2. Ma‟naviy va iqtisodiy hayot
Dunyo allomalari ichida ikkinchi muallim nomi bilan mashhur bo‗lgan buyuk ajdodimiz
Abu Nasr Forobiy, mashhur bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniylar ham fan kishilarning amaliy
ehtiyoji tufayli vujudga kelishini ta‘kidlashgan.
Shunday qilib, falsafiy, iqtisodiy fanlar bilan pedagogika fanlari kesishuvi nuqtasida ta‘lim
va tarbiyani o‗rganuvchi fan shakllandi. Jamiyat taraqqiy etishi bilan kelajakda ma‘naviy va
iqtisodiy hayot ijodkorlik uchun katta imkoniyatlar vujudga keltiradi.
Mamlakatning kelajagi bevosita yoshlar, ularga ta‘lim va tarbiya berish bilan bog‗liq. Bu
jarayonda iqtisodiy bilim va tarbiya berish muhim ahamiyatga ega, sababi, cheklangan
resurslardan samarali foydalanish aynan insonlarning iqtisodiy tafakkuriga bog‗liq bo‗lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |