Тилини ривожлантириш департаменти ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Download 8,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet321/398
Sana02.06.2023
Hajmi8,89 Mb.
#948061
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   398
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
278 
Stimul so‘zlar ro‘yxatini tuzishda milliy-madaniy birliklarning qo‘llanish doirasi, mavzusi, faollik 
darajasi, milliy-madaniy o‘ziga xosligi kabilarga e’tibor qaratilgan. Jumladan, sinonimik munosabatdagi 
madaniy birliklardan nisbatan faol qo‘llanuvchisi tanlab olingan. Masalan, 
chopon, to‘n 
sinonimik 
qatorida nisbatan faol qo‘llanishda bo‘lgan 
chopon
leksemasi olindi; 
qiyiqcha, belbog‘
qatorida adabiy 
tilda faol ishlatiladigan 
belbog‘ 
leksemasi;
go‘shanga, chimildiq
qatorida esa 
chimildiq
leksemasi 
tanlangan. Bugungi kunda ba’zi milliy-madaniy birliklar 
(chakmon, bo‘yra, o‘g‘ir, juvoz 
kabilar)ning 
qo‘llanish chastotasi yuqori bo‘lmasa-da, ko‘pchilikka tushunarli ekanligi, ularning qachonlardir til 
egalari madaniy hayotida muhim o‘rin tutgani inobatga olinib, stimul so‘zlar ro‘yxatiga kiritilgan. 
Shuningdek, 
qurtava, lo‘la yostiq, olacha 
kabi qo‘llanish doirasi hududiy chegaralangan birliklarning 
ham milliy-madaniy o‘ziga xosligi inobatga olinib, stimul so‘zlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Uyadosh birliklarning assotsiativ tarzda bir-birini yodga solib turishi e’tiborga olinib, ular ichida 
nisbatan faol qo‘llanishda bo‘lgan birlik stimul so‘z sifatida tanlangan. Masalan,
xomsuvoq, shuvoq, 
loysuvoq 
uyadosh so‘zlar qatoridan
loysuvoq 
leksemasi olingan. Yoki
 
turshak, mayiz, qoqi 
birliklari 
qatoridan 
turshak 
leksemasi stimul so‘z sifatida qabul qilingan. 
Butun-qism munosabatidagi milliy-madaniy birliklar qatorida butunni anglatuvchi birlik stimul 
so‘z sifatida olingan. Jumladan
, beshik, sumak, tuvak, qo‘lbog‘, oyoqbog‘, to‘shakcha, ko‘rpacha, 
yostiqcha 
qatoridan
 beshik 
leksemasi tanlangan. Tur va jins bildiruvchi milliy-madaniy birliklar ichidan 
stimul so‘zlarni ajratishda ikki xil yo‘l tutilgan. Stimul so‘zni belgilashda tur va jins bildiruvchi 
birliklarning milliy-madaniy belgisining ustuvorligiga e’tibor qaratilgan. Masalan, 
atlas, xonatlas, sakkiz 
tepki atlas, sariq atlas, qora atlas 
birliklari qatorida jins bildiruvchi 
atlas 
milliy-madaniy birligi 
tanlangan. 
To‘y, fotiha to‘yi, beshik to‘y, sunnat to‘yi 
birliklari qatorida
 to‘y 
leksemasi jins tushunchasini 
anglatsa-da, milliy-madaniy belgisiga ega emasligi sababli stimul so‘z sifatida olinmagan. Xuddi 
shunday, somsa va uning turlarini bildiruvchi leksemalar qatoridan milliy-madaniy belgisi ustuvor 
bo‘lgan 
ko‘k somsa
birligi stimul so‘z sifatida ajratib olingan. 
Ko‘p ma’noli madaniy birliklar takror javob reaksiyalarini hosil qilishi inobatga olinib, stimul so‘z 
sifatida asosiy hollarda bosh ma’nosida qabul qilingan. Masalan, 
sayl
leksemasi faqat bosh ma’nosida
olingan. Ammo milliy-madaniy belgi ko‘p ma’noli so‘zning boshqa ma’nolarida qayd etilsa, u shu 
ma’nosida stimul so‘zlar ro‘yxatiga kiritilgan. Masalan, 
kashta
stimul so‘zi 
gul, kashta tikilgan mato
ma’nosida qabul qilingan. 
Omonimik munosabatdagi madaniy birliklar sinaluvchini chalg‘itishi inobatga olinib, uning ko‘zda 
tutilgan ma’nosi qavs ichida ko‘rsatilgan. Masalan, 
qatlama (non turi), o‘sma (o‘simlik), surma (ko‘z 
bo‘yog‘i)
kabi.
Shuningdek, shevaga xos milliy-madaniy birliklar konnotativ, uslubiy jihatdan o‘ziga xos bo‘lsa-
da, hamma sinaluvchilarga ham tanish bo‘lavermasligini inobat olib, stimul so‘z sifatida tanlanmagan. 
Stimul so‘zlar ro‘yxatiga bir leksemaning turli grammatik shakllari, uslubiy variantlari ham imkon qadar 
kiritilmagan. 

Download 8,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish