Ikkinchi yo„nalish ko‗proq keynschilik va institusional maktablarini qamrab oladi. Ular
ko‗proq birinchi yo‗nalishning ikkinchi «cheklangan ratsionalizm» konsepsiyasiga yaqinroq.
Ularning fikricha faqat shaxsiy foyda, naflikni haqida emas, balki o‗zini-o‗zi cheklash,
boshqalarga yaxshilik qilish maqsadida o‗z manfaatlaridan voz kechish kabi insoniy hislatlar
tufayli individning tanlovi natijasiga tub o‗zgarishlar kiritilishi mumkin.
Bu modelda jamiyat nisbatan murakkab tarkibga ega, ularni muvozanatda ushlab turish
uchun davlatning iqtisodiy munosabatlarga aralashuvi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |