Buxoro davlat universitetining



Download 33,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet137/146
Sana25.05.2023
Hajmi33,48 Kb.
#944088
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   146
Bog'liq
Jo\'rayeva Nargiza

Yam-yashil 
so‘zida nechta unli va nechta undosh tovush bor? 
A. 3 ta unli, 3 ta undosh B. 5 ta unli, 5 ta undosh C. 3 ta unli, 5 ta 
undosh D. 4 ta unli, 4 ta undosh 
24.Qaysi qatorda lab undoshlari berilgan? 
A. x, g B. j, k C. h, ng D. b, m 
25.Lab undoshlari ishtirok etgan yasama so‘zni toping. 
A. savlat B. gulzor C. ommabop D. oshiq 
26.Qaysi so‘z tarkibida portlovchi undosh mavjud? 
A. sababsiz B. suvsiz C. yuzsiz D. foizsiz 
27.Qaysi jarangli undosh o‘z jarangsiz jufti bilan birga sirg‘aluvchi 
tovushlarga mansub bo‘ladi? 
A. b B. d C. k D. z 
28. B va p undoshlari uchun birlashtiruvchi belgi noto‘g‘ri berilgan 
javobni toping. 
A.lab undoshlilik, portlovchilik B.jarangli-jarangsizlik C. lab 
undoshlilik
D.portlovchilik 
29. Gullar quyoshsiz ochilmaydi. Ushbu gapda qanday unli 
qatnashmagan? 
A.tor unli B. o‘rta keng unli C.keng unli D. lablangan unli 
30.Qaysi jarangli undoshlar sirg‘aluvchilarga mansub emas? 
A. k, t B. b, n C. v, z D. j, g‘ 
31. Qaysi javobda ikkinchi bo‘g‘ini unli va jarangli undoshlardan 
iborat bo‘lgan so‘zlar berilgan? 
A. qog‘oz, qo‘g‘irchoq, qalam B.qo‘shiq,qovun,qamar C. 
ko‘rsat, qirg‘ich, qiymat D.qasam, quloq, quyon 
32. Gullar quyoshsiz ochilmaydi. Ushbu gapda qanday unli 
qatnashmagan? 
A.tor unli B. o‘rta keng unli C.keng unli D. lablangan unli 
33. Berilgan so‘zlarning qaysi birida faqat til oldi, sirg‘aluvchi 
undoshlar ishtirok etgan? 1.muvozanat 2.larza 3.faylasuf 4. shoira 5. 
shovul 6.salla
A.1,2,3 B.4,5,6 C.2,4,6 D.2,5,6 
34. Til oldi jarangsiz undosh o‘rnida til orqa jarangli undosh ma’no 
farqlashi mumkin bo‘lgan so‘zni toping. A. surma B. tirsak C. sovuq
D. shanba 


214 
35. Tovushlarning akustik tomoniga xos bo‘lgan sifat belgilari qaysi 
bandda to‘liq ko‘rsatilgan? 1.balandlik 2.kuch( tezlik) 3.miqdor 
(uzunlik) 4.tembr 5. vazifaviy tomoni 
A.1,2,4,5 B.2,3,4,5 C.1,3,5 D.1,2,3,4 
36. Qaysi so‘zda lablanmagan tor va keng unli qatnashgan? 
A. okean B. bilak C. ko‘krak D.og‘iz 
37. Qaysi so‘zlarda qator kelgan undoshlar til oldi jarangli 
undoshlardan iborat? 
A.sabr, hukm, darz B. darz,davr, fayz C.zulm,fayz,farzand
D.farzand,darz,ranj 
38. Qaysi gapda portlovchi undosh sirg‘aluvchi undosh singari 
talaffuz qilinadigan so‘z qatnashgan? 
A. Cho‘ntagimga yuz so‘m solib ko‘chaga yugurdim. B.Devor ustida 
musicha turibdi. C. To‘yxonaga sabzi to‘g‘ragani chiqdik. D.Oltin 
o‘tda, odam mehnatda bilinadi. 
39. Qaysi nutq a’zolari undosh tovushlarni hosil qilishda muhim 
ahamiyatga ega? 
A. tovush paychalari,lab,til B.bo‘g‘iz bo‘shlig‘i, og‘iz 
bo‘shlig‘i,til C.lab,og‘iz bo‘shlig‘i,tovush paychalari D.og‘iz 
bo‘shlig‘i,til,burun bo‘shlig‘i 
40. Qaysi qatordagi so‘zlarda bir sirg‘aluvchi til tovushi o‘rnida 
ikkinchisi aytilsa-da, asliga muvofiq yoziladi? 
A.bo‘…chi, i…tirob B. a…tomat,a…zal C. ta…charm, bar…
D.al…oz, a…zal 
41. Urg‘u haqida to‘g‘ri fikrlar berilgan qatorni aniqlang. 1. Ikki va 
undan ortiq bo‘g‘inlardan tashkil topgan so‘zlarning talaffuzida 
bo‘g‘inlardan biri ma’lum sababga ko‘ra boshqalariga nisbatan kuchliroq 
talaffuz qilinishi ma’no urg‘usi deyiladi. 2. Urg‘u ma’no farqlash 
vazifasini bajaradi. 3.Arab, fors-tojik, rus va boshqa yevropa tillaridan 
o‘zlashgan so‘zlarda urg‘u barqaror o‘ringa ega. 4. Urg‘u segment birlik 
hisoblanadi.
A.1,2,3,4. B. 2,3 C. 2,3,4 D.1,2,3 
42. Qadriyat atamasi keng bo‘lib, voqelikdagi hodisalarning ijtimoiy 
va madaniy ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladi. Ushbu gapda jarangli 
undosh bilan tugagan nechta yopiq bo‘g‘in bor? A. 7 ta B. 8 ta C. 9 ta
D. 10 ta 
43. Quyidagi so‘zlarning qaysilarida urg‘u orqali so‘z ma’nosi 
farqlanadi? 1.suzma 2.bog‘lar 3.juda 4.hozir 5.fonetik
6.yangi A. 1,2,3,4 B.1,4,5,6 C.1,2,4 D.1,2,4,5 


215 
44. Bo‘g‘inlarga ajratish bilan asos va qo‘shimchalarga ajratish teng 
kelmaydigan qatorni toping. 
A. fikrim,baxtim B. boshga,toshda C. shahri,kuchli
D.faxri,aqldan 
45. Shovulladi tun bo‘yi shamol, Qaldiroqlar ko‘chdi larzakor. 
Shivirlading 
yonimda 
xushhol: 
“Yana keldi, do‘stginam,bahor”. 
(A.Oripov) Ushbu parchada burun tovushi bilan tugagan yopiq bo‘g‘inlar 
sonini aniqlang. 
A. 4 ta B. 5 ta C. 6 ta D. 7 ta 
46. Urg‘uning o‘rni o‘zgartirilganda so‘z ma’nosiga ta’sir qiladigan 
so‘zlarni aniqlang. 1.so‘zlar 2.tonna 3.surma 4.atlas 5. doim 6. mexanik 
7.fizik 8.olma A. 1,3,6,7 B.1,3,4,6,7,8 C.1,2,6,7,8 D.3,4,6,7,8 
47. Qaysi so‘zlarda urg‘u ma’no farqlash uchun xizmat qiladi? 
A. qatlama, atlas B.yuklama, gapir C.erkin, dala D.zakovat,suzma 
48. Fonemalar yordamida farqlanmagan so‘zlarni belgilang.
A. sur’at-surat, she’r- sher B.bot-bod, nufus- nufuz C.olam-odam, 
vafo-vabo D.Hasan –Husan, katta-kalta 
49. Qaysi qatordagi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga jarangli, til orqa, 
portlovchi undosh yoziladi? A.pa…-pa…ana, qayno… B.to‘…son, 
ma…sad C.ta…charm,bar…simon D.dar…chil, kasalman… 
50. Qaysi gapdagi undalmada til oldi, portlovchi, jarangli tovush 
mavjud? 
A. Shahzoda, men sulh barpo kayfiyatida keldim. B. Nega tilkalaysan 
bag‘rimni, ohang? C. Bahor, ketma mening bog‘imdan. D. Uxlama 
ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida . 
51.”Sening o‘g‘ling ham ancha ulg‘ayib, kap-katta yigit bo‘lib 
qolibdi”,- dedi Karim bobo ayol ko‘nglini ko‘tarib. Ushbu gapda nechta 
tovush tushish hodisasi sodir bo‘lgan? A. 3 ta B.2 ta C. 5 ta D. 4 ta 
52.Hayotning ko‘p issiq-sovug‘ini ko‘rib, saboq olib, tajribamni 
oshirdim. Ushbu gapda qanday fonetik o‘zgarishlar kuzatilmoqda? 
A. 1ta tovush ortishi,1ta tovush almashishi B.2ta tovush ortishi,1ta 
tovush almashishi C. 1ta tovush ortishi, 2ta tovush almashishi D. 2ta 
tovush ortishi 
53.O‘zbekiston - vatanim mening. Bunday ozod va obod mamlakatni 
bobolarimiz orzu qilishgan. O‘zbekistonning jahondagi obro‘yi kundan 
kunga oshmoqda. Ushbu parchadagi so‘zlar imlosida necha o‘rinda fonetik 
o‘zgarish bo‘lgan?
A.3 B.1 C.2 D.4 
54. Qaysi gapda fonetik o‘zgarishlarga uchragan so‘z qatnashmagan? 


216 
A. Odamning ko‘ngli nozik. B.Koinotga sig‘mas kuching bo‘lsa ham, 
zaiflarga ozor berma. C.To‘rtovlon tugal bo‘lsa, ko‘kdagini indirar. 
D.O‘zbekistonning ravnaqi yildan yilga el og‘ziga tushmoqda. 
55. O‘zini sovuqdan qaltirayotgandek his qilgan kampir qizi bergan 
qaynoq -qaynoq choydan ichgach,tanasiga yoqimli issiqlik yugurdi. Ushbu 
gapda necha o‘rinda fonetik hodisa yuz bergan? A.4ta B.3ta C.2ta
D.5ta 
56. Yo‘q, hali bilagimda kuchim bor. Yuragimda o‘t so‘ngani yo‘q. 
Bu alamlarni,bu xo‘rliklarni oyoq ostiga olib toptamagunimcha yashashim 
shart. Yashayman! Ushbu parchada fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar 
necha o‘rinda ishtirok etgan? A.5 B.2 C.3 D.4 
57. Quyida berilgan gapdagi so‘zlar imlosida nechta fonetik hodisa 
mavjud? Ayrim paytlarda yoshligimning unutilmas damlarini esga olaman. 
Bolaligimning o‘ynoqi damlarini eslayman: meni o‘tloqlarda dumalatgan, 
chang ko‘chalarda o‘ynatgan damlarni aslo unutmayman. A.7ta B.8ta
C.9ta D.6ta 
58. Imlo qoidalariga muvofiq keladigan ikkita fonetik o‘zgarish 
kuzatilgan gaplarni toping. 1.Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda 
bo‘lmaydilar. 2. Fevral oyiga kelib sovuqning shashti biroz pasaydi. 3. 
Mehnat bilan inoqlashsang,tan og‘rig‘ini ko‘rmaysan. 4.O‘zbekistonning 
xalqaro obro‘yi kundan kunga oshib bormoqda. A.2,3,4 B.1,2 C.2,3
D.2,4 
59. Qaysi gaplarda qo‘shimchalar ta’sirida bir so‘zning tovush 
tarkibida ikki xil fonetik o‘zgarish ro‘y bergan? 1. Inson o‘z umrining 
hisobli bo‘lishini hamisha kech anglaydi. 2. Jo‘jalarning sanog‘ini 
bilmadim. 3. Davr qiynoqlari vaqtincha – hali hamma narsa oldinda. 
4.Radiodan o‘ynoqi musiqa yangradi.
A.1,2,3,4 B.3,4 C.2,3,4 D.1,4 
60. Jalil qo‘yin cho‘ntagidan gazetaga o‘ralgan pulni olib sanamoqchi 
edi, yamoqchi urishib berdi.Ushbu gapda fonetik o‘zgarishga uchragan 
so‘zlar sonini aniqlang. A. 5ta B. 2ta C. 3ta D. 4ta 
61. Qaysi qatordagi so‘zlarda “o” unlisi “a” singari talaffuz qilinadi? 
A. savol, bahor, zamon B. dekoratsiya, omonim, monitoring
C.okulist, tonna, tort D. dekoratsiya, boks, noyabr 
62.
 
Og‘zaki nutqning tovush tizimini yozma nutqda qanday 
berilishini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi qanday nomlanadi? 
A.Fonetika B.Grafika C.Orfoepiya D.Orfografiya 
63. Talaffuz qoidalariga ko‘ra qaysi so‘zda 
’ 
belgisi bo‘g‘inni ayirib 
o‘qish uchun xizmat qiladi? 
A.Ta’rif B.Qal’a C.Ma’naviy D.She’r 


217 
64. So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga qaratilgan maxsus qonun-
qoidalar majmui… 
A. Orfoepiya qoidalari deyiladi. B. Orfografiya qoidalari deyiladi. 
C. Grammatika qoidalari deyiladi. D. Fonetik qoidalar deyiladi. 
65.Quyida berilgan gaplarning qaysisida ohang o‘zgarishi orqali 
farqli fikr hosil qilish mumkin? 
A. Nima bo‘ldi, qizim, nega yig‘layapsan? 
B. Gulchehra mo‘ysafidga nima javob qilishni bilmay, o‘zini 
tramvayga otdi. C. Haligi sumka ko‘targan qizini chaqirdi. 
D. Tog‘ qushlarining sayrashi qo‘ylarning ma’ragan ovozlariga jo‘r 
bo‘lmoqda. 
66. Og‘zaki nutqda qaysi so‘z tarkibidagi portlovchi tovush ba’zan 
sirg‘aluvchi tovush tarzida talaffuz qilinadi? 
A. Tuzsiz B. To‘qson C. Xohish D. Maktab 
67. “’”belgisi orqali undoshning unlidan ajratib aytilishi qaysi 
so‘zlarda uchraydi? 
A. san’at, fe’l B. ma’vo, sa’va C. qit’a, jur’at D.a’lo, ta’na 
68. So‘zlar tarkibida “q” tovushi “x” tarzida talaffuz etiladigan 
qatorni toping. 
A. maqbara, to‘liq, tutqun B. chumchuq, qisqa, to‘qmoq 
C. maqtanmoq, taqsimot, taqsir D. chiroq, qaymoq, qirg‘oq 
69. Qaysi qatordagi so‘zlarda ikki undosh tovush o‘rtasida unli 
tovush orttirilib talaffuz qilinadi? 
A. stol, stul B. do‘st, xursand C. sport, mehr D. fikr, hukm 
70. 
Lotin 
alifbosiga 
asoslangan 
yangi 
o

zbek 
alifbosidagi 
undoshlardan qaysi birini o

zidan keyin kelgan harf bilan qo

shsak, so


hosil bo

ladi? 
A. “ d” ni B. “ l” ni C. “s” ni D. “z”ni 
7
1. Grafika nima?
A.Muayyan tilning fonetik-fonologik, leksik-semantik va morfologik 
birliklarini yozuvda ifodalash uchun maxsus shakllantirilgan optik-grafik 
belgilar tizimi.
B.Muayyan tilda so‘zlarni va so‘z shakllarini to‘g‘ri yozish 
me’yorlarini belgilovchi qoidalar tizimi.
C. Muayyan tilning imlo qoidalariga asos bo‘lgan tamoyillar. D. A 
va D.
72. Anglamoq fe’lining yozilishi orfografiyaning qaysi prinsipiga 
asoslangan?
A. Morfologik prinsipiga. B. Fonetik prinsipiga.
C. Fonematik prinsipiga. D. Grafik prinsipiga.


218 
73. Kirill va lotin-o‘zbek yozuvlari imlo qoidalariga qaysi qatorda 
amal qilingan?
A. Йилдан йилга, yildan yilga. B. Йилдан-йилга, yildan-
yilga.
C. Йилдан йилга, yildan-yilga. D. Йилдан-йилга, yildan 
yilga.
74. Qaysi qatorda so‘zlar to‘g‘ri yozilgan?
A. Буғдой ранг, кеча-ю кундуз. Bug‘doy rang, kecha-yu kunduz.
B. Буғдойранг, кечаю кундуз. Bug‘doyrang, kechayu kunduz.
C. Буғдой-ранг, кечаю кундуз. Bug‘doy-rang, kechayu kunduz.
D. Буғдой ранг, кечаю кундуз. Bug‘doyrang, kecha-yu kunduz.
75. Qaysi so‘zning talaffuzidagi o‘zgarish ma’no o‘zgarishiga olib 
keladi?
A. “Kisht” so‘zida. В. “To‘rt” so‘zida.
C. “G‘isht” so‘zida. D.”Dasht” so‘zida.
76. Qaysi qatordagi so‘zlarning talaffuzida dissimilyatsiya hodisasi 
sodir bo‘ladi?
A. Ittifoq, muddat. B. Zarur, izzat. C. Uchta, maqtanmoq. D. G‘urur, 
yomg‘ir.
77. Quyidagi hukmlardan qaysi biri xato? 
A. Hurmat ma’nosida qo‘llangan siz va o‘zingiz olmoshlari bosh harf 
bilan yoziladi. B.So‘zlarning birinchi harflaridan tuzilgan qisqartma otlar 
bosh harf bilan yoziladi. C. Bayramlar va tarixiy kunni ifodalagan 
birikmalarning har bir so‘zi bosh harf bilan yoziladi. D. Oliy tashkilotlar 
va oliy faxriy unvonlarning har bir so‘zi bosh harf bilan boshlanadi. 
78. Qaynana, qon-talash, qasamyot, qat’iy nazar, qaqshatgich, 
qizg‘onchiq so‘zlaridan nechtasi to‘g‘ri yozilgan? A. 3 tasi B. 5 tasi C.2 
tasi D. 1 tasi 
79. Qaysi qatordagi gapda imloviy xato yozilgan so‘zlar miqdori eng 
ko‘p ? 
A. Komisar o‘z nutqini eshittirish uchun haddi siqqancha ovozini 
balandlatti. B.To‘g‘rilik urig‘in ekgin, shodlik mevasin yegur! C. 
G‘alaba asrining o‘smirlarisiz – Sherbachcha qilig‘i sherday cho‘ng bo‘lur.
D.Yettala aka uning yurish-turushida, gap-so‘zida mehr-muhabbatni aniq 
sezishardi. 
80. xayr-xo‘shlashib, O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik 
Download 33,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish