AYYUB G„ULOMOV – GRAMMATIKA BILIMDONI
Y.Tojiyev
Filologiya fanlari doktori, professor
Professor Ayyub G‗ulomovning tilga, tilshunoslikka munosabati grammatikadan boshlangan
desak, xato bo‗lmas. 1944-yildayoq ―O‗zbek tilida ko‗plik kategoriyasi‖ yoki 30-40-yillardayoq
―O‗zbek tilida kelishiklar‖, ―O‗zbek tili grammatikasi‖ (hammuallif) 1-qism, T., O‗zdavnashr,
1943-yil (1960-yilgacha 8 marta qayta nashr qilingan) ―O‗zbek tili grammatikasi: 2-qism.
Sintaksis, T., O‗zdavnashr 1944- y., ―O‗zbek tili morfologiyasiga kirish‖, T., O‗zFan, 1953- y.
40-yillarda yoqlangan va kitob holida nashr etilgan ―O‗zbek tilida aniqlovchilar‖ T., O‗zfan-
nashr, 1941- y. kabi kitoblar, qo‗llanma va darsliklar buni tasdiqlaydi.
―O‗zbek tilidan programma va metodik ko‗rsatma‖dan tortib (T., 1940 y.) ―O‗zbek tili ilmiy
grammatikasidan materiallar‖ (qo‗llanma, T., Tun tashriyoti, 1938 y.), ―O‗zbek tili gramma-
tikasi‖ (1-2qismlar, 1939, 1940-yillar, hammualliflikda), ―Sintaksis va punktuatsiyadan mashqlar
to‗plami‖ (1941) kabi 30-yillarning oxiri va 40-yillarning boshlarida nashr etilgan monogra-
fiyalar, darslik va qo‗llanmalarning o‗ziyoq Ayyub G‗ulomov ilmiy faoliyati, haqiqatan ham,
grammatikani o‗rganishdan, ya‘ni tilshunoslikning eng murakkab sathini tadqiq qilishdan bosh-
laganini ko‗rsatib turibdiki. Ana shu davrdagi izlanishlar asosida, to‗g‗rirog‗i, zamirida olimning
―Ko‗plik kategoriyasi‖, ―Fe‘l‖ kitoblari, keyinroq esa ―Sodda gap. Hozirgi zamon o‗zbek tili
kursi bo‗yicha materiallar‖ (1955.); ―Проблемы исторического словообразования узбекско-
го‖ - doktorlik dissertatsiyasi (1955); Morfologiyaga kirish. ―Fe‘l‖ (F. Kamol bilan hamkorlikda)
―Hozirgi zamon o‗zbek tili‖ kitobining shu qismlari (1957. 285-302-B, 377-469-B); ―Hozirgi
zamon o‗zbek tili‖. Sintaksis. O‗rta va oliy maktab, 1-nashr, 1961 y., 2-nashr, o‗qituvchi, 1965
y., 3-nashri, 1987 y. (M.Asqarova bilan hamkorlikda); ―O‗zbek tili grammatikasi‖ (1975) 1-kitob
so‗z yasalishi, morfologiyaga kirish qismlari: 7-124 betlar. Shuningdek, 5-6, 9-sinflar uchun
7
yozilgan va qayta-qayta nashr qilingan ―O‗zbek tili‖ darsliklari, o‗nlab maqolalari o‗zbek tili
grammatikasi sohasida olim olib borgan teran tadqiqotlardan namunalardir: ―O‗zbek tili sin-
taksisining ba‘zi masalalari‖ (O‗zbek tili va adabiyoti, 1968, №2), ―Sifat haqida mulohazalar‖
(ToshDU ilmiy asarlar to‗plami, 608-chiqishi, 1979 ), ―O‗zbek tilida so‗z tartibi‖ (―Sharq
yulduzi‖, 1946 y., 4-5 sonlar); ―Ko‗makchili konstruksiya haqida‖ (SSSR FA O‗zbekiston filiali
axboroti, 1940 y., №6) kabi maqolalari. Ayyub G‗ulomovning o‗zbek tili grammatikasining
hamma qismlari bo‗yicha, ayniqsa, eng dolzarb va murakkab mavzulari bo‗yicha ilmiy tadqi-
qotlar olib borganligini ko‗rsatadi. Ayyub G‗ulomovning grammatika sohasidagi ishlari, qarash-
lari ham, so‗z yasalishi sohasidagi tadqiqotlari va qarashlari ham, shuningdek, o‗zbek tilshunos-
ligining boshqa sohalari bo‗yicha olib borgan izlanishlari, xulosalari, jumladan, fonetika, mor-
femika, morfonologiya, nutq madaniyati, leksikografiya kabi sohalardagi ilmiy qarashlarining
har birini e‘tibor bilan o‗rganish alohida-alohida tadqiqotlar obyekti bo‗lishi mumkin. Olimning
har bir maqolasi, har bir asaridagi xulosalari tilshunoslikdagi ilmiy meros sifatidagina emas, bal-
ki nazariy bilimga ega bo‗lish maqsadida ham alohida o‗rganilishi, qayta tadqiq qilinishi lozim.
Bu haqda hali ko‗p fikrlashamiz...
Olimning ―Fe‘l‖ va ―Morfologiyaga kirish‖ kitoblari ham ustozning ana shunday jiddiy ish-
laridan bo‗lib, ularni o‗rganmasdan tilshunoslikda faoliyat ko‗rsatib bo‗lmaydi. Bu kitoblardagi
chuqur tahlillar, asosli fikrlar hech qachon o‗z qimmatini yo‗qotmaydi: a) ilm bilan shug‗ul-
lanishning yuksak namunasi bo‗lib xizmat qiladi, b) xulosalarning asosliligi bilan ajralib turadi;
v) o‗zbek tilining o‗ziga xos xususiyatlarini juda yaxshi bilganlikdan va olimning ana shu bilim-
ga doim sodiq qolgan holda ilmiy tadqiqotlar olib borganligini, aniqrog‗i, A.G‗ulomovning, ay-
rim tilshunoslar tomonidan olimning ishlarini chuqur o‗rganmay, to‗g‗rirog‗i, yaxshi anglab,
tushunib yetmagan, nozik xulosalarni fahmlamagan holda domla haqida aytilgan fikrlardan
qat‘iy nazar, o‗zbek tili imkoniyatlarini jiddiy o‗rganishni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗yganligini
(tilshunoslikning asosiy vazifasidir), ana shu imkoniyatlardan kelib chiqqan holda o‗zbek tili
grammatikasi hodisalarini o‗zbekona baholaganligini kuzatish mumkin. Har ikki kitobdagi tah-
lillar, materiallar va ularni o‗rganishdan chiqarilgan xulosalar bilan tanish bo‗lgan har bir shaxs
bunga amin bo‗ladi, deb ishonamiz. Ayyub G‗ulomov, albatta, davrdan, davr sharoitidan kelib
chiqqani holda, rus tili, uning boyligi, millatlararo mavqeyini, o‗sha davrda to‗g‗ri baholadi; rus
tilshunosligini yutuqlariga tayandi; o‗zbek tili, tilshunosligini jahon tanishi lozimligini ham
to‗g‗ri fahmladi. Shunga ko‗ra, rus tili va rus tilshunosligini ma‘lum darajada targ‗ib qildi ham.
Biroq undagi o‗zbek tiliga mehr, uning imkoniyatlarini o‗rganishga bo‗lgan ishtiyoq nihoyatda
kuchli bo‗lgan.
Zero, hech kim til birliklari imkoniyatlarini nutqda namoyon bo‗lishini Ayyub G‗ulomov-
chalik chuqur o‗rganmagan.
U tilga doim sistema (zanjirsimon bir-biri bilan bog‗lanib ketgan tizim, xususiyning umu-
miyni tashkil etishi – umumiylik-xususiylik, pog‗onaviylik... kabilarning tizimni tashkil etish)
sifatida qaragan. Til tadqiqiga doim formal-funksional jihatdan yondashgan. Olim til hodisala-
riga falsafiy, mantiqiy kategoriyalar yaxlitligi, bog‗liqligi nuqtai nazarlaridan qaragan va tilga
imkoniyat, nutqqa esa voqelik sifatida munosabatda bo‗lgan. Bu narsalar uning ishlarida idrok
etilgan holda o‗z ifodasini topgan-ki, buni tushunish, anglash zarur.
Olimning ―Morfologiyaga kirish‖ kitobi (risolasi) 50-yillarning boshlarida yozilgan bo‗li-
shiga qaramay, olimning grammatik shaklga, grammatik ma‘no, grammatik kategoriya, tushun-
chalariga nisbatan munosabati, qarashlari hamon o‗z kuchidadir. Uning o‗sha davrdayoq shakl
yasalishidagi sintaktik va analitik holatlarni farqlaganligi, ayniqsa, shakl yasalishida sintaktik
vazifa bajarish yoki bajarmaslik masalasining o‗ta muhimligi haqidagi qarashlari hozirgi kunda
to‗la o‗z tasdig‗ini topdi (shakl yasovchilar sintaktik vazifa bajaruvchilar va sintaktik vazifa ba-
8
jarmovchilarga ajratildi). Xullas, ―Morfologiyaga kirish‖ kitobi hali, ancha vaqtga qadar muhim
ilmiy manba sifatida xizmat qiladi va uni o‗rganmaslik mumkin emas.
Olimning ―Fe‘l‖ monografiyasi 50-yillarning (XX asr) boshlarida yozilgan bo‗lib, to‗g‗risini
aytganda, o‗zbek tilidagi Fe‘llar haqida, anchagina kitoblar yozilgan bo‗lishiga qaramay, qam-
rovining kengligi (leksik to‗dalarga ajratish: harakat va holat fe‘llari; fe‘lning kesimlikka mu-
nosabati masalasi – predikativlik holati; undagi ichki va tashqi yasalishga munosabat masalasi;
fe‘lning gapning asosiy quruvchisi sifatidagi xususiyati, gapning umumiy xarakteristikasini
belgilovchi sifatidagi jihati; yasalishi va grammatik shakllariga munosabatlarning jamini qamrab
olganligi kabilar) bilan ajralib turadi hamda bu kitobga teng keladigan kitob (ilmiy tahlillarga
boyligi jihatidan) yo‗qdir, deyish mumkin. Ana shunga ko‗ra, bu kitob bilan tanishish, uni
o‗rganish juda muhimdir. Chunki, yuqorida aytganimizdek, fe‘lga bo‗lgan munosabatlarda
olimning fikrlari o‗z ahamiyatini yo‗qotgan emas.
Xullas, ―Morfologiyaga kirish‖, ―Fe‘l‖ va boshqa asarlari mashhur tilshunos Ayyub
G‗ulomovning grammatika sohasidagi ilmiy qarashlaridan sizni bahramand qiladi, olimning
o‗zbek tili grammatikasining yetuk bilimdoni ekanligidan dalolat beradi, bunga sizni ishontiradi,
degan umiddamiz.
Muhimi, ustozning ilmiy merosidan bahramand bo‗lganingizdir.
Ma‘lumki, 2019-2020 yillarda O‗zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev o‗zbek tilining
mavqeyini ko‗tarishga alohida e‘tibor bera boshladi. O‗zbek tilini targ‗ib qilish, uni o‗qitishni
ta‘lim tizimining hamma bo‗g‗inlarida, Oliy ta‘limda, o‗rta va umumta‘limda, hatto, xorijda
o‗qitilishi masalalariga ham alohida to‗xtalib o‗tmoqdalar. O‗zbek tilining mavqeyini yuqori
darajaga ko‗tarish, avvalo, zukko olimlarning bu til doirasida olib borgan tadqiqotlarini, ayniqsa,
A.G‗ulomovning tilimiz boyliklarini to‗la ochib berishga bag‗ishlangan ishlarini, kitoblarini,
merosini o‗rganish asosida amalga oshirishni unutmaslik kerak. Zero, tilimizning ifoda
imkoniyatlarini his ettirish yoshlarda o‗z tillariga hurmat – muhabbatni shakllantiradi, kishilarni
bu tilni o‗rganishga da‘vat etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |