ko'pincha apomorfin qo'llaniladi. Davolash usuli quyidagicha: bemorga
teri ostiga 0,25-0,3 ml yangi tayyorlangan apomorfin sulfat eritmasi
yuboriladi. Inyeksiyadan bir necha daqiqa o 'tgach, so'lak
oqishi
boshlanadi, ko'ngli ayniydi. Bemorga aroq yoki boshqa u doim iste’mol
qiladigan alkogolli ichimlik hidlab ko‘rishga beriladi. Ko'ngil aynishi
kuchayganda 30-50 g aroq ichishga beriladi, shundan so‘ng, odatda,
qusish boshlanadi. Bunday seanslar har kuni yoki kunora, eng yaxshisi
guruhli usulda o'tkaziladi. Alkogolga salbiy shartli refleks hosil
qilish
uchun, odatda, 15-20 muolaja yetarli. Keyinchalik vaqti-vaqti bilan
seanslarni ambulator sharoitda takrorlab turish tavsiya etiladi.
Shuningdek,
antabus terapiyasi usuli qo'llaniladi. Antabus, yoki teturam, og'iz orqali
ichishga 0,5-1 g dan har kuni tayinlanadi. Bemor oldindan batafsil
tekshiriladi. Antabus alkogolni organizmda kuchli hujayra zaharli moddasi
bo'lgan va og'ir psixosomatik reaksiya chaqiruvchi atsetaldegid bosqichida
parchalanishini to'xtatadi. Davolashning birinchi haftalarida bemorga 1-
2 marta alkogol-antabus sinamasi o'tkaziladi va shu maqsadda 30-50 g
aroq ichish taklif etiladi. Alkogol qabul qilinganidan 15-20 min. o'tgach,
arterial bosim ning pasayishi,
taxikardiya, yuzning giperem iyasi,
hansirash, qo'rquv hissi kabi reaksiyalar yuzaga keladi. Sinam alar
haftasiga 1-2 m arta o'tkaziladi. 2-3 ta sinam adan so'ng bem or
kasalxonadan chiqariladi va qo'llab turuvchi davolash tayinlanadi.
Antabusni kundalik qabul qilish keyinchalik
bem or qarindoshlari va
dispanser shifokori tom onidan nazorat qilinishi shart. Organizmning
alkogolga doimiy sensibilizatsiyasi va uni qabul qilish asoratlaridan
qo'rquv bem orni spirtli ichimliklar iste’mol qilishdan saqlab turadi.
Alkogolizmni davolashning barcha bosqichlarida faol tarzda psixoterapiya
o'tkazilib, uning maqsadi shaxsning hayotiy qadriyatlarga munosabatini
qayta ko'rish, yangi qiziqishlarni hosil qilishdan iborat. Shuningdek,
gipnoterapiya usuli qo'llanilib, bunda bem orgagipnoz yo'li bilan
alkogolga nisbatan jirkanish hissi ishontiriladi.
Alkogolizmli bemorlarda o'tkir va surunkali alkogol psixozlari kuzatilishi
mumkin.
Alkogol deliriysi (yoki oq alahlash) kundalik psixiatriya amaliyotida
eng ko'p uchraydi. U abstinensiya holatida, odatda, alkogol iste’mol
qilingandan 12-48 soat o'tgach rivojlanadi. Psixoz o 'tkir — kechqurun,
tungi vaqtda yoki tongga yaqin rivojlanadi. Klinikasida birinchi o'ringa
rangdor ko'ruv gallutsinatsiyalari chiqib, ong buzilishi va atrof-muhitga
mo'ljalning yo'qolishi fonida rivojlanadi. Bemor o'zini boshqa vaziyatda
ko'radi, uni qo'rqinchli
hayvonlar, odam lar, shaytonlar, fantastik
m ahluq larn ing jism lari o 'ra b oladi. G allutsin atsiyalard a
m ayda
84
hayvonlarning obrazlari, hasharotlar, kalam ushlar, ilonlar, o'rgim -
chaklar, suvaraklar, kanalar va h.k. lar ko'pincha kuzatiladi. K o‘ruv
gallutsinatsiyalari bem or uchun real jismlarning barcha xususiyatlariga
ega. Odatda, eshituv, taktil, hidlov gallutsinatsiyalari bilan birga kechadi.
Q o‘rquv va xavotir kuzatiladi. Bem or q o ‘zg‘algan, t a ’qibchilar va
qaroqchilardan qochib qutulishga harakat qiladi, himoyalanadi, berkinadi,
yiqiladi. Bu holatda u o ‘zi va
atrofdagilar uchun juda xavfli, shuning
uchun bem orni nazorat qilish, psixiatriya statsionariga jo ‘natish va
parvarishlashda bu holatlar e ’tiborga olinishi lozim. Psixopatologik
buzilishlardan tashqari, qator o ‘ziga xos somatonevrologik buzilishlar: til
v a q o ‘llarda trem or,
yuzdagiperem iya, tanaharoratining ko‘tarilishi,
taxikardiya, polinevritlar kuzatiladi. 0 ‘pka-yurak yetishmovchiligi belgilari
rivojlanishi mumkin va bu o ‘lim bilan tugashi ehtimoli bor. Oq alahlash
xuruji, odatda, 3-4 kun davom etadi va ko‘pincha uzoq davomli uyqu
bilan tugaydi. Keyinchalik psixoz davri haqida pala-partish xotiralar qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: