Nazorat savollari
1.XVIII asrning oxiri va XIX asr boshlarida Rossiya O‘rta Osiyodan asosan
qanday mahsulotlar xarid qilgan?
2.1834-1840 yillar ichida Rossiyadan O‘rta Osiyoga kiritilgan mahsulotlarning
necha %ini tayyor mahsulot tashkil etgan?
3.Rossiya umumiy eksportining necha %ini metall va metall asboblar tashkil
qilgan?
4.Rassiya bilan Xiva xonligi o'rtasidagi savdo aloqalari asosan qaysi yo'llar orqali
amalga oshirildi?
5.Xiva hukmdorlari qozoq cho‘llarida talovchilarga, isyonchilarga nima sababdan
homiylik qildi?
6.Xiva xonligidagi tartibsizliklar haqida rus tarixchilaridan kimlar asarlar yozdi?
7.Rossiyadan yuborilgan missiyalarning asosiy vazifalari nimalardan iborat edi?
8.Rossiyada to‘qimachilik sanoati rivojlanishi nimaga bog'liq bo‘lib qoldi?
5-MАVZU. XIX-АSRNING 40-YILLАRIDА XIVА XONLIGI VА ROSSIYA
O‘RTАSIDАGI MUNOSАBАTLАRNING KESKINLАSHISHI VА XIVА—
ROSSIYA АLOQАLАRIGА DOIR BА‘ZI MАNBАLАR
Reja:
1.
XIX asrning 30-40-yillarida Xiva xonligi bilan Rossiya oʻrtasidagi
oʻzaro munosabatlarga oid baʼzi manbalar
2.
XIX asirning 30-40-yillarida Xiva xonligi bilan Rossiya oʻrtasidagi
savdo aloqalari
3.
XIX asrning 40-yillarida Xiva xonligi va Rossiya oʻrtasidagi
munosabatlarning keskinlashishi
Rossiya va O‘rta Osiyo o‘rtasidagi savdo aloqalari Rossiya sanoatining
rivojlanishi va uning xomashyo mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojining ortishi
natijasida tez sur‘atlar bilan kengayib borayotgan bo‘lsa ham, ammo Xiva
xonligining tutgan siyosati bu aloqalarnnng normal holda olib borilishiga to‘sqinlik
qilib, Rossiya hukmron doiralari orasida Xiva hukumatiga nisbatan norozilikni
kuchaytirdi. Xiva xonligiga tobe bo‘lgan ba‘zi ko‘chmanchi qabilalar bu vaqtlarda
hamon rus fuqarolarini asir etib, Urganch, Hazorasp, Xonqo shaharlarining
bozorlarida qul sifatida sotar edilar. Xiva hukumatining o‘zi esa, Rossiya
tobeligiga o‘tgan qozoqlarning ichki ishlariga aralash ish hamda savdo yo‘llaridagi
karvonlarni talash ishlariga barham berish o‘rniga, bu ishlarni hamon davom
etdirmoqd a edi.
Xiva hukmron doiralariniig Rossiyaga nisbatan tutgan mana shunday
g‘arazli munosabati Rossiya hukumatini Xiva xonligiga qarshi amaliy chora
ko‘rishga majbur etdi.
Xiva xonligi bilan bo‘lgan munosabatlarni normal holatga tushirish uchun
Rossiyaning dastlabki amaliy tadbirlaridan biri rus yarmarkalariga kelgan Xiva
savdogarlarini ushlab qolish bo‘ldi. Bu bilan Rossiya o‘z talablarinn bajarishga
Xiva xonligini majbur etishni ko‘zda tutadi.
Zalesovning yozishicha, 1836 yili immeratorning buyrug‘i bilan Rossiyada
Xiva savdogarlarn ushlab qolinadi va ularning mol-mulklari vaqtincha musodara
qilinadi. Orenburg gubernatori Perovskiy imperator nomidan Xiva xoniga xat
yozadi. Xatda undan qozoqlarning ichki ishlariga aralashmaslik. Rossiya
yarmarkalarida Xiva savdogarlari qanday imtiyozlardan foydalansalar, rus
savdogarlariga ham Xiva xonligida shunday teng huquqlik savdo imtiyozlarini
berish va Xiva xonligidagi hamma rus asirlarini tezdan bo‘shatib yuborishni talab
qiladi. U, xat oxirida, basharti bu talablar bajarilmay qolsa, Xiva xoni elchilarining
qabul qilinmasligini va Xiva hukumati bilan hech qanday muzokaralar slib
borilmasliginn bayon qildi.
Rossiya hukumatinnng Xiva savdogarlarnni ushlab qolishiga Xiva xonligi
qo‘l ostidagi ayrim amaldorlarning nojo‘ya harakatlari sabab bo‘lganligini, hatto
Xiva xoninnng saroy tarixchilari ham inkor etmaydilar. Bu voqea to‘g‘risida
Ogahiy quyidagnlarni yozadi.
«Bu voqea vuqu‘ining sababi ul ediki, necha yildan beri Xorazm shijoisi
Rusiya mamlakatining atrof va aknofidik kecha va kunduz pinxon va oshkor obru
bod yanglig‘ sayru sur‘at ko‘rguzib u saroy bepoyon va g‘anoyimi parovon dasti
tasrifiga kirguzib kelur edilar. Oqibat bu g‘ussanish Rossiya tavoyifining jonidan
o‘tib, necha vaqtlar fikri andish bo‘lub, bu dardiga chora topa olmadilar. Lojarm
o‘tgan yil Xorazmiya korvoni kim ming kishiga qarab o‘rus yurtig‘a borib erdilar,
barchasin tutdilar, tokim karvon ahlin Xorazm mamolikindagi asorat qaydig‘a
muqayind bo‘lgon o‘ruslar bilan muvoza‘a va muboya‘a qilg‘aylar».
Golosovning yozishicha, Rossiyada ushlab qolingan Xiva savdogarlari 572
kishidan iborat bo‘lib, ularning pul va moli 1. 400 000 so‘m bo‘lgan.
Xiva xonligi va Rossiya o‘rtasidagi aloqalarning keskinlashishi natijasida o‘zaro
savdo aloqalari vaqtincha to‘xtab qoladi. Garchi vaqtinchalik bo‘lsa ham Rossiya
bilan iqtisodiy aloqanipg uzilib qolishi tezda Xiva xonligining ekonomikasiga
salbiy ta‘sir qila boshlaydi. Bu vaqtlarda mamlakatda rus sanoat mollariga bo‘lgan
talab va tanqislik kuchayadn. Garchi metall va metall asboblar, charm va boshqa
xil sanoat mahsulotlari Rossiyadan Buxoro va Qo‘qon savdogarlari vositasi bilan
Xivaga keltirilgan bo‘lsa ham, ammo faqat buning o‘zigina mamlakat ichida bu
mollarga bo‘lgan talabni qondirolmas edi. Buxoro va Qo‘qon savdogarlaridan
olingan rus mollari Xiva uchun ikki baravar qimmatga tushar edi. Bundan
tashqarn, Rossiya bilan bo‘ladigan savdoning to‘xtab qolishi natijasida Xiva
xonligining o‘zida yetishtiriladigan xomashyo kasodga uchrab, uning narxi
arzonlashadi.
Bulardan ravshan ko‘rish mumkinki, Rossiya bilan aloqaning buzilishi
tufayli Xiva xonligi ikki tarafdan zarar ko‘rdi. Xiva o‘z ehtiyoji uchun zarur
bo‘lgan mollarni Rossiyadan tashqari boshqa mamlakatdan ololmas, hamda o‘z
mollarini Buxoro va Qo‘qonga olib chiqib sota
olmas edi. Chunki bu molar shu
xonliklarning o‘zlarida yetarlik edi.
Rossiya hukumati bilan bo‘lgan aloqaning kundan-kun
keskinlashib
borishidan cho‘chigan Xiva
xoni Olloqulixon Rossiya bilan aloqani qayta
o‘rnatish va u bilan yaqinlashish maqsadida 1837 yili rus asirlaridan 25 kishini
bo‘shatib, bir muncha tortiqlar bilan Orenburgga o‘z elchisini yubordi.
N.Zalesovning yozishicha, xonnnng yuborgan tortiqlarini Rossiya hukumati qabul
qilmagan va ushlab qolingan xivaliklarni bo‘shatmagan; Xiva hukumatining elchisi
Qobilniyozga Orenburgdagi xivaliklardan 5 kishini qo‘shib, Rossiya hukumatining
yuqoridagi talablarinn bajarishni yanada ta‘kiddab, Orenburgdan Xivaga qaytarib
yuborgan. Xiva hukumati bu yo‘l bilan Rossiya bilan bo‘lgan aloqani tuzata
olmaganidan va Rossiyada tutib qolingan savdogarlarini ozod qila olmaganidan
so‘ng, 1839 yili 18-sentyabrda Xiva xonligidagi rus asirlaridan yana 80 kishini
bo‘shatib, Orenburgga yuboradi.
Аmmo, ikkinchi tarafdai, xon Rossiyaga nisbatan ikkiyuzlamachilik
siyosatini yurgizib, Kaspiy dengizining atroflarida baliq ovlash bilan tinchgina kun
kechiruvchi rus fuqarolarini asir etib, qul bozorlarida sotish ishlarini avj oldiradi.
Zalesovning yozishicha, qisqa fursat ichida yana yangitdan 200 ga yaqin
ruslar asir etiladi.
XIX asrning 30-yillari davomida Rossiyaning Xiva xonligiga nisbatan tutgan
siyosati va u bilan bo‘lgan aloqalarning normal qolatini ta‘min etish uchun qilgan
amaliy harakatlari yetarli darajada natija bermadn. Masalan, Rossiya Xiva bilan
olib borgan diplomatik munosabatlarida Xiva hukumatining Qozog‘istonga
nisbatan betarafligini saqlash, savdo yo‘llarida xavfsizlikni ta‘minlash va rus
asirlarini ozod etish kabi masalalarni tinchlik, o‘zaro hamjihatlik bilan olmadi. Bu
masalalarni yechish uchun Rossiyaning dastlabki amaliy tadbirlari ham natijasiz
tugadi.
Bulardan tashqari, inglnz mustamlakachnlarining O‘rta Osiyo xonliklarida,
jumladan Xiva xonligida olib borayotgan tajovuzkorlik harakatlarining bu
vaqtlarga kelnb yanada kuchayib borishi, Rossiya hukumatini Xiva xonligiga
qarshi keskin chora ko‘rishga majbur etadi. Endilikda Rossiya hukumati Xivaga
qarshi yurishga qaror qilib, bu vazifani amalga oshirishni Orenburg gubernatori
Perovskiyga topshirdi. Shunday qilib, 1839 yil 14 noyabrda Orenburgda urushni
boshlash harakatlari haqida dekloratsiya e‘lon qilinadi.
Garchi dekloratsiyada Xiva xonligiga qo‘shin tortishdan maqsad rus
asirlarini ozod etish, savdo aloqalarini normal holatga keltirishdan iborat edi,
deyilgan bo‘lsa ham, ammo yurishdan asosiy maqsad Xivada Rossiya ta‘sirini
o‘rnatishdan iborat edi. Rus asirlarini ozod etish masalasi harbiy yurish uchun
qilingan bahona edi, xolos.
Demak, XIX asrning 30-yillari oxiriga kelib Rossiya na Xiva
munosabatlarida keskinlashuv paydo bo‘lgan, bu Xiva va Rossiya o‘rtasida harbiy
to‘qnashuviga olib kelgan edi. Xiva xonligiga general Perovskiyning qilgan harbiy
yurishi Rossiya va Xiva munosabatlari tarixida yangi etap bo‘ldi.
XIX asrning 30-40-yillarida Xiva xonligi va Rossiya o‘rtasida olib borilgan
munosabatlar, ayniqsa 1839 yilda Xivaga qarshi uyushtirilgan Perovskiyning
harbiy yurishi va uning natijalarini o‘rganishda rus harbiy mualliflarining yozib
qoldirgan asarlarn birinchi darajali manba bo‘lib xizmat qiladi.
Bu davrlarda
Xiva-Rossiya munosabatlarini o‘rganishda Ivanin, I.N.Zaxar‘in
(Yakunin) asarlari, D.Golosovning maqolasi va А.G.Serebrennikov to‘plamida
berilgan ayrim dokumentlar, Xiva tarixchisi Bayoniyning asari ayniqsa
xarakterlidir.
Perovskiy yurishining ishtirokchisi M.Ivaninning asari birinchi martaba
1863 yili «Voennny Sbornik»da ayrim tuzatish va izohlar bilan ikkinchi martaba
1874 yili Peterburgda nashr etildi. M.Ivaninning «Opisanie zimnego poxoda v
Xivu v 1839-1840 gg» nomli kitobi o‘zining to‘laligi bilan yuqoridagi
mualliflarning asarlaridan ustun turadi va ularga qaraganda ko‘proq ma‘lumot
beradi.
Ivaninning bu kitobi 8 bob, 267 betdan nborat bo‘lib, kitob oxirida ilova
berilgan. Muallif o‘z asarida Perovskiyning 1839 yilgi Xiva xonlngiga qilgan
qishki yurishi, yurishga tayyorgarlik, yurishdan maqsad, yurishning marshruti,
Orenburg bilan Xiva xonligi o‘rtasidagi cho‘llarning ahvoli, Oqbuloq istehkomida
Xiva askarlarining poruchik Yerofev otryadiga hujum, Perovskiy yurishining
muvaffaqiyatsiz tamom bo‘lishi va yurishning Rossiya bilan Xiva xonligi
o‘rtasidagi aloqasiga ta‘siri haqida ancha ma‘lumot beradi.
Ivaninning yozishicha, bu yurishdan maqsad «Osiyoniig uzoq o‘lkalarida
hayajon solish hamda rus nomiga hurmat tug‘dirish, O‘rta Osiyoga yo‘l ochish,
Rossiyaning savdo muomalalarining foydali bo‘lishini ta‘min qilish va uni
kengaytirgan, Orol havzasi bnlan tanishish, qozoqlarni itoat qilmaslikka
yo‘naltiruvchi hamda rus fuqarolarini asirlikka oluvchi, o‘z bozoriga rus
savdogarlarini kiritmovchi, hattoki Rossiyadan yuborilgan elchilarini qabul
qilmovchi - O‘rta Osiyoning Jazolari itoatsiz Xivaning adabini berib qo‘yish, rus
asirlarichi ozod etishga Xivani majbur etish va Yevropa olimlarining ko‘p
vaqtlardan beri boshlarinn qotirgan Аmudaryoni Kaspiy dengiziga yo‘naltirish
mumkin bo‘lar-bo‘lmasligi haqidagi jug‘rofiy muammoni hal qilishdan iborat
bo‘lgan».
Demak, 1839 yili Rossiya hukumatining Xiva xonligiga yurishdan maqsadi
bu xonlikni tamoman o‘ziga bo‘ysundirishdan «borat bo‘lmay, balki, M.Ivaninning
mulohazasiga ko‘ra, Xiva hukumatnning qozoqlarga nisbatan betarafligini saqlash,
o‘zaro savdo-sotiq ishlarini rivojlantirish, rus asirlarini ozod etish va Xiva
xonligida Rossiya ta‘sirini joriy qilishdan iborat bo‘lgan.
Bu masalada D.Golosov ham M. Ivaninning fikrini quvvatlaydi. Uning so‘zicha,
yurishdan maqsad qo‘shni xonliklarda Rossiya ta‘sirini o‘tkazishdan iborat bo‘lib,
Ost-Ind kompaniyasining O‘rta Osiyoda o‘rnashib qolishiga qarshi qilingai harbiy
tadbir bo‘lgan.
Muhammadyusuf Bayoniy o‘z asarida Perovskiyning 1839 yilgi Xivaga
qilgan qishki yurishi haqida juda oz ma‘lumot beradi.
General-ad‘yutant Perovskiy yurishga yaxshi tayyorlanmagan edi. Yurishni qay
vaqtda boshlash masalasi muhokama qilinganda yoqilg‘i masalasiga yaxshi e‘tibor
berilmasdan, suvni qor bilan almashtirish maqsadida yurishni 1839 yil kech kuzda
boshlashga qaror qilingan edi.
Tabiiy sharoitlarning og‘irligi va qishning odatdan tashqari shu yili qattiq
kelganligi tufayli tuyalar muzlab halok bo‘la boshladilar, otryadda kasalliklar
ko‘paydi.
Ivanin o‘zinnng yuqorida qayd etilgan asarida yozishicha, qahraton qish
mart oyiiing oxirigacha davom etgan. Rasmiy ma‘lumotlar bo‘yicha, ba‘zi
vaqtlarda kuchli bo‘ronlar bo‘lib, sovuq 15 R dan 26 R gacha yetgan. Bahor
yaqinlashishi bilan qor shu‘lasining yarqirashi va sertutun ho‘l o‘tin yoqilishi
natijasida ko‘z og‘rigi hamda singa kasalliklari ko‘paygan. 20-martda otryaddagi
doktor va fel‘dsherlar betoblanib, otryaddagi kasallarning umumiy soni 801
kishiga, 1-aprelda esa 857 kishiga yetgan. Umuman, yurish boshidagn 10.400
tuyadan 1-aprelga kelganda 1,5 mingtacha tuya qolgan.
Shunday og‘ir tabiiy sharoitlarda otryad juda katta talafotlar bilan Oqbuloq
istehkomigacha yetib keldi. Bundan so‘ng oldinga yurishdan foyda yo‘qligidan,
otryadning holgan kismini salomat saqlab qolish maqsadida general-adyutant
Perovskiy orqaga qaytishga buyruq berdi. Otryad 1840 yil aprel‘-oyida
Orenburgga yetib keldi.
Bu voqea haqida mahalliy manbalarda ham ma‘lumot beriladi. Masalan:
Muhammadyusuf Bayoniy o‘z asarida Xiva askarlarining Oqbuloh istehkomidagi
Yerofev otryadiga qilgan hujumlari haqida yozadi. Bayoniyning so‘zicha,
istehkomga hujum qilgan Xiva askarlari 8000 kishidan iborat bo‘lib,
ularga
Otamurod qushbegi boshchilik qilgan.
Bu voqea to‘g‘risida M.Ivaninning bergan ma‘lumoti Bayoniyning bergan
ma‘lumotidan ancha farq qiladi. M.Ivaninning yozishicha, istehkomga hujum
qilgan Xiva askarlari 3.000 kishiga yaqin bo‘lgan. Qal‘a ichidagi rus askarlari esa
164 kishi bo‘lgan.
Oqbuloq istehkomida Xiva askarlari ruslar bilan bir kun jang qilganlar va
katta yo‘qotishlar bilan orqaga qaytganlar.
Ivanin kitobining birinchi boblarida Perovskiynnng 1839 yilgi Xiva
xonligiga qilgan qishki yurishiga qadar umuman Xivaga va Xiva orqali o‘tgan
yurishlarga obzor beradi. U O‘rta Osiyo cho‘llarida qish faslida muvaffaqiyatln
yurish qilish mumkin emas, shuning uchun ham 1839 yilgi Perovskiyning qishki
yurishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi, degan fikrlarni rad etadi. Muallif bu
fikrlarning butunlay noto‘g‘ri ekanligini isbot qilib, mo‘g‘ullar istilosidan boshlab
to 1839 yilgi Perovskiyning qo‘shni tortishiga qadar Xivaga qilingan yoki Xiva|
orqali o‘tgan qishki yurishlar; 1218 yilgi Chingizxonning yurishi, 1391 yilgi
Temurning To‘xtamishga qarshi qo‘shin tortishi, Ivan IV ning 1499 yilgi qishki
Sibirga yurishi, 1605 yilgi Ural kazaklarinnng va 1717 yildagi Bekovich-
Cherkasskiyning Xivaga yurini, nihoyat 1826 yilgi polkovnik Berg tomonidan
Orol dengiziga qilingan yurishlar ustida to‘xtab, bu yurishlarning muvaffaqiyatli
tamom bo‘lganligini aytadi. Muallif Perovskiy yurishining muvaffaqiyatsizlikka
uchrash sabablarini batafsil tahlil qiladi. Qo‘shin Orenburgdan Orol dengizining
sharhni tomoni bilan emas, balki g‘arbiy tomoni orqali olib borildi. Yurish to
boshlanguncha maxfiy tutildi, jang planlari keng muhokama qilinmadi. Urushga
tayyorgarlik ishlari, hatto cho‘l nimaligini yaxshi bilmagan Perovskiyga yaqin
bo‘lgan bir to‘da o‘zbilarman mahmadanalar, epchil fitnachilar, o‘z manfaatini
ko‘zlovchi amalparastlar qo‘liga tushib qoldi. Ish shu darajaga borib yetdiki, nam,
yaxshi qurimagach narsalarni bosib taxlash natijasida bir necha martaba yong‘in
chiqdi. Oqibatda yurish juda kech boshlandi. Аskarlarning og‘ir yurishga yaxshi
tayyorlanmagani va yurish uchun juda kam mablag‘ ajratilganligi ham qo‘shinning
muvaffaqiyatsizlikka uchrash sabablaridan biri edi.
Bu yurish haqida I.N.Zaxar‘in (Yakunin) ham o‘zining yuqorida aytib
o‘tilgan asarida 1839 yilgi qishki yurishning sababi, marshruti va muvaffaqiyatsiz
tugash sabablari haqida ma‘lumotlar beradi. Uning bergan ma‘lumotlari
M.Ivannnning bu haqda bergan ma‘lumotlaridan deyarli farq qilmaydi.
Ivanin
o‘z
asarida
1839-40
yillarda
Perovskiy
qo‘shinining
muvaffaqiyatsizlikka uchrashi haqida ma‘lumot berish bilan birga, yurish
natijasida Xiva xonligining Rossiyaga nnsbatan tutgan siyosati yaxshi tomonga
o‘zgargani, savdo aloqalarn rivojlanib, savdo yo‘llari tinchlanganini ko‘rsatadi.
Ivaninning so‘zicha, urush munosabati bilan Xivaning Rossiya bilan savdo
aloqalari to‘xtab qolgan. Mamlakat ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan rus mollari
Buxoro, Qo‘qon savdogarlari orqali olinishi ikki baravar qimmatga tushgan. Аyni
vaqtda, Xiva xonligining o‘zida yetishtiriladngan mollarning bahosi ikki baravar
arzonlash gan.
Ivanin so‘zining to‘g‘riligini 1836 yili Urganchda bo‘l-gan bir buxorolikning
bergan ma‘lumoti ham tasdiqlaydi.
Masalan, 1836 yili Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning
keskinlashgan davrida Xiva xonligida Rossiya mollaridan charmning narxi 130
so‘mdan 270 so‘mga, bir pud simob 12 so‘mdan 40 so‘mga, zunjafur 240 so‘mdan
600 so‘mga, kashinel‘ bo‘yog‘i 170 so‘mdan 600 so‘mgacha, gazlama 15 protsent
xomashyo mollari 90 protsent qimmatlashgan. Xivannng o‘zida yetishtiriladigan
mollardan paxta 50 protsent arzonlashgan.
Bu misoldan ochiq va ravshan ko‘rinadiki, Xiva hukumati Rossiyaga
nisbatan naqadar reaktsion siyosat yuritmasin, mamlakatning ehtiyoji uchun
Rossiya bilan aloqani yaxshilashi juda zarur edi.
Bundan tashqari, Perovskiy otryadining orqaga qaytib ketishiga qaramay, Xiva
xonligida, go‘yo ruslar yangitdan urushga tayyorlanayotgan emishlar, degan mish-
mishlar tarqaladi. Bundan qo‘rqqan Xiva xoni Olloquli Rossiya davlati bilan
aloqani yaxshilash yo‘llarini qidira boshlaydi va bu ishga Аitovni vositachi
qilmoqchi bo‘ladi.
Ivaninning yozishicha, Xivada Аitovga nisbatan juda yomon muomalada
bo‘lishgan. Uni xuddi asirdek saqlaganlar. Аitov har minutda o‘lim xavfi ostida
bo‘lgan. Biroq, endi Rossiya bilan aloqani tuzatish zarurligini payqagan Xiva xoni
bu ishga Аitovni vositachi qilmoqchi bo‘lib, u bilan xuddi mehmonlardek
muomalada bo‘lgan va Rossiya bilan kelishish uchun undan maslahatlar so‘ragan.
Xon Аitovning maslahati bilan rus asirlarini ozod qil-moqchi bo‘lgan va birinchi
navbatda o‘z qo‘lidagi asirlarni ozod etib, boshqalarning ham rus asirlarini ozod
qilishlari haqi-da buyruq bergan. Olloqulixon 1840 yil 18 iyulda Rossiya yerlariga
bostirib kirmaslik, ruslarni asir etib sotish, shuningdek asir qilingan ruslarni sotib
olishni man‘ qilib farmon chiqargan.
Ivaninning yozishicha. «Xiva xonligidagi rus asirlarini ozod qilish ishlari
tamom bo‘lgandan so‘ng, xon asirlarnnng har bittasiga bittadan tillo (bir Xiva
tillosi kumush hisobi bilan 4 so‘mga yaqin bo‘lgan), bir qopdan un, ikki kishiga
bittadan tuya berib, Аitov boshliq 416 kishini Orenburgga yuborgan. Аitov
Xivadan ketish oldida xon bilan uchrashgan vaqtda unga xon... asirlarni ozod qilish
bilan chegaralanib qolmay, balki Rossiya hukumatining hamma talablarini
bajarishga tayyor ekanligini bildirgan».
Ivanin o‘z asarida Xivadagi rus asirlarini ozod etish, Xiva xonligining
Rossiya bilan yaqinlashishi, Rossiya haqqoniy talablarining ro‘yobga chiqa borishi
inglizlardan Аbbot va Shekspirnnng Xiva xonligiga kelishiga sabab bo‘lgan, deb
to‘g‘ri yozadi. Xiva hukumati Аngliya ta‘siriga tushib qolishdash qo‘rqib, rus
asirlarini ozod qilish ishlarini tezlashtnrgan bo‘lsa ajab emas. Chunki biz yuqorida
bu vaqtlarda ingliz istilochilarining O‘rta Osiyoda, shu jumladan, Xiva xonligida
tajovuzkorlik ishlari fosh etilishi haqida so‘zlaganimizda, yuqoridagi ikki
josusning Xiva xonligiga kelishdan nima maqsad va qanday muddaoda
bo‘lganliklarini birinchi darajali manbalar asosida so‘zlab o‘tgan edik.
I.N.Zaxar‘in o‘zining yuqorida aytib o‘tilgan asarida Xiva xonligidagi rus
asirlarining ozod etilishi haqida so‘zlar ekan, bu masalaga butunlay boshqacha
qaraydi.
Uning so‘zicha, garchi Perovskiy yurishi muvaffaqiyatsizlikka uchragan
bo‘lsa ham, u yaxshi natija bergan. Zaxar‘inning so‘zicha,... Hirotdagi inglizlar
Perovskiyning yurishi Orol dengizini tekshirish uchun yuborilgan ekspeditsiya
bo‘lmasdan, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xivaga qilingan yurish ekanliginn ishonchli
manbalar orqali bilib, Xivaga kelganlar. Ular Xiva xoni Olloqulnxonni rus savdo
karvonlarini talashni man‘ etish, Rossiya bilan to‘g‘ri savdo aloqasini olib borish
va Xiva xonligidagi rus asirlarini ozod etishga ko‘ndirganlar. Bu inglizlar xonlikda
yashayotgan rus asirlarini ozod qilish uchun Xiva xoni Ollohuliga o‘z oltinlarini
to‘laganlar va ozod qilingan rus asirlarining Orenburgga yetib borishi uchun zarur
bo‘lgan yo‘l harajatlarini o‘z ustlariga olganlar.
N.Zaxar‘inning bu ma‘lumoti, bizning fikrimizcha, haqiqatdan juda yiroqdir.
Chunki, Xiva xonligidagi rus asirlarining ozod etilishi hech qachon Hirotdan
kelgan ingliz agentlari Аbbot va Shekspirning faoliyatlariga va Xiva bilan Rossiya
o‘rtasida «vositachi» bo‘lishlariga bog‘liq emas edi. Shuningdek, Аbbot bilan
Shekspir Xivadagi rus asirlarini ozod etish masalasida xon bilan muzokaralar olib
bordilar, degan fikri ham mutlaqo noto‘g‘ri.
Bu ikki ingliz ageptining rus asirlarini ozod etuvchi shaxslar ekanligi bo‘htondan
boshqa narsa emas. Ular o‘zlarining agressiv muddaolarinn Xivadagi rus asirlarini
«ozod qilish», Xiva bilan Rossiyani «kelishtiruvchilik» niqobi bilan yashirmoqchi
bo‘lganlar, xolos.
Xiva xonligidagi rus asirlarini ozod qilish masalasida inglizlarning
bunchalik «jonkuyarlik» qilganliklaridan maqsad rus asirlarini qutqarish bahonasi
bilan Rossiyaning ikkinchi martaba Xivaga qo‘shin tortishining oldini olish, O‘rta
Osiyodan Rossiyaning diqqatini tortish va piravardida Аngliyaning Xiva xonligiga
suqilib kirishiga yo‘l ochish, uni o‘z ta‘siriga tortish va O‘rta Osiyoda Аngliya
hukmronligini o‘rnatishdan iborat edi.
Rus asirlarini ozod qilish sabablari, Xiva xonligining iqtisodiy sohadagi
ehtiyojini qondirish uchun Rossiya bilan aloqani tuzatishga majbur bo‘lganligida
edi. Bundan tashqari, Perovskiy yurishi muvaffaqiyatsiz tamom bo‘lganligiga
qaramay, ruslar yana yangitdan Xivaga yurishga tayyorlanayotgan emishlar, degan
turli mish-mishlar tarqalgan va Olloqulixon bundan juda qo‘rqqan edi.
N.Veselovskiyning yozishicha, Olloqulixon Xiva shahrining atrofini devor bilan
o‘ratgan.
Xiva xonligidagi rus asirlari ozod qilingandan so‘ng, 1836 yili Rossiyada
ushlanib qolingan Xiva savdogarlarining mol-mulklari qaytib berilib, ular o‘z
vatanlariga yuboriladi.
А.Ivanin yozishicha, ozod qilingan Xiva savdogarlari bilan birga Xivaga bir
necha rus savdogarlari ham yuborilgan. Savdogar Zaychikovning bir o‘zi Xivaga
60 000 so‘mlik mol yuborgan. Rus savdogarlari xivaliklar tomonidan juda yaxshi
kutib olingan.
Ivanin
Xivaga
qo‘shin
tortilnshi
natijasida
qozoq
qabilalarining
tinchlanganligini, qozoq yo‘llari orqali Buxoro va Xiva xonliklari bilan o‘tadigan
Rossiya o‘rtasidagi savdo yo‘llarining tinchlanganliginn, bu, o‘z navbatida,
savdoning o‘sishiga, mollarning arzonlashishiga olib kelganligini aytadi.
«Oldingi vaqtlarda Osiyo savdogarlari yo‘ldagi qaroqchilardan qo‘rqib, hamma
vaqt katta karvonlar bilan yo‘lga chiqqanlar. Katta karvonlarni yig‘ib o‘ltirishga
juda ko‘p vaqt lozim bo‘lib, mollar turib qolgan. Buning natijasida kuchsiz tuyalar
bilan yo‘lga chiqqan savdogarlar karvonlardan orqada qolib qaroqchilarga talanish
xavfidan qo‘rqib, yo‘lda mollarini zarariga sotganlar. Yetib kelganlaridan so‘ng,
yo‘ldagi zararlarni qoplash uchun qolgan mollarnning bahosini esa, oshirib
yuborilgan».
Bundan tashqari, savdogarlar 700, 800, 1000 tuyadan iborat katta karvon
yig‘ilishipi kutmasdan, 20, 30 tuyadan iborat kichik karvonlar bilan yo‘lga chiqa
berdilar. Chunki savdogarlarga yo‘ldagi qaroqchilar tomonidan bo‘lib turadigan
hujum xavfi qolmadi. Bunday sharoitning tug‘ilishi savdoning rivojlanishiga katta
ta‘sir qildi.
Garchi Perovskiyning Xiva xonligiga 1839 yilgi qilgan qishki yurishi
muvaffaqiyatsiz tugagan bo‘lsa ham, M.Ivanii va boshqa mualliflarning bergan
ma‘lumotlariga qaraganda, bu yurishning natijasi o‘laroq ikki davlat o‘rtasidagi
aloqalar
buzilmay,
aksincha,
yaxshilanganligini
va
xususan
savdo
munosabatlarining rivojlanganligini ko‘ramiz.
Rus asirlarining ozod qilinishi munosabati bilan Xiva xoniga Rossiya
imperatorining minnatdorchiligini bildirish va Xiva hukumati bilan uzil-kesil
shartnoma tuzib, ikki o‘rtada savdo aloqasini tiklash uchun Rossiya hukumati
kapitan Nikiforov boshchiligida 1841 yili Xiva xonligiga missiya yuboradi.
Nikiforov missiyasining Xiva xonligiga kelishi va missiyaning Xivada qilgan
ishlari to‘g‘risida Nikiforovning Xivada turib ayrim kishilarga yozgan xatlaridan
tashqari biron to‘liq ma‘lumot yo‘q. Аyrim manbalarning bergan ma‘lumotlariga
qaraganda, Nikiforov Xiva xonligidai Orenburgga qaytib kelgandan so‘ng, harbiy
ministrning buyrug‘i bilan Peterburgga chaqirtirilgan. U Peterburgga ketayotganda
onasining Sizran‘ shahrining yaqinidagi mulkiga tushgan va bu yerda to‘satdan
o‘lgan.
Kapitan Nikiforovning o‘limidan so‘ng topilgan ba‘zi materiallar muallif
tomonidan hech kimga tushunarsiz belgilar bilan yozilganligi uchun undan
foydalanib bo‘lmagan.
Rossiya hukumati tomonidan Xiva xonligiga yuborilgan kapitan Nikiforov
missiyasini o‘rganishda N.Zalesov, I.N.Zaxar‘in (Yakunin) va M. Ivaninning
asarlari asosiy manba sifatida xizmat qiladi.
Rus harbiy yozuvchisi N.Zalesovning bu maqolasi 40 betdan iborat bo‘lib, muallif
uni yozishda Orenburg o‘lkasi general shtabining arxividagi kapitan Nikiforov
missiyasiga oid bo‘lgan dokumentlardan foydalangan va maqola oxirida berilgan
«ilovada bu dokumentlar keltirilgan.
Mazkur dokumentlar XIX asrning 40-yillari boshlarida Xiva xonligi bilan
Rossiya o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, unda
kapitan Nikiforov boshliq missiyaning Xiva xonligiga yuborilishi, unga
topshirilgan vazifa, missiya sostavi, Xiva xoni va uning amaldorlarining
Nikiforovga va Nikiforovning ularga nisbatan tutgan munosabatlari, xon bilan olib
borgan muzokaralari haqida ancha ma‘lumot beradilar.
Dokumentlarning ko‘rsatishicha, Nikoforovga Rossiya Tashqi Ishlar ministri
graf Nesel‘rod tomonidan topshirilgan vazifa juda muhim bo‘lgan. Bu vazifa
Rossiya tomonidan Sirdaryoning quyi qismining ishg‘ol qilninshi masalasida Xiva
xonligining betaraf turishiga, Sirdaryoning shimolidagi yerlarni va Kaspiy
dengizining sharqiy qirgog‘ini Rossiyaga qarashli deb bilishga, Xiva xonligidagi
qulchilikni tugatishga, Rossiya tobeligiga o‘tgan qozoqlarga hujum qilmaslikka va
ularning ichki idora ishlariga aralashmaslikka, xonlikdagi rus asnrla-rini o‘z
vatanlariga qaytarishga, rus savdogarlaridan olinadigan bojni kamaytirishga,
Xivada rus savdo agentini qoldirishga Xiva xonini ko‘ndirishdan iborat bo‘lgan.
Bundan tashqari, missiyaga mumkin qadar Xiva xonligida topografik va strategik
ma‘lumotlar to‘plash vazifasi topshiriladi.
Zalesovnnng yozishicha, missiya sostavi kapitan Nikiforov (missiya
boshlig‘n), Аitov, kotib, 2 fotograf, ural kazaklaridan 12 kishi, 10 qirg‘izdan iborat
bo‘lgan. Xiva xoni va uning amaldorlariga berish uchun missiya ixtiyoriga bir
qancha in‘omlar topshirilgan edi. Nikiforov bilan birga Orenburg savdogarlaridan
Deev va 1840 yili ozod etilgan rus asirlari bilan birga Rossiyaga yuborilgan Xiva
xonining elchisi Rais Otaniyozxo‘ja Mufti ham Xivaga keladi.
Dokumentlarning ko‘rsatishicha, missiyani Xivaga faxriy qorovul sifatida Xiva va
turkmanlardan iborat qurolli otliqlar kuzatib kelganlar va butun aholi yashaydngan
joylarda xon tomonidan yuborilgan amaldorlar missiyani kutib olib, unga nisbatan
yaxshi munosabatda bo‘lganlar.
Zalesovning yozishicha, 11-avgustda xon Nikiforovni qabul qilgan. Qabul
marosimida mehtar, devonbegi, qushbegi, Xudash mahram, Otaniyoz va xonning
amaldorlaridan ikki kishi qatnashgan.
Qabul vaqtida odatdagi marosimdan keyin, elchi mehtar orqali xonga oliy yorliq va
xatni topshirib, keltirilgan in‘omlarni taqdim qilgan. So‘ngra Nikiforov nima
maqsadda kelganligini bildirib, agar Xiva xoni Rossiya davlati bilan do‘stona
munosabatlarda bo‘lib, do‘stlik tartib qoidalariga rioya qilsa, ikki davlat o‘rtasidagi
savdo aloqasini taraqqiy etdirish tarafdori bo‘lsa, u vaqtda Rossiya hukumati Xiva
xonligi bilan chin ko‘ngildan do‘stona aloqada bo‘lishga intilishini, Rossiyaning
Xivani bosib olish haqida g‘araz fikri yo‘qligini va xonni imperator o‘z himoyasiga
olajakligini aytgan.
Olloqulixon elchiga o‘z mnnnatdorchiligini bildirib, unga qay vaqtda
uchrashishni lozim topsa, bu haqda faqat mehtarni ogohlantirib, shu kuni uchrasha
olishligini bildirady va o‘zining amaldorlarini chaqirib, ularga elchiga nisbatan
hurmat va yaxshi munosabatlarda bo‘lishni tayinlaydn. Shu bilan qabul marosimi
tamom bo‘lgan.
Ikkinchi uchrashuv 13-avgustda bo‘lgan. Bu uchrashuvda xon elchiga
Аngliya bilan Rossiyaning munosabatlari va Аngliya bilan Xitoy o‘rtasidagi urush
to‘g‘risida savollar bergan.
Dokumentlarning ko‘rsatishicha, Nikiforov xon bnlan qariyb bir onga qadar
muzokara olib borgan va u bilan bir necha martaba uchrashgan. Elchining xon
tomonidan yaxshi kutib olinishiga qaramay, muzokaralar davomida xon
Nnkiforovga yon bermagan va yuqoridagi Rossiya hukumatining talablarini
bajarishni rad qilgan. Xon faqat Rossiyaning savdo agenti sifatida Аitovning
Xivada qolishiga rozi bo‘lsa ham, Nikiforov Xivadan ketganidan so‘ng, xonning
buyrug‘n bilan mehtar Аntovni Xivadan jo‘natib yuborgan.
N.Zalesov o‘zining yuqorida aytib o‘tilgan maqolasida Nikiforov missiyasi
haqida to‘xtab, missiyannng Xivada yaxshi kutib olinganligini, garchi ikki davlat
o‘rtasidagi ixtilofli masalalar hal etilmay, Nikiforov bu masalalar ustida xon bilan
olib borgan muzokaralarida hech qanday natijaga erisha olmasa-da, elchining
Xivadan to‘la hurmat bnlan kuzatilganini aytadi.
Missiya Xivadan jo‘nash oldida Xiva hukumati tomonidan Nikifirovga
arg‘imoq, zarvoq chopon va 200 tillo, Аitovga arg‘imoq, zarvoq chopon, 150 tillo,
boshqalarning unvon va mansablariga qarab, chopon, pul berilgan. Missiyaning
yo‘ldagi ehtiyojlari uchun 1037 tillo yoki 14000 so‘m assignatsiya bilan pul
berilgan.
Shunday qilib, 27-oktyabrda Nikiforov va xon tomonidan tayinlangan Xiva
elchisi Ishboy Boboev hamda ozod etilgan rus asirlaridan 7 kishi Xiva xonligidan
chiqib, Ust-Urt‘ orqali 32 kundan so‘ng, 2 dekabrda Saranchikovskiy qal‘asiga
yetib keldilar. Kapitan Nikiforov missiyasi haqida ma‘lumot beruvchi ikkinchi
manba I. N. Zaxar‘in (Yakunin) asaridir.
Muallif o‘z asarini yozishda, uning o‘z so‘zicha, Orenburgda yashagan
podpolkovnik G.N.Zeleninning Nikiforov missiyasi haqida yozib holdirgan
materiallaridan, hamda shu missiya hayatida qatnashgan ikkita kazakning og‘zaki
bergan ma‘lumotlaridan foydalangan.
N.Zaxar‘in o‘z kitobida kapitan Nikiforovga topshirilgan vazifa va unga
berilgan instruktsiya hahida hech narsa yozmaydi.
Kapitan Nikiforov missiyasining muvaffaqiyatsizlikka uchrashi sababini
I.N.Zaxar‘in o‘zining yuqoridagi kitobida missiya hayatida topograf vazifasida
xizmat qilgan Petrov va Chelepanovlarning ma‘lumotlariga asoslanib, go‘yo
Nikiforovning Xiva ministrlari bilan birinchi uchrashishdayoq qo‘pol muomalada
bo‘lib, ularga tarjimon orqali quyidagi so‘zni aytganida deydi:
«Siz Rossiya davlatiga xuddi ko‘ynak badanga yopishgandek yopishib
olishingiz kerak, chunki Rossiya shunday ulug‘ davlatdirki, agar u sizning
ustingizga yiqilsa, go‘yo mening etigim yo‘ldagi hasharotlarni ezgandek, sizlarni
majaqlab yuboradi».
Nikiforov missiyasi haqida M.Ivanin juda oz ma‘lumot beradi. U o‘z asarida
kapitan Nikiforov missiyasining muvaffaqiyatsiz tamom bo‘lishini Nikiforovning
nihoyat darajada o‘ziga bino qo‘yganligi va Xiva ministrlari (vazirlari) bilan juda
qo‘pol munosabatda bo‘lganligida edi, deb yozadi.
Garchi har ikkala asarda ham Nikiforov missiyasining muvaffaqiyatsiz tugashiga
sabab qilib missiya boshlig‘i Nikiforov ayblansa ham, aslida missiyaning
muvaffaqiyatsiz tugashiga asosiy sabab Nikiforovning qo‘polligi yoki uning o‘ziga
bino qo‘yganligi bo‘lmay, balki Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi chegara
masalalari edi. Dokumentlarning ko‘rsatishicha, xon bilan elchi o‘rtasida
kelishmovchilikka asosiy sabab chegara masalalari bo‘lgan. Xon Sirdaryoning
shimoli va Kaspiy dengizining sharqini Rossiyaga qarashlik deb bilishga rozi
bo‘lmagan. Shuning uchun ham 1842 yili Xiva hukumati bilan Nikiforov
tomonidan olib borilgan muzokaralarni tamom qilish va Xiva xonlngi bilan uzil-
kesil sulh ahdnomasini tuzish uchun G.I.Danilevskiy
boshchiligida
missiya
yuborilar ekan,
Danilevskiyga
berilgan
instruktsiyada
Nikiforovning
xon
bilan
kelishmovchiligiga sabab bo‘lgan chegara masalalari haqida hech narsa
deyilmagan edi. Graf Nesel‘rod tomonidan kapitan Nikiforovga berilgan
instruktsiyada Rossiya bilan O‘rta Osiyo o‘rtasidagi savdo munosabatlari asosan
quyidagi uch sababga ko‘ra taraqqiy etmaydi, deb to‘g‘ri ko‘rsatiladi:
Qozoq cho‘llaridagi talon-tarojliklar. O‘rta Osiyo hukmdorlarining bojni cheksiz
miqdorda zo‘rlik bilan olishi, xususan, Xiva xonligi qo‘l ostidagi boj yig‘uvchi
amaldorlarning boj yig‘ish niqobi ostida o‘zlariga ma‘qul bo‘lgan mollarni zo‘rlik
bilan tortib olishlari, Rossiya savdogarlarining to‘la xavfsizlikda bo‘lmasliklari,
Rossiyada hamma yengilliklardan foydalanuvchi osiyoliklar bilan Xivaga savdo
qilish uchun kelgan rus savdogarlari teng huquqqa ega bo‘lmasliklari, ya‘ni Osiyo
savdogarlarn o‘z yurtlarida o‘z mollaridan 2,5 protsent miqdorida boj to‘laganlari
holda, rus savdogarlaridan O‘rta Osiyo mamlakatlarida 10 protsent miqdorida boj
olinnshi va uning ustiga rus savdogarlari uchun savdo qilishda qo‘rquv va xavf
bo‘lishi ikki o‘rtadagi savdoning taraqqiyotiga to‘sqinlik qilar edi.
Yuqorida Nikiforov missiyasiga oid bo‘lgan manba va dokumentlarda Rossiya
bilan Xiva xonligi O‘rtasidagi savdo va iqtisodiy aloqalar
xususida ma‘lumot
oz.
N.Zalesov va N.Zaxar‘in o‘z asarlarida Nikiforov missiyasining natijasi
sifatida Xiva xonligi haqida ko‘pgina ma‘lumot yig‘ilganligini aytadilar.
Rus manbalarining mualliflari o‘z asarlarida Rossiyadan Xiva xonligiga
yuborilgan elchi yoki missiya haqida so‘zlash bilan chegaralanmay, balki Xiva
xonligidan Rossiyaga yuborilgan elchilar haqida ham ma‘lumot berdilar. Masalan,
N.Zalesov va I.N.Zaxar‘in Rossiyaga Vansaboy boshchiligida 16 kishidan iborat
Xiva xonligining elchilari yuborilganlngini aytadilar.
10-martda Xiva elchilari Orenburg orqali Peterburgga keladilar va ularni imperator
Nikolay qabul qiladi.
Yuqoridagi mualliflarning yoznshlaricha, Xiva elchilari bilan muhim
masalalar ustida kelishish mumkin bo‘lmagan. Chunki, elchi qanday masala
bo‘lmasin bu haqda oldindan xon bilan kelishmasdan va olib boriladigan
muzokaralar haqida xonni ogohlantirmasdan bir ish qila olmasliginn ma‘lum
qilgan. Shuningdek, Rossiya
hukumati shartnoma
loyihasini
Xivaga yuborishni ma‘qul ko‘rmagan. Chunki, Xivadan tezda javob olish mumkin
bo‘lmaganligi sababli elchilarni Peterburgda tutib o‘tirish foydasiz bo‘lgan.
Shunday qilib Xiva xonligining elchilari Rossiya poytaxtida ikki oyga yaqin
bo‘lib, undagi hashamatli binolarni, kemalarni va boshqa ajoyibotlarni tamosha
qilganlar.
9 mayda Xiva elchilarn Peterburgdan jo‘nab ketganlar. Ularga Rossiya
hukumati tomonidan yo‘l xarajatlari uchun pul, bir qancha qimmatbaho in‘omlar
berilgan.
Rossiya bilan aloqa qilishga Xiva hukumatining o‘zi talabgor bo‘lgan.
I.N.Zaxar‘inning yozishicha, Xiva elchisi Nabiev Petrograddan jo‘nash oldida
Xiva hukumatining Rossiya bilan rasmiy shartnoma tuzishga talabgor ekanligini
izhor qilgandan so‘ng, Rossiya Tashqi Ishlar ministrligi Xiva hukumati bilan
tinchlik ahdi va savdo shartnomasini tuzish uchun Xivaga elchi yuborishga qaror
qilgan.
Bu vazifani bajarish, ya‘ni Nikiforov tomonidan Xiva xonligi bilan
boshlangan muzokaralarni davom etdirib, Xiva bilan tinchlik va savdo
shartnomasini tuzish Perovskiyning tavsiyasi bilan podpolkovnik Danilevskiyga
topshirilgan. Missiya safarga tayyorlaigunga qadar Xiva elchilarini Orenburgda
biroz tutib turishga qaror qilingan.
1842 yilda G.I.Danilevskiy boshchiligida Rossiyadan Xiva xonligiga
yuborilgan missiya, bu missiyaning oldiga qo‘yilgan vazifalar, missiyaning Xiva
hukumati bilan olib borgan muzokaralari, ikki o‘rtada tuzilgan shartnoma, umuman
shu davrda, ya‘ni XIX asrning 40-yillarida Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi
o‘zaro savdo va diplomatik munosabatlarni o‘rganishda А.G.Serebrennikova, N.
Zalesov, I. N. Zaxar‘in, Ivanin, G.I. Danilevskiy, T.Baziner asarlarida berilgan
ma‘lumotlar, shuningdek Xiva tarixchisi Ogahiyning asarida keltirilgan ba‘zan
xabarlar asosiy manbalardir.
Bu
dokument
va
manbalarning
ko‘rsatishicha,
G.I.Danilevskiyga
topshirilgan vazifa juda muhim va ahamiyatli bo‘lgan. Unga Xiva xoniga
topshirish uchun rus imperatorining yorlig‘i va Orenburg gubernatori
Perovskiyning xatidan tashqari, Tashqi Ishlar ministri graf Nesel‘rod tomonidan
alohida instruktsiya berilgan edi. Bu nnstruktsiyaga binoan G.I.Danilevskiy
oldidagi eng asosiy vazifalar quyidagilardan iborat edi:
a) Rossiyaning Xiva xonligiga nisbatan beg‘araz do‘st ekanligiga xonni ishontirish;
b) muzokaralar davomida chegara to‘g‘risidagi masalani ko‘tarmaslik. Аgar
muzokaralar davomida qulay fursat kelib qolsa, Rossiyaning Xiva xonlign bilan
bo‘lgan chegarasini Sirdaryo bo‘ylab, Orol dengizining shimatiy sohillari bilan
Ust-Urtgacha muqarrar qilish;
v) savdo masalasi yuzasidan muzokaralar olib borganda rus savdogarlaridan
achinadigan savdo bojini yiliga bir martaba 5 protsent miqdornda olishlikka xonni
ko‘ndirish;
g) Xivada Rossiyaning savdo agentni qatdirish, basharti Xiva hukumati bunga
ko‘nmagan taqdirda, bu agentning rus savdo karvonlari bilan vaqtincha kelib
ketishiga xonning roziligini olish;
.
d) Eron hukumatining Rossiyaga qilgan murojaatiga ko‘ra, Olloqulixonni Xiva
xonligidagi eron asirlarini ozod qilishga ko‘ndirish.
Аytib
o‘tilgan
vazifalardan
tashqari,
general-ad‘yutant
Perovskiy
G.I.Danilevskiyga Xiva xonligidagi yo‘llarning Xiva va boshqa shaharlarnnng
harbiy topografik s‘emkalarini olish to‘g‘risida maxfiy topshiriq bergan.
Zalesov o‘z asarida G.I.Dannlevskiy missiyasining sostavi, missiyaning
Xivaga yetib kelishi va Xivada iltifot bilan kutib olinganligipi tasvirlaydi.
N.Zalesovning yozishicha, missiya sostavida G.I.Danilevskny (missiya boshlig‘i),
falsafa fanlari doktori, tabiatshunos T.Baziner, tarjimon, 2 topograf va 20 kazak
bo‘lgan. Shuningdek, Xiva xoni va uning amaldorlariga topshirish uchun missiya
ixtiyoriga bir qancha in‘omlar berilgan.
Аvgustda Danilevskiy missiyasi va uning bilan birga Xiva xonligining
elchilari Orenburgdan chiqib, 30 oktyabrda Xiva xonligiga yetib keldilar.
N.Zalesovning yozishncha, G.I.Danilevskiy kelgan kunning o‘zidayoq xon bilan
uchrashish istagini bildirganda xon bunga rozi bo‘lib, o‘sha kuniyoq
G.I.Danilevskiyni qabul qilgan.
Uchrashuv vaqtida odatdagi marosimdan so‘ng, G.I.Danilevskiy mehtar orqali
xonga oliy yorliqni va xatni topshirgan. So‘ngra olib kelgan hadyalarni taqdim
qilgan. Xon bu in‘omlardan juda xursand bo‘lib, elchiga o‘z minnatdorchiligini
bildirgan va unga qaysi kuni uchrashishni ma‘qul ko‘rsa, bu haqda faqat mehtarni
ogohlantirib, shu kuni uchrasha olishligi mumkinligini aytgan.
Xonning kasalligi sababli ikkinchi uchrashuv 10 noyabrda bo‘lib, muzokara 4
soatga yaqin davom etgan. N.Zalesovning so‘zicha, Danilevskiyning takliflariga
xon e‘tiroz bildirib, tuziladigan shartnomaning har bir moddasi ikki tarafga ham
baravar bo‘lishi kerakligini qattiq talab qilgan. Shuningdek, Xivaga taklif qilingan
shartnomadagi majburiyatlarni Rossiya ham Xivaga nisbatan o‘z ustiga oladi, deb
shartnomada ko‘rsatib o‘tishni G.I.Danilevskiydan xon talab qilgan.
Muzokaralar davomida xon rus savdogarlaridan 5 protsentdan ortiq boj
olmaslikka rozi bo‘ladi. Shu bilan navbatdagi qabul marosimi tugaydi.
Qabul marosimida mehtar va Xudash mahram ishtirok etgan bo‘lsalar ham, xon
bilan G.I.Danilevskiy o‘rtasidagi muzokaralarga ular aralashmaganlar.
G.I.Danilevskiyning xon bilan bu safargi uchrashuvi oxirgi uchrashuv bo‘ldi.
Olloqulixon og‘ir kasallikdan so‘ng, 1842 yilning 23 noyabrida o‘ladi. Uning
o‘rniga o‘g‘li Rahimquli xonlik taxtiga o‘tiradi.
Dokument va manbalarnnng ko‘rsatishicha, Olloqulixonning o‘limidan so‘ng,
G.I.Danilevskiy Rahimqulixon bilan muzokaralar olib borgan. Bu muzokaralar 27
dekabrgacha davom etib, 27 dekabrda G.I.Danilevskiy Xiva xoni bilan quyidagi 9
moddadan iborat shartnoma tuzishga
muvaffaq
bo‘lgan.
Bundan so‘ng hech qachon oshkora va maxfiy suratda Rossiyaga qarshi
dushmanlik munosabatida bo‘lmaslik.
Xoh sahroda, xoh Qaspiy dengizi atroflarida bo‘lmasin talonchilik va
bosqinchilik ishlarini qilmaslik. Basharti Xiva xonligiga tobe qabilalar tomonidan
talonchilik ishlari sodir bo‘lgan taqdirda, aybdorlarga darhol jazo berib, talangan
mollarni tegishli joylarga qaytarish.
Tutib olingan ruslarni asirlikda saqlamaslik va Xiva mamlakatiga kelgan har
bir rus fuqarosining xavf-xatarlardan omon bo‘lishi va mol-mulkining bexatarligini
ta‘minlashga javobgar bo‘lish.
Аgarda Xiva xonligida rus fuqarolaridan o‘lib qolgan taqdirda, qolgan mol-
mulklarini ularning qonuniy vorislariga berish uchun rus chegara komissariga
topshirish.
Rossiyaga tobe bo‘lgan qochoq va isyonchilarni Xiva mamlakatida yashirib
turmasdan, darhol ularni rus chegara komissariga topshirish.
Rossiya savdogarlaridan Xivada yiliga bir marta, molning haqiqiy bahosidan
5 protsent miqdorida boj olish.
Rossiya savdogarlarining Sirdaryo orqali Buxoroga, shuningdek Osiyoning
boshqa mamlakatlariga olib o‘tadigan mollaridan hech qanday boj talab qilmaslik.
Osiyo mamlakatlarining Rossiya imperiyasi bilan olib boradigan karvon
savdosiga hech qanday zarar yetkazmaslik. (Ulardan zakot olish mumkin).
Umuman qudratli Rossiya imperiyasi bilan do‘stlik aloqalarini borgan sari
mustahkamlash, u bilan barcha hollarda yaxshi qo‘shnilarcha va samimiy
do‘stlarga xos muomalada bo‘lish.
I.Danilevskiy ham o‘z navbatida Rossiya hukumati nomidan quyidagi 4 ta
moddadan iborat majburiyatni o‘z ustiga oladi.
Xiva hokimlari tomonndan Rossiyaga nisbatan qilingan o‘tmishdagi
dushmanlik harakatlarini butunlay unutish.
Shu vaqtgacha xivaliklar tomonidan talangan karvonlarning zararini undirib
olmaslik.
Rossiyaga borgan Xiva fuqarolarining mutlaqo xavfsizlikda bo‘lishlarini
ta‘minlash va ularni qonuniy himoya qilish.
Rossiyada boshqa Osiyo mamlakatlarining savdogarlari qanday huquq va
imtiyozlardan foydalansalar, Xiva savdogarlariga ham Rossiyada shunday huquq
va imtiyozlar berish.
N.Zalesovning
yozishicha,
muzokaralar
davomida
Rahimqulixon
G.I.Danilevskiyning Xiva xonligidagi Eron asirlarini ozod etish haqidagi talabini
rad etgan. U faqat Mashhad hokimining avlodi Muhammadvalixonnigina
asirlikdan bo‘shatishga rozi bo‘lgan. Go‘yo Muhammadvalixonning asirlikdan
ozod etilishi, xonning so‘zicha, eronliklarning nazarida 5000 eron asirining ozod
etilishndan afzaldir. Shuningdek, xon rus savdo agentining Xivada qolishiga
mutlaqo
rozi bo‘lmagan.
Danilevskiy missiyasiga topshirilgan yana bir muhim vazifa Xiva xonligi bilan
bo‘lgan chegara masalasi bo‘lib, uni muzokara davomida qayta ko‘tarmaslik edi.
Chunki, 1841 yilda Xivaga yuborilgan Nikiforov missiyasining muvaffaqiyatsiz
tugashining asosiy sabablaridan biri mana shu chegara masalasidagi tortishuv
(kelishmovchilik) edi. Endilikda Rossiya bilan Xiva xonligi o‘rtasidagi aloqalar
yo‘lga qo‘yilib kelayotgan bir vaqtda yana bu mojaroli chegara masalasini qayta
qo‘zg‘ab o‘ltirishning hojati yo‘q edi. Chunki, agar Rossiya bu masalani
qo‘zg‘atganida, ehtimol, boshqa masalalar ham barbod bo‘lar edi. Rossiya oldidagi
eng asosiy vazifa qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, Xiva xonligi bilan yaqinlashish,
ikki o‘rtadagi aloqani yaxshi yo‘lga qo‘yishdan iborat edi. Chunki, bu vaqtda
Rossiya bilan O‘rta Osiyo, shu jumladan Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi
aloqaning ashaddiy dushmani bo‘lgan ingliz agressorlarining Xiva xonligida
aktivligi kuchayayotgan edi.
Zalesovning bergan ma‘lumotlariga ko‘ra, G.I.Danilevskiy bilan Xiva xoni
o‘rtasida olib borilgan muzokaralarda chegara masalasi to‘g‘risida ham fikr
almashuvlar bo‘lgan. Bu masala muhokama qilinganda Xiva xoni Rossiyaning
noroziligiga sabab bo‘ladigan harakatlar qilmasligini bildirgan. 30-dekabrda
Danilevskiy xon bilan yana uchrashdi. Bu uchrashuv xayrlashish uchrashuvi
bo‘ldi.
31-dekabrda Danilevskiy missiyasi hamda missiyani kuzatish va xonning
Rossiya hukumatiga minnatdorchiligini bildirish uchun Xiva xoni tomonidan
tayinlangan Muhammadamin yuzboshi boshchiligida xonlikning 12 kishidan iborat
elchilari Xiva shahridan jo‘nab ketganlar.
Danilevskny missiyasi haqida yuqoridagi manba va dokumentlarnnng bergan
ma‘lumotlari asosiy masalalarda biri ikkinchisidan juda oz farq qilsa ham, ba‘zi
mualliflar ayrim masalalarda biri ikkinchisiga zid bo‘lgan fikrlarni bayon qiladilar.
Masalan, G.I.Danilevskiy missiyasi haqida bizga xabar beruvchi ikkinchi
manba muallifi I.N.Zaxar‘in yuqorida aytib utilgan asarida, Xiva xoni va uning
amaldorlari Danilevskiyga nisbatan juda yomon munosabatda, qabih niyatda
bo‘ldilar, Sergey oqoning (Xiva xonligidagi rus asirlaridan bo‘lib, Olloqulixon
davrida to‘pchi boshi mansabini o‘tagan) so‘zicha, go‘yo xon harbiy kengashda
elchilarni bitta qo‘ymay qirib tashlash niyatida ekanligini bildirganda, bunga
Sergey oqo, mehtar va harbiy vazir qarshi bo‘lganlar, deb yozadi.
Buning ziddi o‘laroq, N.Zalesov
Danilevskiyning Xiva xonligida juda
yaxshi kutib olinganligini, xon va uning amaldorlari elchiga va umuman missiyaga
nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lganliklarini yozadi.
Yuqoridagi manba va dokumentlar Rossiyadan Xiva xonligiga kelgan missiya
haqida ma‘lumot berish bilan chegaralanmay, Xiva xonligidan Rossiyaga
yuborilgan elchilar to‘g‘risida ham ma‘lumot beradilar. U manbalarning
ko‘rsatishicha, Danilevskiy bilan birga yuborilgan Muhammadamin yuzboshi
boshchiligidagi Xiva elchilari bir qancha sovg‘a va in‘omlar bilan Orenburg orqali
Peterburgga kelganlar. Xiva elchilari Rossiya hukumati tomonidan yaxshi kutib
olinib, ularga yaxshi sovg‘a va in‘omlar berilgan.
I.Danilevskiy tomonidan Xiva xonligi bilan tuzilgan savdo shartnomasi
Rossiya bilan Xiva xonligi o‘rtasidagi savdo va iqtisodiy aloqalarning
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega edi. Yuqorida aytib o‘tilgan mualliflar o‘z
asarlarida 1842 yili Xiva xonligi bidan Rossiya o‘rtasida shartnoma tuzilgandan
so‘ng ikki o‘rtadagi savdo aloqalarining taraqqiyoti haqida juda qimmatli
ma‘lumotlar berdilar.
I.N.Zaxar‘innnng yozishicha, shartnomaga binoan Xiva xoni savdo
karvonlarini yo‘ldagi qaroqchi va alamonlar tomonndan bo‘ladigan hujumlardan
asrashni, savdo yo‘llarining xavfsizligini ta‘minlashni o‘z ustiga oladi. Bu masala
Rossiya bilan Xiva xonligi o‘rtasidagi savdoning rivojlanishida juda katta
ahamiyatga ega edi. Chunki, ikki o‘rtadagi savdoning taraqqiyotiga xalal berib
kelayotgan narsa savdo karvonlarining yo‘ldagi qaroqchilar tomonidan talanib
turishi edn. Xiva hukumati Rossiya bilan bo‘ladigan savdodan manfaatdorligi
tufayli, Xiva territoriyasida Rossiya savdogarlarini talonchilar, qaroqchilar
tomonidan bo‘ladigan hujumlardan asrashni o‘z ustiga oladi.
Savdo yo‘llarining tinchiganlngi munosabati bilan, biz yuqorida aytib
o‘tgannmizdek, savdogarlar katta karvon to‘planishini kutmasdan, 40-50 tuya bilan
yo‘lga chiqa berdilar. Bu hol ikki davlatnn bir-biriga yanada yaqinlashtirdi va
o‘zaro aloqaning kuchayishini ta‘minladi.
N.Zaxar‘in o‘z asarida Rossiya bilan Xiva xonligi o‘rtasida tuzilgan
shartnomaning ahamiyati haqida so‘zlar ekan, bu shartnomaning natijasi o‘laroq
rus savdogarlari faqat Xivadagnna emas, balki Hazorasp, Urganch, Ko‘hna
Urganch, Xonqo kabi Xiva xonligining boshqa shaharlarida ham savdo qilish
huquqiga ega bo‘lganliklarinn va rus savdogarlari o‘z mollarini Xiva xonligi
aholisining talablariga moslab keltira boshlaganlarini aytadi.
Xiva xonligi bilan tuzilgan bu shartnomadan har ikki tomon ham manfaatdor edi.
Bu shartnomaga binoan Xiva xonligining savdogarlari Rossiya yerlarida hech
handay to‘sqinliksiz savdo qilganlar. I.N.Zaxar‘inning yozishicha, Rossiya
hukumati Xiva savdogarlari uchun Orenburgda alohida karvon saroylar ajratgan.
Shartnomaning 6-moddasi ikki o‘rtadagi savdoning taraqqiyotida juda katta
ahamiyatga ega edi. 1842 yil shartnomasigacha rus savdogarlari 10 protsent
miqdorida boj to‘lar edilar. Bojning kamaytirilishi savdoning so‘nggi vaqtlarda
taraqqiy qilishiga katta yordam qildi. 1842 yilgi shartnomadan so‘nggi Xiva
hukumati rus savdogarlari keltirgan mollardan yiliga bir martaba, mazkur molning
haqiqiy bahosining 5 protsentn miqdorida boj olishga rozi bo‘ldi.
Bu haqda M. Ivanin o‘z asarida quyidagilarni yozadi.
Rus savdogarlari Rossiyadan Xivaga va Xivadan Rossiyaga keltirgan mollarining
har pudiga 1,5 so‘mdan 2 so‘mgacha kumush bilan kira haqi to‘lardilar. 1842 yilgn
shartnomadan so‘ng, kira puli 50 tiyindan 1 so‘mgacha kumush bilan olina
boshlandi.
Demak, G.I.Danilevskiy tomonidan Xiva xonligi bilan sulh va savdo
shartnomasi tuzilgandan so‘ng, kira bahosi qa-riyb ikki baravardan ko‘proq
arzonlashgan.
1842 yilgi shartnomadan so‘ng, shartnomaning birinchi davrlarida Xiva
hukumati bilan Rossiya o‘rtasndagi aloqa juda yaxshi bo‘lgan. N.Zalesovning
yozishicha, Xiva hukumati O‘rta Osiyodagi voqealardan, o‘zining g‘alabalaridan
Rossiyani xabardor qilib turgan. Xiva hukumati Rossiyadan o‘z xonligiga ikkita
to‘pchi yuborishni iltimos qilgan, Rossiya Xivaning bu iltimosidan miinatdor
bo‘lsa ham, Xiva hukumatining talabini qondirmagan.
Bizning
fikrimizcha,
Rossiya
hukumatining
Xiva
hukumati
talabini
qondirmasligiga sabab shu ediki, agar Rossiya Xivaga to‘pchilar yuborgan
taqdirda, balki Rossiyaning bu ishi Buxoro hukumatining noroziligiga sabab bo‘lar
edi. Chunki, shu davrlarda Xiva xonligi bilan Buxoro xonligi o‘rtasida urush
ketayotgan edi Rossiya hukumati Buxoro bilan bo‘lgan diplomatik aloqaning
buzilib qolmasligi andishasi bilan Xiva hukumatining talabini qondirmagan bo‘lsa
kerak.
I.Danilevskiyning Xiva xonligiga kelishini xonlikning saroy tarixchisi
Ogahiy o‘z asarida quyidagi ikki og‘iz so‘z bilan eslatib o‘tadi, xolos.
... va yana ma‘lum bo‘lsinkim, urus viloyati podishohida Danilevskiy otlig‘
bir elchi kelib oshnolig‘ va yakjihatlik binosining istehkomi uchun xon
mag‘furning mulozimati sharifin topib erdi, hazrat... anga navozishlar ko‘rguzib,
Muhammadamin yuzboshini qo‘shib, zulxijja oyining o‘nbirida panjshanba kuni
urus viloyatiga arsol qildi».
G.I.Danilevskiyning Xiva hukumati bilan olib borgan muzokaralari, Xiva
hukumatining G.I.Danilevskiyga va G.I.Danilevskiyning Xiva hukumatiga
nisbatan tutgan munosabatlari, Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasida tuzilgan
shartnoma to‘g‘risida Ogahiy hech narsa yozmaydi.
I.Danilevskiy missiyasining Xiva xonligiga yuborilishi natijasida xonlikning
asosiy kartasi, Аmudaryoning aholi yashaydigan g‘arbiy vodiysining alohida
kartasi, Xiva xonligining aholi yashaydigan qismining orografik kartasi olindi.
Xiva shahrining o‘zida taxminiy o‘lchov bilan olingan bir necha s‘yomkalar
yig‘ildi. Missiya sostavida qatnashgan topograf Zelenin Xiva shaharining planini
tuzdi.
Garchi bu ishlar harbiy maqsad bilan qilingan bo‘lsa ham Xiva xonligining
geografiyasini o‘rganishda, geografiya fanini yangi-yangi ma‘lumotlar bilan
boyitishda rus sayyohlari tomonidan fanga qo‘shilgan muhim hissa edi.
I.Danilevskny missiyasining Xiva xonligiga yuborilishi natijasida maydonga
kelgan asarlardan biri shu missiya boshlig‘i G.I.Danilevskiyning «Opisanie
Xivinskogo xanstva» nomli asaridir.
Bu asar ko‘rsatilgan davr ichida Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagn savdo
aloqalarini o‘rganishda katta ahamiyatga ega.
I.Danilevskiy tomonidan yozilgan bu asar umumiy geo-grafik va qisman
etnografik xarakterga ega bo‘lib, muallif o‘z so‘zicha, bu asarini Xiva xonligida
o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va so‘rab bilib olgan ma‘lumotlarn asosida yozgan, U o‘zi
keltirgan ma‘lumotlarning to‘g‘riligiga hech qanday shubha yo‘q, deb aytadi.
Bu asarning umumiy hajmi 78 betdan iborat bo‘lib, muallif unda Xiva
xonligining geyugrafik mavqii,chegarasi, iqlimi torografiya va gidrografiyasi,
aholisi, shahar va qishloqlari qishloq xo‘jaligi, chorvachiligi, sanoati, ichki va
tashqi savdosi, idora usuli, moliyaviy ahvoli to‘g‘risida ancha ma‘lumotlar beradi.
I.Danilevskiy bu asarni yozishda o‘zidan oldin Xiva xonligi to‘g‘risida
yozilgan asarlardan foydalangan yoki foydalanmaganligini aytmaydi. Uning bu
asari N.Murav‘evning asaridan so‘ng, Xiva xonligining tarixini o‘rganishda asosiy
manba hisoblanib, juda katta ilmiy ahamiyatga egadir.
Bizning asosiy vazifamiz Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi aloqani yoritishda
G.I.Danilevskiyning
xizmati
va
uning
yuqoridagi
asarining
qimmatini
ko‘rsatishdan iborat bo‘lganligi uchun, asosan, bu asarning shu munosabatga oid
qismi, ya‘ni Xiva xonligi bilan Rossiyaning olib borgan savdosi va bu savdoni
rivojlantirish xususida muallifning mulohazalari ustnda to‘xtab o‘tamiz.
I.Danilevskiy o‘zining asarida Xiva xonligiga kelishi va o‘ziga topshirilgan
vazifa, xon bilan olib borgan muzokaralarn, ikki o‘rtada tuzilgan shartnoma
to‘g‘risida hech narsa yozmaydn. Chunki, u vaqtda bu masalalar maxfiy tutilgan
bo‘lsa kerak. U faqat yuqorida aytganimizdek, Xiva xonliginsh tarixi va
geografiyasi haqida gapirib, qisman uning Rossiya va boshqa qo‘shni davlatlar
bilan olib borgan tashqi savdosi ustida to‘xtab o‘tadi, xolos.
Muallif Xiva xonliginnng tashqi savdosi haqida so‘zlab quyidagilarni yozadi:
«Xiva Qo‘qon xonligi, Mashhad va Hirot bilan hech qanday bevosita savdo
aloqalarini olib bormaydi. Marv orqali o‘tgan eron savdogarlarn Xiva xonligining
yerlarida to‘xtamay, to‘ppa-to‘g‘ri Buxoroga o‘tib ketadilar». Buxoro xonligi bilan
Xiva xonligi o‘rtasidagi savdo xivaliklar uchun kam foyda keltirishini, Xiva
xonligining rus sanoat mollarnga muhtojligini va Rossiya bilan bo‘ladigan savdo
aloqalaridan manfaatdor ekanliklarini aytadi.
Haqiqatan ham general-ad‘yutant Perovskiyning yurishigacha va bu yurish
vaqtlarida Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi aloqalarning keskinlashishi
munosabati bilan Xivaning rus sanoat mollariga bo‘lgan muhtojligining oshishi va
o‘zida yetishtiriladigan xomashyo mollarining narxlari pasayib ketganligini va
Rossiyadan keltiriladigan mollarning qimmatlashganligini yuqornda aytib o‘tgan
edik.
Xiva xonligi bilan Eron o‘rtasidagi savdo aloqalarining yaxshi emasligi
to‘g‘risidagi G.I.Danilevskiynnng so‘zi qisman to‘g‘ri. Eron bilan Xiva xonligi
o‘rtasidagi janubiy Turkmaniston va Xuroson yerlariga egalik qilish, u yerlarda
yashovchi turkman qabilalari ustidan hukmronlik o‘rnatish uchun doimo
xonavayronlik urushlari bo‘lib turgan. XIX asr boshida
Xiva xoni
Muhammadrahimxon I Xurosonga 5-6 marta yurish qilgan bo‘lsa, uning o‘g‘li
Olloqulixon davrida bu yurishlar deyarlik har yili bo‘lib turgan. Bu ahvol Eron
bilan Xiva xonligi o‘rtasidagi savdo aloqalarining taraqqiy etmasligiga zo‘r ta‘sir
qilgan.
Biroq, G.I.Danilevskiyning Eron bilan Xiva xonligi o‘rtasida mutlaqo savdo
aloqasi bo‘lmagan, deb yozishi butunlay to‘g‘ri bo‘lmasa kerak. Chunki, XIX
asrning 50-yillariga oid ba‘zi manbalarning xabariga qaraganda, Xiva bilan Eron
o‘rtasida garchi juda sust bo‘lsa ham, savdo aloqalarn bo‘lgan.
I.Danilevskiy o‘z asarida Xiva xonligi bilan Buxoro xonligi o‘rtasidagi
savdo munosabatlarining rivojlanmasligiga sabab qilib, ikkala xonlikda ham asosiy
yetishtiriladigan mahsulot xomashyodan iborat bo‘lgan, bu xomashyoni mahsulot
sifatida ishlab chiqarish uchun ikkala xonlikda ham fabrika va zavodlar bo‘lmagan,
shuning uchun ham u yoki bu xonlik o‘zidagi xomashyoning ko‘pligidan biri
ikkinchisiga muhtoj bo‘lmagan, deb yozadi.
Bundan tash qari, Danilevskiyning so‘zicha, xivaliklar Buxoro bilan olib
borgan savdoda olgan mollarining evaziga rus mollarini berishlari, agar ularning
qo‘llarida rus mollarn mavjud bo‘lmagan taqdirda, naqd pul to‘lashlari ksrak edi.
Yuqoridagi misollardan ravshandirki, G.I.Danilevskiy aytganidek, Xiva xonligi
uchun eng qulay va eng foydali savdo Rossiya bilan bo‘ladigan savdo edi. Rossiya
Xivani metall, cho‘yan, sanoat mollari, charm, movut, ip va ipak gazlamalar, qand
va boshqa sanoat mollari bilan ta‘minlar edi. Xiva esa, rus bozorlariga o‘zining
xomashyo va qo‘pol to‘qima mollarini chiqargan.
Muallif Xiva xonligining talovchilik siyosati va qozoq cho‘llaridagi
tartibsizlik natijasida Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi asrlardan beri davom
etib kelayotgan savdo aloqasining buzilganligini va Perovskiy yurishi davrida bu
aloqaning butunlay to‘xtab qolganligini aytadi. Xiva xonligi bilan Rossiya
o‘rtasida savdo aloqasi tiklangandan so‘ng, rus savdogarlari Xivada savdo qilish
imtiyoznni oladilar.
Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi savdo aloqalaridan xivaliklar bilan bir
qatorda rus savdogarlari ham manfaatdor bo‘lganlar.
Masalan, Danilevskiyning yozishicha, rus savdogarlari Xiva xonligidan
byaz‘, gul bosilgan bo‘z, xalat (chopon), marena (bo‘z-uchun ishlatiladigan
o‘simlik ildizi), kunjut olganlar. Xivadan 5 so‘m 50 tiyin assignatsiya bilan 2
botmon (40 kg, yoki 2 pud, 16 qadoq) kunjut olingan. Bu kunjutdan 1 pud, 8 qadoq
yog‘ chiqqan. Kunjutni cho‘l orqali Orenburgga va undan suv yo‘li bnlan 11ijniyga
keltirguncha 5 so‘m 50 tiyin assignatsiya sarf qilingan. Bundan chiqqan qora
chirog‘ yog‘ining narxi Rossiyaning ichki bozorlarida 16 so‘mdan to 20 so‘mgacha
(assignatsiya bilan) sotilgan.
Muallif Xiva xonligi bozorlaridagi mollarning asosiy qismini rus mollari
tashkil etganligini so‘zlab, Buxorodan o‘tgan ingliz mollari Xivada juda kam
bo‘lib, rus mollari bilan raqobat qila olmaganligini va ingliz mollarining narxi
qimmat bo‘lib, hatto xonlikdagi aholining yuqori tabaqasi tomonidan ham juda
kam sotib olinganligini yozadi.
Xiva xonligining tashqi savdosi asosan sartlarning qo‘llarida bo‘lganligini
G.I.Danilevskiy ham aytib o‘tadi.
G.I.Danilevskiy o‘zining Xiva bilan bo‘lgan savdo haqidagi mulohazasida
Xiva xonligi aholisining kamligi va qashshoqligi tufayli Xivada rus mollariga talab
oz, shuning uchun Rossiya savdogarlarining O‘rta Osiyo bilan bo‘lgan savdosida
Xiva u darajada katta ahamiyatga ega emas, deb qaraydi.
Dannlevskiy yuqoridagi fikrini aytar ekan, Rossiyaning O‘rta Osiyo bilan
bo‘ladigan savdosida Xiva xonligining roli masalasiga e‘tibor bermaydi. Xiva xoni
o‘zinipg geografik mavqii jihatidan Rossiyaning O‘rta Osiyo bilan bo‘lgan
savdosida birinchi o‘rinda turar edi. Rossiyadan O‘rta Osiyoga boradigan eng
qulay savdo yo‘llari Orenburg va Troitsk orqali o‘tgan edi. Semipalatinsk orqali
savdo qilish, Sibirning Rossiya savdo markazlaridan anchagina yiroqligi tufayli, u
qadar taraqqiy etmagan edi. Shuningdek, Rossiyadan Buxoroga va O‘rta Osiyoning
boshqa shaharlariga boradigan karvonlar Xivani chetlab o‘ta olmas edilar. Shunday
qilib, Xiva xonligining aholisi kam va kambag‘al bo‘lishiga qaramay, u
Rossiyaning O‘rta Osiyo bilan savdo qilishida muhim rol‘ o‘ynagan.
Muallif o‘z asarida O‘rta Osiyo bozorlari ichida eng yaqin bozor - Xiva
bozori ekanligini, Orenburgdan
Ust-Urt bo‘ylab Xiva xonligiga boradigan
yo‘lning boshqa yo‘llarga qaraganda xavfsizligini, Аstraxandan Mang‘ishloqqacha
bo‘lgan yo‘l Xiva bilan savdo qilishda eng yaqin (18-20 kunlik) va eng qulay yo‘l
ekanligini ko‘rsatib o‘tadi.
1842 yilgi shartnomadan so‘ng, Rossiyaga Xiva xonligi bilan savdo qilish
qulay va foydali bo‘lgan. G.I.Danilevskiyning yozishicha, 1842 yilgi shartnomaga
binoan rus savdogarlarining Xiva xonligida to‘laydigan bojlari Buxoro xonligida
to‘laydigan bojlariga qaraganda uch marta kam bo‘lgan. Shuningdek Xiva xalqi va
Xiva savdogarlari buxoroliklarga nisbatan rus savdogarlari bilan yaxshi
munosabatda bo‘lganlar.
I.Danilevskiy o‘zining savdo haqidagi yuqoridagi mulohazalaridan quyidagi
natijaga keladi. «Bizning Xiva xonligi bilan bo‘lgan savdomiz hozirgi sharoitda u
daraja taraqqiy qila olmaydi. Biz mollarimizni sotish uchun Buxoro xonligi bilan
bevosita aloqa qilishimiz kerak. Buning uchun Xivada rus mollarining savdo
omborini va savdo idorasini tashkil etish kerak, hamda Xivada doimiy rus savdo
agenti turishi lozim, shu vaqtdagina ikki o‘rtadagi savdo aloqalari rivojlanadi».
I.Danilevskiyning yuqoridagi mulohazasi to‘g‘ri, biroq nima uchundirki, u
Rossiya bilan Buxoro o‘rtasidagi Sibir orqali olib boriladngan savdo aloqasi
to‘g‘risida hech narsa yozmaydi. Rossiya Buxoro xonligi bilan Orenburg orqali
savdo aloqalarini olib borish bilan bir qatorda, Sibir orqali ham savdo-sotiq
ishlarini olib borar edi.
I.Danilevskiy missiyasiinng foydali natijalari sifatida maydonga kelgap
asarlardan yana biri shu missiya sostavida qatnashgan falsafa fanlari doktori,
tabiatshunos Bazinerning asaridir.
Baziner o‘z asarining birinchi bobida Orenburgdan Xiva xonligigacha olib
borgan geografik va meteorologik kuzatishlari, daryolar, ko‘llar, o‘simliklar,
shuningdek Xiva xonligidagi shaharlar: Xiva, Ko‘hna Urganch, O‘rganch, Аmbor,
Buldim-soz, Hazorasp, Xonqo, Xo‘jaeli va boshqa shaharlarni hamda bu
shaharlardagi masjid, madrasa, bozor, do‘kon va karvon saroylar haqida ancha
ma‘lumot beradi.
Ikkinchi bobda T.Baziner asosan Ust-Urt va unnng tabiiy xususiyatlari,
undagi o‘simliklar ustida so‘zlaydi. Bundan tashqari, kitob oxirida o‘simliklar
meteorologik kuzatishlarning jadvali va kartasini keltiradi.
Baziner o‘z asarida Xiva xonligining tarixiga oid ancha ma‘lumotlar beradi.
Kitobda Qo‘ng‘irot sulolasining xronologiyasi keltirilgan.
Muallif Xiva xonligining Rossiya bilan olib borgan diplomatik va savdo
aloqasi ustida ham to‘xtab o‘tadi. Biroq, uning bu haqda bergan ma‘lumotlari
G.I.Danilevskiyning shu masalalar yuzasidan bergan ma‘lumotlaridan farq
qilmaydi. Shuning uchun biz bu asar ustida ortiqcha to‘xtab o‘tirishni lozim
topmadik.
Demak, XIX asrning 30-yillarining o‘rtalari va 40-yillarning boshlarida Xiva
xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi diplomatik va savdo munosabatlarni o‘rganishda
general-ad‘yutant Perovskiyning Xiva xonligiga qilgan yurishi va bu yurish
munosabati bilan yozilgan maqola va manbalar, dokumentlar, kapitan Nikiforov va
podpolkovnik Danilevskny missiyalarn, missiya hayatida qatnashgan ba‘zi kishilar
tomonidan yozib qoldirilgan manbalar, xususan G.I.Danilsvskiy va T.Bazinerning
qayd etilgan asarlari Xiva xonligining tarixi hamda uning Rossiya bilan olib
borgan diplomatik va savdo munosabatlarini o‘rganishda katta ilmiy ahamiyatga
egadir. Bular birinchi darajali manba hisoblanadi.
Bu mualliflar o‘z asarlarida faqat Xiva xonligining tarixga va uning Rossiya
bilan olib borgan munosabatlari haqida so‘zlab qolmasdan, Аmudaryo va Sirdaryo,
Kaspiy va Orol dengizlari, shuningdek, Orenburg bilan Xiva xonligi o‘rtasidagi
qozoq cho‘llarining iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, u yerlarda yashaydigan
aholining turmushi haqida ancha ma‘lumot beradilar.
Yuqoridagi mualliflarning qaysi sinfga taalluqli bo‘lishlaridan qatiiy nazar,
ularnnng O‘rta Osiyo davlatlarnning tarixi va geografiyasiga oid to‘plagan
ma‘lumotlari va yozgan asarlari rus sharqshunosligini yangi-yangi ma‘lumotlar
bilan boyitishda, Rossiyani O‘rta Osiyo xonliklari bilan yanada yaqinlashtirshida
muhim qimmatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |