Bangligak tog ‘i, Tangri, Umay, muqaddas
yer- suv
va h. Bu mifologik obrazlar boshqa bitikoshlardagi kabi ma’no 
va vazifasini bu yodgorlikda ham saqlagan.
To‘nyuquq xoqonlik oldidagi o‘zining xizmatlarini bayon qilar 
ekan, davlatning va xalqning erkin nafas olishiga, dushman ustidan za- 
farlarga erishuviga Eltarish xoqon bilan birga, o‘zining xizmatlari mu­
him omil bo‘lganini alohida ta’kidlaydi.
Bitiktosh yozilgan paytda To‘nyuquq ancha keksayib qolgan 
ko‘rinadi, zotan, bitikosh so‘ngida To‘nyuquq buni alohida ta’kidlaydi 
va Bilga xoqon hukmronligi davom etayotganini ham eslatadi. Bundan 
ma’lum bo‘ladiki, mazkur bitiktosh yozilgan paytda Turk xoqonligi anc­
ha kuchaygan, atrofdagi dushmanlami mag‘lub qilgan edi. To‘nyuquq, 
shuningdek, Eltarishning ikkala o‘g‘li Mo‘g‘uliyon (bo‘lg‘usi Bilga
60


Xoqon) 
va Kul tigin Turgash xoqoniigining Chabish chur boshchiligi- 
(Ugi 
qolgan-qutgan lashkarini ta’qib qilib, Sirdaryoning ortiga o'tdilar. 
To ‘nyuquq bu paytda g‘arbiy Turk xoqonligiga yordam berish uchun 
kelgan 
edi. Bu paytga kelib Turgash xoqonligini Qapag'an mag'lub 
qilgan, 
bu xoqonlik alohida davlat sifatida tanazzulga yuz tutib boigan 
•di. To‘nyuquq bilan Eltarishning ikkala o‘g‘li Sharqiy Turk xoqonligi 
So' g‘dda paydo bo‘lib qoldilar va So‘g‘d shohi Gurak tomonida turib, 
irablarga 
qarshi jang qildilar. To‘nyuquq bitikoshida bu voqea eslana- 
dl: “Inal xoqonga arab va tuxor (arablaming ittifoqdoshi) hujum qildi. 
0 ‘shanda 
ajraladigan choki bor dubulg‘a kiygan so‘g ‘doq xalqi hamma-
li keldi” (To‘n., 45). Bu voqea 712-713-yillardan keyin bo‘lib o‘tgan. 
Ammo 
Qutayba ibn Muslim tomonidan yengilganlaridan so‘ng, 714-yili 
ehekindilar va Oltoydagi isyon ko‘targan qabilalarni bostirib, 0 ‘tukanga 
qaytib 
keldilar.27 Bu voqealardan ayon bo‘ladiki, To‘nyuquq bitiktoshi, 
ty im olimlar ko‘rsatganlariday, 712 yoki 716-yili emas, balki 725-yili 
yozilgan bo‘lib chiqadi. Yuqoridagi tarixiy voqealarda To‘nyuquqning 
ilhtiroki shundan dalolat beradi.
Bitiktosh so'ngida To‘nyuquq Ikkinchi Turk xoqonligi tashkil 
tQpgandan boshlab keyingi barcha xoqonlarning xizmatlarini ta’kidlab 
Oftadi. Bitikoshning so‘nggi misrasi xuddi ertaklaming tugallanmasini 
•platadi - go‘yo podshoh mamlakatni obod qildi yoki yovuz dushman
bo‘ldi, qahramonning o‘zi “murod-maqsadi”ga yetdi: “Men bilga 
To'nyuquq va Eltarish xoqon muvaffaqiyat qozonmasa edi, u bo‘lmasa 
•fU, men o‘zim dono To‘nyuquq muvaffaqiyat qozonmasam edi, men 
jp'lm asam edi, Qapag‘an xoqon boshliq turk sir xalqi yerida urug‘ ham, 
fttlq ham, kishi ham, turk xalqi yeriga xo‘jayin ham bo‘lmas edi” (To‘n.,
2
Umuman, To‘nyuquq bitiktoshi qadimgi turkiy adabiyotda alohida, 
#■ ziga xos memuar janri namunasidir.
Kuli chur bitikoshi. Bu yodgorlikni 1912-yili Mo‘g‘ulistonning 
Ixe-Xushotu degan manzilidan V.L.Kotvich topgan. U mazkur yodgor- 
likning tarixiy ahamiyatini batafsil bayon qilgan. Kuli chur Beshbaliq 
ibahrida to‘rtta jangda kurash olib bordi. Bilga xoqon yodgorligida ham 
Kuli chur tardush beklarini boshlab Bilga xoqonga 716-yili taslim bo‘lib 
keldi (o‘n uchinchi satrda).
r Кляшторний С.Г., Савинов Д.Г. Степные империи Древней Евразии. Санкт-Петербург, 
Филологический факультет Санкт-Петербургского университета, 103-6.
61


Kuli chur bitikoshni hajman katta emas: bitiktoshning g‘arb tomoni
12 satrdan, sharq tomoni 13 satrdan va janub tomoni to‘rt satrdan iborat. 
Bitiktosh ko‘p zararlangan, shu bois voqealaming mantiqiy izchilligi ku- 
zatilmaydi.
Bitiktoshning boshidanoq To'nyuquq ismi uchraydi. Kuli chur Elta­
rish xoqon davrida anchagina mashhur bo‘lgan ko‘rinadi. Bitikoshning 
g ‘arb tomoni uchinchi satrida “(Kuli chur) Eltarish xoqon davlatida kek- 
sayib, yaxshi mangulik ko‘rdi, ulug‘ Kuli chur sakson yil yashab vafot 
etdi” degan jumladan shu mazmun anglashiladi.
Kuli chur bitikoshining uzuq-yuluq saqlangan jumlalaridan shu 
narsa ayon bo‘ladiki, u mohir jangchi va lashkarboshi bo‘lgan. U minib 
jangga kirgan ot, jang kiyimlariga alohida urg‘u berilgan. Janglarda qah­
ramonlik ko‘rsatib, shuhrat taratgan, inson sifatida yaxshi do‘st, fazilat- 
larga boy inson bo‘lgan. U tardush xalqining hukmdori bo‘lgan. Qorluq 
xalqi bilan jang qilgan, xuddi Kul tigin minib kirgan otlar qanday tasvir- 
langan bo‘Isa, Kuli churning jangovar otlari ham shu tarzda tasvirlangan. 
Bitiktosh muallifi noma’lum.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish