Buxoro davlat universitetining


‘ ri B. lola, ra’no C. to ‘



Download 33,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet139/146
Sana25.05.2023
Hajmi33,48 Kb.
#944088
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   146
Bog'liq
Jo\'rayeva Nargiza


ri B. lola, ra’no C. to

rtko

z, bo

ribosar D. Orol, 
Balxash 
143. Izg

irinda shaftoli qoqib o

tirganingdan keyin sen kasal bo

lmay, 
men kasal bo

laymi? Ushbu gapda qo

llangan “shaftoli qoqmoq” iborasi 
qanday ma’noni bildiradi?
A. vaqtni befoyda ishlarga sarf etmoq B. sovuq qotmoq C. va’z 
o`qimoq D. o

zini ko

z-ko

z qilmoq 
144. 1. Bunday gaplar faqat sinalgan ishonchli og‘iz orqali 
yetkaziladi. 2. To‘pning og‘ziga qo‘yib otib yuboringlar uni. 3. G‘orning 
og‘zi xarsang toshlar bilan yopilgan edi. 4. Bazzoz pochchaning bekorchi 
og‘izga tobi yo‘q edi. Ushbu gaplarda og‘iz so‘zi ma’no ko‘chishining 
qaysi usuli asosida qo‘llangan? A. 1,2,3,4 – metafora B. 1-sinekdoxa, 2-
metonimiya, 3,4-metafora C. 1-metonimiya, 2,3,4-metafora D. 1,4-
sinekdoxa, 2,3-metafora. 
145. Katta daryo, katta olim kabi birikmalardagi katta so‘zi ma’nosiga 
ko‘ra qanday so‘z? 
A) shakldosh B) ma’nodosh C) zid so‘z D) ko‘p ma’noli so‘z 
146. Quyidagi uch fikrdan qaysi biri noto‘g‘ri? 1. Bir necha so‘z 
turkumiga oid so‘zlar o‘zaro ma’nodosh bo‘lishi mumkin. 2. Bir necha 


226 
so‘z turkumiga oid so‘zlar o‘zaro zid so‘z bo‘lishi mumkin. 3. Bir necha 
so‘z turkumiga oid so‘zlar o‘zaro paronim bo‘lishi mumkin. 
A) 1, 2, 3 B) 2 C) 3 D) 1, 2 
147. Turli so‘z turkumlariga oid so‘zlar o‘zaro ma’nosiga ko‘ra 
qanday munosabatda bo‘lishi mumkin? 
A) ma’nodoshlik munosabatida B) shakldoshlik munosabatida 
C) paronimlik munosabatida D) shakldoshlik va paronimlik 
munosabatida 
148. Qaysi qatordagi so‘zlar o‘zaro 
ma’nodosh (sinonim) 
hisoblanmaydi? 
A) puxta, pishiq, chidamli B) rost, chin, haqqoniy, ochiq 
C) sabil, ordona, zormanda D) makr, firib, xiyla 
149. Qaysi tasviriy ifodalar muqobili noto‘g‘ri berilgan? 
A) kumush tola – paxta B) mo‘yqalam ustasi - rassom 
C) so‘z san’atkori – yozuvchi D) barcha tasviriy ifodalar muqobili 
to‘g‘ri berilgan. 
150. Qaysi turg‘un birikma iqror bo‘lmoq ma’nosini anglatadi? 
A) zimmasiga olmoq B)yelkasiga olmoq 
C) bo‘yniga olmoq D) qo‘lga olmoq 
151. "Po‘stagini qoqmoq" iborasining sinonimini belgilang. 
A) qattiq jazolamoq B) ayovsiz tanqid qilmoq 
C) ozor yetkazmoq D) talabchan bo‘lmoq 
152. Soyaga qarab to‘n bichma maqolidagi to‘n bichmoq iborasining 
ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan? 
A) rag‘batlantirmaslik B) andaza olmoq 
C) baho bermoq D) xato ish qilmoq 
153. Baland oxurdan yem yemoq iborasining ma’nosi qaysi javobda 
to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 
A) boquvi zo‘r bo‘lmoq B) o‘ta takabbur bo‘lmoq 
C) hayot darajasi, maishati yuqori bo‘lmoq D) katta maqsad sari 
intilmoq 
154. Dong qotmoq iborasining ma’nolari qaysi javobda keltirilgan? 
A) karaxt bo‘lib qolmoq, juda qattiq uxlamoq 
B) og‘zi ochilib qolmoq, erta tura olmaslik 
C) qoyil qolmoq, o‘ta ajablanmoq 
D) barcha javoblar to`g’ri 
155. Qaysi iboralar og‘ziga tolqon solmoq iborasi bilan mazmunan 
yaqin? 1) mum tishlamoq; 2) lom-mim demaslik; 3) og‘ziga qoqmoq; 4) 
og‘ziga qatiq ivitmoq; 5) og‘izga olmaslik; 6) damini chiqarmaslik 
A) 1, 2, 6 B) 1, 2, 4, 6 


227 
C) 1, 2, 5, 6 D) 1, 2, 3, 6 
156. Berilgan qaysi ibora bezovta so‘zining antonimi (zidi) bilan 
ma’nodosh (sinonim) bo‘la oladi? 
A) ko‘zi och B) qo‘li ochiq C) ko‘ngli to`q D) cho‘ntagi 
baquvvat 
157. Qaysi gapda tepmoq so‘zining ko‘chma ma’nosi mavjud? 
A) Loyni pishitish uchun uni obdon tepish kerak. 
B) Murod eshikni tepib ochib, jahl bilan chiqib ketdi. 
C) Bu miltiq qattiq tepar ekan. 
D) Ona bolasining yuziga tepib chiqqan iztirobni yaqqol ko‘rib 
turardi. 
158. Ibora qaysi gapda ishtirok etgan? 
A) It bolaning barmog‘ini tishlab olibdi. 
B) Otaxonning avaylab olib ketayotgan tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib 
ketdi. 
C) Hammamiz bir yoqadan bosh chiqaraylik. 
D) Qizcha oyisining etagidan ushlab borar edi. 
159. Qaysi gapda frazeologik birlik qo‘llangan? 
A) Pastak eshikdan o‘tish uchun boshini bukdi. 
B) Eshik oldidagi yelvizakdan boshi og‘ridi. 
C) Boshi shuncha mashmashalardan g‘ovlab ketdi. 
D) Ikki kunlik bosh og‘rig‘idan keyin rangi sarg‘aygan edi. 
160. Qaysi gapda frazeologik birlik (ibora) qo‘llangan? 
A) Osmonda po‘lat qushlar parvoz etadi. 
B) U ilm o‘chog‘idan chiqib kelardi. 
C) Ko‘kning fonari o‘chmasdi. 
D) Karima imtihondan dili siyoh bo‘lib qaytdi. 
161.Tarmoq lug‘atlarni aniqlang.
A. qomusiy lug‘atlar, lingvistik lug‘atlar B. kasb hunarga doir 
lug‘atlar, atama lug‘ati C. Navoiy asarlari lug‘ati, imlo lug‘ati D. 
Lug‘atning bunday turi mavjud emas. 
162. Uslubiy xoslangan so‘zlar qaysi javobda qayd etilgan? 
A. uglerod, valentlik, gipoteza B. hormang, boramiz, keltiring 
C. rost, kerak, ko‘cha D.mayli, mashina, aytilsin 
163. Kimki tinch yashashni istasa, pastkash odam bilan hech qachon 
do‘stlashmaydi. Ushbu gapda yasovchi qo‘shimchalar necha o‘rinda 
qo‘llangan?
A. 2 B. 3 C. 4 D. 5
164. Qaysi gapdagi yasama so‘zda yuqori tor unli sintaktik shakl 
yasovchi vazifasini bajargan?


228 
A. Kissasida yarimta o‘chirg‘ichi bilan kecha ochgan qalami bor ekan.
B. Bilimdon odamlar har yerda aziz va hurmatga sazovordirlar. C. 
Shofyorlik kursini bitirib, konda ishlay boshladim. D. Shomurod asli 
yilqichining bolasi, dehqonchilikni xushlamaydi. 
165. Quyida berilgan gapdagi bir tovushdan iborat qo‘shimchalar 
qaysi turga mansub? Bolaligini eslatadigan guvala devorlar bilan 
qurshalgan ko‘chalar, olisda sadafdek porlab turgan cho‘qqilar ko‘ngliga 
tasalli bergan-ku! 
A. lug‘aviy shakl yasovchi B. so‘z yasovchi C. sintaktik shakl 
yasovchi D. lug‘aviy va sintaktik shakl yasovchi. 
166. Millatni sevmoqlik – baxt, kurashib yashamoq – saodat.Ushbu 
gapdagi so‘z yasovchi qo‘shimcha lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchadan 
keyin kelgan so‘z tarkibida qanday til undoshi mavjud emas? A. til oldi
B. til o‘rta C. chuqur til orqa D. til orqa 
167. Berilgan qo‘shimchalarning qaysi biri omonim xarakterga ega 
bo‘lib, -chi qo‘shimchasi bilan ma’nodosh bo‘la oladi? 1.-shunos 2.-kash
3.-kor A. 1,2,3 B. 2,3 C. 1,2 D. 1,3 
168. Qaysi qatorda ikkita ko‘makchi morfema qatnashgan so‘zlar 
berilgan? 
A. qiynoq, yig‘loqi, sanog‘i B. o‘ynoqi, so‘rog‘i, suvoqchilik
C. buyrug‘ingiz, taroqchi, unumli D. yashovchi, terimchi, go‘zallik 
169. Olimlar haddan ziyod saodatga intilish saodatni qo‘lga kiritishga 
to‘sqinlik qilishini aytganlar. Ushbu gapda nechta so‘z yasovchi 
qo‘shimcha mavjud ? 
A. 3 B. 2 C. 4 D. 1
170. Qaysi javobda ko‘makchi morfemalar so‘z tarkibi tartibi 
bo‘yicha joylashmagan?
A. o‘rnashmoq B. ishchilarimiz C. suyanchig‘imni D. keltirguncha
171. Gullar ishq haqida kuylasalar, qushlar sadoqat haqida 
chug‘urlashib bahs qilishardilar, gullar Nargizga tasalli bersalar, bulbullar 
chax-chaxlab, Bamburni gullar bog‘iga chaqirardilar. Ushbu gapda nechta 
yasama fe’l ishtirok etgan? A.3 B.4 C.5 D.2
 
172. 
Tasviriy 
insholar 
o‘quvchilarning 
fikrini 
o‘stiradi, 
kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantiradi va yozma nutqni kengaytiradi. 
Ushbu gapda qaysi yasama so‘z fonetik o‘zgarishga uchragan? 
A. otdan yasalgan sifat B. fe’ldan yasalgan sifat C. sifatdan 
yasalgan fe’l D. fe’ldan yasalgan ot 
173….xushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy 
burchimizni namunali bajarib kelayotganimizga bir yil to‘lgan kunda sizni 


229 
bevosita tabrik qilishga ijozat berasiz. Ushbu gapda nechta yasama fe’l 
ishtirok etgan?
A. 1 B. 2 C. 3 D. 4 
174. Qaysi gapda ikkita affiksatsiya, bitta kompozitsiya usulida 
yasalgan fe’l bor? 
A. Biror mamlakatda jabr-zulm va fisq-fasod kuchayib ketarkan, asl 
podsholar adolat o‘rnatib, fisq-fasodni, zulmni yo‘qotishi lozim.
B. Chin do‘st uldirkim, do‘stidan hech qachon ranjimaydi, agar ranjisa 
ham uzrini qabul qiladi.
C. Podshoh fikr olsin, qaysi biri foydaliroq bo‘lsa, uni o‘z vaqtida 
ishlatsin. D. Hayotning ko‘p issiq-sovug‘ini ko‘rib, tajribamni oshirdim, 
do‘st-u dushman bilan murosa qilib yashadim. 
175. Yetakchi morfema ham, so‘z yasovchi ko‘makchi morfema ham 
omonimlik xarakteriga ega bo‘lgan yasama fe’l qatnashgan gapni aniqlang. 
A. Uning gapi og‘zida qolib, ko‘zlari xiyol kengaydi. B. Ish doirasi 
toraydi. C. Kuz kelib, kunlar qisqardi. D. Yo‘lchi quyosh va dala 
shamoli bilan bir oz qoraygan. 
176. Quyidagi gapda nechta o‘rinda sodda yasama so‘z mavjud? Mard 
bo‘lgan kishida qanoat, sabr, ezgulik, vijdon, adolat, diyonat, insof, mard 
bo‘lmagan kishilarda yolg‘izlik, yomonlik, ojizlik, makkorlik, hasad, 
adovat, tubanlik, noinsoflik kabi sifatlarni uchratish mumkin.
A. 7 ta B. 8 ta C. 6 ta D. 9 ta 
177. Qaysi so‘z tarkibida fe’l yasovchi va ot yasovchi kuzatilgan? 
A. qiynoq B. yig‘loqi C. yumaloq D. taroq 
178. Kemtik oy cho‘qqilar orasidan mo‘ralaydi. Ushbu gapdagi 
yasama so‘z haqidagi to‘g‘ri hukmni belgilang.
A. fe’ldan ot yasalgan B. fe’ldan sifat yasalgan C. ravishdan sifat 
yasalgan D. yasama so‘z mavjud emas. 
179. Quyidagi gapda sodda yasama so‘zlarning qaysi so‘z 
turkumlaridan yasalish holatiga ko‘ra ketma-ketligi to‘g‘ri keltirilgan 
javobni toping. Barchamizga ma’lumki, inson o‘zligini anglagani, nasl-
nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg‘usi ildiz 
otib ulg‘aya boradi. 1. ot 2. sifat 3. fe’l 4. olmosh
A. 4,1,3,2 B. 1,2,3,4 C. 1,3,4,2 D. 2,3,4,1
180. Ey inson, har bir so‘zni o‘ylab gapir: tiling seni yo saodatmand 
etadi, yoxud halokatga boshlaydi. Ushbu gapda so‘z yasovchi 
qo‘shimchalar yordamida yasalgan so‘zlardan nechtasining asosi bir 
bo‘g‘indan iborat?
A. 1 B. 2 C. 3 D. 4 


230 

Download 33,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish