Бошланғич таълим кафедраси


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/282
Sana22.02.2022
Hajmi7,03 Mb.
#94274
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   282
Bog'liq
6-MAQOLA BOSHLANG'ICH ТЎПЛАМ 22.05.2020

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi Qonuni. //Barkamol 
avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T. Sharq. 1997.
2. O`zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. //Barkamol 
avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T. Sharq. 1997. 
3. Azizxo`jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: 
TDPU, 2003. 
4. Davletshin M.G. Sharq mutafakkirlarining psixologik qarashlari. Toshkent 
1992 yil. 
5. Mavlanov R.A., Raxmonqulova N.X.‖Boshlang‘ich ta‘limda innovatsiya‖. 
T.TDPU 2007-y.
6. Mavlanova R.A., Raxmonqulova N.X. ―Boshlang‘ich ta‘limda pedagogika, 
innovatsiya, integratsiya‖. T., 2013.
TA'LIM TARAQQIYOTIDA INNOVATSION YONDASHUV 
 
Bazarov Abdurahmon Bektashovich 
Muzrabot tumani 17-umumiy o‟rta ta‟lim maktabi
Ma‟naviy marifiy ishlar bo‟yicha diretor o‟ribosari 
Har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti asosini innovatsion faoliyat tashkil 
etadi. Uzoq o‘tmish shundan dalolat beradiki, odam o‗zining ilm-zakovati bilan 
dastlabki mehnat qurollarini o‗ylab topishdan, algoritm va nanozarralar, zamonaviy 
innovatsion kompyuter, quyosh va boshqa yuqori texnologiyalarni kashf etishgacha 
bo‗lgan murakkab yo‗lni bosib o‗tdi. 
Shu bilan bir qatorda ta‘lim sohasi tizimiga, balki jamiyatning barcha 
sohalarining rivojiga o‗zining aks ta‘sirini ko‗rsatadi. Shu bois ham ana shu ta‘sir va 
bo‗shliqning oldini olish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 
mazkur 2018-yilni ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‗oyalar va texnologiyalarni 
qo‗llab-quvvatlash yili‖ deb e‘lon qilindi.―Bugun biz davlat va jamiyat hayotining 
barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‗liga 
o‗tmoqdamiz. Bu bejis emas, albatta.
Chunki, zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim 
yutadi?Yangi fikr yangi g‗oyaga innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – 
bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan 


305 
bo‗lsak, uni aynan innovatsion g‗oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz 
kerak‖.[1] 
Ana shu rag‗batlarni amaliy qo‗llab-quvvatlash maqsadida bir qator me‘yoriy 
hujjatlar qabul qilindi. BirinchiPrezidentimiz Islom Karimovning 1992-yil 8-iyuldagi 
―Ilm-fanni davlat yo‗li bilan qo‗llab-quvvatlash va innovatsiya faoliyatini 
rivojlantirish to‗g‗risida‖gi farmoni va O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1992-yil 21-iyuldagi ―Ilm-fanni rivojlantirishni va innovatsiya 
faoliyatini davlat yo‗li bilan qo‗llab-quvvatlash choralari to‗g‗risida‖gi qarori ilm-fan 
va innovatsiyalarni rivojlantirish sohasidagi dastlabki asosiy hujjatlardir. Davlatimiz 
rahbarining 2006-yil 7-avgustdagi ―Fan va texnologiyalar rivojlanishining 
muvofiqlashtirish 
va 
boshqarishni 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi qaroriga 
muvofiq, 
O‗zbekiston 
ilm-fanini 
boshqarish 
va 
moliyalashtirishni davlat tomonidan tartibga solish, uning sa‘y-harakatlarini ustuvor 
sohalarga yo‗naltirishga qaratilgan islohotlar davom ettirildi. 
Bizga ma‘lumki, XXI asr - texnika va texnologiya asri. Ha, bu nom bejizga 
berilmadi. Atrof-muhitda sodir bo‗ladigan hodisalar uni o‗rganishga bo‗lgan 
qiziqishni yanada orttirdi. Bu qiziqish ortidan ilm-fan sohasida misli ko‗rilmagan 
kashfiyotlar paydo bo‗ldi va paydo bo‗lmoqda. Kundan kunga kishini hayratga 
soladigan yangiliklar yaratilmoqda. 
Bu borada O‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom 
Abdug‗aniyevich Karimovning quyidagi fikrlarini keltirib o‗tishni o‗rinlidir: 
―Kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, 
xalqimizning ertangi kuni qanday bo‗lishi farzandlarimizning bugun qanday ta‘lim va 
tarbiya olishiga bog‗liq‖[2]. 
Umuman, farovon kelajak poydevori hozirda unib-o‗sib kelayotgan yoshlarimiz 
hisoblanadi. Shuning uchun, ularning yuqori bilim va ko‗nikmalarga ega bo‗lib 
voyaga yetmoqlari muhim omildir. 
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalarda bo‗layotgan 
tezkor o‗zgarishlar ta‘lim tizimini ham tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda, chunki 
mukammal ta‘lim tizimi orqali Respublikamizning kelajak intellektual 
imkoniyatlarini va uni gullab yashnashi hamda rivojlanishini belgilab beruvchi 
yoshlarni har tomonlama ijodkor, mustaqil faoliyat yuritadigan qilib tarbiyalashda 
asosiy omil bo‗lib xizmat qiladi. Shuning uchun ta‘limda eng muhim strategik 
yo‗nalish ta‘lim muassasalarining innovatsion faoliyati hisoblanadi. Bu esa barcha 
ta‘lim muassasalarida,ayniqsa ijodkor, yuqori salohiyatli mutaxassis kadrlarni 
tayyorlovchi oliy ta‘lim maskanlarida innovatsion texnologiya ko‗rinishida faoliyat 
olib borish dolzarb masalalardan biri bo‗lib kelgan. 
Shuni aytish kerakki, hozirgi kunda ta‘lim jarayonida innovatsion 
texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‗quv jarayonida qo‗llashga 
bo‗lgan qiziqish, e‘tibor kuchaygan. 
―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da ―...ta‘lim muassasalarining resurs, kadrlar 
va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‗quv-tarbiya jarayonini yangi o‗quv-
uslubiy majmualar, ilg‗or pedagogik texnologiyalar bilan to‗liq ta‘minlash‖ vazifalari 
belgilab qo‗yilgan. Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‗rin 
olishi uchun aholi ta‘limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi 


306 
ham ilg‗or pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab 
etmoqda. 
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta‘biri bilan aytganda, ―Biz rivojlangan 
bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish yo‗liga qadam qo‗yib, 
kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan o‗tishni ta‘minlar 
ekanmiz, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‗unligi zaruratini teran 
anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat va ilg‗or texnologiyalarni 
egallagan insonlargina o‗z oldimizga qo‗ygan strategik taraqqiyot maqsadlariga 
erishishi mumkin ekanini hamisha o‗zimizga yaxshi tasavvur etib kelmoqdamiz‖.[3] 
Innovatsion texnologiyalar asosida mantiqiy fikrlash uzluksiz ta‘lim tizimini 
rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular ta‘lim jarayonida ma‘lum 
o‗zgarishlarga, ta‘lim mazmuni, sifati boyishiga va samarali tashkil etilishiga sabab 
bo‗ladigan turli tashabbus va yangiliklarning yaxlit tizimida namoyon bo‗ladi. Ilm, 
fan va texnikaning jadal rivojlanishi, yangi texnika va texnologiyalarning jamiyatning 
barcha qatlamlariga kirib borishi, axborot texnologiyasi vositalarining barcha davlat 
va nodavlat muassasalarida qo‗llanilishi o‗qituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab 
qilmoqda. O‗qituvchilarning faoliyati ko‗p qirrali bo‗lib, ular boshqaruvchi, muloqot 
qiluvchi, yo‗naltiruvchi, tashkil etuvchi va baholovchi rollarini amalga oshirishlari 
kerak bo‗ladi. 
Ta‘lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta‘lim 
muassasalarini innovatsion jarayonlarga qo‗shilishini taqozo etmoqda, o‗zini yaratish 
imkoni mavjud innovatsion maydonda ko‗rish va eng muhimi aniq yangiliklarni 
o‗zlashtirishdan iborat. 
Ta‘lim sohasi – mamlakatimizda birinchilardan bo‗lib faol innovatsion harakatni 
boshladi. Ma‘lum bosqichda XX asr oxirlarida bunday harakatlar yo‗lga qo‗yilgan 
edi. Masalan, A.G.Rivin va V.K.Dyachenko tomonidan o‗qitishni jamoaviy o‗qitish, 
D.B.Elkonin, V.V.Davidov, L.V.Zankovlar tomonidan ilgari surilgan rivojlantiruvchi 
innovatsion ta‘lim to‗g‗risidagi qarashlar o‗z vaqtida ma‘lum ahamiyat kasb etdi. Shu 
bilan birga boshqa innovatsion ta‘lim texnologiyalari: dialektik o‗qitish usullari 
(A.I.Goncharuk, V.L.Zarina), o‗qitishning individual yo‗nalishli usuli (A.A.Yarulov), 
―Ekologiya va dialektika‖ (L.V.Tarasov), evristik o‗qitish (A.V.Xutorskoy) dialog 
madaniyati 
(V.S.Bibler, 
S.Yu.Kurganov), loyihali o‗z-o‗zini 
refleksiya 
(G.P.Shedrovitskaya) va b.q.larni keltirish mumkin. 
Universitet va texnika institutlari ishlab chiqarish kompaniyalari va firmalar 
bilan birgalikda patentlangan ishlanmada o‗z ishtiroki ulushini belgilab tadqiqot va 
innovatsion loyihalarni amalga oshirgandagina ilm-fan va ishlab chiqarishning 
integratsiyalashuv jarayoni katta samara beradi. Yevropa patent idorasi tomonidan 
berilgan barcha xalqaro patentlarning 85 foizi aynan shunday hamkorlikdagi 
ishlanmalar ulushiga to‗g‗ri kelishi ham bejiz emas. 
Jahon tajribasi shuni ko‗rsatmoqdaki, har tomonlama rivojlangan innovatsion 
tizimga ega mamlakatlardagina innovatsiya jarayonlari samarali amalga oshirilib, 
texnologiyalar va boshqa ilmtalab mahsulotlar tijoratlashtirilmoqda. Bu jarayonda 
davlatning ishtiroki, iqtisodiyotning real sektori va yetakchi kompaniyalarning 
innovatsiya faoliyatini qo‗llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga egadir. Zero, ilm-fan 


307 
davlatning texnik taraqqiyoti va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini 
ta‘minlaydigan ushbu integratsiya mexanizmining asosini tashkil qiladi. 
Shuni takidlash joizki, bugungi kun innovatsion texnologiyalarini ta‘lim 
sohasida muvaffaqiyatli qo‗llanilsa, kelajak yosh avlod ana shu jahon 
tajribasi asosida saboq olib, ulg‗aysa, davlatimizning ertangi istiqboli, kelajagi yorqin 
bo‗lishiga shak-shubha yo‗q. 

Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish