O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi


SAYQALIYNING “BAHROM VA GULANDOM” DOSTONIDA



Download 4,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/162
Sana27.05.2023
Hajmi4,8 Mb.
#944404
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   162
Bog'liq
materiallar uzmu 2021.12.03

SAYQALIYNING “BAHROM VA GULANDOM” DOSTONIDA
IRSOL UL-MASAL SAN‟ATI 

M.Mamatqulov, 
 GulDU dotsenti
 
Baytlar tarkibida maqollardan foydalanish ham she‘riy san‘at hisoblanib, u irsol ul-masal 
deb ataladi. Irsol – yubormoq, jо
ʻ
natmoq, masal – maqol degan mazmunga ega. Irsol ul-masal 
esa ―maqol yubormoq‖, ya‘ni baytda maqol qо
ʻ
llash ma‘nosini anglatib, poetik usul sifatidagi 
mohiyati baytlar zamirida berilayotgan fikr, g‗oya yoki mulohazani maqol bilan tasdiqlashdir. 
―Bahrom va Gulandom‖ dostonida Sayqaliy xalq maqollaridan ham unumli foydalanadi. 
Maqollar shoir uchun oldinga surilayotgan fikr yoki g‗oyalarning isboti vazifasini bajarishi bilan 
birgalikda irsol ul-masalning imkoniyatlarini tо
ʻ
laqonli ravishda yuzaga chiqarish uchun ham 
xizmat qiladi. Dostonda keltirilgan Gulandom tomonidan yozilgan maktublar kо
ʻ
proq Bahrom-
ning kim ekanligini aniqlashga qaratilgan. Shahzodaning kimligi, ya‘ni gadomi, faqirmi, Shayx-
mi, mullomi, sо
ʻ
fimi, tug‗ilib о
ʻ
sgan yurtining qayerdaligi kabilar malikani juda qiziqtiradi. 
Gulandom qalandarnoma kiyingan bu yigitning о
ʻ
ziga oshiqligini bilgach, haqoratomuz maz-
mundagi noma ham yozib jо
ʻ
natadi. Bahrom esa oshiqlarga xos yо
ʻ
l tutadi. Gulandomning 
haqiqiy xaridori ekanligini о
ʻ
zining odobi, axloqi va fazilatlari bilan kо
ʻ
rsata oladi. Malikaning 
achchiq sо
ʻ
zlari, qahrli izhorlarini sabr bilan qabul qilib, ma‘shuqa ishonchiga erishish oson 
emasligini yaxshi anglaydi: 
Masaldur har guliston ichra gul bor, 
Ki har gul poyasinda xor bisyor
158

Shahzoda malikaning har qanday jabru sitamlariga chidaydi, о
ʻ
zining vafodan boshqa 
―gunohi‖ yо
ʻ
qligini ta‘kidlaydi. Ma‘shuqaning jafolarini gulistondagi gullarning ham tikonsiz 
emasligi bilan qiyoslaydi. Gulning tikonsiz bо
ʻ
lmasligi haqidagi hayotiy haqiqat obrazli tarzda 
ma‘shuqa bilan bog‗lanib, jafo qilish ham sevimliga xos xususiyat ekanligi alohida uqtiriladi. 
Baytda ilgari surilgan fikrlar ―Gul tikonsiz bо
ʻ
lmas‖, ―Gulga boq – tikonni kо
ʻ
r, yorga boq – 
jafoni kо
ʻ
r‖, ―Gulni sevgan tikoniga ham chidaydi‖ maqollari bilan hamohang ekanligini sezish 
qiyin emas. 
Doston kompozitsiyasida Bahrom va Gulandomning savol-javoblari asosida yaratilgan tо
ʻ
rt 
misradan iborat bо
ʻ
lgan she‘rlar ham muhim rol о
ʻ
ynaydi. Ularda asosan dialog shaklidagi о
ʻ
zaro 
suhbat aks ettiriladi. Har ikkala qahramonning ham nutqida maqollarning ifodalanishi Sayqaliy-
ning xalq ma‘naviy xazinasi namunalarini dostonda ilgari surilayotgan fikrlar mohiyatiga chuqur 
singdira olganligini kо
ʻ
rsatadi: 
Aydi Gulandom: - Ajib sо
ʻ
z aytasan, bemarhabo, 
Bemaza sо
ʻ
z kо
ʻ
b urarsan, kо
ʻ
pni kо
ʻ
rgan behayo. 
Olasan, halvo degon birlan bо
ʻ
lur og‗zing chuchuk, 
Yuz tabibga bosh urub yursang, bu dardga yо
ʻ
q davo
159

Mazkur nutq Gulandom tilidan aytilgan. She‘r mazmunidan Gulandomga shahzodaning 
mayli borligi haqidagi sо
ʻ
zlari yoqmaganligi sezilib turibdi. Birinchi baytda Bahromning 
bemarhabo, bemaza, behayo kabi sо
ʻ
zlar bilan atalishi bejiz emas. Ikkinchi bayt esa malikaga 
yetishish oson emasligiga bir ishoradir. Shu sababli ham shoir quruq orzu xayollar bilan ma‘-
shuqa visoliga erishish qiyin ekanligiga alohida urg‗u beradi. ―Halvo degan bilan og‗iz chu-
chimas‖ maqoli esa bu holatda aytilayotgan fikrlarga juda mos keladi. Chunki Bahromning kim 
158
Сайқалий. Баҳром ва Гуландом. Тошкент, Фан, 1960. Б. 107 
159
Сайқалий. Ўша китоб. Б. 131 


177 
ekanligi va uning fazilatlari malika uchun hali noma‘lum edi, u Gulandom uchun о
ʻ
z kо
ʻ
yida 
sarson bо
ʻ
lganlardan yana biri sanalardi. 
Xalqimiz orasida ―Bir kо
ʻ
rgan – bilish, ikki kо
ʻ
rgan - tanish‖ maqoli keng qо
ʻ
llaniladi. Ush-
bu maqol о
ʻ
zaro suhbat davomida Bahromning nutqida ham ifodalanganligi kuzatiladi: 
Aydi shahzoda: - Bо
ʻ
lurmish chunki bir kо
ʻ
rgon bilish, 
Bul masaldur el orasinda, iki kо
ʻ
rgon tanish. 
Ushladim domonu vaslingni yadi ummed ila, 

ʻ
yorim yо
ʻ
qtur, gulim, har necha qilsang saranish
160

Malika Gulandomning men bilan xuddi eski oshnolarday gaplashyapsan, xayollaring bar-
chasi xom, boshingga tushgan bu savdolar shamol va havoday tutqich bermas qabilidagi gap-
lariga javob tariqasida aytilgan ushbu misralarda Bahromning hech qachon о
ʻ
z yо
ʻ
lidan qayt-
masligiga alohida e‘tibor qaratilgan. Maqol esa ularning ma‘nan yaqinlashib borayotganligidan 
darak berayotgandek, gо
ʻ
yo. 
Voqealar rivoji davomida malika Gulandom shahzoda Bahromning ―asiriga‖ aylanadi. 
Malika uning kо
ʻ
p dardu alamlar chekib, jafo kо
ʻ
rganligi, kо
ʻ
ngli ezilganligini eslaydi: 
Ki dardu g‗ussadin topti zamiring, 
Ajab ermas man ham bо
ʻ
lsam asiring. 
Maning ham ixtiyorim emdi sanda, 
Ayog‗ing qanda bо
ʻ
lsa, boshim anda
161


ʻ
rinadiki, malikaning nutqida ―Oyoq qayda bо
ʻ
lsa, bosh shunda‖ maqoli ishlatilgan. Bu 
maqol qadimdan yozma adabiyotimiz namunalarida ham keng qо
ʻ
llanilib keladi. Xususan, Atoiy 
ijodi fikrimizga dalil bо
ʻ
la oladi. Shoir g‗azallaridan birida quyidagi bayt uchraydi: 
Uzun sochingdin uzmasmen kо
ʻ
ngulni, 
Ayog‗ing qanda bо
ʻ
lsa, boshim anda. 
Demak, dostondagi baytda Gulandomning, Atoiy g‗azalida esa oshiqning о
ʻ
z sevimlilari 
oyog‗iga bosh urishga tayyor ekanligi maqolning mazmunidan kelib chiqib, izohlanishi lozim. 
Tilimizda ofat va falokat rо
ʻ
y bersa, barcha birdek ziyon kо
ʻ
radi, undan odamlar baravar 
ozor chekadi ma‘nosida ishlatiluvchi ―Tо
ʻ
qayga о
ʻ
t ketsa, hо
ʻ
lu quruq baravar yonadi‖ degan 
maqol bor. Bu maqol ―Bahrom va Gulandom‖ dostonida biroz о
ʻ
zgarish bilan uchraydi: 
Ki Nо
ʻ
shod lashkarin har sо
ʻ
surordi, 
Necha saf-saflarini sof etardi. 
Olovdek yondirib hо
ʻ
lu qurug‗in, 
Adolar aylabon Nо
ʻ
shod urug‗in
162

Jangdagi turli jarayonlar bilan bog‗liq mazkur misralarda Bahromning kuch-qudrati haqidagi 
tasvirlar aks ettirilgan. Bahromning jangga kirishi Nо
ʻ
shod qо
ʻ
shini uchun haqiqiy ofat ekanligi 
uchinchi misrada ifodalangan mazmun orqali talqin etilgan. ―Olovdek hо
ʻ
lu quruqning birday 
yondirilishi‖ obrazli ifoda bо
ʻ
lib, Nо
ʻ
shod bilan birga Chin yurtiga bostirib kelgan barchaning 
qirilayotganligidan dalolat beradi. 
Umuman, xalq maqollari, matal va hikmatli sо
ʻ
zlar XVIII asr о
ʻ
zbek adabiyotining mahsuli 

ʻ
lgan Sayqaliyning ―Bahrom va Gulandom‖ dostoni tilini bezab turadi, uning g‗oyaviy maz-
munini boyitishga, badiiy qimmatini oshirishga xizmat qiladi. Doston muallifi bо
ʻ
lgan Sayqaliy 
xalq durdonalari imkoniyatlarini yaxshi anglagan holda voqea-hodisalar izohi yoki qahramonlar 
160
Сайқалий. Ўша китоб. Б. 131 
161
Сайқалий. Ўша китоб. Б. 203 
162
Сайқалий. Ўша китоб. Б. 181 


178 
nutqida maqollardan keng foydalanadi. Bu orqali ifodalanayotgan fikr va mulohazalar tasdig‗ida 
xalqimizning uzoq yillar davomida tajribasida sinovdan о
ʻ
tgan maqollar juda qо
ʻ
l keladi. 

Download 4,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish