Mazkur qonunning 2-moddasiga ko’ra mulkiy qiymatlarning barcha
turlari va ularga bo’lgan egalik huquqlari hamda chet el mulkiga bo’lgan
huquqlar, xorijiy investorlar tomonidan ob’ektlarga va xorijiy investitsiya
bo’lishi mumkin.
Xorijiy investitsiyalarning asosiy qismi yevropa ittifoqiga to’g’ri
keladigan boshqa SHarqiy va Markaziy yevropa mamlakatlarida farqli
ravishda Rossiyada birinchi o’rinni SHveytsariya va AQSH egallaydi - bu
mamlakatlarga jami kapital qo’yilmalarning 51% to’g’ri keladi.
1995
yildagi
muvaffaqiyatlarga
qaramay,
RF
xozircha
bozor
munosabatlariga o’tishda ayniqsa kuchli ilgarilab ketgan bir qator
SHarqiy va Markaziy yevropa davlatlaridan orqada qolmoqda. Vengriya
1995 yilda 3500 mln, Polsha - 1510 mln, CHexiya - 2500
mln AQSH
dollari miqdorida investitsiyalarni jalb qila oldi.
Xorijiy kapitallar mintaqaga “xususiylashtirish to’lqinlari” va “iqtisodiy
sog’lomlashtirish” tufayli oqib kelab boshladi.
MDH mamlakatlarining deyarli barchasi sezilarli siljishlarga erishdilar.
Armaniston 1995 yilda $10 mln bevosita xorijiy investitsiyalarni jalb
qildi; Ozarbayjon - $110 mln; Belorussiya - $20 mln; Qozog’iston - $284
mln; Qirg’iziston - $515 mln; Moldova - $32 mln; Tojikiston - $15 mln;
Ukraina - $200 mln; O’zbekiston - $115 mln.
Jami yil davomida jahondagi bevosita xorijiy investitsiyalar 40%ga o’sib,
$35 mlrd ga yetdi. Bu sohada Xitoy oldinda bormoqda, xorijiy investorlar
bu mamlakatga 1995 yilda $38 mlrd mablag’ sarfladilar.
YAqin o’n yillar davomida Xitoy infratuzilmasini rivojlantirishga
$700 mlrd sarflanadi, bu SHarqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi
mamlakatlari
iqtisodiyotiga
sarflash
rejalashtirilgan
maqsadli
investitsiyalarning
yarmidan
ko’prog’ini
tashkil
qiladi.
XXRga
sarflanadigan mablag’lar barcha
SHarqiy Osiyo mamlakatlari
infratuzilmalarini rivojlantirishga sarflanadigan jami $1,3 - 1,5 trln
investitsiyalarning taxminan 51% ni tashkil qiladi.
O’zbekiston, endi rivojlana boshlayotgan bozorga ega bo’lgan holda,
yirik investitsiya loyihalari uchun zarur bo’lgan kapital xajmini ta’minlay
olmaydi, qattiq valyutaga ega bo’lish qiyindir. Ammo bu muammolarning
barchasini xorijiy investorlar yordamida hal qilish mumkin. SHuningdek,
ilg’or texnika va texnologiyalarga, boshqaruvning ilg’or usullariga
(qo’shma korxonalar tuzish orqali va hokazo) ega bo’lish va jahon
bozoriga chiqish ham osonlashadi.
Prezidentimiz Oliy Majlis sessiyasida so’zlagan o’z nutqida respublikaga
birinchi navbatda quyidagilar zarurligini qayd etib o’tdi:
1) Ishlab chiqarish tarmoqlarini eng yangi texnologiyalar va asbob-
uskunalar
bilan jihozlash, ishchilarning malakasini oshirish, jahon
bozorida ishlash usullarini takomillashtirish, bizning maxsulotlarimizni
sotish bozorlarini qidirib topish;
2) Mamlakatni xom ashyo yetkazib beruvchilikdan
yuqori darajada
taraqqiy etgan davlat darajasiga olib chiqish.
Respublikada qulay investitsion muhitni ta’minlash uchun barqaror
huquqiy baza mavjuddir. Xususan, “Xorijiy investitsiyalar to’g’risida”gi,
“Investitsiyalar va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari
to’g’risida”gi qonunlar, “Tashqi iqtisodiy faoliyatni rag’batlantirish
choralari to’g’risida”gi, “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish,
xususiy mulkni himoyalashni ta’minlash va tadbirkorlikni
rivojlantirish
choralari to’g’risida”gi Farmonlar qabul qilingan.
Iqtisodiy islohotlashtirish va investitsiyalar buyicha mahkamalararo
qo’mita tashkil qilingan. 1995 yil 21 avgustda qabul qilingan “Xorijiy
investitsiyalar buyicha Agentlik tashkil etish to’g’risida”gi Farmonga
muvofiq Agentlik tashkil etildi, uning maqsadi iqtisodiyotga xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish jarayonini qo’llab-quvvatlash, O’zbekistonda
investitsion takliflarni tayyorlash va amalga
oshirishda potentsial
investorlarga va mahalliy hamkorlarga amaliy yordam ko’rsatishdan
iboratdir.
Ammo xorijiy hamkorlarni tanlashda masalaning hamma tomonini
xisobga olish lozim.
Xulosa
Investitsiyalar ishlab chiqarilgan maxsulot va xizmatlarning xususiy
davlat sektori tomonidan tugallanmagan va eksport qilinmagan shakli
bo’lganligi uchun ham uni mikroiqtisodiy darajada ham kurib chiqish
kerak bo’ladi. Xozirgi paytda Respublikamizdagi
turistik korxonalarga
investitsiyalar keng jalb qilinmokda. Bular asosan xorijiy investorlar
tomonidan ajratilmokda. Bu shuni ko’rsatadiki, xozirgi kunda
mamlakatimizdagi siyosiy barqarorlik alohida ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: