O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi


Turizm industriyasida xorijiy investitsiyalarning usullari va



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/93
Sana03.06.2023
Hajmi1,66 Mb.
#948521
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   93
8.2. Turizm industriyasida xorijiy investitsiyalarning usullari va 
shakllari
Katta miqdorda xorijiy yordam olayotgan mamlakatlar industrial-
sanoat taraqqiyotida istalgan sur’atlarga tezda erishmoqdalar (urushdan 
keyingi yevropa va YAponiya). Ammo investorlar (asosan - AQSH, 
yevropa ittifoqi, YAponiya) bu mamlakatlar ichidan ular egallab turgan 
harbiy-siyosiy yoki energetik-xom-ashyo jihatdan muhim va hal qiluvchi 
pozitsiyalarga qarab alohida strategik mavqega ega bo’lgan davlatlarni 
tanlab oladilar. Bunday davlatlarga moliyalashtirish o’ta saxiylik bilan, 
uzoq muddatga va foizlar nuqtai nazaridan imtiyozli shartlarda amalga 
oshiriladi. Ammo buning salbiy tomoni ham borki, bu investorlarning o’z 
shartlarini qo’yishlari va ularning bajarilishini talab qilishlaridan, ularga 
qaramlik yuzaga kelishidan va hokazolardan iborat. Investitsiyalashning 
usul va shakllari turlicha bo’lishi mumkin. Masalan:
1. Turkiya va maxsus konsortsium (AQSH q 12 Farbiy yevropa 
mamlakatlari q 3 ta xalqaro moliyaviy tashkilot), hamkorlar (investorlar) 
soni ko’payganda birinchidan, mamlakatning har bir investorga shaxsan 
qaramligi kamayadi, ikkinchidan, kerakli miqdorda xorijiy yordam 
tushumi (inqirozlar davrida iqtisodiy yordamning dinamik va barqaror 
bo’lishi) kafolatlanadi.
2. YAponiya, o’zaro yordam va hamkorlik maqsadlarida faoliyat 
ko’rsatgan holda, investitsiyalashni aktsiyalarni sotib olish va uzoq 
muddatli qarzlar berish orqali amalga oshiradi. Bu yul bilan u o’zini 
mamlakatning bozori va iqtisodini egallab oluvchi emas, balki 
integratsiya tarafdori qilib ko’rsatadi. Ammo ayni paytda u kuplab 
kompaniyalar aktsiyalarining nazorat paketiga egadir va ularning 
faoliyatini nazorat qilib boradi.
3. Farbiy yevropa investorlarining ana’anaviy usullari xorijiy 
kompaniyalarning mutlaq sohiblari bo’lib olishga qaratilgan.
Iqtisodiy taraqqiyotni eng samarali tashqi moliyalashtirish davlatlararo 
asosda xalqaro moliyaviy tashkilotlarni jalb qilgan holda amalga 
oshiriladi.
Investitsiyalar:


- beg’araz yordam;
- kreditlar;
- subsidiyalar;
- qo’shma korxonalar;
- aktsiyalarni sotib olish va hokazo.
Investorlar uchun asosiy shartlar:
1) erkin konvertlanadigan valyutadagi foyda;
2) Ichki va tashqi siyosiy vaziyatning barqarorligi.
Investitsiyalashni sekinlashtiruvchi omillar quyidagilardir: xom-ashyo 
zaxiralarining cheklanganligi; ishchi kuchi sifatining pastligi; mexnat 
unumdorligining 
pastligi; 
valyutaning 
konvertirlanmasligi; 
ichki 
bozorning torligi va aholi to’lov qobiliyatining pastligi.
Xozirgi paytda xorijiy investorlar tog’-kon sanoati va tijorat maqsadidagi 
transport vositalarini ishlab chiqarishga katta qiziqish bilan qaramoqdalar. 
Jahon bankining bergan bahosiga ko’ra, 1994-96 yillarda moliyalashtirish 
ehtiyojlarining 
600-700 mln. 
AQSH 
dollari 
miqdorida 
bo’lishi 
mo’ljallanmoqda. Bunday investitsiyalar uchun asos kuchaytirilib, 
islohotlar jadallashtirilsa, bevosita xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi 
1997 yilga kelib yiliga 200-250 mln AQSH dollari darajasida bo’lishi 
mumkin.
Demak, shundan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston xorijiy investorlarni 
o’zining tabiiy resurslari va iqtisodiy salohiyati bilan o’ziga jalb 
qilmoqda.
Ammo investitsiyalashning huquqiy bazasini ta’minlash va qulay muhit 
yaratish uchun mumkin bo’lgan barcha shart-sharoitlarni yaratish lozim. 
Barcha to’siqlarni, shu jumladan katta ahamiyatga ega bo’lgan 
byurokratik to’siqlarni oxirigacha bartaraf qilish zarur. SHuningdek, 
axborot bazasi bilan bog’liq katta muammo mavjud. O’zbekiston uzoq 
vaqtgacha axborot vakuumida qolib keldi. Bugun ham ahvol deyarli 
o’zgarmagan. Uzoq vaqtgacha statik kuzatishlar o’tkazilmagan va tabiiy 
va mexnat resurslarining, iqtisodiyotning turli sohalarining holati tahlil 
qilinmagan va hokazo.
Bugungi kunda jahon axborot asri bo’sag’asida turgan bir paytda, 
O’zbekistonga 
ma’lumotlar 
banklar, 
turli 
kompyuter 
va 
telekommunikatsiya tarmoqlari suv bilan havodek zarurdir, chunki biz 
rivojlangan 
kommunikatsiya 
tarmog’ining 
xorijiy 
investorlarni 
qiziqtiruvchi asosiy omil ekanligiga ishonch xosil qilib ulgurdik.

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish