1
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG„BEK NOMIDAGI
O„ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Professor Yormat TOJIYEV
tavalludining 80 yilligiga bag
ʻ
ishlanadi
“Filologik ta‟limni takomillashtirish
muammolari”
Respublika ilmiy-amaliy anjumani
MATERIALLARI
Toshkent
«MUMTOZ SO
ʻ
Z»
2020
2
“Filologik ta‟limni takomillashtirish muammolari”
Respublika ilmiy-amaliy
anjumani
materiallari. Toshkent, O
ʻ
zMU, 2020.
Mas‟ul muharrir
Fililogiya fanlari doktori, professor Hamidulla Boltaboyev
Tahrir hay‟ati:
F.f.d., prof. N.Rahmonov, R.Sayfullayeva, f.f.n., dots. M.Abdurahmonova,
f.f.d., dots. v.b. N.Alovutdinova, f.f.b.f.d. D.Azimova, o
ʻ
qit. S.Isroilova
Tashkiliy qо
ʻ
mita
Prof. A.R.Marahimov – О
ʻ
zMU rektori, rais
Dots. H.Saburov – О
ʻ
zMU prorektori, rais о
ʻ
rinbosari
Dots. K.Mirzaahmedov – О
ʻ
zMU prorektori, rais о
ʻ
rinbosari
Dots. I.Jо
ʻ
raeva – О
ʻ
zMU Xorijiy filologiya fakulteti dekani, a‟zo
Dots. M.Mirsoatova – О
ʻ
zMU Jurnalistika fakulteti dekani, a‟zo
Prof. H.Boltaboev – О
ʻ
zMU О
ʻ
zbek filologiyasi kafedrasi mudiri, a‟zo
Prof. N.Rahmonov – О
ʻ
zMU О
ʻ
zbek filologiyasi kafedrasi professori, a‟zo
Prof. M.Qurbonova – О
ʻ
zMU О
ʻ
zbek filologiyasi kafedrasi professori, a‟zo
Prof. S.Normamatov – TDО
ʻ
TAU prorektori, a‟zo.
Prof. R.Mahmudov – GulDU prorektori, a‟zo.
Prof. Z.Xolmanova – TDО
ʻ
TAU professori, a‟zo.
YALPI MAJLIS
(Toshkent sh, О
ʻ
zMU, Milliy universitet kutubxonasi О
ʻ
quv zali.
2020 yil 20 oktyabr, soat 10.00)
Moderator: f.f.d., prof. H.Boltaboev H.
Kirish sо
ʻ
zi va tabriklar
1.
Mirzo Ulug„bek nomidagi О
ʻ
zMU rektori, prof. A.R.Marahimovning Kirish sо
ʻ
zi.
2.
О
ʻ
zbekiston Respublikasi Ma‟naviyat va ma‟rifat markazi rahbari M.Hojimatovv.
3.
Turk Dil Qurumi (Til akademiyasi) raisi Gurer Gulsevin.
4.
О
ʻ
zbekiston Respublikasi Oliy va о
ʻ
rta maxsus ta‟lim vaziri maslahatchisi
O.Jamoliddinova.
5.
О
ʻ
zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til, adabiyot va folklor instituti
direktori, prof. N.Mahmudov.
6.
Samarqand Davlat unıversıtetı professorı S. Karımov.
7.
Farg„ona viloyati Erkin Vohidov nomidagi ijtimoiy fanlarni о
ʻ
qitishga
yо
ʻ
naltirilgan maktab-internat direktori N.Mannopova.
8.
Gulıston Davlat unıversıtetı kafedra mudırı, prof. R.Mahmudov.
ISBN 978-9943-5562-1-8
© О
ʻ
zMU, 2020
© MUMTOZ SО
ʻ
Z, 2020
3
PROFESSOR YORMAT TOJIYEV – OLIM, PEDAGOG VA MURABBIY
O„ZBEK FILOLOGIYASINING TAKOMILLASHUVI JARAYONIDA UNIVERSITET
TILSHUNOSLIGINING O„RNI
H.Boltaboyev
,
O„zMU professori, f.f.d.
Til insonning tafakkur shakli va millatning borlig‗idir. O‗zbekiston davlati va o‗zbek millati
jahon hamjamiyatida o‗z munosib o‗rniga ega ekan, bu uning milliy tili shakllanganligidan va
davlatchilik asoslari to‗g‗ri belgilanganidan dalolatdir. Ba‘zilar tilni faqat fikrning ifoda vositasi
bilib, unga ikkilamchi munosabatda bo‗ladilar. Bu fikrning noto‗g‗riligi shundaki, inson tili
orqali tafakkur qiladi. Milliy tilda fikr qilmagan kishi milliy jihatdan shakllanmagan hisoblanadi.
Dunyoning qaysi mamlakatiga e‘tibor qaratmaylik, uning milliy tili Davlat Qonuni (Kons-
titutsiyasi) bilan himoyalanadi. Shunday ekan, oddiy vatandoshdan mamlakat rahbarigacha,
huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar ham, o‗z navbatida, ―O‗zbek tiliga davlat tili maqomi
berilganligi haqidagi Qonun‖ himoyasi uchun mas‘uldirlar.
O‗zbek tilining qadimgi ildizlari miloddan bir necha ming yil avvalgi turkiy qavmlarning
tillari bilan bog‗lanadi. Oltoy tillari va turkiy tillar oilasining tarkibida bo‗lgan o‗zbek tili qa-
dimgi ekanini jahon hamjamiyati bir necha asrlar burunoq tan olgan. Bundan ming yillarcha
avval Mahmud Koshg‗ariy ―Devonu lug‗oti-t-turk‖ asarini bitib, milliy tilning qonuniyatlari
asrlar davomida ustivor bo‗lganini isbotlovchi fundamental tadqiqot yaratgani va bu tadqiqot hali
hech bir millat o‗z borlig‗ini namoyish qilib ulgurmagan paytda, boshqa til vakillari uchun turkiy
(o‗zbek) tilini mukammal o‗rganish uchun qo‗llanma bo‗lganini hech kim unutmaydi.
Alisher Navoiy dahosi bilan bu til mag‗ribdan mashriqqacha hamma millat va elatlar uchun
o‗z borlig‗ini namoyish qila bilgan, Hazrat ―muayyan turk ulusi xud meningdir‖ deyish bilan o‗z
asarlari orqali jahon ma‘naviyati xazinasidan o‗rin olgan milliy tilimizning benazir imko-
niyatlarini ko‗rsatgan edi. Ayni shu davrda Xuroson mamlakatida Husayn Boyqaro tomonidan
turk (o‗zbek) tili davlat tili sifatida e‘lon qilinganini hujjatlar tasdiqlaydi. XX asr boshlarida yana
til siyosati kun tartibiga ko‗tarilgan bir paytda 1921-yili Buxoro Respublikasida turk (o‗zbek)
tiliga davlat tili maqomining berilishi kabi hodisalar bizning milliy tilimiz faqat 30 yil avvalgina
davlat tili maqomiga erishgan, degan noto‗g‗ri tasavvurni rad qiladi.
To‗g‗ri, mustamlaka davrida, sho‗ro rejimi ostida jahonning eng boy tillaridan biri bo‗lgan
ona tilimiz taraqqiyotiga nisbatan cheklovlar bo‗ldi. Biz uchun markazdagi qizil imperiya
vakillari Vatan tushunchasini cheklab, ―malaya rodina‖ (kichik vatan) tushunchasini kiritdilar va
ikkinchi ―katta vatan‖ sifatida sobiq ittifoqni tanitmoqchi bo‗ldilar. Hammaga kunday ayonki,
ota bir, ona bir bo‗lgani kabi Vatan ham bir bo‗ladi, uning katta kichigi bo‗lmaydi. Hatto ―me-
ning ikki onam bor, ikkisi ham mehribon‖ degan so‗zlarni qo‗shiq qilib bolalikdanoq ongimizga
kiritib, bizlarni manqurt qilib tarbiyalamoqchi bo
ʻ
ldilar. Yozuvimizning 70 yil mobaynida 3
marta o‗zgartirilishi millatni imkon qadar savodsizlik girdobi sari tortish niyatidagi harakat
bo‗lgani bugun barcha ziyolilarga ayon.
Ona, Vatan, millat yagona bo‗lgani kabi milliy til ham yagonadir. Milliy tilning sherigi
bo‗lmaydi. Uning yoniga g‗ayri tilini qo‗yib, davlat tiliga nisbatan sherikchilik da‘vo qilayotgan
mushriklar bir paytlar ―bilingvizm‖ (ikki tillilik) shiori ostida bosh ko‗targan edilar. Endi
mamlakatimizda demokratik islohotlar jadal suratda amalga oshirilayotgan bir paytda yana
o‗tmishdagi til siyosatini sog‗inish milliy taraqqiyotimiz uchun to‗siqdan boshqa narsa emas.
4
Ularning maqsadi milliy va diniy bag‗rikengligimizdan foydalanib, yagona milliy tizim
taraqqiyotiga rahna solishdir. Bir vaqtlar Boltiqbo‗yi respublikalarini qonga botirgan, Ukraina-
dagi alg‗ov-dalg‗ovlarga sababchi bo‗lgan hodisa davlat tili haqidagi munozaralar ekanligini
unutmaylik. Aslida bu yerda munozara yo‗q. Munozara qilmoqchi bo‗lganlar davlat matbuoti
orqali bahs ochib, munozara qilaveradilar. Buning uchun sustkashlik qilmay, hukumat tomo-
nidan ―O‗zbek tiliga davlat tili maqomini berilganligining 30 yilligini nishonlash to‗g‗risida‖
tarixiy Qaror qabul qilingani va o‗sha Qarorda ko‗rsatilganidek, avval qabul qilingan Qonunga
o‗zgartirishlar kiritilishi lozimligini bugungi madaniy va ilmiy hayot ehtiyojlari ko‗rsatib turibdi.
Mamlakatimiz Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrda qabul qilgan ―Mamlakatimizda o‗zbek
tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ PF-6084
raqamli Farmoni O‗zbek tiliga davlat tili maqomini berilganiga 30 yil to‗lishi munosabati bilan
2019-yilda boshlangan davlat miqyosidagi til siyosati ustuvor qilinishining davomidir. Ushbu
Farmon bilan yana ikki muhim hujjat ―2020-2030- yillarda o‗zbek tilini rivojlantirish va til
siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi‖ va uni amalga oshirish mexanizmi bo‗lgan ―...chora-
tadbirlar Dasturi‖ning qabul etilishi mamlakatda til islohotini amalga oshirish uchun muhim
qo‗llanma bo‗ldi. Endi navbatda ―O‗zbekistonda Yangi tahrirdagi Davlat tili haqidagi Qonun‖
e‘lon qilinishi kutilyapti. Bir yilning o‗zida Prezident va hukumat tomonidan shuncha Farmon,
Qaror va dasturlarning e‘lon qilinishi, aytish mumkinki, o‗ttiz yil davomida sekinlik bilan
harakat qilingan til siyosatining amalga oshuvi uchun hujjatli asos bo‗la oladi.
O‗zbekiston Milliy universiteti tashkil etilgan dastlabki kunlardanoq ona tiliga millat
ravnaqining bosh mezoni sifatida qaraldi. Turkiston Xalq universitetining asoschisi va birinchi
rektori Munavvar qori Abdurashidxonov universitetda dars berish uchun zamonining eng yetuk
alloma va fozillarini to‗pladi. ―Adabiyot va falsafa‖ hamda ―Sharq tillari‖ sho‗basi (kafedrasi)ga
mudirlik qilish uchun Abdurauf Fitratni, dorilmuallimin (pedagogika instituti) ishini yo‗lga
qo‗yish uchun Abdulla Avloniyni universitetga chorladi. Universitet o‗z faoliyatini boshlagan
1918-yilning o‗zidayoq Fitrat, Shokirjon Rahimiy va Qayum Ramazon hammuallifligida
tayyorlangan ―Ona tili‖ darsligi chop etildi. O‗zbek tilining go‗zal va boyligini tarannum qilish
barobarida uni baxtsizlik girdobidan chiqarish uchun milliy da‘vatga aylangan Fitrat domlaning
―Tilimiz‖ maqolasi e‘lon qilindi.
1920-yili o‗zbek jadid ma‘rifatchilari qurgan Turkiston universitetini tez orada markaz –
Moskva o‗z nazoratiga oldi. O‗zbekistonga bir guruh moskvalik va piterlik olimlarni yuborish
bilan universitet tashkil bo‗lgan sana kechiktirilib, 1920-yili Lenin dekreti bilan hujjatlashtirildi.
Milliy o‗zanga qurilgan xalq dorilfununi evropalashtirildi, buning natijasida, bir tomondan, aniq
va tabiiy fanlar rivojiga salmoqli hissa qo‗shilgan bo‗lsa, ikkinchi tomondan esa, o‗zbek tili,
adabiyot, tarix va falsafa kabi milliy o‗zlikni tanitishga xizmat qiluvchi fanlar Moskvadan turib
boshqariladigan bo‗ldi. Ayni shu davrdan Fitrat kabi millat fidoyilari yangi tashkil etilgan
Buxoro jumhuriyatiga chaqirib olinishi munosabati bilan uning o‗rniga rus siyosatini og‗ishmay
amalga oshirishga bel bog‗lagan A.Sa‘diy kabi filologlar Turkiston universitetiga joylashtirildi.
Qariyb o‗n yil davom etgan bunday tartib tufayli Fitratning ―O‗zbek tili qoidalari to‗g‗risida bir
tajriba. Sarf (1-kitob, 1924), Nahv (2-kitob, 1925)‖ kabi ilk grammatikalari, ―O‗zbekcha til
saboqligi (1926)‖ singari fundamental tadqiqotlaridagi ilmiy qarashlar o‗zbek tili tabiatiga mos
kelmagan grammatik qonuniyatlar hisobiga ―boyitildi‖.
1926-yilda Bokuda o‗tkazilgan sobiq ittifoqda yashovchi xalqlarning Turkologiya
qurultoyiga V.V.Bartold, S.E.Malov, A.A.Miller, S.F.Oldenburg, R.R.Poppe, A.N.Samoylovich,
V.B.Tomashevskiy, K.K.Yudaxin; M.F.Ko‗prulu (turk), Paul Vittek (olmon), B.Cho‗ponzoda
(qrim tatar), A.Boytursun (qozoq) kabi mashhur olimlar qatorida O‗zbekistonda borgan 11 vakil
(
A.Abdujabborov,
A.Zohiriy,
Elbek,
R.Inog‗omov,
Sh.Rahimiy,
B.Rahmon, I.Sadriy,
N.Hakimov,
G‗.O.Yunusov, N.To‗raqulov, X.Xo‗jaev)ning 4 tasi Toshkentda Turkiston universitetida
5
faoliyat ko‗rsatayotgan o‗zbek tili o‗qituvchilari edilar
1
. Qurultoy hujjatlaridan ma‘lum
bo‗lishicha, markaz yagona dini mubini islom va uning muqaddas yozuvi birlashtirgan turkiy
xalqlarni o‗z yozuvidan adashtirish uchun lotin yozuviga o‗tishlari lozimligini nazarda tutgan
edi. Bu harakatga nafaqat Markaziy Osiyo va Kavkaz turklari, balki Qrim va Qozon tatarlari,
boshqird, tuva, xokas, saqa (yoqut) turklari, balki sobiq ittifoq tashqarisidagi Onado‗li va uyg‗ur
turklarining qo‗shilayotgani, lotin yozuvi turkiy xalqlarni o‗z yozuvidan ajratish emas, balki
yagona yangi yozuv ostiga birlashtirib qo
ʻ
yayotgani markazni qo‗rqitib yubordi. Natijada
Birinchi Turkologiya qurultoyining Stenogrammasi rus tiliga o‗zgartirilgan holda (to‗g‗rirog‗i,
buzilgan holda) tarjima etilib, unda rus mustashriqlarining roli oshirilib, millatparvarlik ruhida
aytilgan turk olimlarining chiqishlari stenogrammaga kiritilmay chop etildi
2
.
Bunday ―islohotlar‖ natijasida lotin yozuvi joriy bo‗lgan 1930-yillardan boshlab O‗zbek tili
grammatikasi markaz tavsiyasi bilan o‗zgartirilib nashr qilindi. O‗zbek tiliga munosabatda ham
uni ―Sharq fakulteti‖ tarkibida boshqa sharq tillari qatorida ko‗rildi. 1943-yilda ―Filologiya
fakulteti‖ nomi bilan rus va o‗zbek filologiya bilimlari bevosita markazning jiddiy nazorati
ostiga birlashtirildi. Shunga qaramay, O‗rta Osiyo (―Turkiston universiteti‖ning nomi ham
―O‗rta Osiyo universiteti‖ deb o‗zgartirildi) universitetida o‗zbek tili va adabiyotini qalbdan
sevgan, uni millat iftixoriga aylantirgan domlalar oz emas edi. G‗ulom Karimov, Subutoy
Dolimov, Ozod Sharafiddinov, Umarali Normatov, Abdug‗afur Rasulov, Begali Qosimov,
Omonulla Madaev... Bu ro‗yxatni ancha davom ettirish mumkin. Biroq faoliyati haqida alohida
fikr aytilishi lozim bo‗lgan Ayyub G‗ulomov, Ulug‗ Tursunov, Siddiq Fuzailov, Yoqub
G‗ulomov, Miraziz Mirtojiyev, Shavkat Rahmatullaev, Abdug‗ani Abdullaev, Karim Nazarov,
Iristoy Qo‗chqortoyev, Xayrulla Ismatullayev, Farog‗at Ubayeva, Yormat Tojiyev, Sayyora
Nizomiddinova, Mamlakat Jo‗raboyeva, Rahimtoy Begaliyev, Ra‘no Sayfullayeva kabi tilshunos
olimlarimiz borki, ularning har biri alohida mavzu bo‗lishga haqli. Biroq, hozircha, o‗zining
olimlik salohiyati va insoniylik sifatini uyg‗un qilib, yuzlab tilshunos olimlarga murabbiylik
qilayotgan, filologiya fanlari doktori, professor Yormat Tojiev xususida fikr yuritish bilan
cheklanamiz.
Professor Yormat Tojiyev 1940-yili Farg‗ona viloyati Beshariq tumani Rafqon qishlog‗ida
tug‗ilgan. 1962-yilda ToshDU (hozirgi O‗zMU) filologiya fakultetiga o‗qishga qabul qilingan.
O‗qishni tugatgach, shu jamoaning o‗zida mehnat faoliyatini boshladi. Yormat Tojiyevni til
ilmining sirli dunyosiga olib kirgan, unda o‗z shaxsiy ibrati bilan fanga bo‗lgan muhabbatni
rivojlantirgan, olim sifatida shakllanishiga yetakchilik qilgan inson – bu o‗zbek tilshunosligi
ilmiga tamal toshini qo‗ygan professor Ayyub G‗ulomovdir. XX asr o‗ziga xos ilmiy maktab
yaratgan olim Ayyub G‗ulomovning chin, sadoqatli shogirdi, samimiy do‗stlik, ishonch, sadoqat,
mehr kabi oddiy insoniy tuyg‗ular bu ikki buyuk olim o‗rtasidagi ustoz-shogirdlik munosabati
uchun zamin bo‗ldi. U 1974-yilda Ayyub G‗ulomov rahbarligida ―Ega ekanlik va ega emaslik
ma‘nolarini ifodalovchi affikslar sinonimiyasi‖ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya
qilib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‗ldi.
1992-yili ―O‗zbek tilida affiksal sinonimiya‖ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini mu-
vaffaqiyat bilan himoya qilib, filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini egalladi. Doktorlik
himoyasi mustaqilligimizning dastlabki yillariga to‗g‗ri kelganligi tufayli ilmiy ish xulosalari
sobiq ittifoq OAKiga yuboriladi. Shu yili O‗zbekistonda tashkil qilingan OAK ham ushbu
tadqiqotni qabul qilib oladi. Har ikki tashkilot ham Yormat Tojiyev ilmiy tadqiqoti yuzasidan
unga doktorlik ilmiy darajasini topshirdi.
1
1926-cı il I Bakı Türkoloji qurultayı. Stenoqram materialları, biblioqrafiya və foto-sənədlər. Tərcümə, ön söz və
şərhlərin müəllifləri Prof. Kamil Vəli Nərimanoğlu, əliheydər Ağakişiev. Bakı: Çinar-Çap, 2016. S.441-446.
2
Первый Всесоюзный тюркологический съезд. 26 февраля 5 марта 1926 г. Стенографический отчет. Баку –
АССР, 1926.
6
Professor Yormat Tojiyev tilshunoslikning barcha sohalari bo‗yicha ilmiy kuzatishlar olib
borgan olim. Domla, asosan,
so‗z, o‗zak, negiz
munosabatlari, o‗zak morfemalarning fonetik
tuzilishi,
affiks morfemalar,
ularning hosil bo‗lishi, shakl hosil qiluvchi
ergash morfemalar
,
affikslarning ko‗p ma‘noliligi, affikslarda
omonimiya, sinonimiya, polisemiya
kabi masalalarga
bag‗ishlangan tadqiqotlar muallifidir.
Olimning ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash borasidagi faoliyati ham tahsinga sazovor.
Bugungi kungacha prof. Yormat Tojiyev ilmiy rahbarligida bir necha fan doktori, o‗ndan ortiq
fan nomzodi o‗z ilmiy-tadqiqot ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan bo‗lsalar, 30 ortiq
doktorlik va nomzodlik dissertatsiya mualliflari bevosita domlaning rasmiy opponentliklari
ostida olimlik diplomini oldilar.
Bugun 80 yoshlik tavallud ayyomini nishonlayotgan ustoz Yormat Tojiyev o‗zlarining ilmiy
va pedagogik faoliyati, mazmunli hayot tarzi, odob-axloq va muamola madaniyati, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik fazilatlari bilan barchaga ―ibrat maktabi‖ namunasi
bo‗lyapti, desak xato qilmagan bo‗lamiz.
Hozirgi paytda o‗zbek tili, adabiyoti va ma‘naviy qadriyatlarga har doimgidan ko‗ra ko‗proq
e‘tibor qaratilayotgan ekan, bu mamlakatimizda kechayotgan islohotlar o‗z samarasini
berayotganidan darakdir. Ma‘naviy hayotimizdagi yevrilishlar davrida O‗zbekiston Milliy
universitetining filolog olimlari o‗zlarining pedagogik mahorati va ilmiy tadqiqotlari salmog‗i
bilan faol ishtirok etmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |