209
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Amonov
U.
Morfemika.
Buxoro. 2008.
2. M.Hamroyev, D.Muhamedova,
D.Shodmonqulova,
X.G‘ulomova,
Sh.Yo‘ldosheva. Ona tili. Darslik.
2007-yil.
3. Hojiyev A. O‘zbek tili so‘z
yasalish tizimi. Toshkent, “O‘qituvchi”, 2007.
4. Ikromova R., Muhammedova D., Shodmonqulova D.,
Maqsudova M., G‘ulomova X. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidan ma’ruza
matnlari (morfemika, so‘z yasalishi, morfologiya). Toshkent, 2001.
5. Qilichev E. Hozirgioʻzbek adabiy tili. Buxoro, 2004.5.
Sayfullayeva R., Mengliyev B. va b. Hozirgi oʻzbek tili. Toshkent,
OʻzMU nashriyoti, 2007.
6. G‘ulomov A., Tixonov A. N., R. Qo‘ng‘urov. O’zbek tili
morfem lug‘ati. Toshkent. 1977.
7. Shoabdurahmonov Sh. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.
Toshkent, “O‘qituvchi”, 1980.
8. Энциклопедический словарь юного филолога. Москва,
«Педагогика», 1984. С. 289 - 290.
9. R. S. Ginzburg, S. S. Khidekel, G. Y. Knyazeva, A. A. Sankin.
A course in modern english lexicology. Moscow, Vysšaja škola, 1979.
P. 108 - 140.
210
Test savollari:
1.Til jamiyatda nechta vazifani bajaradi?
A) 3
B) 4
C) 5
D) 6
2. Inson va jamiyat qanday munosabatda turadi?
A) Umumiylik va xususiylik munosabatida.
B) Sabab-oqibat munosabatida.
C) Butun-boʻlak munosabatida.
D) Mohiyat va hodisa munosabatida.
3. Tilning eng muhim ijtimoiy vazifasi nima?
A) Ta’lim jarayonini shakllantirish.
B) Goʻzallik yaratish va inson qalbiga ta’sir qilish.
C) Axborotni uzatish va qabul qilish.
D) Yaxshi-yomonni farqlashga oʻrgatish.
4. Tilda argo va jargonning vujudga kelishi nima bilan bogʻliq?
A) Jamiyatning ijtimoiy qatlam, guruhlardan iboratligi bilan.
B) Axloq-odob me’yorlari bilan.
C) Irim-sirimlar bilan.
D) Savdo-sotiqda qulaylik tugʻdirish istagi bilan.
5. Til rivojlanishining ekstralingvistik omili deganda nima
tushuniladi?
A) Tilning boshqa tillar ta’sirida rivojlanishi.
B) Tilning jamiyat bilan bogʻliq rivojlanishi.
C) Tilning badiiy adabiyot bilan bogʻliq rivojlanishi.
D) Tildagi soʻzlarning koʻchma ma’noda qoʻllanishi bilan bogʻliq
rivojlanishi.
6. Tilning ma’rifiy ahamiyati nimada?
A) Badiiy adabiyot til vositasida yaratiladi.
B) Oʻtgan avlodlar tajribasi, bilimini kelgusi avlodga yetkazish.
C) Odamlarning oʻz fikrini bir-biriga yetkazishi.
D) Tafakkurni shakllantirish.
7. O‘zbek tili asosan qaysi davrdan boshlab maktablarda o‘quv fani
sifatida o‘qitila boshlandi?
A. XV asrdan
B. XVIII asrning oxirlaridan
C. XIX asrning boshlaridan
D. XX asrning boshlaridan
8. XI – XIV asrlarda xalqimiz foydalangan til qanday nomlanadi?
211
A. eski turkiy til
B. qadimgi turkiy til
C. qadimgi o‘zbek tili
D. eski o‘zbek tili
9. Qadimiy yozuvlardan bo‘lgan dulbarchin yozuvi yana qanday nom
bilan ataladi?
A. uyg‘ur yozuvi
B. O‘rxun yozuvi
C. so‘g‘d yozuvi
D. arab yozuvi
10. O‘zbek atamasi ilk bor kimning qaysi asarida tilga olingan?
A. XII asrda Rashididdinning “Mo‘g‘ullar tarixi” asarida
B. XV asrda Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida
C. XI asrda M.Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida
D. XI asrda Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida.
11. O‘zbek adabiy tilining boyishida shevalar qanday manba
hisoblanadi?
A) ichki manba
B) tashqi manba
C) shevalar adabiy tilning emas, balki o‘zbek milliy tilining ichki
manbasi hisoblanadi
D) shevalar adabiy til uchun manba bo‘la olmaydi
12. Quyidagi sinonimik qatordagi so‘zlarning qaysi biri eskirgan?
A) osmon
B) samo
C) ko‘k
D) gardun
13. Quyidagi birliklardan qaysi biri nutqqa tayyor holda olib kiriladi?
1) so‘z; 2) qo‘shma so‘z; 3) ibora; 4) birikma; 5) tasviriy ifoda; 6) gap.
A) 1,2,3,4
B) 1,2,3,4,5,6
C) 1,2,3
D) 1,2,3,5
14. Qaysi qatorda adabiy tilning yozma shakli uchun xos bo‘lgan
xususiyat noto‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A. yozma nutq kishilar orasida bevosita aloqa vositasi hisoblanadi.
B. yozma nutqda orfografik va tinish belgilariga oid qonun-qoidalarga
amal qilinadi.
C. yozma shakl og‘zaki shaklga qaraganda til taraqqiyotining keyingi
bosqichlarida joriy qilingan.
212
D. yozma shakl uchun masofa va zamonning ahamiyati yo‘q.
15. Kasb-hunar so‘zlari qaysi qatorda?
A) Tiniq ko‘kda oq bulut parchalari ko‘rindi.
B) Yosh terak va tollarning barglari shamolda tebranmoqda.
C) Shonlar, har xil siniq qoliplar, charm rezgisi, shirach kosa, mahsi
ichiga yopishtiriladigan eski lattalar va hokazo do‘konxona yuzini tutgan.
D) Deraza tokchalarida tuvaklarda gullar bor.
16. Quyidagi frazeologik birliklardan qaysisi omonimlik xususiyatiga
ega?
A) yuragiga g‘ulg‘ula tushmoq
B) og‘zi qulog‘ida bo‘lmoq
C) boshga ko‘tarmoq
D) boshida yong‘oq chaqmoq
17. O‘zbek tiliga arab tilidan o‘zlashgan so‘zlardan iborat qatorni
toping.
A) ijod, lug‘at, hikmat
B) o‘rda, kamtar, mirshab
C) maktab, pichoq, bahor
D) g‘isht, peshona, dono
18. Bugungi kunda O’rxun – Enasoy yozuvi yodgorliklarining necha
nusxasi fanga ma’lum?
A. 500 ga yaqin
B. 600 ga yaqin
C. 700 ga yaqin
D. 800 ga yaqin
19. Tilshunoslik tarixida ilk bor barcha turkiy tillarning bir necha
guruhlarini tasniflab, ular o‘rtasidagi umumiy va farqli jihatlarni aniqlagan
holda “qiyosiy-tarixiy tilshunoslik” deb nomlanuvchi yo‘nalishga asos
solgan shaxsni aniqlang.
A. Alisher Navoiy
B. Mahmud Qoshg‘ariy
C. Yusuf Xos Hojib
D. A. Fitrat
20. Eski o‘zbek adabiy tilidagi “pesha” so‘zining ma’nosini aniqlang.
A. kasb, hunar
B. sog‘lomlik
C. ayon,ravshan
D. go‘zal,latofatli
21.Til oldi unlilar berilgan javobni toping.
213
A. o, a B. o, a, u C. o, a, i D. a, e, i
22.Ochiq bo‘g‘indan birida faqat til undoshi berilgan so‘zni toping.
A. bahona B. mamnun C. vafodor D. faqat
23.
Do'stlaringiz bilan baham: |