“Munis ul-ushshoq”dagi muxammaslar tahlili
.
Shoirning ―Munis ul-ushshoq‖ devonidagi
ilk muxammas Qudsiy Sheroziyning g‗azaliga bog‗langan bо
ʻ
lib, na‘t mazmunida. Bu muxam-
mas matni 3264 raqamli qо
ʻ
lyozmada shunday berilgan:
Ey vujudi tu baiyjodi du olam sababiy,
Hast zoti sharifat zun-nasabiy, zul-hasabiy.
Bajahon hamrahiyi tu omada ayshu tarabiy,
Marhabo sayyidi Makkiyu, Madaniyyu arabiy,
Dilu jon bod fidoyat ki ajab xush laqabiy…
Zullisonaynlik an‘anasini davom ettirgan Tabibiy о
ʻ
z she‘rlarida fors she‘riyatining uslub-
laridan foydalangan. Ma‘lumki, fors she‘riyatida uchta uslub, ya‘ni sabk mumtoz she‘riyat uslubi
sanaladi. Ulardan birinchisi Xurosoniy uslub, ikkinchisi Iroqiy uslub va uchinchisi Hindiy uslub.
Ahmad Tabibiy mana shu uchta uslubdan uchinchisi, ya‘ni sabki hindiy vakili bо
ʻ
lgan va asosan
mazkur uslubda g‗azallar bitgan. Dastlab mazkur uslublar haqida tо
ʻ
xtalib о
ʻ
tsak. Sabki Hindiy
haqida internet ma‘lumotlarida shunday keltiriladi: ―Hind uslubi fors adabiyotidagi she‘rlarning
bir turi bо
ʻ
lib, hijriy 9-asr (milodiy 15-asrdan) keyin vujudga kelgan. Hindistonning adabiyot
ahliga bо
ʻ
lgan iliq munosabati, shuningdek Safaviy podshohlarining maddohona she‘rlar turidan
yuz о
ʻ
girgani bois kо
ʻ
pgina forsiygо
ʻ
y shoirlar Hindistonga yuzlanishdi va u yerda she‘riyatini
davom ettirishdi. U erda shoirlar nozik iboralar, ilmu urfon masalalari hamda hind falsafasi va
boshqa omillar ta‘sirida о
ʻ
ziga xos uslub yaratishdi va sabki hindiy deb nomlashdi. Ba‘zi adiblar
bu uslubni isfahoniy uslub ham deyishadi. Bu sabk hijriy tо
ʻ
qqizinchi asrdan to о
ʻ
n uchinchi
asrgacha davom etdi. Uning о
ʻ
ziga xos jihatlari nozik iboralar, tashbehlar, daqiq ta‘rifu tavsiflar,
tushunilishi qiyinroq ma‘nolar tashkil etadi. Bu uslubning taniqli vakillari quyidagilardir: Kalim
Koshoniy, Naziriy Nishopuriy, Urfiy Sheroziy, Abdulqodir Bedil, Soib Tabriziy, G‗aniy
171
Kashmiriy, Tolib Omuliy, Vahid Qazviniy, Sobir Kirmoniy‖. Ayni mazkur nomlari tilga olingan
shoirlar Tabibiy muxammas bog‗lagan shoirlar orasida keltirilgan. Jumladan, 7083 raqamli
qо
ʻ
lyozmadagi muxammaslar orasida 103, 121, 122 raqamli muxammaslar ―Muxammasi Tabibiy
bar g‗azali Kalim‖ sarlavhali, 73, 80, 119 rafamli qо
ʻ
lyozmalar ―Muxammasi Tabibiy bar g‗azali
G‗aniy‖ sarlavhali muxammaslardir.
Qudsiy Mashhadiy – Hoji Muhammadjon Qudsiy Mashhadiy hijriy qamariy 11-asr (milodiy
17 asr) shoir va sо
ʻ
z san‘atkorlaridan. U dastlab baqqollik bilan kun kechirgan, Ammo shoirlik
bilan tanilgach Hindistonga ketgan va Shohjahon saroyiga kirgan. Qudsiy Mashhadiydan devon
qolgan bо
ʻ
lib, 1375 (h.sh) yili (mil. 1996-yil) Firdavsiy nomidagi Mashhad universitetida
Muhammad Qahramon tomonidan nashr etilgan. Devondan tashqari uning ―Zafarnoma‖ man-
zumasi ham bо
ʻ
lib, Shohjahonning yurishlari va zafarlari tо
ʻ
g‗risida yozilgan. Ammo bu kitob
qо
ʻ
limizga yetib kelmagan. U 1056 (h.q.) da vafot etgan va Kashmir shoirlari qabristoniga dafn
etilgan.
Tabibiy Hindistonlik shoirlar ijodini kо
ʻ
p о
ʻ
qigan va muxammaslar bog‗lagani kо
ʻ
rinadi.
Shulardan biri Kalim Koshoniydir. Hindistonlik shoir Abu Tolib Kalim Koshoniy (1582 –
Hamadon, 1651 Kashmir) ham Shohjahon saroyining malik ush-shuarosi bо
ʻ
lgan. Birinchi forsiy
devonda unga ikkita taxmis bog‗langan. Yana bir shu davr shoirlaridan biri Mullo Muhammad-
tohir G‗aniy Kashmiriy (1608-1688)dir. XVII asrning taniqli fors-tojik shoirlaridan shoirning
zamondoshlari Soib Tabriziy va Kalim Koshoniylardir. Sо
ʻ
z san‘ati martabasida olim maqomga
ega bu shoirning G‗aniy taxallusi haqida haqida ―Sarvi ozod‖ tazkirasida shunday keltiriladi:
―G‗aniy – shirador ovozga ega bо
ʻ
lib, g‗ino (hirgoyi) qilganidan unga shunday taxallus berilgani
yoziladi. Uning qabri ham Kashmirdagi Maqbarat-ush-shuarodadir. Demak, yuqoridagi uchta
shoir ham Shohjahon saroyining mashhur shoirlari bо
ʻ
lishgan va Tabibiy ularning ijodini о
ʻ
qib,
taxmislar yozgan.
Bulardan yana bir narsa, ya‘ni Tabibiyning she‘riyatdagi uslubi, ―sabki‖ ham aniqlashadi.
Demak, Ahmad Tabibiy she‘rlari sabki hindiy - hind uslubida yozilgan.
Mu‘iyn g‗azallariga taxmis ham keltirilgan bо
ʻ
lib, bu shoir asli hindistonlik Shayx
Mu‘iniddin Hasan Sanjar Cheshtiyning taxallusidir. Cheshtiya tariqatining asoschisi (vafoti
633/1236). Uning devoni 919/ VI raqam ostida saqlanmoqda.
Tabibiy zullisonaynlik an‘anasini nafaqat о
ʻ
zbekcha va forscha sо
ʻ
zlarni birga qо
ʻ
llashda,
balki forsiy va arabiy jumlalar misolida ham namoyon qilgan. U forsiy she‘rlarida arabiy
oborotlardan, ibora va sо
ʻ
zlardan unumli foydalangan. Masalan:
On shо
ʻ
x bo nozu ado gar meravad bo har taraf,
Sabru qaroru toqatu husham shavad yaksar talaf (270/ 1-bayt)
Baytdagi ―talaf‖ – talofat topmoq, yо
ʻ
q bо
ʻ
lmoq fe‘li shoir tomonidan zо
ʻ
r mahorat bilan
qо
ʻ
llangan. Yoki:
Ey dil, takabbur xalqro dar dahr xoriy medihad,
Gar nazmi tо
ʻ
gavhar buvad ahqar kun о
ʻ
ro hazaf. (270/11 bayt)
Ayniqsa, shoir muxammaslarida arabiy iboralardan kо
ʻ
p foydalanish, Qur‘on va hadislardan
iqtibos keltirish hollari kо
ʻ
p uchraydi:
Sozand base xizmati tu kо
ʻ
yi maloyik,
Shoyoni qudrati xil‘ati ―Lav lok, laa amruk‖.
Payg‗ambar alayhissalom hadislaridan birida: ―man salama min yadayhi va lisanihi, huval-
muslim‖ – Kimniki qо
ʻ
lidan va tilidan birovga ozor etmasa, u haqiqiy musulmondir. Buni
Alisher Navoiy ―Hayrat ul-abror‖da chiroyli о
ʻ
xshatish bilan tasvirlaydi. Tabibiy yozadi:
Yak xub nukta guyam, ey sarvi gulbadan,
K-о
ʻ
behtar ast dar sharaf az gavhari Adan… (2-muxammas)
172
Xulosa qilib aytganda, Ahmad Tabibiy qarashlarida ayni shu davrning ijtimoiy falsafiy
qarashlari ham aks etgan. Demak, Muhammad Rahimxon soniy Feruz davri ijodkorlari, raiyat va
fuqaro kо
ʻ
pincha naqshbandiylik tariqatining mujaddidiya yо
ʻ
nalishi izdoshlari bо
ʻ
lishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |