4.2.1. Soʻz yasash yoʻllari
Leksika doimiy harakatda boʻlib, uning rivojlanishi, boyish
yoʻllari har xil. Leksika, asosan, boshqa tillardan soʻz olish va ichki
imkoniyat asosida yangi soʻz yasash bilan boyib boradi. Yangi soʻz,
odatda, tildagi bor materialdan yaratiladi. Eritma soʻzining (eri+t+ma)
materiali va modeli, vositasi avvaldan ma’lum, lekin hosil boʻlgan
soʻz yangidir.
Oʻzbek tilida soʻz yasashning bir necha usuli bor:
200
1. Semantik usul. 2. Fonetik usul. 3. Sintaktik usul. 4.
Affiksatsiya usuli. 5. Kompozitsiya usuli.
Semantik usul
Tilda bor boʻlgan soʻzning ma’nosi oʻzgarishi natijasida yangi
soʻz hosil boʻlishi semantik usul bilan soʻz yasash deyiladi: kun –
quyosh – (planeta), kun - sutkaning yorugʻ qismi, kunduzi.
Semantik usul bilan soʻz yasashga soʻz ma’nosining oʻzgarishi,
konversiya (koʻchish), polisemiya asosida omonimlarning vujudga
kelishi kiradi. Kechasi -ot (vaqt nomi); kechasi - otdan yuzaga kelgan
ravish soʻz ma’nosining oʻzgarishi), oldingilar (sifatdan otga
koʻchirish: oldingi odamlar). Tosh – jism, ot yoki biror narsaning
toshib ichidan sirtiga chiqishi -fe'l. Ich- (ichki qism) ot, ich (ichiga
yutish) -fe'l (polisemiya asosida omonim vujudga kelgan).
Fonetik usul
Tilda tovush oʻzgarishi natijasida paydo boʻlgan yangi soʻzlar
fonetik usul bilan soʻz yasash deyiladi:
1. Soʻz tarkibida fonetik oʻzgarish orqali: tun-kun, aka-uka.
2. Urgʻuning oʻrnini oʻzgartish orqali: yangi-yangi. Prof.
A.Gʻulomov "Ichki oʻzgarish yoʻli bilan soʻz yasash" (Nauchnaya
sessiya AN UzSSR, Toshkent, 1947. 338-392-betlar) maqolasida
fonetik usul bilan soʻz yasashni juda qadimgi usul deb hisoblaydi. Uni
affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan soʻz yasashdan ilgarigi hodisa
deb aytadi. A. Gʻulomov ichki oʻzgarish faqat tovushlarning
oʻzgarishi bilan emas, tovushlarning ikkilanishi, tovush tushib qolishi
va tovushlarning oʻrin almashtirishi usullari boʻlganligini aytadi va
quyidagi misollarni keltiradi: koʻz-koʻr, tosh-tesh, aka-uka, siq-suq
tovush almashish usuli; silamoq-siylamoq, oʻt-trava, oʻt-jeloch
tovushlarni choʻzish orqali soʻz yasash; qatiq-qattiq tovushlarni
ikkilantirish usuli bilan, sol-ol, togʻa-ogʻa, toshmoq-oshmoq
tovushlarning birini tushirish bilan; siq-qis, choʻk-koʻch tovushlarning
oʻrnini almashtirish va h.k.
Prof. S.Usmonov "Soʻz yasash formasi" maqolasida (Nizomiy
nomli pedinstituti asarlari, 42-tom, Toshkent, 1964, 349-b.) "Turkiy
tillarda ichki fleksiya masalasi juda munozarali" deb fonetik usul bilan
soʻz yasalishiga shubha bildiradi.
201
Do'stlaringiz bilan baham: |