Kompozitsiya yoʻli bilan sifat yasash
Kompozitsiya usuli bilan qoʻshma sifatlar hosil qilish oʻziga xos
xususiyatlarga ega. qoʻshma sifat hosil qilishda ikki va undan ortiq
komponent semantik va grammatik jihatdan biriktiriladi.
Tarkibiga koʻra bunday sifatlar quyidagilarga boʻlinadi:
1. Ikki sifatdan tarkib topgan boʻladi: olachipor, och sariq, toʻq
qizil.
2. Sifat va otdan: ochkoʻz, qimmatbaho, sheryurak.
3. Ot yoki ravish va sifatdoshdan tashkil topgan: tinchliksevar,
tezpishar.
4. Ot va aro soʻzidan tarkib topadi: xalqaro, shaharlararo.
qoʻshma sifatlar bilan sifatlovchi birikmalarni farqlash lozim. Bunda
sifatning predmet belgisini bildirishini asosga olish bilan birga, uning
grammatik belgisini ham hisobga olish kerak. Masalan: koʻk muqovali
kitob gapida «koʻk muqovali» qoʻshma sifat emas. Chunki bu birikma
komponentlari oʻzaro aniqlovchi aniqlanmishlik munosabatini
saqlagan. Ya’ni koʻk muqovali kitob deganda, koʻk va muqova
soʻzlari oʻz mustaqil ma’nosini saqlaganligi koʻrinadi. qora telpakli
yigit, oq soqolli kishi, oʻrta ma’lumotli qiz, besh qavatli bino
birikmalari tarkibidagi soʻzlarni almashtirish mumkin, qoʻshma
sifatlarda bunday qilib boʻlmaydi.
Ikkinchidan, qoʻshma sifatlar sodda sifatlar singari darajalana
oladi: kaltafahm, kaltafahmroq, eng kaltafahm.
Umuman, -li qoʻshimchasini olgan birikmalar qoʻshma sifat
emas.
Ba’zan pauzani oʻzgartish orqali -li qoʻshimchasini olgan
birikmalarning oʻzaro aloqasini oʻzgartirish mumkin: uch bolali ayol,
sakkizta fonarli uy.
4.2.4. Fe’l yasalishi
Fe’llar oʻziga xos yasalish tizimiga ega. Tilimizdagi fe’llar,
asosan, affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasaladi. Yasash
asosiga qoʻshilib -
la, -lan, -lash, -lashtir, -(a)y
kabi affikslar
mahsuldor boʻlib, juda koʻp miqdorda fe’l yasashga xizmat qiladi.
1.
-la
affiksi quyidagi qoliplarda yangi soʻz hosil qiladi:
ot
-la:
ishla, gulla, tuzla, bogʻla;
sifat
-la:
qorala, tekisla, tezla, tozala;
207
ravish
-la:
qaytala, hozirla....;
olmosh
-la:
sizla, senla;
taqlid
-la:
gumburla, dukurla....;
undov
-la:
dodla, voyvoyla, tufla....
2. -
lan, -lash, -lashtir
kabi murakkab affikslar-
ot, sifat, son
-lan:
zavqlan, ajablan, ikkilan....;
ot, sifat, son
-lash:
salomlash, tezlash, birlash....:
ot
-lashtir:
rejalashtir(moq),
gazlashtir(moq),
ekranlashtir(moq)... -
turli ma’nolarga ega boʻlgan fe’llar yasaydi.
Yuqorida koʻrsatilgan affikslar orqali yasalgan fe’llarni ma’no
jihatidan guruhlash mushkul, chunki tilimizdagi
ovqatlanmoq,
kasallanmoq,
foydalanmoq,
toʻlqinlanmoq,
ahdlashmoq,
qiyinlashmoq, oydinlashmoq
kabi yuzlab fe’llarning har biri rang-
barang ma’nolarni oʻzida voqelantiradi.
3.
-ar, -ay
affikslari sifat
-ar, ot, sifat
-ay qolipida biror belgini
qabul qilish ma’nosini ifodalalovchi fe’llar yasaydi. Chunonchi,
qisqar(moq), pasay(moq), toray(moq), kuchay(moq)....
4. Fe’l yasovchi -a,-illa,-sira,-ik,-iq,-ira,-i kabilar kamunum
affikslar sanaladi va
ot, sifat, taqlid
-a:
sana, oʻyna, qiyna, ata, boʻsha, shildira,
yiltira;
taqlid
-illa :
chirsilla, chirqilla, moʻltilla, guvulla, likilla;
ot, olmosh
-sira:
suvsira, gumonsira, hadiksira, sensira,
manmansira, sizsira;
ot, sifat, son
-ik:
koʻzik(moq), kechik(moq), birik(moq);
sifat
-iq:
zoʻriq(moq), zoriq(moq);
taqlid
-ira:
yaltira, miltira, qaltira;
ot, sifat
-i:
changi(moq), boyi(moq), tinchi(moq)
qolipidagi
fe’llarni yasashga xizmat qiladi.
Kompozitsiya usuli bilan, ma’lumki,
fe’l
fe’l
:olib bermoq, aytib ketmoq, sotib bermoq, olib qochmoq,
sakrab turmoq;
ot
fe’l:
ta’zim qilmoq, bashorat qilmoq, isbot etmoq, kasal
boʻlmoq, fikr qilmoq, zikr etmoq;
sifat
fe’l:
xursand boʻlmoq, shod etmoq, xafa qilmoq, obod
qilmoq, juft boʻlmoq, zada boʻlmoq
kabi qoʻshma fe’llar yasaladi.
208
Do'stlaringiz bilan baham: |