Тилини ривожлантириш департаменти ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Download 8,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet319/398
Sana02.06.2023
Hajmi8,89 Mb.
#948061
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   398
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
276 
 “O‘ZBEK TILI ASSOTSIATIV LUG‘ATI”NI TUZISHDA QO‘LLANILGAN TAJRIBA 
METODI 
EXPERIMENTAL METHOD USED IN PREPARING THE “ASSOCIATION DICTIONARY 
OF THE UZBEK LANGUAGE” 
Tojiboyev Botir Raximjonovich*
98
 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada milliy-madaniy birliklar asosida tuzilgan “O‘zbek tili assotsiativ 
lug‘ati”ning tahlili va unda qo‘llangan metodlar haqida so‘z yuritiladi. Ushbu lug‘atda o‘zbek 
millatigagina mansub bo‘lgan milliy birliklarning assotsiativ munosabati tahlilga tortilgan.
Kalit so‘zlar: 
assotsiatsiya, milliy-madaniy birlik, assotsiativ bog‘lanish, assotsiativ munosabat, 
assotsiativ tahlil, assotsiativ tajriba, lisoniy omil, nolisoniy omil. 
Annotation: 
This article discusses the analysis of the Associative Dictionary of the Uzbek 
Language on the basis of national-cultural units and the methods used in it. This dictionary analyzes the 
associative relations of ethnic groups characteristic of the Uzbek nation. 
Keywords: 
association, national-cultural unity, associative connection, associative attitude, 
associative analysis, associative expriment, linguistic factor, non-linguistic factor. 
Bugungi kunda dunyo tilshunosligida assotsiativ lug‘atlar asosiy hollarda an’ana bo‘lib qolgan 
erkin assotsiativ tajriba metodi natijalari asosida yaratib kelinmoqda. Bu metodga ko‘ra sinaluvchilardan 
taqdim etilgan stimulni eshitish (yoki o‘qishi) bilan xotirasida tiklangan faqat birinchi javob reaksiyasini 
so‘rovnomaga zudlik bilan qayd etish so‘raladi. Ammo jahon tajribasida bog‘li assotsiativ tajriba turi 
orqali ham assotsiativ me’yor yaratilganligi kuzatiladi. Bu metodga ko‘ra sinaluvchilardan muayyan vaqt 
davomida (ko‘pincha 1-3 daqiqa oralig‘ida) stimul so‘zga nisbatan istalgan miqdordagi javob 
reaksiyalarini ifoda etish so‘raladi. Nazarimizda, stimul so‘zga til egasi xotirasida tiklangan faqat bitta 
javob reaksiyasini yozish talab etilganda, sinaluvchilarning til birligini tasavvur etishi, uning xotirasi 
imkoniyatlari chuqur ochilmay qoladi. Tajribalarda shunday holatlar ham kuzatilganki, sinaluvchilardan 
stimul so‘z bo‘yicha faqat bitta javob reaksiyasini yozish talab etilsa-da, ular ba’zan bir necha 
assotsiatsiyalarni qayd etishgan. Bu holat inson tasavvurlari chegarasining kengligi, tasavvurda yondosh 
hodisalar yolg‘iz tiklanmasligini ko‘rsatadi. Masalan, 
oila
so‘zi xotiramizda faqat otaning o‘zini emas, 
uning yonida turgan ona va farzandlarni ham bir vaqtda yodga soladi.
Keyingi yillarda zamonaviy tilshunoslikning psixolingvistika, pragmalingvistika, ontolingvistika, 
sotsiolingvistika, assotsiativ tilshunoslik kabi yo‘nalishlari jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, 
assotsiativ tilshunoslik bo‘yicha jahon tilshunosligida birqancha lug‘atlar yaratilgan. Biz quyida so‘z 
yuritmoqchi bo‘lgan “O‘zbek tili assotsiativ lug‘ati (milliy-madaniy birliklar)” o‘zbek tili egalarining 
lisoniy qobiliyatini namoyish etuvchi lug‘at sifatida ahamiyatli. Lug‘at mualliflari aytishganidek, “bu 
tipdagi lug‘atlar muayyan tilning lug‘at tarkibini tekshirish, til egalarining leksik zaxirasi, xotirasi haqida 
ma’lumotga ega bo‘lish, olam haqidagi tasavvurlari, bilimining tilda aks etishi masalasini o‘rganish, tilni 
me’yorlashtirish kabi maqsadlarni ko‘zda tutadi” [Lutfullayeva va b., 2019: 3]. Xarakterli jihati shundaki, 
bu lug‘at o‘zbek xalqining tarixiy xotirasi ichiga kirib, uning o‘tmish madaniyati haqida ham ma’lumot 
bera oladi.
Lug‘at materiallarini tahlil qilar ekanmiz, zamonaviy o‘zbeklarning milliy qadriyatlarimizni qanday 
bilishlari, qay darajada tasavvur qilishlari, milliy-madaniy birliklari bo‘yicha til bilimlarini anglab 
yetamiz. Stimul so‘zlarga berilgan xalq maqollari, matallar, hikmatlar, iboralar hamda o‘ziga xos 
individual qo‘llanishlardan iborat assotsiatsiyalar o‘zbek xalqining o‘tmishi, dunyoqarashi, milliy ongi va 
tafakkuri haqida tasavvur uyg‘ota oladi.
Ahamiyatlisi shundaki, lug‘atda stimul so‘z vazifasini bajargan har bir milliy-madaniy birlikning 
semantik strukturasi, derivatsion, uslubiy, dialektal, pragmatik xususiyatlari to‘liq ochib berilgan, 
sintaktik aloqalari yorqin aks etgan. Unda so‘zning izohli lug‘atlarda aks etmagan madaniy semasi, 
shevaga xos variantlari ham o‘z ifodasini topgan. Masalan, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da 
palov
*
98
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va 
adabiyoti universiteti,
botirtojiboyev19@gmail.com



Download 8,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish