Aqsh kongressining ko’pchilik a’zolari Yaman konfliktida aqsh ishtirokini to’xtatishga undamoqda



Download 20.09 Kb.
Sana14.01.2020
Hajmi20.09 Kb.
AQSH kongressining ko’pchilik a’zolari Yaman konfliktida AQSH ishtirokini to’xtatishga undamoqda. Ulardan ba’zilari hatto o’z twitter ijtimoiy sahifalarida Saudiyani qoralab ularning maktablar jamoat joylarini bambardimon qilishlari, mamlakatdagi barqaror vaziyatni ta’minlashda xalaqit berayotganlarini aytib o’tmoqdalar. Shu bilan birgalikda AQSH urushdan talofat ko’rgan Yamanga 131 mln $ bergan, 2018-yilning o’zida unga gumanitar yordam tariqsida 700 mln $ miqdorda yordam bergan.

AQSH Yamandagi konfliktni to’xtatish maqsadida ikkala tomonning hujum qilmasligini yoqlab chiqdi. Bu haqida davlat kotibi Mayk Pompeo o’z bayonotida aytib o’tdi. Shuningdek, uning fikricha muammo BMT yordamida tinch yo’l bilan hal etilishi kerak.

2018-yil 13-dekabrda AQSH Senati Yaman hududida Saudiya Arabistonining harbiy harakatlariga AQSH ishtirok etishini to’xtashish to’g’risida rezalyutsiya qabul qildi.

Bu rezalyutsiya tashabbuskorlari respublikachilar partiyasidan senator Maykom Li va demokratiyachilardan Berni Sandersomlardir. AQSH senati 3 yil mobaynida birinchi marotaba Saudiya rahbarligidagi kaolitsiya Yamanga kirishi bilan bu yerda yer yuzidagi eng katta gumanitar inqiroz boshlanganini ma’lum qildi.

AQSH Prezidenti D.Tramnp 2019-yil 17-aprelda “veto” huquqidan foydalanib, qabul qilingan AQSH ning Yaman mojarosida ishtirokini to’xtatish to’g’risidagi rezalyutsiyani bekor qildi.

Ikkala palata tomonidan qabul qilingan bu qo’shma rezalyutsiya Oq uy rahbari fikriga ko’ra belgilangan konstitutsion tizimga qarshi boorish hamda uning kuchini cheklashga qaratilgandir. Bundan tashqari Tramp administratsiyasining rasmiy pozitsiyasiga ko’ra AQSH harbiy kuchlari Yamanda kontengentga ega emas hamda hech qanday harbiy harakatlarni amalga oshirmaydi. Aksincha, AQSH va Saudiya Arabiston o’rtasida harbiy-texnika hamkorligi doirasida Saudiya qo’shinlariga yordam berayotgan kichik texnik mutaxasislardan iborat guruh mavjudligini bildirdi.



Xulosa.

Bugungi kunda AQSH ishtirok etayotgan barcha urushlarda Yamandagi urushda ishtiroki eng sezilmasdir. Ko’pchilik mutaxaasisilarning fikricha aynan AQSHning Yaman mojarosidagi aloqasi bu hududda ko’pgina tararistik guruhlarning faoliyatini oshirmoqda. Aynan AQSHning Saudiyaga harbiy-texnik ko’magi hamda qurollarning yetqazib berishi Arab yarim orolida Al-Qoidaning rivojlanishiga turtki bo’lmoqda. Bu haqida Vashington institutining Yaqin Sharqda jihodchilar harakati sohasi bo’yicha mutaxasis Aaron Zelin ham fikr bildirib, aynan AQSHning Soudiya rahbarligidagi kaolitsiyaga qo’shilishi bilan Arab yarim orolidagi Al-Qoida o’z potensialini oshirayotganini aytib o’tdi.

Yaqin Sharq mintaqasiga asosiy e’tiborini qaratgan ISHID harakatidan farqli ravishda Arab yarim orolidagi Al-Qoida o’zining asosiy maqsadi deb mintaqada AQSHni muvafaqqiyatsizlikka uchratishdir. Hattoki, 2016-yil avgustda Al-Qoida rahbarlari “O’z nayzalaringizni Amerikaga qarating” – deb da’vat qilgan.

AQSH Yaman mojarosiga 2015-yil 26-mart sanasidan aralasha boshlagan. Uning asoisy vazifasi Saudiya Arabistonining harbiy havo kuchlariga texnik va ta’minot ishlariga yordam berish bo’lgan. Ammo AQSH Kongressi o’sha paytda Amerika Yaman muammosiga qanday maqsad bilan kirganligini aniq bilmaganliklarini aytganlar. Bugungi kunda AQSH Kongressi Yaman muammosiga aralashmaslikni yoqlab chiqmoqdalar. Ammo davlat rahbari bunga qarshi u bu bilan o’zining konstitutsion huqulari cheklanishini hamda Yamanda inson haq- huqulari poy-mol qilinayotanligi bilan izohlab bermoqda.

Bundan tashqari AQSH va Buyuk Britaniya manfaatlari bu yerda aniqlashib bormoqda vaholanki urush bu davlatlarga sezilarli darajada foyda keltirgan. 2017-yilda D. Trampning Saudiyaga rasmiy tashrifida 100 mlrd $ dan ortiq miqdorda qurol-yarog’ yetqazib berishga kelishilgan. 2015-yil mart oyida esa London bu mintaqaga 3 mlrd funtsterling miqdorida (5 mlrd $) qurol-yarog’ sotganini The Guardian va The Independent nashriyotlari ma’lum qilishdi.

Ammo urushning cho’zilib ketishi AQSH ning tashqi imijiga ta’sir ko’rsatmoqda. Budan tashqari neft narxlari oshishiga, bu o’z navbatida AQSH manfaatlariga zid bo’lmoqda. Mintaqadagi beqaror vaziyat neft transportitofkasiga to’sqinliq qilmoqda va bu bilan uning narxi oshishi kutilmoqda. 2018-yil iyul oyida xusiylar 2ta Saudiyaga tegishli bo’lgan neft tankerni qo’lga olgandan keyin neft narxlari oshib ketti. Ar-Riyod esa Bab-al-Mandeb bo’g’izidan neft olib o’tishni to’xtatdi. Bularning bari AQSH manfaatlariga ziddir.



Mintaqada tinchlik va barqaror vaziyatni o’rnatish uchun esa avvalombor AQSH hamda Saudiya rahbarligidagi kaolitsiya o’z qo’shinini olib chiqishi darkor hamda bu masalani BMT doirasida tinch yo’l bilan hal etishga harakat qilish kerak deb o’ylayman. Bunday mojarolarni biz Afg’oniston va Suriyada guvoh bo’ldik urush hech narsaga olib kelmaydi balki konfliktdagi tomonlarni murosaga keltirish eng oqilona yo’l deb o’ylayman.
Download 20.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
guruh talabasi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
махсус таълим
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
fanining predmeti
Buxoro davlat
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
tabiiy fanlar