12.12-rasm.Yo’l profili
211
nuqtalardan qabul qilingan vertikal masshtab bo’yicha perpendikulyarlar
chiqariladi. Bu perpendikulyarlar-ning uchlari birin-ketin chiziq bilan tutashtirilsa,
profil hosil bo’ladi.
Tayanch so’zlar:
yuza, sferik yuza, meredian, proeksiya, obzor karta,
geografik karta, maxsus karta, nomenklatura, chiziqli masshtab, zona, qator,
kolonna, geodezik punktlar, oriyentirlar. matematik model, yuza, sferik yuza,
meredian,yo’l qo’yarli xato, masshtab, proeksiya, nomenklatura, chiziqli masshtab,
zona, qator, kolonna, geodezik punktlar, oriyentirlash.
Nazorat savollari:
1.Plan deb nimaga aytiladi?
2.Masshtab nechta turga bo’linadi?
3. Profil deb nima?
4. Topografik karta tarkibiga nimalar kiradi?
5. Nomenklatura nima?
212
13 - BOB. FOYDALI QAZILMA KONLARINI
O`ZLASHTIRISHNING HAMMA BOSQICHLARIDA
MARKSHEYDERLIK XIZMATINING VAZIFALARI
13.1. Kirish. Fan haqida umumiy ma’lumotlar
Marksheyderlik xizmati konlarni qazish, ularning qurilishi va ekspluatatsiya
jarayonlarida asosiy zanjir bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek marksheyderlik
xizmatisiz neft va gaz konlarini qidirish va qazish, metro va tonnel qurilishlarini
bajarishning iloji yo‘q.
Geologiya-qidiruv va kon ishlarining marksheyderlik ta’minoti deb, korxonani
marksheyderlik geometrik asos va hujjatlar bilan ta’minlashni va ulardan tog‘ kon
sanoatida injenerlik masalalarini va operativ tashkiliy ishlarni hal qilish tushuniladi.
Marksheyderlik ta’minoti zarur bo‘lgan asosiy injenerlik masalalariga
quyidagilar kiradi:
- injenerlik loyihalarini barpo qilish va ulardan ishlab chiqarishda foydalanish;
- loyiha va kon – geologik shartlariga asosan kon lahimlarini o‘tkazish va kon
ishlarini havfsizligini ta’minlash;
- kon ishlarini kundalik va kelajakka rejalashtirish;
- yer qa`ridan foydali qazilma zahiralarini to‘liq qazib olishni ta’minlash va kerakli
sifat ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan ma’danni qazishni ta’minlash uchun qazilma
boylik zahiralarini operativ hisobga olish ishlari.
“Marksheyderlik ishi” nomi nemischa “die Marksheiden Kunst” so‘zidan
olingan bo‘lib, “die mark”-chegara, oraliq, belgi, “scheiden” – aniqlash,
belgilash, farqlash, va “dei Kunst”-san’at degan ma’nolarni bildiradi. Shundan u
o’zbek tilida “chegara aniqlash san`аti” ma`nosini beradi.
XVI-asrda Germaniyada konchilik sanoati rivojlangan bir davrda
“marksheyderlik san`ati” so`zi ham paydo bo`lgan. Vaqt o`tishi bilan
“marksheyderlik ishi” va “Marksheyder” terminlari Rossiya davlatlarida ham
qo`llanila boshlagan va hozirda ham konchilik korxonalarida qo`llanilmoqda. Nemis
tiliga tarjima qiladigan bo`lsak “chegara o`rnatish san`аti” ma`nosini beradi..
Hozirgi kunda hamma konlarda marksheyderlik bo‘limlari mavjud.
213
Qazilma boylik konlarini qazishda quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin;
- qazilma boylik konlarini qidiruvi va uning alohida uchastkalarini baholash;
- konchilik korxonasini loyihalash va qurish
- qazilma boylik konlarini qazish;
- kon korxonalarini konservatsiyalash va yerlarni rekultivatsiya qilish;
Marksheyderlik xizmati qazilma boylik konlarini qidirishda qidiruv ishlari olib
borilayotgan uchastkani asos va syomka tarmoqlari bilan ta’minlaydi, yer yuzasini
kerakli masshtabda syomkalarini bajaradi, bular geometrik kartograflash va
geologiya qidiruv ishlari loyihasini tuzishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek geologiya – qidiruv loyihasida tasdiqlangan qidiruv lahimlari va
skvajinalarini loyihadan joyga ko‘chirish ishlarini bajaradi, ya’ni ularga yo‘nalish
ko‘rsatib, uzunligini, chuqurligini hisoblab beradi. Ya’ni geologlar bilan
hamkorlikda qazilma boylikni harakterlovchi grafik matireallarni tuzishda ishtirok
etadi va konlarni geometrizatsiyalash ishlarini bajaradi.
Konlarni loyihalashda marksheyderlar quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- shaxta (karyer) hududida loyihalash ishlari yordamida belgilangan tartibda konga
ajratilgan yer hududini (chegaralarini) aniqlash;
- qazilma boylik konlarini qazish uslubini aniqlash va asoslab berish, qazish
variantini aniqlash, yer ustida qurilishi kerak bo‘lgan bino va obektlarni shaxta
chegarasiga joylashtirish;
-qazilma boylikni qazish natijasida loyihalanayotgan bino va obe’ktlarga yetishi
mumkin bo‘lgan zarardan himoyalash tadbirlarini tuzish va xisoblash;
- belgilangan shaxta mayonida qazilma boylikni sanoat zahiralarini hisoblash va kon
ishlari hajmini aniqlash.
Konlarni qurishda marksheydirlar quyidagi ishlarni bajaradi:
- asosiy inshoat va kon lahimlarini loyiha chizmalarini tekshirish va ularni geometrik
elelmentlari bilan to‘g‘riligini aniqlash;
- sanoat maydonini (promplashadka) marksheyderlik geometrik asos va syomka
tarmoqlari bilan ta’minlash;
214
- inshoot va kon lahimlarining geometrik elementlarini loyihalash va joyiga
ko‘chirish;
- inshootlarni qurishda va kon lahimlarini o‘tish jarayonlarida syomkalarni
bajarish va planlarni tuzish;
- loyihaga amal qilinishini nazorat qilish;
Konlarni ekspluatatsiya qilishda marksheyderlar quyidagi ishlarni bajaradi:
-kon ishlari olib borilayotgan uchastkani asos va syomka tarmoqlari bilan ta’minlash;
- loyihaviy nuqtalarni, lahimlarni o‘rnini joyga ko‘chirish;
- konlarni yer osti uslubida qazishda gorizontal va vertikal bog‘lovchi syomkalarni
bajarish;
- yer osti konlarini, lahimlarini to‘liq syomkalarni bajarish;
- kon lahimlarida yer osti tayanch va syomka tarmoqlarini barpo qilish asosida
marksheyderlik chizmalarda kon lahimlarini to‘g‘ri tasvirlash uchun yer osti kon
lahimlarini o‘z vaqtida to‘liq marksheyderlik syomkasini bajarish;
- konlarni ochiq qazishda kon lahimlarini marksheyderlik syomkasi va hamma
texnologik jarayonlarni (parmalash, portlatish, konni ochish va qazilma boylikni
qazish) marksheyderlik ta’minlash;
Marksheyderlik ta’minlashni operativ va mohirona foydalanish natijasida
qazilma boylik konlarini qazishda zarur injenerlik masalalarini hal qilishni
ta’minlaydi.
Masalan: − kon lahimlarini loyiha asosida to‘gri o‘tkazilishini ta’minlash va
tekshirish;
− kon ishlari hajmini operativ hisobga olishni nazorat qilish
− kon korxonasida geologlar va konchi texnologlar bilan hamkorlikda qazilma
boylik zahirasini boshqarish
− zaminni muhofazalash va yer qaridan qazilma boylikni to‘liq qazib olinishning
nazorati
− yer yuzasini siljishini yer osti kon lahimlarini ta’sirida kon lahimlari va
inshoatlarini deformatsiyalarini kuzatish ishlari va shuningdek karyerlarda
pog‘onalarning mustahkamligini kuzatish;
215
− yer osti kon lahimlari ta’siridan kon lahimlarini va inshoatlarni muhofaza
qilish tadbirlarini ishlabchiqish va amalda ulardan konchi – texnologlar bilan
hamkorlikda foydalanish;
− konchi – texnologlar bilan hamkorlikda kon bosimi va dinamik jarayonlarni
kuzatish;
− kon ishlarini kundalik va perspektiv rejalashda kon – geologik sharoitlarini
bashorat qilib berish;
− olib borilayotgan ishlarni doimiy planga tushirib borish va yuqori tashkilotlarga
axborot berish;
Konlarni tugatishda marksheyderlik ishlari quyidagilardan iborat:
− kon lahimlari tugash qismiga syomkani bajaradi;
− marksheyderlik chizmalarini va koordinata hisoblash jurnallarini to‘ldiradi;
− kon maydonida yerni rekultuatsiya qilish bilan bog‘liq marksheyderlik ishlarini
tugatish;
− karyer (shaxta)ni asosiy marksheyderlik materiallarini arxivga noaniq muddatga
saqlash uchun topshiriladi.
“Marksheyderlik ishi” fanining nazariy asoslari bo‘lib fizika, matematka,
ayniqsa geometriya, matematik tahlil va ehtimollar nazariyasi hisoblanadi.
“Marksheyderlik ishi” asosan Germaniyada rivojlangan bo‘lib keyin Rossiyaga
o‘tgan. Rus olimlaridan Lomonosov M. V., A. I. Maksimovich,
M. Baxurin, P. M. Leontovskiy, P. K. Sobolevskiy, V. Yershov va boshqalar o’zbek
olimlaridan akademik Rahimov V.R. ushbu fanni rivojlantirishga katta hissa
qo‘shganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |