312
Ishtirokchilar soni 10256 nafarni tashkil etdi, ulardan 4-sinf o‘quvchilarining 4925
nafari ulardan 4-sinf o‘quvchilarining 4925 nafar ota-onalari, 234 ta boshlang‘ich
maktab o‘qituvchilari, 172 nafar direktor ishtirok etdi. 2017-yil 5- dekabr kuni
YuNESKO Boshqarmasi (Parij, Fransiya) PIRS-2016 qatnashadigan 50
dan ortiq
mamalakat natijalarini e‘lon qilgan.
―Xalqaro tadqiqot PIRS-2016‖ XEA ensklopedyasi eng yaxshi o‘quv
dasturlarini va yosh o‘quvchilarning o‘qish qobilyatini rivojlantirish tajribasi haqida
noyob axborot materiallarini taqdim etgan. PIRS ga qatnashish O‘zbekiston
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari orasida o‘qish qobilyatlari darajasini mustaqil ravishda
obyektiv baholash imkonini beradi. Bundan tashqari O‘zbekiston ta‘limining
ochiqligi va integratsiyalashuvi dunyoning yetakchi ta‘lim tizimlarining xalqaro
hamjamyatiga integratsiyalashuvini ta‘minlaydi. Yurtimizda ham PIRS tadqiqotiga
tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. O‘quv qo‘llanma, maxsus boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari uchun daftarlar ham chop etish ishlari bosqichma-bosqichlikda
amalga
oshirilmoqda.
PISA - bu dastur asosiy maqsadi 15 yoshli o‘quvchilar o‘qis hsavodxonligi,
matematik savodxonlik va tabiiy fanlar asosida savodxonlik darajasi turli testlar
asosida tekshiriladi. Ushbu dastur 1997- yil joriy qilingan bo‘lib hozirgacha 78 ta
davlat ishtirok etgan . PISA har 3 yilda o‘tkaziladi va har safar ma‘lum fanga urg‘u
beriladi. 2000-yilda o‘qish savodxonligiga urg‘u berilga bo‘lsa, 2021- yil matematik
savodxonlikka urg‘u beriladi. Ushbu sinovlarda 4 xil sinov usulidan foydalaniladi:
1) Bir javobli testlar;
2) Bir necha javobli testlar;
3) Qisqa yoki batafsil javob beriladigan testlar;
4) Biror muammo yechimi bo‘yicha o‘quvchi fikri.
TMMSS –mamalakatlari ta‘lim tizimida keng tadbiq etilmoqda. TMMSS dasturi
ta‘lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA (international
Association for the Evaluation of educational Achievements ) tomonidan tashkil
etilgan bo‘lib, ushbu tadqiqot 4 va 8-sinf o‘quvchilari orasida matematika va ijtimoiy
fanlar bo‘yicha ta‘lim sifati,darajasi, fanga bo‘lgan munosabati, qiziqishini aniqlaydi.
Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi. Ushbu tadqiqot PIRS tadqiqotiga o‘xshab,
o‘quvchilar maktab ma‘muriyati va o‘qituvchilar orasida qo‘shimcha so‘rovnomalar
o‘tkazadi va fan sohasida to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillarni aniqlaydi. Bu esa
o‘sha mamlakatda ishlab chiqilgan ta‘lim standartlarini boshqa davlat bilan solishtirib
ko‘rish imkonini beradi. 2015-yil TMMSS tadqiqotlari natijalariga ko‘ra AQSH,
Singapur, gankong, Koreya
Respublikasi, Yaponiya, Rossiya Buyuk Britaniya kabi
davlatlarning ta‘lim tizimi eng yuqori ko‘rsatgichlarni egallagan. Shuni e‘tirof etish
lozimki, ayni shu davlatlarda yuqori texnalogiyalarni o‘zlashtirish sanoatlashtirish va
yuksak darajada taraqqiy etish maqsadida aniq fanlarni yuqori darajada
o‘zlashtirishga alohida etibor qaratilib, unda o‘quvchilar tug‘ma iste‘dod va
qobilyatdan ko‘ra o‘z ustida doimiy ishlash hamda aniq fanlarni o‘qitishda guruh va
sinfdagi o‘quvchilar sonining 16 nafardan oshmasligi belgilangan. Bunday tajriba
AQSHda ham mavjud bo‘lib 1999-yildan boshlab bitta o‘qituvchi 40 minutlik dars
mashg‘uloti davomida 16 ta bolaga bilim va tarbiya
bera olish imkoniyatga ega
313
ekanligini inobatga olgan holda prezident qarori bilan ta‘lim muassasalarida
guruhlarda o‘quvchilar soni 16 nafar etib belgilangan.
TALIS -
(the Teaching And Learning International Servey – rahbar va
o‟qituvchilarning ta‟lim muassasalarida o‟qitish va ta‟lim olish muhitini hamda
o‟qituvchilarning ish sharoitlarini o‟rganish) Ushbu tatqiqot birinchi bor 2008-yilda
24 ta davlat ishtirokida o‘tkazilgan. Ikkinchi davrda 2013- yilda o‘tkazilgan bo‘lib,
unda 3 davlat ishtirok etgan. Rossiya federatsiyasi ham shu yilda ushbu tatqiqotda
qatnashgan. 2018-yil 46 ta mamlakat TALIS tatdimoti ishtirokchisiga aylandi.
Tatqiqot asl mohiyati o‘qituvchi va maktab rahbarlari bilan so‘rovnoma o‘tkazishdir.
Direktor bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma asosan maktabni boshqarish, o‘qituvchi
faoliyatiga baho berish,
maktabdagi muhit, bajaradigan ishlaridan qoniqishi keng
madaniyatli muhitdagi ta‘lim haqidagi fikrlarni o‘z ichiga oladi. O‘qituvchilar bilan
o‘tkazilgan so‘rovnomada esa kasbiy mahorat rivojlantirishga qaratilgan turli
yo‘nalishlarni, butun o‘qitish faoliyatini, o‘qituvchining ma‘lum bir sinfdagi o‘qitish
faoliyatini amalga oshirish va maktab jamoasi bilan o‘zaro ijobiy muhit o‘rnatganligi
o‘z aksini topgan. Shuni ta‘kidlash lozimki, TALIS yagona so‘rovlar hamjamyati
bo‘lib ta‘lim dargohida o‘quv muhiti va o‘qituvchilarning ish jarayonigi shart-
sharoitlarni o‘rganishga e‘tibor qaratadi.
EGRA
(o‟qish) va EGMA
(matematika) - mazkur tadqiqot boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining o‘zlashtirishini yaxshilash hamda ta‘lim jarayonida kamchiliklarni
aniqlashga yordm beradi. Ushbu baholash tizimi dunyoning 70 dan ortiq
mamlakatlarida qo‘llaniladi. O‘tgan yilning 9-18- oktabr kunlarida ta‘lim jarayoniga
xalqaro tajribalarni tadbiq etish maqsadida respublika ta‘lim markazida o‘quv amaliy
seminar teshkil etilgan. Mazkur seminarda EGRA va EGMA xalqaro baholash dasturi
loyihasini ishlab chiqish va bosqichma- bosqich joriy etish masalalari ko'rib
chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta‘limi tizimida EGRA va EGMA xalqaro
baholash dasturlari AQSHning USAID tashkiloti bilan hamkorlikda joriy etilmoqda.
Yuqoridagi xalqaro baholash dasturlari orqali samarali natijaga erishish uchun
o‘quvchilar ham qunt bilan bilim olishlari talab etiladi. O‘z-o‘zini doim rivojlantirib
borish, jamiyatda ijtimoiy munosabatlarda faol ishtirok etishi, darsliklardan tashqari
badiiy adabiyotlar o‘qishi, uyida shaxsiy kutubxona tashkil etilishi, o‘zlashtirishi
ortda qolayotgan tengdoshlariga ko‘maklashishi, axborot oluvchi manbalardan
(kompyuter, telefon, televizor, internet)
samarali foydalanish, darsdan tashqari
vaqtlarda fan, sport hamda san‘at to‘garaklariga qatnashish, nazariy bilimlarini
amaliyotda qo‘llay ola bilishi zarur. Bu faoliyat jarayonida ota-ona farzandiga ta‘lim
olishga stimul va motivatsiya uyg‘ota olish muhitini yaratib berishi lozim.
Umuman olganda mamalakatimizda aynan mana shunday xalqaro dasturlarning
ta‘lim tizimini baholash va monitoring qilishdagi ishtiroki mavjud emasligi yoki
o‘quvchi yoshlar bilimlari darajasini baholash yoki monitoring qilishning ―Milliy
dasturi‖ yaratilmaganligi, hududlar kesimida yoshlar tomonidan u yoki bu fanni
o‘zlashtirish darajasining sifati va sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
ishlar
ko‘lamini belgilab borish va tegishli islohotlar o‘tkazib borish imkoniyatini cheklab
qo‘ymoqda. Shuningdek, boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta‘lim muassasalaridagi
o‘qitish darajasining islohotlar tempidan ortda qolayotganligi yaqin kelajakda
malakali kadrlar tanqisligini keltirib chiqarishi mumkin.
314
Shuni inobatga olgan holda quidagi takliflarni amalga oshirish joiz deb
hisoblaymiz:
Bilimlarni nazorat qilib, baholab borish o‘quvchi uchun ham rag‘batlantirish
ham xatolar ustida yanada ko‘proq ishlashga turtki beruvchi vosita hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib mamlakatimizda bu tizimni yana takomillashtirish lozim.
Bu yo‘l bilan pedagoglarga yanada o‘z ustilarida ishlashlarini talab etadi. Kelajak
avlod farzandalarini
yuqori salohiyatli, madaniyatli, ma‘naviyatli, keng fikrlay
oluvchi shaxs sifatida komol tobtirishga har bir fuqaro mas‘uliyat bilan yondasha
olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: