O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta'lim vazirligi


Fanning vujudga kelishi, maqsadi va asosiy vazifalari



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/185
Sana30.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#93353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185
Bog'liq
iqtisodiy tarbiya nazariyasi

1. Fanning vujudga kelishi, maqsadi va asosiy vazifalari 
 
Insonlar  yashashi,  har  tomonlama  kamol  topishi uchun  turli-tuman  ehtiyojlarini  qondirishi 
shart.  Inson  ana  shu  ehtiyojlarini  qondirish,  hayot  kechirish  uchun  turli-tuman  ne‘matlarni 
yaratadi. 
Ma‘lumki,  turli-tuman  ne‘matlarni  ishlab  chiqarish  uchun  zarur  bo‗lgan  resurslar 
cheklangan.  Ayniqsa,  ularning  takror  ishlab  chiqarib  bo‗lmaydigan  qismi  -  kamyob  tabiiy 
resurslar, ulardan asrab-avaylab foydalanishni taqozo qiladi. 
Inson  obektiv  zarurat  tufayli  cheklangan  resurslardan  tejamkorlik  bilan  foydalanishning 
turli-tuman yo‗llarini topishga harakat qilgan. Resurslar cheklanganligi insonni tabiatdagi tayyor 
ne‘matlarni  o‗zlashtiruvchidan  ishlab  chiqaruvchiga  aylantirdi.  Shu  paytdan  boshlab  uning 
mehnati  sifat  jihatdan  yangi  bosqichga,  holatga  ko‗tarildi.  Mehnat  iqtisodiy  jarayonga  aylandi. 
Keyinchalik,  inson  resurslardan  samarali  foydalanishni  mulkchilik  munosabatlaridagi  tub 
o‗zgarish - xususiy mulkchilikni vujudga keltirish bilan yechdi. 
Keyingi  bosqichlarda  inson  resurslar  cheklanganligi  va  ehtiyojlarning  cheksizligi 
o‗rtasidagi  ziddiyatni  mulkchilik  shakllarining  rivojlanishi,  resurslardan  tejamli  foydalanishni 
yangi usullarini kashf qilish yo‗li bilan hal qilib keldi. 
Shunday  qilib,  jamiyat  taraqqiyotining  barcha  bosqichlarida  kamyob  tabiiy  resurslarning 
tugab  borishi,  ularni  asrab-avaylab  sarflash  uchun  qilinadigan  xarajatlarning  ham  ko‗payib 
borishi bu muammoni yanada dolzarb qilib qo‗yadi. Natijada, doimiy diqqat cheklangan resurslar 
va  imkoniyatlar  sharoitida  yaratilgan  ne‘matni,  ko‗paytirishi  uchun  ratsional
1
  xo‗jalik  yuritish 
qonunlarini  nzlashga  qaratilgan.  Bunda  iqtisodiy  tadqiqotlar  yo‗nalishi,  e‘tibor  qaratiladigan 
masalalar o‗zgargan, lekin asosiy maqsad o‗zgarmagan. 
Jamiyat  taraqqiyoti,  xo‗jalik  yuritish  shakllari  va  iqtisodiy  aloqalarning  kuchayishi, 
murakkablashuvi bilan yer yuzidagi aholining ko‗payishi bu muammoning dolzarbligini yanada 
oshirdi. 
Ikkinchi  tomondan,  inson  ne‘matlarni  yaratuvchisi  va  iste‘molchisigina  emas,  aynan  ana 
shu jarayonning barcha bosqichlarida yagona qaror qabul qiluvchi va uni amalga oshiruvchidir. 
Shuning  uchun  ham  XIX  asrning  oxiridan  boshlab  jamiyatni  ijtimoiy  tashkiliy  shakliga, 
«iqtisodiy  odam  (homo  economicus)»ning  say-harakati,  tanlovi,  subektiv  motivlarga  alohida 
diqqat qaratila boshlandi.  
Demak  insonning  qanday  qaror  qabul  qilishi  bunda  u  o‗z  manfaatlari  nuqtai  nazardan 
masalaga qanday yondashishi katta ahamiyatga ega. 
Mashhur  faylasuflardan  Demokrit  shunday  degan  ekan:  «Donishmandlikdan  quyidagi, 
o‗ziga xos uch fazilat kelib chiqadi: eng to‗g‗ri qaror qabul qilish, bexato so‗zlash, bajarish lozim 
bo‗lgan ishni ijro etish». 
                                                 
1 Rationalis (lot.) – maqsadga muvofiq, oqillik bilan. 


Resurslarni qanday ishlatish haqida inson qaror chiqarar ekan, demak, ana shu qaror to‗g‗ri 
bo‗lishi, turli variantlardan eng to‗g‗risini tanlashi lozim. Buning uchun u iqtisodiy fikrlash, aql 
bilan qaror qabul qilishni o‗rganishi zarur. 
Uchinchidan,  ana  shu  bilim,  malaka,  ko‗nikmalarni  yoshlarga  o‗rgatish  ularda  iqtisodiy 
nuqtai nazardan fikrlashni, iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash zarur. 
To‗rtinchidan,  yoshlarda  iqtisodiy  bilim,  malaka,  ko‗nikmani  shakllantiradigan, 
rivojlantiradigan ustozlar, pedagoglar zarur. 
Ana  shu  zaruriyatlar  tufayli  pedagogikada  yangi  bir  fan  Iqtisodiy  tarbiya  nazariyasi 
shakllana boshladi. 
Fanning o‗zi nima? degan savol tug‗iladi. 
Fan tushunchasiga — o‗zbek tilining izohli lug‗atida quyidagicha ta‘rif beriladi: «Tabiat va 
jamiyatning  taraqqiyot  qonuniyatlarini  ochib  beruvchi  hamda  atrofdagi  muhitga  ta‘sir 
ko‗rsatuvchi bilimlar sistemasi»
 2

Inson  paydo  bo‗libdiki,  o‗zini  qurshab  turgan  olamni,  shu  olamni  tarkibiy  qismi  bo‗lgan 
o‗zini  ham  bilishga  qiziqadi.  Shu  bilan  birga  inson  yashar  ekan,  uning  oldida  turli-tuman 
qiyinchiliklar,  to‗siqlar,  yechish  zarur  bo‗lgan  muammolar  vujudga  keladiki,  ularni  yechish 
uchun u izlanadi, mehnatini yengillatishga harakat qiladi. «Viktor Gyugoning fikricha «taraqqiyot 
tasodif  emqas,  balki  zaruratdir».  Men  bu  fikrga  to‗liq  qo‗shilaman,  hozir  rivojlanish  har  bir 
sohada  izchil  amalga  oshirilmog‗i  zarur.  Aks  holda  bu  sohalar  zamon  talabiga  javob  bera 
olmaydi»
 3

Madaniyat  beshigi  hisoblangan  Gretsiya,  qadim  Sharq,  mamlakatlarida  tabiat  va  jamiyat 
taraqqiyotini ko‗zatib, o‗rganib, uning qonunlarini ochib beruvchi kishilar, mutafakkirlar yetishib 
chiqdilar va tom ma‘nosi bilan hozirgi zamon ilmu-faniga asos soldilar. 
Ikkinchidan, fan ma‘nosida o‗zbek tilida ilm so‗zi ham ishlatiladi. Ilm atamasi keng bo‗lib, 
u fan ma‘nosidan tashqari, kishining o‗qish, o‗rganish va hayotiy tajriba orqasida orttirgan bilim, 
ma‘lumot, donish ham tushuniladi. 
Islom  Sharqida  «ilm»  tushunchasi  ham  diniy,  ham  dunyoviy  mazmun  kasb  etgan.  Lekin 
ularning albatta o‗ziga xos jihatlari mavjud. 
Har qanday fan ostida kishilarning olamni bilish uchun uni ko‗zatish, idrok qilishi jarayoni, 
uning natijasini umumlashtirish, xulosa chiqarishi  yotadi, to‗plangan bilim va tajribalar  asosida 
paydo bo‗ladi. 
 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish