Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021)
277
leksemasining milliy-madaniy semasi qayd etilmagan. Bu sema assotsiativ maydonda quyidagi birliklar
orqali ochib berilgan:
milliy taom, milliy ovqat, milliylik, milliylik ifodasi, o‘zbek milliy taomi.
Shuningdek, lug‘atda o‘zbek tili egalari xotirasidan mustahkam o‘rin olgan pretsedent birliklar,
konnotativ ifodalar, til egalarining baho munosabatini aks ettiruvchi o‘ziga xos qo‘llanishlar o‘rin olgan.
Bog‘li assotsiativ tajriba turining muhim tomoni shundaki, unda sinaluvchilarga javob
reaksiyalarini yozishda chegara qo‘yilmasligi bois bir stimul so‘z bo‘yicha nafaqat jamoaviy xususiyatga
ega, balki o‘ziga xos individual assotsiativ qatorlarning ham bayon etlishini ta’minlaydi. Tajriba natijalari
shuni ko‘rsatdiki, sinaluvchilar 3 daqiqada 10 ga yaqin javob reaksiyasini yozishga ulgurishar ekan.
Ayrim tilshunoslar bog‘li assotsiativ tajribada olingan oxirgi javob reaksiyalarining stimul so‘z
bilan assotsiativ aloqasi kuchsiz bo‘lishi, hatto stimul so‘z bilan bog‘lanmasligi haqida fikr yuritishadi.
Bizningcha, bu o‘rinda javob reaksiyalarining stimul so‘z bilan faqat semantik aloqasi nazarda tutiladi.
Ammo javob reaksiyalari har doim ham so‘zlar orasidagi semantik aloqa asosida hosil bo‘lavermaydi.
Javob reaksiyalarining hosil bo‘lishida nafaqat lingvistik omillar, balki ekstralingvisik omillar ham
muhim o‘rin tutishini inobatga olish lozim. Albatta, bunday vaziyatda stimul so‘z va javob reaksiyasining
semantik aloqasi haqida gapirish o‘rinli bo‘lmas, ammo ularning bir-biri bilan mantiqiy jihatdan
assotsiativ bog‘lanishini inkor etib bo‘lmaydi. Masalan,
belbog‘
stimul so‘ziga sinaluvchi
Sh.Mamadaliyev (filolog, 43 yosh) tomonidan berilgan
bobom
javob reaksiyasi ekstralingvistik omil
orqali hosil bo‘lgan. Ya’ni sinaluvchi
belbog‘
stimul so‘zini eshitganda bobosining belbog‘ bog‘lab
yurish holati tasavvurida jonlangan. Bu holat
belbog‘
stimul so‘zi orqali
bobom
javob reaksiyasining
yuzaga kelishiga olib kelgan. Demak, bunday holatlarda ham javob reaksiyalari stimul so‘zdan mantiqan
uzilib qolmaydi.
Tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, ayniqsa, milliy-madaniy birliklarga berilgan javob reaksiyalari
qatori bir-biri bilan zich bog‘lanishi bois assotsiativ aloqada kuchli uzilish kuzatilmaydi. Masalan,
sinaluvchi M.Rahmatov (filolog, 53 yosh) tomonidan
atala
stimul so‘ziga berilgan javob reaksiyalari
quyidagicha:
sut va undan tayyorlanadigan taom, taom turi, tuqqan ayol, quyuq bo‘tqa, atala tayyorlash
jarayoni, onam, atala tayyorlayotgan ayol, atala soladigan idish (sirli bedon), yo‘l, avtobus, tug‘ruqxona.
E’tibor berilsa, sinaluvchi 3 daqiqa ichida
atala
stimul so‘ziga 11 ta javob reaksiyasini yozgan. Bu
o‘rinda
atala
stimul so‘zi bilan semantik jihatdan bog‘lanmagan javob reaksiyalari sifatida
yo‘l, avtobus
birliklarini ko‘rsatish mumkin bo‘lar. Ammo bu javob reaksiyalarining ham sinaluvchi uchun bevosita
atala
stimul so‘zi bilan bog‘liq holda shakllanganligi sezilarli. Sinaluvchi tasavvurida farzand ko‘rgan
ayolga onasining atala pishirishi, uni idishga solib, avtobusda tug‘ruqxonaga yo‘l olinganligi tasviri
gavdalangan. Bu holat stimul so‘zga nisbatan javob reaksiyalarining yuzaga kelishida ekstralingvistik
omillarning muhim rol o‘ynaganini ko‘rsatadi. Demak, javob reaksiyalarining hosil bo‘lishida, sinaluvchi
omili, uning stimul so‘zni qay tarzda, qanday idrok etishi, stimul so‘z bilan bog‘liq holda tasavvurida
tiklangan individual obraz kabilar nihoyatda ahamiyatlidir.
“O‘zbek tili assotsiativ lug‘ati (milliy-madaniy birliklar)”ni tuzishda til egalarining milliy-madaniy
birliklar bo‘yicha tasavvurlari, qarashlarini chuqurroq o‘rganish maqsadida noan’anaviy tarzda erkin
assotsiativ tajribaning alohida ko‘rinishi hisoblangan bog‘li assotsiativ tajribadan foydalanilgan.
Assotsiativ tajriba jamoaviy tartibda yozma va og‘zaki so‘rovnoma asosida tashkil etilgan.
Dunyo tilshunosligida assotsiativ me’yorlarning aynan shu tajriba metodi asosida yaratilganligi
ham kuzatiladi. Xususan, golland tilining “Word associations: Norms for 1424 Dutch words in a
continuous task” assotsiativ me’yori shu tajriba usulida yaratilgan. Unda Belgiya Leven universitetining
10292 ta talabasi ustida o‘tkazilgan assotsiativ tajriba natijalari qayd etilgan. Lug‘atda 1424 ta stimul so‘z
(1266 ta ot turkumiga mansub birlik, 77 ta fe’l, 80 ta sifat va 1 ta son turkumiga oid birliklar) bo‘yicha 3
ta birinchi javob reaksiyasini yozish so‘ralgan. Tajriba natijasida jami 30311 ta stimul so‘z va javob
reaksiyasi hosil qilingan. [De Deyne & Storms., 2008: 6]
“O‘zbek tili assotsiativ lug‘ati (milliy-madaniy birliklar)”ni tuzishda ham assotsiativ tajribaning
shu turidan foydalanilgan. Sinaluvchilarga faqat 3 ta javob reaksiyasini emas, balki 1 daqiqa ichida
xotirasiga kelgan birinchi va yoki istalgan miqdordagi birliklarni bayon etish topshirig‘i berilgan.
Lug‘at yaratish ishi bir necha bosqichda amalga oshirilgan. Birinchi bosqichda lug‘at mualiflari
tomonidan milliy-madaniy belgiga ega xarakterli stimul so‘zlar ajratib olingan. Ma’lumki, assotsiativ
lug‘atlar tuzishda stimul so‘z sifatida ko‘pincha yuqori chastotali leksemalar tanlanadi. “O‘zbek tili
assotsiativ lug‘ati”ni yaratishda 100 ta turli mavzudagi milliy-madaniy birlik tanlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |