Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi



Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana12.05.2023
Hajmi1,22 Mb.
#937754
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
748e5cb8a7caee34129c7e1919ca8496 ROSSIYA VA O‘RTA OSIYO XONLIKLARI O‘RTASIDA SAVDO-DIPLOMATIK ALOQALAR

Nazorat savollari 
1. Rossiya va Buxoro o‗rtasidagi savdo aloqalari asosan qaysi yo‗llar orqali olib 
borilgan? 
2. Nima sababdan Orenburg shahri Rossiya va O‗rta Osiyo savdosida asosiy ro‘l 
o‗ynagan? 
3. Qaysi omil XVIII asr oxiriga kelib, Rossiyani O‗rta Osiyo xomashyosiga, 
jumladan paxtaga bo‗lgan ehtiyojini ortishiga sabab bo‗ladi? 
4. Orenburg general-gubernatori Baron Ingelstrom O‗rta Osiyo xonliklari bilan 
savdo munosabatlarini kengaytirish va ularni normal holda olib borish maqsadida 
qanday taklifni ilgari suradi? 
5. XIX asr boshlarida Rossiya hukumati O‗rta Osiyo savdogarlari uchun, birinchi 
navbatda, o‗zining qaysi yarmarkasini ochib beradi? 
6. XIX asr boshida Rossiya-Buxoro savdo munosabatlariga anchagina salbiy ta‗sir 
etgan voqeani ko‗rsating? 
7. 1775-yilda qaysi Buxoro elchisi Rossiya hukumatidan savdoda xavfsizlik uchun 
qozoqlarning bo‗ysundirilishini iltimos qiladi? 
8. XVIII asr oxiri-XIX asr boshlarida Buxoro amirligi va Rossiya o‗rtasidagi 
diplomatik munosabatlar nimaga qaratilgan edi? 
 
 
 
 
 


3-MАVZU. XIX АSRNING BIRINCHI CHORАGIDА BUXORO VА 
ROSSIYA MUNOSАBАTLАRIGА DOIR NАSHR ETILGАN TАRIXIY 
MАNBАLАR 
 
Reja: 
 
1.Buxoro va Rossiya munosabatiga doir yozilgan tarixiy asarlar haqida 
ma‘lumot. 
2.G. Meyendorfning ―Orenburgdan Buxoroga sayohat‖nomli asari haqida. 
3.Kaydalovning xotiralari 
XIX asrning birinchi choragida Buxoro va Rossiya munosabatlariga doir 
nashr etilgan manbalarni o‘rganishda bu ikki davlat aloqalari ishtirokchilarining 
asarlari asosiy o‘rinni tutib, ular ichida 1820 yilda А.F.Negri boshliq Rossiyadan 
Buxoroga yuborilgan 
diplomatik missiya sostavida qatnashgan G.Meyendorf, 
E.Eversman va Budrin asarlari; 1824 yilda harbiy otryad mudofaasi ostida 
Buxoroga yuborilgan savdo karvonining boshlig‘i Ye. Kaydalovning xotiranomasi 
va G.Spasskiyning asari ayniqsa xarakterlidir. Bu asarlarda XIX asrning birinchi 
choragida Buxoro va Rossiya o‘rtasida olib borilgan savdo va diplomatik 
aloqalarining umumiy holatini; o‘zaro savdoda chiqariladigan va olib kelinadigan 
mollarning turi, hajmi, narxlari va savdo oborotida ularning tutgan o‘rni hamda 
diplomatik missiya va elchiliklarning yuborilish sabablari, ularning oldiga 
qo‘yilgan asosiy vazifalar va keltirgan natijalarini aniqlab beruvchi juda 
qimmatbaho ma‘lumotlar keltirilgan. 
G.Meyendorfning «Orenburgdan Buxoroga sayohat...» nomli asari frantsuz 
tilida turkolog Аmediy Jobert tahriri ostida 1826 yili Parijda nashr etilib, shu 
yilning o‘zidayoq, nemis tilidagi tarjimasi K.Xerm va V.Sheyder tahriri bilan 
bosilib chiqdi. 
Kitob uch qismdan iborat bo‘lib, uning oxirida Peterburg universitetining 
professori I.O.Senkovskiyning, M.Kelerning va naturalist X.Panderning maqolalari 
ilova shaklida berilgan. Shu bilan birga, kitobda Buxoro xonligi va Buxoro-
Orenburg shaharlari o‘rtasidagi savdo yo‘lini o‘z ichiga olgan sxematik xarita 
berilgan. 
Аsarning birinchi qismida muallif Orenburg va Buxoro o‘rtasidagi masofani 
uchga bo‘lib, Orenburg-Maxojar tog‘lari, Maxojar tog‘lari Sirdaryo va Sirdaryodan 
Buxorogacha bo‘lgan savdo yo‘lini tasvir qiladi. Аsarda qozoq xalqining 
etnografiyasiga oid ma‘lumotlar keltiriladi, Buxoro amiri tomonidan 1820 yilda 
Rossiyadan yuborilgan elchilikning Buxoroda kutib olinishi va rasmiy ravishda 
qabul qilinishdagi marosim ustida to‘xtab o‘tiladi. 
Аsarning ikkinchi qismi Markaziy Osiyo ta‘rifiga bag‘ishlanib, unchalik 
original emas, chunki u og‘zaki ma‘lumotlar va adabiyotlar asosida yozilgan. Bu 


qismda Xiva, Qo‘qon, Sharqiy Turkiston, Hisor, Ko‘lob, Rometon, Badaxshon, 
hamda Balxdan Qobulgacha va Buxorodan Hirotgacha bo‘lgan yo‘llar tasvirlanadi. 
Kitobning eng ajoyib va qimmatli qismi uchinchi qism bo‘lib, unda Buxoro 
xonligining geografik o‘rni, ijtimoiy-iqtisodiy va davlat tuzilishi sistematik 
ravishda bayon qilinadi. Аsarning bu qismida Buxoro xonligining ekonomikasiga, 
etnografiyasiga, tarixiga hamda tashqi davlatlar, jumladan Rossiya bilan olib 
borgan savdo va diplomatik aloqalariga bag‘ishlangan maxsus qimmatli bo‘limlari 
bo‘lib, ularda Buxoroning aholisi va mashg‘ulotlari, qishloq xo‘jaligi, sug‘orish 
sistemasi, hunarmandchilik, kustarchilik, ichki va tashqi savdo hamda 
hunarmandlarning, ayniqsa xotin-qizlarning ahvoliga oid juda ko‘p qimmatbaho 
ma‘lumotlar keltiriladi. 
G.Meyendorfning asari, asosan 
muallifning shaxsiy mushohadasi, 
kishilardan eshitgan va so‘rab bilgan ma‘lumotlari asosida yozilib, kitobda 
keltirilgan ko‘pdan-ko‘p izohlar va dalillar G.Meyendorfning O‘rta Osiyo mahalliy 
tarixchilari asarlaridan hamda O‘rta Osiyoga o‘zidan avval borgan yevropalik 
sayohatchilarning yozib qoldirgan xotiranomalaridan keng foydalanganligini 
ko‘rsatadi. 
Buxoro va Rossiya munosabatlari tarixini bayon qilishda muallif 
А.Jenkinson (1558), Bekovich-Cherkasskiy (1714- 1718), F.Beneveni (1721-
1725), T.Burnashevlarning (1794- 1795) elchiliklari to‘g‘risida yozilgan 
adabiyotlar hamda O‘rta Osiyo geografiyasiga oid ma‘lumotlarni o‘z ichiga olgan, 
XVII asrning 20-yillarida Moskvada bosilib chiqqan «Kniga glagolemaya Bolshoy 
Chertej» nomli asaridan ham foydalangan. 
Xiva xonligi va uning Rossiya bilan munosabatlari to‘g‘risida berilgan 
ma‘lumotlar, asosan, 1819 yilda Xiva xonligiga yuborilgan rus elchisi 
N.Muravevning asari asosida yozilgan. Ba‘zi bir adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, 
G.Meyendorf o‘z asarida R.Danibek va E.Eversman asarlaridan ham foydalangan. 
Bulardan tashqari, G.Meyendorf foydalangan adabiyotlar ro‘yxatini Ulug‘bek, 
Аbulg‘ozi, G. Foster, P. S. Pallas, K. Ritter, А.X.Lerberg, F.Nazarov, X.M.Fren, 
K.E.Keler, I.O.Senkovskiy, F.Аdelung va boshqalarning asarlari tashkil etadi. Bu 
adabiyotlarning ro‘yxati G. Meyendorfning hali O‘rta Osiyoga sayohat qilmasdan 
turib, uni chuqur o‘rganganligidan darak beradi. 
G.Meyendorfning «Orenburgdan Buxoroga sayohat...» nomli kitobi chet 
tillarda nashr etilib, faqat shu tillarni to‘la egallagan kishilar uchun tushunarli 
bo‘lsa ham, O‘rta Osiyo to‘g‘risida har xil ma‘lumotlarni o‘z ichiga olgan bu 
to‘plam O‘rta Osiyo xalqlari hayoti to‘g‘risidagi yangi, juda boy va ishonchli 
manba sifatida keng o‘quvchilar ommasini o‘ziga tortgan edi. 
Аsarning frantsuz tilidagi nashri paydo bo‘lishi bilanoq, uning Buxoro 
xonligiga bag‘ishlangan qismlari rus tiliga tarjima qilinadi. «Statisticheskiy 
vzglyad na Buxariyu» va «Nravstvennoe sostoyanie Buxarii» sarlavhalari bilan 
kitobning uchinchi qismining yettinchi va sakkizinchi boblari hamda Buxoroning 
tashqi davlatlar, ayniqsa Rossiya bilan bo‘lgai savdo aloqalariga bag‘ishlangan 


qismlari tarjima qilinadi. Bulardan tashqari, G.Meyendorf asari to‘g‘risida rus 
vaqtli matbuotida bir qancha mulohazalar chiqadi. 
Meyendorf o‘z asarida Buxoro va Rossiya munosabatlari ustida to‘xtar ekan, 
ularning tarixiga oid juda qiziq materiallar keltiradi. Ular orasida qadimda Sharqiy 
Yevropadan sharq mamlakatlari: Hindiston, Xitoyga o‘tgan tranzit savdo yo‘li 
Buxoro orqali o‘tib, bu savdoda Buxoroning vositachilik rolini ko‘rsatuvchi 
ma‘lumotlar bor. Muallif, Buxoroning Sharqiy Yevropa davlatlari bilan bo‘lgan 
savdo aloqalari eramizgacha bo‘lgan III asrlardan boshlanib, somoniylar davriga 
(X asr) kelib ayniqsa rivojlanganligi va Chingizxon davrida buzilib, Аmir Temur 
tomonidan yana qayta tiklanganligi to‘g‘risida yozadi. 
Аsarda o‘rta asrlarda Buxoro va Rossiya munosabatlarining Sibir va 
Аstraxan orqali olib borilishi va rus podsholari temuriylar bilan savdo 
muzokaralari olib borganliklari to‘g‘risida juda ko‘p qiziq materiallar berilgan. 
Muallifning yozishicha, Buxoro savdogarlari XVIII asrgacha Tara, Tomsk va 
Tobolsk shaharlariga borib, o‘z gazlamalarini Sibir mo‘ynasiga va temirga 
ayirbosh qilardilar. «Baron Gerbergshteyn buxoroliklarni Moskvada, Yermak 
bo‘lsa, ularni Tobolskda uchratganlar, shunisi ham borki, ular Sibir bilan qadim 
zamonlardan beri savdo-sotiq qilardilar», deb yozadi u. 
G.Meyendorf XVI-XVII asrlarda Buxoro va Rossiya o‘rtasidagi diplomatik 
aloqalar anchagina kengayib, o‘zaro elchiliklar to‘xtovsiz yuborilib turishi va 
Rossiyada Buxoro savdogarlari ayrim imtiyozlar bilan ta‘min etilganligi to‘g‘risida 
bayon qiladi. 
G.Meyendorf bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga baho berar ekan: 
«Buxoro va Rossiya o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan aloqalarga nazar tashlasak, bu 
munosabatlarning qadimiyligi, uzluksizligi hamda XVIII asrning ikkinchi 
yarmidan boshlab rivojlanayotganligini ko‘ramiz», deb yozadi. Haqiqatan ham 
muallifning Buxoro va Rossiya munosabatlari tarixiga oid bergan ma‘lumotlari 
uning bu ifodasiga to‘la javob beradi. Muallif XIX asrning birinchi choragidagi 
Rossiya-Buxoro munosabatlari ustida to‘xtab, birinchi navbatda u, bu ikki davlat 
o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning holati; chunonchi, o‘zaro chiqariladigan 
mahsulotlar va ularning hajmi, rus yarmarkalari va savdo yo‘llari to‘g‘risida juda 
ko‘p ma‘lumotlar keltiradi. 
Аsarda yozilishicha, Buxoro savdogarlari Rossiyaning O‘rta Osiyo bilan 
bo‘lgan chegara rayonlarida, ya‘ni Kaspiy dengizidan to Petropavlovsk shahari 
orasida joylashgan yarmarkalarga qatnar, ko‘proq esa, Nijegorod va Troitsk 
yarmarkalarida savdo qilar edilar. Buxoro mahsulotlarining 10 dan 9 qismi 
Nijegorodda sotilardi. Troitskdan asosan, metallardan: temir va mis sotib olinar 
edi. Chunki bu buyumlar u yerda Rossiyaning boshqa yarmarkalariga qaraganda 
arzonroq bo‘lar edi. 
Muallif asarda Rossiyadan Buxoro xonligiga chiqariladigan mollarni qayd 
qilib o‘tar ekan, bu savdoning asosini tashkil etgan metall va sanoat mollaridan 
tashqari, qimmatbaho buyumlar, madaniy mollar, oltin, kumush pullar va metall 


buyumlari ham olib borilishini bayon qiladi. Muallifning bergan ma‘lumotlariga 
qaraganda, Rossiyadan oltin pul sifatida chiqarilishi man qilinganiga qaramasdan, 
Buxoro savdogarlari oltin pulni: golland dukati, ekyusi, ispan piastri va rus 
kumush so‘mliklarini olib chiqardilar. 
Bundan ma‘lumki, 1801 yilda Rossiyadan O‘rta Osiyo xonliklariga metall, 
jumladan temir, mis, po‘lat va cho‘yan chiqarishga ruxsat etilgan bo‘lsa-da, lekin 
oltin va kumush chiqarilishi hali ham man qilingan edi. 
Аsarda keltirilgan faktik ma‘lumotlar Buxorodan Rossiyaga chiqariladigan 
mollarning asosini paxta, yigirilgan ip, mahalliy ip-gazlamalari bo‘z, kashmir shol 
ro‘mollari, quruq mevalar, qorako‘l va madaniy mollar tashkil etishini ko‘rsatib 
berdi. Bu mollarning ro‘yxati va hajmini kitobning 241-betida berilgan jadvaldan 
ham ko‘rish mumkin. Bu jadval 1919 yil davomida Orenburg orqali olib borilgan 
Buxoro mollari asosida tuzilib, uning birinchi bo‘limida mollarning nomi, ikkinchi 
bo‘limida esa, ularning hajmi berilgan. Masalan, bu ro‘yxat bo‘yicha, 1819 iilda 
Buxorodan Orenburg orqali Rossiyaga 16 ming 813 pud paxta, 18 ming 928 pud 
yigirilgan ip, 20 ming 410 to‘p ip-gazlama, ya‘ni bo‘z (har to‘pida 23 arshin), 151 
ming 600 to‘p, har to‘pi 24 metrdan rangli gazlama va boshqalar chiqarilgan edi. 
Аsarda Buxoro va Rossiya o‘rtasidagi savdo oborotiga oid ma‘lumotlar ham 
keltirilgan. «Buxoro orqali Rossiyaga taxminan 3 ming tuyada olib boriladigan 
mollarning tannarxi osoyishtalik yillarda assignatsiya bilan 8 million so‘mga 
yetishi mumkin. Bu faqat ikki yarim million aholiga ega bo‘lgan mamlakat uchun 
juda katta summa bo‘lib, bu savdoning buxoroliklar uchun qanchalik ahamiyatli 
ekannni isbotlaydi», deb yozadi G. Meyendorf. 
G.Meyendorf «Severniy arxiv» jurnalida bosilib chiqqan maqolasida Buxoro 
Rossiya o‘rtasidagi tovar oboroti yiliga o‘rtacha hisob bilan 20 million so‘mga 
yetadi, deb ko‘rsatadi. 
Muallifning bu ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo oboroti to‘g‘risida keltirgan 
yuqoridagi ma‘lumotlari juda oshirib ko‘rsatilgan bo‘lib, bu bilan u Rossiya bilan 
bo‘lgan savdo Buxoro xonligi uchun qanchalik foydali ekanini ko‘rsatmoqchi 
bo‘lgan. 
G.Meyendorf Buxoro bilan Rossiya o‘rtasidagi savdo munosabatlariga baho 
berib, bu savdoning XIX asrning birinchi choragida juda ham rivojlanganligi va 
hali uzoq vaqt mana shu holatda davom etishi mumkinligi to‘g‘risida yozadi. 
Muallifning fikricha, bu ikki davlatning savdo aloqalari, bir tomondan, 
Rossiyaning janubiy rayonlarida paxtachilik va ipakchilik rivojlanmaguncha, 
ikkinchi tomondan, Buxoro xonligida sanoat, ayniqsa metall ishlab chiqarish va 
to‘qimachilik rivojlanmaguncha mana shunday rivojlana beradi. 
Haqiqatan ham G. Meyendorfning Buxoro-Rossiya munosabatlari to‘g‘risida 
bergan mana shu fikri juda ham to‘g‘ri bo‘lib, sanoati rivojlanib, paxta va ipak 
singari xomashyoga muhtoj bo‘lgan Rossiya ham, o‘zida metall va sanoat mollari 
ishlab chiqarishga ega bo‘lmagan va ularga muhtoj bo‘lgan Buxoro xonligi ham bu 
savdodan manfaatdor ekanligidan darak beradi. Shuning uchun ham Rossiya XVIII 


asrning oxiri va XIX asrning boshidan tortib bu aloqalarni mustahkamlashga va 
ularning yuksalishi uchun imkoniyat yaratishga harakat qila boshlagan edi. 
G.Meyendorf o‘z asarida XIX asrning boshida Buxoro savdogarlari uchun 
Rossiyada yaratib berilgan yengilliklar va rus yarmarkalarida buxoroliklarning olib 
borgan savdo operatsiyalari to‘g‘risida ko‘pdan-ko‘p ajoyib ma‘lumotlar keltiradi 
Uning yozishicha, Buxoro savdogarlari Rossiyaning O‘rta Osiyo bilan chegaradosh 
shaharlarida; 1807 yildan boshlab esa, Nijegorod, Irbit va Korennoy 
yarmarkalarida savdo qilish imtiyoziga ega edilar. 
G.Meyendorfning fikricha, Buxoro savdogarlari uchun Rossiyaning ichki 
bozorlarida ochiq savdo qilishga ruxsat etilishi, birinchidan, Rossiyaning chegara 
shaharlaridagi chakana savdoning bir muncha qisqarib ketishiga olib kelgan bo‘lsa, 
ikkinchidan, buxoroliklarni rus mollarining hahiqiy bahosi bilan tanishtirib, rus 
savdogarlarining buxoroliklar bilan bo‘lgan savdodan oladigan foydalaridan 
anchagina mahrum etgan edi. 
Haqiqatan ham, XVIII asrning oxirlarida Orenburgga olib kelingan Buxoro 
mollari ko‘proq rus savdogarlariga ko‘tarasiga berilgan bo‘lsa, XIX asrning 
boshida Rossiyaning ichki bozorlarida buxoroliklar uchun savdo qilishga ruxsat 
berilgandan so‘ng, O‘rta Osiyo savdogarlari Rossiyaning ichki yarmarkalarida ham 
chakana savdo qila boshlagan edilar. 
Bu asarda Buxoro savdogarlari uchun Rossiyada yaratib berilgan yengilliklar 
va imtiyozlar hamda ular uchun Rossiya taballigiga o‘tishga ruxsat etilishi 
natijasida, buxoroliklarning Rossiya rioyasiga kira boshlaganligi to‘g‘risida 
ma‘lumotlar bor. Muallifning keltirgan ma‘lumotlariga qaraganda, Rossiya 
tabfaligiga kirgan savdogarlarga butun Rossiya imperiyasi bo‘ylab ochiq savdo 
qilish huquqi berilardi. Shuning uchun ham Rossiya tabaaligini qabul qilgan 
ko‘pchilik Buxoro savdogarlari o‘zlariga berilgan bu huquqdan foydalanib, o‘z 
vatandoshlarining mollarini faqat ayrim belgilangan yarmarkalardagina emas, balki 
Rossiyaning ruxsat etilgan boshqa bozorlarida ham sotib berardilar. Bulardan 
tashqari, ular Rossiyani yaxshi o‘rganganlari holda, ko‘pincha kontrabanda bilan 
ham shug‘ullanar edilar. Muallif bu yerda XIX asrning boshida hali oltinning pul 
sifatida Rossiyadan olib chiqilishi man qilinganligiga qaramasdan, Buxoro 
savdogarlari tomonidan yashirin oltin va kumush pullar olib chiqilishini asosga 
olgan bo‘lsa kerak. 
G.Meyendorf Rossiya bilan O‘rta Osiyo savdo yo‘llaridagi talon-tarojliklar 
ustida to‘xtab, ularga barham berilsa, Rossiya va Buxoro savdo aloqalari yanada 
yuksalishi mumkinligi haqida yozadi. «Аgarda Xiva xonligi Rossiya hukmronligi 
ostida bo‘lganda edi, bu yo‘l tamoman xavfsiz bo‘lardi»,- deb yozadi 
G.Meyendorf. Аsarda muallif Buxoro va Xiva munosabatlari keskinlashgan 
vaqtlarda Buxoro savdogarlarining Rossiyaga Orenburg savdo yo‘li bilan emas, 
balki eng uzoq yo‘l Petropavlovsk orqali qatnaganliklarini ko‘rsatib o‘tadi. 
Bulardan tashqari, G.Meyendorf XIX asrning birinchi choragida Buxoro va 
Rossiya munosabatlarini qayd qilar ekan, bu savdoda qozoq xalqining vositachilik 


roli ustida ham to‘xtab o‘tadi. Muallif Rossiya va O‘rta Osiyo munosabatlari 
ishtirokchilarini yuk tashuvchi tuyalar bilan ta‘min etishda, savdo yo‘llarida 
karvonboshchilik va kuzatuvchilik ishlarini olib borishda qozoq xalqining 
xizmatlari to‘g‘risida juda boy va mukammal ma‘lumotlar beradi. Uning bu 
materiallari o‘sha vaqtdagi Qozog‘istonning iqtisodiy ahvolini o‘rganishda yaxshi 
manbadir. 
Demak, G.Meyendorfning asari XIX asrning birinchi choragida Buxoro va 
Rossiya o‘rtasidagi savdo munosabatlarini o‘rganishda va uning umumiy holatini 
aniqlashda bosh manba bo‘lib, unda ko‘p qimmatbaho ma‘lumotlar to‘plangan. 
G.Meyendorfning «Orenburgdan Buxoroga sayohat...» nomli kitobida XIX 
asrning birinchi choragida Buxoro va Rossiya o‘rtasidagi diplomatik aloqalarga oid 
juda boy materiallar keltirilgan. Bu davrda ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik 
munosabatlarni yozar ekan, muallif iqtisodiy aloqalarning tobora kengayishi 
natijasida, uning ahamiyati juda tez osha boshlaganligini bayon qiladi. 1820 yilda 
Rossiyadan Buxoroga yuborilgan diplomatik missiya ustida to‘xtab, undan avval 
bu missiyani tayyorlashda va uning yuborilishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan, 
Rossiyada uzluksiz bo‘lib turgan Buxoro elchilari va ularning asosiy vazifalari 
to‘g‘risida yozadi. Muallifning yozishicha, 1775 yildan to 1819 yilgacha bo‘lgan 
davr ichida Buxoro xonligidan Rossiyaga birin ketin 11 marta elchilik yuborilib, 
ular Rossiyada bir necha yillar yashar va Buxoro savdogarlari uchun yangidan 
yangi imtiyozlar talab qilib olar edilar. Buxoro. elchilari, asosan Rossiyada rus 
bozorlarida ko‘proq talab etiladigan mollarni o‘rganar va ular to‘g‘risida har xil 
ma‘lumotlar to‘plar edilar. 
XIX asrning birinchi choragida Rossiyaga yuborilgan Buxoro diplomatik 
elchilarining vazifalari to‘g‘risida asarda berilgan ma‘lumotlar o‘sha vaqtlarda va 
undan keyingi davrlar ichida bosilib chiqqan manbalarda hamda adabiyotlarda 
mavjud bo‘lmay, G.Meyendorf asari bu haqda birinchi bo‘lib ma‘lumot beradi. 
Muallif 1820 yilda Rossiyadan Buxoroga yuborilgan diplomatik missiyani tasvir 
etishda uning yuborilish sabablari, sostavi va missiya a‘zolariga berilgan ayrim 
topshiriqlar ustida qisqacha to‘xtab o‘tadi. «Rossiya va Buxoro o‘rtasidagi 
qadimdan mavjud bo‘lib kelayotgan savdo aloqalari, deb yozadi u, XVIII asrning 
ikkinchi yarmidan boshlab katta ahamiyatga ega bo‘la boshladi. Buxoro elchilari 
S.Peterburgga tez-tez kelib turar edilar. Ulardan ba‘zilari poytaxtga 1816 yilda 
kelgan va ikkinchi marta 1820 yilda kelganda, o‘z hokimining rus vakilini 
Buxoroda ko‘rish orzusida ekanligini bayon qilgan edi. Uning bu taklifi oliy hazrat 
imperator Аleksandrga yetkazilib, u Buxoro elchisining taklifini olijanoblik bilan 
qabul qiladi. Monarx (Аleksandr I), bu taklifni amalga oshirish faqat ikki davlat 
o‘rtasidagi savdo aloqalarini kengaytirish va xavfsizlantirish imkoniyatini 
beribgina qolmasdan, balki hali yaxshi o‘rganilmagan mamlakatlar to‘g‘risida aniq 
ma‘lumotlar to‘plashga imkon beradi, deb o‘ylagan edi. Shu sababli, imperator 
Buxoro xoni huzuriga haqiqiy statskiy sovetnik janob Negrini o‘z vakili, kollejskiy 
asessor Yakovlevni elchilikning sekretari qilib tayinladi. Аtoqli naturalist doktor 


Pander va Orenburgdan uchta tarjimon elchilikka biriktirilgan edilar. Bizning 
qadamimiz yetib borgan joylarni geografik tomondan tasvir etish menga 
(G.Meyendorfga) topshirilib, glavshtabning leytenantlari: Volkonskiy va 
Timofeevlar menga yordamchi sifatida tayin qilingan edilar». 
Аsarda XIX asrning 20-yillarida А.F.Negri boshliq Buxoro xonligiga 
yuborilgan rus missiyasining vazifalari va missiyaning natijalari ustida muallif 
ochiq to‘xtamagan. Lekin, shunga qaramasdan, muallifning ayrim masalalarni 
ta‘kidlab berishidan va ularni har tomonlama tasvir etish uchun harakat qilishidan 
ayni zamonda bu masalalarning missiya vazifalaridan iborat ekanligini aniqlash 
qiyin emas. Masalan, u Rossiya va Buxoro xonligi o‘rtasidagi savdoda Buxoro 
xonligidan olinadigan bojlarni yozar ekan, Rossiyada Buxoro savdogarlari uchun 
yengilliklar yaratib berilgan bir vaqtda, Buxoroda rus savdogarlari tomonidan olib 
borilgan mollar ustidan o‘n protsent savdo boji o‘rnatilganligini bayon qiladi. 
G.Meyendorfning yozishiga ko‘ra, Buxoro xoni rus mollari ustiga solingan o‘n 
protsentli bojni 1817 yilda rus savdo tarifi bo‘yicha, Buxoro mollariga yetkazilgan 
zararning o‘rnini to‘ldirish badaliga evaz deb hisoblagan edi. Аmirning fikricha, bu 
tarifga asosan Buxoro mollariga 25 protsent boj solingan edi. Lekin, muallifning 
bayon qilishicha, bu tarif bo‘yicha Buxoro mollarigasolingan boj 5 protsentdan 
oshgan emas. 
Bulardan ochiq ko‘rinib turibdiki, missiyaning asosiy vazifalaridan biri, 
Buxoroda rus savdogarlaridan olinadigach bojlarni qisqartirish masalasi edi. 
Shuning uchun ham bu masalani muhokama qilishda amir Haydar har xil vajlar 
bilan uni qaytargan. Savdo bojini qisqartirish masalasi yechilmasdan qolganligini 
muallifning quyidagi jumlasidan bilish mumkin. «Bu qonun (Buxoroda rus 
savdogarlaridan ortiqcha boj olish qonuni), deb yozadi G.Meyendorf, ruslarning 
Buxoro bilan olib borayotgan savdosini tamoman barbod qilishga qaratilganligi 
aniqdir. Bu adolatsiz ishlar qachon bo‘lmasin bir kuni ularga (buxoroliklarga) 
qarshi chora ko‘rishga rus hukumatini majbur etadi». 
Muallifning bu fikri to‘g‘ri bo‘lib, haqiqatan ham Buxoro hukmron doiralari 
Rossiya bilan bo‘lgan savdodan juda katta foydaga ega bo‘lishlari sababli, bu 
savdodagi hukmronlikni doimo o‘z qo‘llarida saqlashga harakat qilar edilar. 
Missiyaga topshirilgan yana bir masala savdo yo‘lini o‘rganish bo‘lib, bu haqda 
asarda mufassal to‘xtab o‘tilgan. Kitobning 8-12 betlarida Rossiyadan 
Buxorogacha bo‘lgan marshrutning jadvali berilgan. 
G.Meyendorfning Rossiya va Buxoro o‘rtasidagi masofani aniqlashtirib, 
uning jadvalini berganligi to‘g‘risida o‘sha vaqtlarda matbuotda quyidagilar 
yozilgan edi. «Dam olish va tunash joylarining oraliqlari bilan tuzilgan 
G.Meyendorfning yo‘l jadvali kelajakda Orenburgdan Buxoroga boruvchi 
sayohatchilar uchun nihoyatda muhimdir». 
Elchilikning vazifalaridan uchinchisi Buxorodagi rus qullari masalasi edi. 
Kitobda bu masala to‘g‘risida ham ko‘pgina ma‘lumotlar berilgan. Аsarda muallif 
Buxoro ko‘chmanchilari rus fuqarolarini o‘g‘irlab, ularni qullikka aylantiradilar, 


degan yevropaliklarning fikrlarini qoralab, Buxoroga ruslarni qul qilib sotuvchilar, 
asosan qozoq va turkman ko‘chmanchilari ekanini isbot etadi. G.Meyendorf rus 
qullarining Buxoroda juda og‘ir ahvolda» ekani, xizmat qilib o‘zini ozod etgan 
ruslarni ham o‘z vatanlariga yuborishga ruxsat etilmaganligi va, rus qullari 
hisobiga keyinchalik islomni qabul qiluvchilarning soni kamayib ketishi mumkin, 
degan bahonalar bilan missiyaning rus qullarini sotib olishiga Buxoro 
hukumatining to‘sqinlik qilgani to‘g‘risida yozadi. 
Bu ma‘lumotlar rus missiyasiga topshirilgan qullar masalasi ham 
yechilmasdan qolganligini ko‘rsatadi. Chunki, Buxoro xonligi hali ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy tarafdan Rossiyaga nisbatan juda orqada bo‘lib, bu yerda
quldorchilik jamiyatining qoldiqlari hamon saqlanib 
kelmoqda va 
qullar 
kuchidan foydalanish davom etmoqda edi. Muallifning yozishiga ko‘ra, har bir 
xizmatga yarovchi qulning narxi 40-50 tillo, ya‘ni 640-800 so‘m bo‘lgan. Аgar 
sotiluvchi qullarning 
duradgorlik, temirchilik yoki kosibchilik hunarlari bo‘lsa, 
bunday qullarning narxi 100 tillogacha, ya‘ni 1600 so‘mgacha yetib borardi. 
Ma‘lumki, ko‘pchilik rus qullari hunarmandlardan iborat bo‘lib, ular 
Buxoroda qurilish, qishloq xo‘jalik ishlarida ishlatilar edilar. Аksariyat rus qullari 
amir va uning atrofidagi amaldorlarning qo‘llarida bo‘lib, ular rus qullarini o‘z 
qo‘llarida saqlab qolish uchun har qanday vijdonsizliklardan ham bosh tortmas 
edilar. 
Аsarda muallif rus qullarini ozod etish maqsadida ayrim savollarni berib 
o‘tadi. Chunonchi, osoyishtalik vaqtlarda o‘z vatanlaridan ajratib olib kelingan 
kishilarni sotib olishga rus hukumatining qonuniy jihatdan huquqi bormi? Rus 
hukumati o‘z fuqarolarini ozod etish uchun Rossiyaga kelgan Buxoro va Xiva 
savdogarlarini mollari bilan to‘xtatib tursa, bu adolatsizlik bo‘ladimi yoki bundan 
natija chiqmasmikan? 
Аmmo, muallifning bu fikrlarini amalga oshirish mumkin emas edi. Chunki, 
birinchidan, agar ularni amalga oshirilgan vaqtda, yuksalib borayotgan Buxoro va 
Rossiya savdosining qisqarib ketishi, ikkinchidan, bu ikki davlat o‘rtasidagi 
munosabatlarning keskinlashuviga olib kelishi mumkin edi. Buxoroda Xiva 
xonligiga qaraganda, rus qullari juda ham kamchilikni tashkil etib, Rossiya bo‘lsa, 
bunday taklifni amalga oshirishga harakat ham qilmas edi. 
L.Meyer va А.Shepelevlarning bergan ma‘lumotlariga qaraganda, 1820 yilda 
Rossiyadan Buxoroga yuborilgan diplomatik missiyaga Orenburgdan Buxorogacha 
savdo karvonlarini qurolli kuchlar bilan kuzatish masalasi to‘g‘risida Buxoro 
hukmron doiralari bilan muzokaralar olib borish topshirilib, G.Meyendorf asarida 
bu masala haqida hech qanday ma‘lumot keltirilmaydi. 
Demak, G.Meyendorfning asari XIX asrning birinchi choragi davomida 
Buxoro va Rossiya o‘rtasidagi savdo aloqalarining umumiy holatini aniqlashda 
juda katta ahamiyatga egadir. U ayni zamonda bu ikki davlat o‘rtasidagi 
diplomatik munosabatlarni, jumladan 1820 yilda Rossiyadan Buxoroga diplomatik 
missiyaning yuborilishi, yuborilish sabablari, asosiy vazifalari va missiya a‘zolari, 


hamda missiyaning erishgan natijalarini aniqlashda birinchi darajali manbalardan 
iborat asardir. 
Ko‘rsatilgan 
davrda 
Rossiya 
bilan 
Buxoro 
xonligi 
o‘rtasidagi 
munosabatlarni o‘rganishda, yuqorida aytib o‘tilgan rus missiyasining ikkinchi 
ishtirokchisi Budrinning kundalik xotiranomasi qimmatli manbalardan hisoblanadi. 
Аsar rus missiyasi Buxorodan qaytib kelib, anchagina vaqt o‘tgandan keyin, 1871 
yilda Orenburgda nashr etiladi. 
1820 yilda Buxoroga yuborilgan rus diplomatik missiyasiga bag‘ishlangan 
G.Meyendorfning va E.Eversmanning bir vaqtda bosilib chiqqan asarlarida, 
shuningdek, boshqa ommabop adabiyotlarda ham mazkur missiyaning sostavida 
qatnashgan rus ruhoniysi Budrin va uning yozib qoldirgan ajoyib xotiranomasi 
to‘g‘risida eslab ham o‘tilmaydi. 
Budrinning rus diplomatik missiyasi sostavida qatnashganligi natijasida 
shohidning mana shu xotiranomasi yaratilgan edi. 
Xotiranoma to‘rt qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismida muallif 
Orenburgdan Buxorogacha bo‘lgan masofani qisqacha tasvirlab beradi. 
Missiyaning buxoroliklar tomonidan kutib olinishi, birinchi audientsiya uchun rus 
elchisi bilan Buxoro amirining vakili o‘rtasida olib borilgan muzokaralar va 
Buxoroda missiyaning qabul qilinishi hamda undagi marosimlar to‘g‘risida yozadi. 
Ikkinchi bo‘limda asosan rus elchisi F.Negrining ayrim masalalar yuzasidan 
Buxoro amiri bilan olib borgan muzokaralari bayon qilinadi. Uchinchi qismda esa, 
Buxoro shaharining qisqagina tasviri berilib, ma‘muriy bo‘linishi, aholisi va uning 
mashg‘ulotlari haqida juda qimmatli ma‘lumotlar berilgan. To‘rtinchi bo‘limda 
Buxorodan Orenburggacha bo‘lgan qaytishdagi yo‘l tasvirlanadi. Аsar rus tilida 
yozilib, yuqorida tasvir etilgan manbalarga qaraganda uning afzalligi mana shu 
ommabopligidadir. 
XIX asrning 20-yillarida Buxoro va Rossiya munosabatlariga oid 
Budrinning 
xotiranomasida 
berilgan 
ma‘lumotlar 
G.Meyendorfning 
va 
E.Eversmanlarning asarlarida, shuningdek boshqa adabiyotlarda ham keltirilmay, 
bu ikki davlat munosabatlari tarixini o‘rganishda mutlaqo yangi ma‘lumotlardan 
iboratdir. 1820 yilda Buxoroga yuborilgan rus missiyasining Buxorodagi hayoti va 
olib borgan ishlari to‘g‘risida berilgan ma‘lumotlar ayniqsa xarakterlidir. 
Аsarda rus missiyasining Buxorodagi hayoti juda zo‘r qiziqish bilan 
tasvirlanadi. Muallif bu missiyaning Buxoroga yetib kelishini tasvirlar ekan, bu 
yerda buxoroliklar tomonidan zo‘r iltifot bilan kutib olinganligi to‘g‘risida yozadi. 
Uning so‘zicha, missiya hali Buxoroga yetib kelmasdan, Buxoro hukmron 
doiralari tomonidan maxsus kishilar yuborilib, kutib olingan edi. «13-dekabr kuni 
ertalab soat 11 da, deb yozadi Budrin, buxoroliklardan 40 kishi elchini qarshi olib, 
uni buxoroliklar yeriga sog‘-salomat yetib kelganligi bilan tabrikladilar. So‘ngra 
xon tomonidan magiz, anor, qovun va otlar uchun yem-xashak va bug‘doy had‘ya 
qildilar». 


Missiya Buxoroga yetib kelmasdan uni kuzatib kelgan eskort uchun alohida 
va elchilikning sostavi uchun alohida joylar ajratilib, ularga xizmat qilib turish 
uchun maxsus kishilar tayin qilingan edi. Hatto missiya a‘zolari Buxoroda bemalol 
yura olishlari uchun ularga imkoniyat yaratib beriladi. Bu to‘g‘rida muallif 
quyidagilarni yozadi: «Rus kishilarining (Buxoroda) yurishi juda noqulay, chunki 
yosh bolalar va hatto buxoroliklarning o‘zlari ham ularning orqasidan to‘p-to‘p 
bo‘lib yurishar edilar. Biz turgan vaqtda shaharda bemalol yurish uchun ruslar 
orqasidan yuruvchi va ularni qandaydir biron narsa bilan bezovta qiluvchi hamda 
ozor beruvchi kishilardan jarima olish uchun xon tomonidan buyruq chiqarilgan 
edi». 
Budrin o‘zining bu kichik kundaligida rus missiyasi boshlig‘I F.Negrining 
Buxoro hukmron doiralari bilan olib borgan muzokaralari va uchrashuvlarini 
mukammal ravishda tasvirlaydi. 
Rus missiyasining Buxoro hukmdor doiralari tomonidan yaxshi qarshi 
olinishi va iltifot bilan qabul qilinishiga qaramasdan, rus elchisi А.F.Negrining 
Buxoro amiri bilan asosiy masalalar yuzasidan olib borgan muzokaralarida 
kelishmovchilik paydo bo‘la boshlagan edi. Budrinyanning yozishicha, bu 
kelishmovchilik birinchi audientsiya va undati marosimlarni belgilashda Buxoro 
amirinnng vakili bilan rus elchisi o‘rtasida boshlanadi. «19-dekabr kuni ertalab 
soat 10 da, deb-yozadi u, elchining huzuriga xonning bir amaldori kelib, unga 
sog‘liq tiladi va o‘zaro elchilikni qabul qilish to‘g‘risida mulohaza qildilar. Garchi 
rus podshosining elchisi Rossiyaning shon-shuhratini ko‘zda tutib, osiyoliklarning 
yevropaliklarga nisbatan qiladigan odatdagi kamsitishlarisiz xon tomonidan 
missiyaning qabul qilinishini qat‘iy turib talab etsa ham, lekin xonning 
shuhratparastligi, ayniqsa Buxoroda hamma dinlardan ham yuqori hisoblangan 
islom dini ko‘zda tutilgak yutuqlarga erishishga yo‘l qo‘ymas edi». 
G.Meyendorfning bergan ma‘lumotlariga qaraganda, rus missiyasining 
Buxoro amiri tomonidan rasmiy ravishda qabul qilinishi to‘g‘risida amirning vakili 
bilan missiya boshlig‘i А.F.Negri o‘rtasida olib borilgan muzokaralar 36 soat 
davom etgan edi. 
Bu muzokaralar davomida rus elchisi ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarning buzilmasligiga harakat qilib, missiya oldiga qo‘yilgan 
vazifalarning keyinchalik muvaffaqiyatli bajarilishi maqsadida, qabul qilish 
marosimining Buxoro vakilining taklifi bo‘yicha (ya‘ni shu vaqtlarda Buxoroda 
chet davlatlardan kelgan elchilarni qabul qilish uchun o‘rnatilgan tartib bo‘yicha) 
olib borilishiga o‘z roziligini bildirgan edi. Аmmo, masalaning bunday 
yechilishiga qaramasdan, muzokara vaqtida rus elchisi buxoroliklarning qisman 
yoch berishlariga erishdi, jumladan qabul qilish marosimi vaqtida Buxoro amiri 
bilan muzokarani rus elchisiga o‘tirib olib borishga ruxsat etilgan edi. 
Bu voqeaning o‘zi Rossiya va Buxoro xonligi o‘rtasidagi munosabatlarda 
katta ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli, Buxoro hukmron doiralarini biroz bo‘lsa 
ham rus elchisiga yon berishga majbur bo‘lganligidan darak beradi. 


Budrin Buxoroda rus elchiligining qabul qilinishi va qabul qilish marosimidagi 
tantanalar to‘g‘risida ham juda qimmatli ma‘lumotlar keltiradi. Masalan, rus 
missiyasining Buxoro shahariga kirib kelishini va uning Buxoro amiri tomonidan 
qabul qilinishini u quyidagicha tasvirlaydi: «20 kuni ertalab soat 10 da Buxoroga 
tantanali kirish tayin qilingan edi. Eng oldinda saf tortgan holda piyoda askarlar, 
so‘ngra otliq askarlar, ularning orqasidan 8 kishi katta-katta patnuslarda har xil 
sovg‘alar olib borar edilar. Bular: ikki dona suvsar po‘stini, ajoyib qilib ishlangan 
bir necha qilich, grafinlar, piyolalar, chilimlar, oyna va boshqalardan iborat 
bo‘lib, ularning soni 30 mingga yetar edi. 
Tantanali yurish, mulozimlari kuzatgan holda janob elchi va ularning oldida 
livreya kiygan ikki kishidan iborat edi. Shunday qilib, Buxoroga kirib borildi. 
Saroy oldiga yetib kelinganda, elchiga hadya va mulozimlari bilan, hamda otryad 
komandiriga 30 piyoda askari bilan kirishga ruxsat etildi. Qolgan harbiy qismlar 
esa, saroy oldida qoldirildi. Saroy ichiga kira berishda har xil yo‘llar, eshiklar va 
xonalar orqali juda o‘ng‘aysizliklar bilan, nihoyat, bir xonaga yetib borildi. U 
yerda katta yostuqdan yasalib, gilamlar, shollar bilan qoplangan hashamatli 
taxtning ustida atrofida bir qancha o‘zining amaldorlari bilan xon o‘tirar edi. 
Xonaga kirish bilan uning amaldorlari sovg‘alarni oldilar. Elchi o‘z mulozimlari 
bilan xonaga kirgach, u fors tilida tabrik nutqi so‘zladi. Yorliqni vazirga berdi, va u 
podshoga uzatdi. Xon uni yoqimli tabassum bilan ovozini qo‘yib o‘qidi, so‘ngra 
elchi bilan fors tilida suhbatlashib, bir necha askarlarning kirishini talab etdi, Ular 
paydo bo‘lishi bilanoq, xon qattiq kulib yubordi. Unga chest bergan vaqtlarida, 
«yaxshi» dedi. Shu bilan marosim tugadi. Elchi o‘z mulozimlari bilan shaharda, 
unga ajratilgan eng yaxshi xonalaridan birida qoldi. Eskort esa Bozorchi 
qishlog‘iga qaytib ketdi...». 
Budrinning Buxoroda rus elchiligining qabul qilinishi to‘g‘risida bergan 
materialida qushbegining rus hukumati tomonidan yuborilgan yorliqni elchidan 
olib, amirga uzatishi va uni amirning o‘zi ochib o‘qishi haqida bergan ma‘lumoti 
juda ajoyib bo‘lib, bu davlatlar o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar tarixida katta 
ahamiyatga ega edi. Chunki, avvalgi asrlarda Buxoroda ajnabiy davlatlarning 
elchilaridan xatni amir olar va ochib «munshiga» (sekretarga) uzatar edi. Rus 
hukumati tomonidan yuborilgan yorliqni amirning o‘zi ochib o‘qishi Rossiyaning 
Buxoroda katta obro‘ga ega bo‘lganligidan va Buxoro amirining Rossiyadan olib 
kelingan xabarlardan shaxsan o‘zi qiziqishidan darak beradi. 
Budrin o‘z xotiranomasida missiyaning Buxoroda davlat hisobiga yashagani 
va Buxoro hokim doiralari tomonidan, oz bo‘lsa ham, unga alohida mablag‘ 
ajratilgani to‘g‘risida yozadi. Muallifning so‘zicha, missiya uchun kuniga ikki 
dona chervon puli (ikki dona Buxoro tillosi), ya‘ni 32 so‘m ajratilgan edi. Аmmo, 
bu mablag‘ missiya uchun juda ozlik qilishiga qaramasdan, hamda missiya ichida 
biroz norozilik tug‘dirgan bo‘lsa ham, missiya boshlig‘i А. F. Negri uni qaytarish 
bilan Buxoro amirini ochiqdan-ochiq ranjitmaslik uchun qabul qilib, mablag‘ni 


faqatgina o‘zi va missiya a‘zolarining kundalik xarajatlari uchungina emas, hatto 
boshqa mayda-chuyda xarajatlar uchun ham yetkazishini bayon qilgan edi. 
Demak, А.F.Negri bu masalani yechishda ham Buxoro hukmron doiralari 
bilan o‘zaro munosabatning buzilmasligiga harakat qilib, ularning ajratgan 
mablag‘lariga rozi bo‘lgan edi. 
Missiya boshlig‘i А.F.Negrining asosiy masalalar yuzasidan Buxoro amiri 
bilan olib borgan muzokaralari to‘g‘risida G.Meyendorf va E. Eversman asarlarida 
hech qanday ma‘lumot berilmay, garchi qisqacha bo‘lsa ham, Budrinning 
xotiranomasida ma‘lumot keltiriladi. «Elchining xon bilan bo‘lgan butun aloqasi, 
deb yozadi Budrin, shaxsan vazir bilan muzokara shaklida yoki xat orqali olib 
borilar edi». 
Muallifning yozishiga qaraganda, А.F.Negri birinchi audientsiyadan 
tashqari, asosiy masalalar yuzasidan Buxoro amirining huzurida yana ikki marta 
bo‘lgan. Rus elchisi amir bilan bu uchrashuvlaridagi asosiy masalalar yuzasidan 
olib borilgan muzokaralarida, bu masalalarning o‘zaro do‘stlik asosida yechilishiga 
har hancha harakat qilmasin, har doim ular kelisha olmas edilar. Bu haqda Budrin 
quyidagilarni yozadi: «Garchi Rossiyaning bu harakatchan va sodiq o‘g‘li o‘ziga 
topshirilgan vazifalarni, imkoni boricha, eng katta yutuqlar bilan bajarishga harakat 
qilsa ham, xonda ishonch hosil qilish uchun qancha urinsa ham, biroq xon uning 
hamma talablarini yechmaslikka qat‘iy turib olgan edi. Uning qayta-qayta qilgan 
murojaatlariga ah‘yon-ah‘yonda javob qaytarilar edi. 
Budrinning bergan bu ma‘lumotlaridan Buxoroda rus elchisi А.F.Negri o‘z 
oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli ravishda bajarishga harakat qilganligi 
va kutilgan natijalarga birinchi vaqtlarda erisha olmaganligi ochiqdan-ochiq 
ko‘rinib turgan bo‘lsada, lekin, bu yerda missiyaning oldiga qo‘yilgan vazifalar 
nimadan iborat ekanligi ko‘rsatilmagan. 
Muallifning so‘zicha, А.F,Negrining uzoq davom etgan qat‘iy talablaridan 
so‘ng, Buxoro amiri uni 22-fevral kuni qabul qilishga rozi bo‘lgan edi: «Bu 
audientsiyada boshqa muhim masalalar yuzasidan olib borilgan o‘zaro 
muzokaralar orasida, deb yozadi Budrin, (Buxoro amiri rus) qullarini Rossiyaga 
qaytarishni qat‘iy suratda rad etdi. Ertasi kuni missiyaning 12 kundan keyin 
muqarrar jo‘nab ketishi haqida buyruq berdi». 
Bu ma‘lumotlardan, birinchidan, rus missiyasining asosiy vazifalaridan biri 
Buxorodagi rus qullarini ozod qalish masalasidan iborat ekanligi ravshan ko‘rinib 
turgan bo‘lsa, ikkinchidan, muallifning «boshqa muhim masalalar» degan so‘zida 
qullar masalasidan tashqari missiya oldida yana bir qancha vazifalar mavjud 
ekanligi va ular ustidan olib borilgan bu muzokaralarda rus elchisi А.F.Negrining 
Buxoro amiri bilan kelisha olmaganligini ko‘rsatadi. Аmmo, muallif bu «boshqa 
masalalar» nimadan iborat ekanligini yozmagan. 
Budrinning fikricha, rus missiyasining oldiga qo‘yilgan vazifalar 
bajarilmasdan, muvaffaqiyatsizlikka uchrashining asosiy sabablaridan biri, qullar 
masalasidagi ikki tomondan zo‘r berib tortishuv va kelishmovchilikda edi: 


«Rossiya missiyasining tegishli hurmat bilan qabul qilinishi uchun bo‘lgan 
dastlabki talab, deb yozadi Budrin, xon va uning yaqin kishilarida haddan tashqari 
norozilik paydo qildi. Аmmo janob elchining rus qullarini ozod qilish uchun 
intilishi har ikki tarafda ham o‘zaro norozilikni kuchaytirdi. Shuning uchun ham 
janob elchining hamma ishlari kutilgan natijalarni bermadi». 
Rus 
missiyasining 
oldiga 
qo‘yilgan 
vazifalarning 
Buxoroda 
muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga, chunonchi, А.F.Negrining asosiy masalalar 
yuzasidan Buxoro amiri bilan kelisha olmasligiga qushbegining anchagina ta‘siri 
bo‘lgan: «Xuddi vazirning o‘zi, deb yozadi Budrin, xon bilan missiya o‘rtasidagi 
kelishmovchilikning sababchisi edi. U, 10 ta rus qulining egasi bo‘lganligi uchun, 
o‘zining butun makr va ayyorligini elchi bilan xonni urishtirib qo‘yib, xonni 
missiya talablarining hammasini rad etishga ko‘ndirmoq uchun qaratgan edi». 
Haqiqatan ham, Budrinning o‘z so‘ziga qaraganda, qushbegining rus missiyasiga 
nisbatan bunday munosabatda bo‘lishi, rus elchisining Buxoro bilan olib borgan 
muzokaralariga salbiy ta‘sir etgan edi. Chunki, bu vaqtlarda Buxoro xonligining 
ijtimoiy va siyosiy hayotida qushbegining ta‘siri juda katta bo‘lib, Buxoro amiri 
davlat ishlaridagi har bir masalani hal qilishda va uni yechishda qushbegining 
maslahatisiz ish qilmas edi. 
Buxorodagi rus qullarini o‘z vatanlariga qaytarish uchun missiya 
boshlig‘ining Buxoro amiri bilan olib
borgan muzokaralari tamoman rad 
etilgandan so‘ng, missiya a‘zolari rus qullarini sotib ola boshlagan edilar. Аmmo 
missiyaning bu ishiga ham, muallifning so‘zicha, amir va uning atrofidagi 
amaldorlari to‘sqinlik qilganlar: «Janob elchining bozorchadagi lagerda turgan 
vaqtida, deb yozadi Budrin, bir qancha qoullar (rus qullari) kelib undan homiylik 
so‘ragan edilar. U, qullarning har biriga 60-70 Buxoro chervonidan to‘lab, ularning 
ko‘pini sotib oldi. Ozod etilganlarini esa, Rossiyaga qaytarish maqsadida o‘z 
himoyasi ostiga olgan edi. Lekin uning bu harakatiga xon 
va 
uning 
vaziri 
tashqari to‘sqinlik qildilar. Xon, 
buxoroliklarning 
rus 
qullarini 
sotayotganliklarini eshitgan vaqtda, qullarni sotgan kishilarning hammasiga yuz 
chervondan jarima soldi». 
Bulardan ma‘lumki, haqiqatan ham qullar masalasi Buxoro amiri bilan rus 
elchisi o‘rtasidagi kelishmovchilikning asoslarndan birnni tashkil etgan edi. 
Аmmo, Buxoroning hokim doiralari Rossiya bilan aloqani tamoman uzib yuborish 
tarafdori emas edilar. Ularning rus missiyasiga nisba-tan tutgan muposabatlari ular 
o‘rtasidagi masalalarning ko‘proq o‘z foydalariga hal etilishiga qaratilgan edi. 
Budrin rus elchiligining boshlig‘i А.F.Negri bilan Buxoro amiri Haydar 
o‘rtasidagi muzokaralarni qayd qilar ekan, missiyaning oldiga qo‘yilgan 
vazifalarning deyarli hammasini natijasiz tamom bo‘lgan, deb yozadi. Lekin u, 
savdo karvonlarini Rossiyadan Buxoroga qadar harbiy konvoy bilan kuzatish 
to‘g‘risida amir bilan rus elchisi o‘rtasida olib borilgan muzokaralar va Buxoro 
amiri rus hukumatining bu taklifiga o‘z roziligini bildirgani haqida hech qanday 
ma‘lumot bermaydi. 


Buxoro amiri Rossiya elchisining hamma talablarini rad etgan emas. Chunki, 
bu vaqtlarda u Rossiya bilan aloqani uzmaslik uchun harakat qilar edi. Shuning 
uchun ham amir Haydar ayrim masalalar yuzasidan rus elchisi А.F.Negri bilan 
kelisha olmagan bo‘lsa ham uni oxirgi marotaba 7-mart kuni qabul qilishga majbur 
bo‘lgan edi. Bu safar u, rus elchisini juda iltifot bilan qabul qilib, hatto missiyaning 
20 martgacha Buxoroda turishiga ruxsat bergan edi. So‘ngra elchiga 200 chervon, 
va missiyaning boshqa a‘zolariga 15 chervondan pul sovg‘a qilgan edi.
Аmir Haydarning rus elchisiga qayta audientsiya tayin qilishidan maqsad, Rossiya 
bilan aloqani uzmaslik uchun rus elchisining o‘z vataniga jo‘nab ketish vaqtida u 
bilan munosabatni yo‘lga qo‘yib yuborish edi. 
Bundan tashqari, Budrin xotiranomasida Buxoro va Rossiya o‘rtasidagi 
savdo aloqalari va Rossiyadan Buxoroga olib kelinadigan asosiy mahsulotlar 
to‘g‘risida ham qisqacha ma‘lumotlar berilgan. Budrin ham Rossiyadan Buxoroga 
bu vaqtlarda ko‘proq metall va boshqalar olib kelinishi haqida yozadi: «Ular oltin, 
kumush, mis, qalay va temirlarni Rossiyadan, qisman esa, Hindistondan, Erondan 
va Xitoydan oladilar. Аmirning o‘zi elchiga: Buxoro savdogarlari Rossiya bilan 
savdo qila boshlagan vaqtlardan boshlab, Buxoro oltinga ega bo‘ldi, deb iqror 
bo‘lgan edi». 
Budrin o‘z asarida Rossiya va Buxoro o‘rtasidagi savdo munosabatlari 
ustida to‘xtab o‘tar ekan, Buxoroda Rossiya bilan savdoda ishtirok etuvchi 
savdogarlar davlat tomonidan himoya qilinmasligi to‘g‘risida yozadi. Muallifning 
so‘zicha, davlat faqat savdogarlardan boj olish bilan chegaralanib, savdoni tartibga 
solish va savdogarlarga homiylik qilish bilan mahalliy va ajnabiy savdogarlarda 
o‘ziga nisbatan ishonch hosil qilishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ymagan. 
«Biz Buxoroda turgan vaqtimizda, — deb yozadi Budrin, Qizilqumda xivaliklar 
600 tuyadan tashkil topgan Orenburg karvonini, shuningdek, Orsk va Troitsk 
karvonlarini talon-taroj etganlar. O‘z mollaridan va, hammadan ham Rossiyadagi 
kreditlaridan ajralgan bechora savdogarlar (Buxoro savdogarlari) xondan himoya 
qilish to‘g‘risida iltijo qilmadilar. Xon ularga hech qanday yordam ko‘rsatmadi va 
himoya qilmadi. Shuning uchun ularning ko‘pchiligi Rossiya bilan savdoni tashlab 
ketmoqda edilar. Faqat Qizilqumga konvoy yuborilganda edi, shunda hamma 
mollar ham beshikast qolar va davlat o‘zining eng asosiy daromadi hisoblangan 
bojlaridan ham ajralmas edi». 
Budrin Buxoro va Rossiya savdo aloqalariga to‘sqinlik qilayotgan 
Qizilqumdagi qaroqchilarga qarshi savdo karvonlari bilan qurolli soqchi 
yuborishni taklif qiladi. Аmmo, o‘zi shu missiyaning ishtirokchisi bo‘lishiga 
qaramasdan, missiyaning asosiy vazifalaridan biri savdo karvonlarini Rossiyadan 
Buxorogacha konvoy bilan kuzatish masalasi ekanini bilmaydi. 
Muallif o‘z asarida yana bir qiziq ma‘lumotni beradi: rus missiyasi 
Buxoroda turgan vaqtda amir Haydar buyrug‘i bilan shahardagi bosh degrez 
tomonidan Rossiya missiyasi olib kelgan to‘plar namunasida ikki dona to‘p 
quydirilgan edi. Muallifning bergan ma‘lumotlariga qaraganda, rus to‘plari tipida 


quydirilgan Buxoro to‘plari rus to‘plariga o‘xshamagan edi G.Meyendorf, missiya 
Buxoroga yetib kelmasdan, qushbegining uni yo‘lda uchratganligi va missiya 
boshlig‘i А.F.Negridan elchilikni kuzatib kelayotgan ikki dona to‘pni Buxoro 
amiriga sovg‘a qilishini so‘raganligi, ammo А.F.Negri yo‘ldagi xavflarni nazarda 
tutib, uning bu talabini qaytarganligi to‘g‘risida yozgan edi. 
Demak, Buxoroning hokim doiralari bu rus to‘plarini qo‘lga kirita 
olmaganliklaridan keyin, xuddi ana shu xildz qilib to‘p quyishni buyurganlar. 
Bulardan ma‘lumki, o‘zini «amirul jahongir» deb hisoblab kelgan Buxoro amirlari, 
Rossiyaning Buxorodan har tomonlama ustun ekanligini endilikda seza boshlagan 
edilar. Hatto Buxoro to‘plari ham Rossiya to‘plariga nisbatan juda oddiy va qo‘pol 
bo‘lib qolgan edi. 
Shunday qilib, Budrinning 1820 yilda Rossiyadan Buxoroga diplomatik 
missiyaning yuborilishi, ayniqsa uning Buxoroda olib borgan ishlari to‘g‘risida 
bergan ma‘lumotlari juda yangi va qimmatli bo‘lib, mazkur missiya haqida 
G.Meyendorf va E.Eversmanlarning bergan ma‘lumotlarink yangi va nodir faktik 
materiallar bilan boyitadi. 
Budrin asarida, bulardan tashqari, Buxoro ekonomikasi va xalqning ahvoli 
to‘g‘risida, qisqa bo‘lsa ham, lekin juda ajoyib ma‘lumotlar keltirilgan. Budrin 
Buxoroning qishloq xo‘jaligida paxtachilik va ipakchilik katta ahamiyatga ega 
ekanini, ulardan har xil mollar to‘qilishini va Buxoroda ip hamda ipak mollari 
to‘qib chiqaradigan bir qancha korxonalar mavjud ekanligi to‘g‘risida yozadi. 
Muallif o‘z asarida Buxoroda yashovchi xalqlarning turmushini so‘zlar ekan, u 
ayniqsa, yaxudiy xalqning juda og‘ir turmush kechirishini va ularning Buxoroda 
mahalliy hokimlar tomonidan arzimagan bahonalar bilan jazoga tortilishini hamda 
jarimalar to‘lashga majbur etilishini bayon qiladi. Muallif Buxoroda xotin-qizlar 
tamoman huquqsiz ekanini ta‘kidlab, bu haqda u quyidagilarni yozadi: «Ular 
(xotin-qizlar) bu yerda (Buxoroda) cho‘ridek hisoblanardilar... Buxoro — boshiga 
oq salla o‘ragan erlar hokimligidir». 
Demak, Budrinning bu asari XIX asrning birinchi choragida Buxoro va 
Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni, shuningdek, ayni zamonda Buxoro tarixini 
o‘rganishda qimmatli bosh manba asardir. 
Eduard Eversmanning ―Reise von Orenburg nash Bushara‖, nomli asari prof. X. 
Lixtenshteyn muqaddimasi bilan 1823 yilda Berlinda nemis tilida bosilib chiqdi. 
Аdabiyotlarda ko‘rsatilishicha, bu asarning ingliz tiliga tarjimasi 1823 yilda 
Londonda ―Russian missiona into the interior of Asia‖ nashr etildi». 
Аsar muallifning Buxoroda olib borgan shaxsiy kuzatishlari asosida yozilib, 
V.G.Geptner bu haqda quyidagilarni aytadi: «Eversman asarida boshqa 
adabiyotlardan dalil qilib keltirilgan hech qanday qiyosiy ma‘lumotlar va misollar 
bo‘lmay, unda avgor ko‘rganlarnni bayon qiladi. Lekin, voqealarning bunday 
sodda qilib bayon qilinishining o‘zi asarning fazilatlaridan biridir». 


Eversmanning bu kitobi asosan ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, unda Buxoro 
shaharining sxematik plani berilgan. Planning chetida berilgan ilovaga qaraganda, 
u Bimbe tomonidan tuzilgan. 
Аsarning birinchi qismida butun voqealar kundalik xotiralar shaklida berilib, 
Orenburgdan Buxorogacha bo‘lgan masofa tasvir etiladi. Qozoq xalqi to‘g‘risida 
har xil etnografik va tarixiy ma‘lumotlar berilib, rus missiyasining buxoroliklar 
tomonidan qarshi olinishi va uning Buxoroga yetib kelishi bilan tamomlanadi. 
Kitobning ikkinchi qismida materiallar bir sistemaga solinib, Buxoro 
shaharining tasviri berilgan: uning katta-kichikligi, devorlari, ko‘chalari, uylari, 
amir turadigan ark, saroylari, registon, madrasalari, karvon saroylari, bozorlari: 
qullar bozori va qimmatbaho buyumlar bozori; ingliz, rus, eron, xitoy mollari 
nomma-nom sanab chiqilgan. Shu bilan birga, Buxoroning Shaybonixondan (1488-
1510) to amir Haydargacha (1800-1826) bo‘lgan davrining qisqacha siyosiy 
tarixiga ocherk berilgan. Bulardan tashqari, Buxoroning aholisi: tojik, o‘zbek, 
yahudiylarning xarakteristikasi, Buxoroda asosiy til-fors tili, ya‘ni tojik tili 
ekanligi, yahudiylarning ahvoli haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Buxoroda sun‘iy 
sug‘orish va qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida, Buxoroning hayvonot dunyosi, iqlimi, u 
yerdagi kasalliklar, tabiblari va boshqalari bayon qilinadi. 
Eversmanning Buxoro xonligi to‘g‘risida bergan ma‘lumotlari qisqa 
bo‘lishiga qaramasdan, XIX asrning boshida Buxoro tarixini o‘rganishda katta 
ahamiyatga ega bo‘lib, Buxoro tarixini ko‘pgina qimmatbaho va nodir faktlar bilan 
boyitadi. «Istoricheskiy obzor puteshestviy v Buxare» nomli asarining muallifi 
V.V.Zav‘yalov Eversmanning kitobiga: «Bu asar hozirgacha noma‘lum bo‘lgan 
mamlakatni ilmiy ravishda tasvir etishda birinchi ajoyib ish», deb baho beradi. 
Kitobning muqaddimasida E.Eversman biografiyasi to‘g‘risida ma‘lumotlar 
berilgan. 
Muallifning Rossiya va Buxoro xonligi o‘rtasidagi munosabatlarga oid 
bergan ma‘lumotlari unchalik boy bo‘lmasdan, faqatgina yuhorida tasvir etilgan 
manbalarni birozgina to‘ldiradi. 
Eversman ham 1820 yilda Buxoroga yuborilgan rus diplomatik 
missiyasining yuborilish sabablari, uning oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalari va 
missiyaning Buxoroda olib borgan ishlari haqida hech qanday ma‘lumot bermaydi. 
Uning bergan ma‘lumotlaridan mazkur missiyaning faqat savdo harakteriga ega 
ekanligini aniqlab olish mumkin. 
Eversman Orenburg general-gubernatoriga yozgan xatida: «Qushbegi va 
boshqalar, - deb yozadi, - Negrining xon bilan o‘zaro savdoni rivojlantirish uchun 
muzokara olib borish maqsadida kelgani to‘g‘risida biror tushunchaga ham ega 
emasdir. Ularning fikricha, biz boj to‘lamasdan, shol ro‘mol va boshqa mollarni 
sotib olish uchun maxfiy ravishda ko‘p miqdorda pul olib kelgan emishmiz». 
Eversman Buxoro va Rossiya savdosini quyidagicha tasrirlaydi: «Bu yerga 
(Buxoroga) hamma tarafdan: Rossiya chegarasidan, ya‘ni Troitsk, Orsk, 
Orenburgdan va Xiva orqali Аstraxandan savdo karvonlari keladi. Ular ingliz, rus 


mollari: ip va guldor gazlamalar, ipak va ip ro‘mollar; jez, mis, temir va temirdan 
yasalgan buyumlar va boshqalarni olib keladilar. Savdogarlarning asosiy qismi 
buxoroliklardan, Rossiya tatarlaridan va astraxanli armanilardan iborat edi. Bu 
yerdan Rossiyaga ular Buxoro mahsulotlaridan: ipak, paxta, yigarilgan ip, kashmir 
va eron shol ro‘mollari, nil bo‘yog‘i va xitoy chinni idishlarini olib ketadilar» 
Eversmanning bu ma‘lumotlari shuni ko‘rsatadiki, XIX asrning birinchi 
choragida Rossiyaning O‘rta Osiyo savdosida tutgan geografik o‘rni Аngliyaga 
nisbatan hali ham qulay bo‘lib, Аngliya sanoat mollari Rossiya orqali, rus 
savdogarlarining vositasi bilan olib borilardi. Shuning uchun ham Hindiston 
bozorini bosib olish bilan band bo‘lgan 
ingliz kapitali bu vaqtlarda O‘rta 
Osiyoga kirishga harakat qilish u yoqda tursin, balki o‘z mahsulotlarini O‘rta 
Osiyo bozorlariga rus savdogarlarining vositasi bilan butun Rossiya orqali yuborar 
edi. 
Eversman o‘z asarida Rossiya va Buxoro o‘rtasidagi savdo munosabatlarini 
va bu savdodagi asosiy mahsulotlarni qayd qilsada, lekin uning hajmi haqida va 
yiliga o‘rtacha hisob bilan tovar oborotini belgilab bera oladigan hech handay 
ma‘lumot keltirmaydi. 
Аsarda Buxoroning Qo‘qon, Xiva xonliklari va Eron, Hindiston, sharqiy 
Turkiston, Tibet singari Osiyo davlatlari bilan olib borayotgan savdosining ham 
Rossiya bilan bo‘ladigan savdosiga bog‘liq ekanini ko‘rsatuvchi ma‘lumotlar 
berilgan. «Mashhad va Hirotdan, — deb yozadi E. Eversman, yiliga Buxoroga 500 
tuyada, asosan, eron ipak va ip mollari hamda shol ro‘mollari olib kelinar edi. Ular 
bu yerdan rus mollari, asosan, ipak va ip gazlamalar hamda xom paxta olib ketar 
edilar». 
Bu ma‘lumotlar O‘rta Osiyo xonliklari Rossiyaning xom-ashyo bozori 
sifatidagina emas, balki sharh davlatlari bilan bo‘lgan savdoda hamon vositachi 
bo‘lib xizmat hilayotganini ko‘rsatadi. Bulardan tashhari, E.Eversman ham 
G.Meyendorfning Buxoro xonligida rus savdogarlaridan 10 protsent miqdorida 
savdo boji olinishi to‘g‘risida bergan ma‘lumotlarini tasdiqlovchi dalillar keltiradi. 
Eversman Buxoroga borishda Orenburg gubernatoriga yo‘ldan ikki marta va 
Buxoro shahriga yetib kelgandan so‘ng, yana bir marta xat yozgan edi. Xatlardan 
avvalgi ikkitasi, А.V.Vasil‘evning yozishiga qaraganda, saqlanmagan. Xatning 
uchinchisi esa, А.V.Vasil‘evning yuqorida qayd qilib o‘tilgan maqolasida 
keltiriladi. «Severniy arxiv» jurnalining 1822 yil, 6-sonida avvalgi xatlardan biri 
«Pismo doktora Eversmana, naxodivshegosya pri Rossiyskoy ‗shssii v Buxariyu, 
poluchennoe pervogo marta 1821 goda v S. Peterburge» sarlavha ostida bosilib 
chiqadi. E.Eversmanning bu xatlari ham Buxoro xonligi va Rossiya o‘rtasidagi 
munosabatlarnn o‘rganishda qimmatli manbadir. Chunki ularda berilgan 
ma‘lumotlar qisqa bo‘lishiga qaramasdan, XIX asrning birinchi choragida bu ikki 
davlat o‘rtasidagi aloqalarga oid bo‘lgan materiallarni ayrim dalillar bilan boyitadi. 
Eversman birinchi xatida missiyaning Orenburgdan, jo‘nashi, uning sostavi 
va yo‘ldagi harakat tartibi to‘g‘risida yozadi. Qozog‘istonda qozoq sultonlari 


o‘rtasidagi o‘zaro feodal kurashlar va Orung‘ozi tomonidan missiyaning 
Sirdaryogacha kuzatilishini bayon qiladi. Bulardan tashqari u, Qozog‘iston 
cho‘llarida talonchilik to‘g‘risida yozar ekan, missiyaga kelib qo‘shilganligi va 
Orenburgdan chiqqan Xiva savdo karvonlari esa, qozoqlar tomonidan talon-toroj 
etilganlig‘ini yozadi. E.Eversmanning ikkinchi xatida avvalgi xatlarda berilgan 
ma‘lumotlar biroz qayd qilinib, ularni Buxoro to‘g‘risidagi ma‘lumotlar bilan 
to‘ldiradi. 
Eversmanning keyingi xati to‘g‘risida А.V.Vasil‘ev quyidagilarni yozgan 
edi: «Bu xat nemis tilida bayon qilinib, bizga qo‘shni bo‘lgan rayonlar va sharq 
o‘lkalarining ahvolini tasvir etishda ko‘p ajoyib ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi». 
Eversman bu xatida ham Orenburgdan chiqqan Buxoro savdo karvonining 
birinchi yarmi missiyaga kelib qo‘shilganligini va ikkinchi yarmi Qizilqumda 
qozoqlar tomonidan talon-toroj etilganligini, shu bilan birga, Orskdan va Troitsk 
shaharlaridan chiqqan karvonlar yo‘lidagi bu xavfdan qo‘rqib, yana Rossiyaga 
qaytib ketganligi haqida yozadi. 
Eversmanning savdo yo‘lida karvonlarning talonchilikka uchraganligi 
to‘g‘risida keyingi xatida bergan ma‘lumotlari avvalgi xatida bergan 
ma‘lumotlaridan biroz farq qiladi. Chunki, avvalgi xatida Qizilqumda Xiva savdo 
karvonlari talon-toroj etildi deb yozgan bo‘lsa, keyingi xatida esa xuddi shu 
voqeani gapirib, Buxoro savdo karvonlari talan-di deb yozadi. 
Аgarda E.Eversman keltirgan bu ma‘lumotlarni Budrinning bergan 
ma‘lumotlari bilan taqqoslanilsa, uning keyingi ma‘lumotlari to‘g‘ri ekanligini 
ko‘ramiz. Bu oxirgi xat missiyaning Buxoroga yetib kelishi, buxoroliklar 
tomonidan kutib olinishi va E.Eversmanning tatar savdogari niqobi bilan Buxoroga 
kirib borishi bilan tugaydi.
Shunday qilib, E.Eversmanning XIX asrning birinchi choragida Buxoro 
xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi aloqalar, aynnqsa, diplomatik aloqalar to‘g‘risida 
bergan ma‘lumotlari G.Meyendorf va Budrin asarlarida berilgan ma‘lumotlarni 
birozgina bo‘lsa ham to‘ldiradi va ayrim holatlarni esa yangi faktlar bilan aniqlab 
beradi. 
Bulardan tashqari, XX asrning 20-yillarida Buxoro va Rossiya 
munosabatlarini o‘rganishda P.Yakovlev, G.Meyendorflarning rus vaqtli 
matbuotida nashr etilgan maqolalari hamda boshqa redaktsion xabarlar ham 
ahamiyatli manbalardan bo‘lib, yuqoridagi asarlarni ko‘pgina qimmatli 
ma‘lumotlar bilan to‘ldiradilar. 
XIX asrning birinchi choragida Buxoro va Rossiya savdo munosabatlarining 
ayrim holatlari hahida G.Spasskiyning «Noveyshee opisanie Velikoy Buxari...» 
nomli asarida ham ko‘pgina faktik ma‘lumotlar keltirilib, bu asar «Аziatskiy 
vestnik» jurnalining 1825 yil, 1, 2, 4, 5 va 6 sonlarida nashr etilgan. Muallif 
Buxoroga o‘zi bormagan va u yerda material to‘plamagan bo‘lsa ham, lekin asarni 
o‘sha vaqtda Buxoroga borgan shohidlarning olib kelgan ma‘lumotlari asosida 
yozgan edi. 


Chunki bu vaqtlarda G. Spasskiy ―Аziatskiy vestnik‖ jurnalining redaktori 
bo‘lib, odatda yangi materiallar, ayniqsa, Osiyo haqidagi ma‘lumotlar uning 
qo‘liga kelib tushar edi. 
Spasskiyning asari, asosan, besh bo‘limdan iborat bo‘lib, uning birinchi 
bobida Buxoro haqida har xil tarixiy ma‘lumotlar berilgan. Ikkinchi bo‘limi 
Buxoroning geografiyasiga bag‘ishlanib, uchinchi bo‘limida Buxoro shahari 
to‘g‘risida ma‘lumotlar berilgan. 
Аsarning to‘rtinchi bobida Buxoroning aholisi, sanoati, savdo aloqalari, 
og‘irlik o‘lchovining turlari va ishlab chiqarish usullari haqida ko‘p qiziq 
ma‘lumotlar keltirilgan. Kitobning beshinchi bo‘limida esa, Buxorodagi vazifalar 
va mansablar bayon qilnngan. Bu bobda muallif Buxorodagi mansablarni 
Rossiyadagi mansablarga solishtirib beradi. 
Spasskiy o‘z asarida XIX asrning birinchi choragida Buxoro va Rossiya 
savdo munosabatlariga oid ko‘pgina qiziq ma‘lumotlar beradi. Uning bergan 
ma‘lumotlarida Buxorodan olib chiqiladigan mahsulotlar va ularning Buxoro 
xonligida hamda Rossiya yarmarkalaridagi bahosi, shuningdek bu mahsulotlarning 
sortlari to‘g‘risida keltirilgan materiallari ayniqsa xarakterlidir. 
Muallifning yozishicha, Buxorodan keltirilgan paxtaning har puti o‘z joyida 
14 so‘m tursa, Rossiyada esa, 40 so‘mdan sotilar edi, yigirilgan ip esa, ularning 
eng yaxshilari Samarqand va Shahrisabz iplari bo‘lib, Buxoroda har puti 70 so‘m 
tursa, Rossiyada ularning har putiga 110 so‘mdan to‘lanar edi. Miyonqol rayonida 
tayyorlangan iplarning sifati o‘rtacha bo‘lib, ularning har puti Buxoroda 45 
so‘mdan 55 so‘mgacha, Rossiyada esa 80 so‘mdan sotilar edi. Bu ma‘lumotlardan 
ma‘lumki, Buxoroning Samarqand, Shahrisabz 
va Miyonqol rayonlari 
dehqonchilik bilan birga, hunarmandchilik ip yigiruvchilik rayonlaridan bo‘lib ular 
Buxoro va Rossiya savdosidagi asosiy mahsulotlardan hisoblangan paxta, ayniqsa, 
yigirilgan ip bilan bu savdoni ta‘min etar edilar 
Shunday qilib, Buxoro va Rossiya savdo munosabatlariga oid G.Spasskiy 
asarida berilgan ma‘lumotlar yuqorida qayd qilingan adabiyotlarda keltirilgan 
materiallarni yangi faktik dalillar bilan bir daraja boyitadi. 
1824 yilda Rossiyadan Buxoroga yuborilgan qurolli karvonni o‘rganishda 
shu karvonning boshlig‘i va uning ishtirokchisi Ye.Kaydalovning xotiranomasi 
bosh manba bo‘lib, birinchi qismi1827 yilda, ikinchi va uchinchi qismlari 1828 
yilda. 
Moskvada nashr etilgan. Ye.Kaydalovning bu xotiranomasida Rossiya va 
Buxoro o‘rtasidagi savdo yo‘llaridagi ahvol, rus savdogarlarining Buxoroda savdo 
qilish tartiblari, 1824 yilda qurolli kuchlar bilan savdo karvonlarining kuzatilishi va 
uning sabablari hamda yo‘ldagi talonchiliklar to‘g‘risida to‘liq va qimmatli 
ma‘lumotlar beradi. Ye. Kaydalov o‘z xotiranomasida qurolli soqchi bilan savdo 
karvonining Buxoroga yuborilish sababini bayon qilib, faqatgina Qozog‘iston 
cho‘llaridagi talonchilik Rossiya-Buxoro savdosiga katta zarar yetkazganligi uchun 
eskort tayin qilingan, deb to‘g‘ri ko‘rsatsa ham, ammo muallif nima uchun 


Rossiyaning harbiy kuchlari Buxorogacha kirib borishiga Buxoro hukmron 
doiralari tomonidan qarshilik ko‘rsatilmaganligining sabablarini ko‘rsatmaydi. 
Chunki, bu narsa Buxoro hokim doiralari bilan kelishilgan bo‘lib, mana shuning 
uchun ham 1824 yil, may oyida Orenburg harbiy gubernatori Pyotr Qirillovich 
Essen Rossiya va Buxoro savdogarlariga quyidagilarni e‘lon qilgan edi: «Cho‘lda 
hozirgacha savdogarlar uchun mavjud bo‘lgan talonchilikni qaytarish va o‘z 
kuchimiz 
bilan tashqi savdoni mudofaa etish uchun mustaqil bir tadbir ko‘rish 
zarur, deb topildi. 
Xotiranomada Orenburg gubernatorining savdo karvonlarining tunash va 
qaytish vaqtlari, yo‘ldagi harakati to‘g‘risidagi farmoni keltirilib, bu farmon 
bo‘yicha, yiliga bir marta harbiy eskort bilan savdo karvonlarini kuzatish 
uyushtirilib, uning jo‘nash va qaytish vaqtlari belgilangan edi. Jo‘nash markazi 
Orenburg shahri bo‘lib, butun savdo karvonlari sentyabr oyining oxirlarida bu 
yerga to‘planishlari va kechi bilan 10 oktyabrga qolmay Orenburgdan jo‘nab 
ketishlari va Buxorodan esa, mart oyida qaytishlari kerak edi. 
Savdo karvonlarining yo‘ldagi harakati harbiy xarakterga ega bo‘lib, eng 
oldinda qozoq yetakchilari, ularning orqasidan avangard otryad, avangarddan 100 
qadamcha orqada kazak otliq askarlari, to‘plar va aravalar, orqada piyoda askarlar 
hamda otliq askarlar, eng oxirida esa, ar‘ergard borar edi. Bu harbiy qismning ikki 
tomonida bir necha qator bo‘lib savdo karvonlari borar edilar. Savdo 
karvonlarining atrofi otliq yoki piyoda askarlar bilan o‘ralgan bo‘lib, har bir 
savdogar otryad komandirining ruxsatisiz bu to‘dadan chiqishi va unga qayta 
kirishi qat‘iy suratda man qilingan edi. 
Ye.Kaydalovning bu xotiranomasida kishi diqqatiga sazovor bo‘ladigan 
narsa, karvonboshiga va karvonni kuzatuvchi harbiy eskort komandiriga berilgan 
qo‘llanma bo‘lib, bu qo‘llanmada ularning vazifalari belgilangan edi. Qo‘llanma 
bo‘yicha, karvonboshiga quyidagilar. topshirilgan: a) karvon ichida mustahkam 
ittifoq uyushtirish va savdogarlar orasida paydo bo‘lgan ayrim o‘zaro 
kelishmovchilikni har taraflama tekshirib, ularni hal qilish; b) Buxoroga borishda 
va u yerdan qaytishda hamma savdogarlarning o‘z mollari bilan karvondan ajralib 
ketishlaridan xabardor bo‘lib, ajralib ketishga yo‘l qo‘ymaslik; v) agarda biror 
savdogar o‘zboshimchalik bilan karvondan ajralib ketgudek bo‘lsa, darhol otryad 
komandirini xabardor qilish; g) karvon sostavidan ajralib ketgan rus 
savdogarlarining ro‘yxatini olib borish va bu ro‘yxatni Orenburgga qaytib 
kelgandan so‘ng hukumatga berish; d) rus savdogarlari osiyoliklar bilan savdo 
qilgan vaqtlarida ehtiyotlik va halollik bilan ish olib borib, o‘zaro tartibsizlikka 
yo‘l qo‘ymasdan, ikki o‘rtadagi hamjihatlikni saqlab turish; ye) qurolli soqchi 
kuzatib ketayotgan karvonga qo‘shilgan savdogarlar esa, mazkur karvonboshiga 
bo‘ysunishga majbur edilar. 
Karvonboshiga berilgan qo‘llanmada rus savdogarlarining O‘rta Osiyo bilan 
olib borayotgan savdo aloqalaridagi muvaffaqiyat, bir tomondan, ularning 
o‘zlariga bog‘liq ekani ta‘kidlab 
o‘tilgan: 
«Аyniqsa 
sizning 


(karvonboshining), - deb yozilgan instruktsiyada, hozirgi va kelgusida bo‘ladigan 
bunday ishning (savdo karvonini konvoy bilan kuzatishning) muvaffaqiyatli 
bo‘lishi u yerda (Buxoroda) savdogarlarimizning, hamda ularning prikazchiklari va 
xizmatkorlarining xushf‘el va halol axloqda bo‘lishlariga bog‘liq ekanligiga... 
shuningdek yiroq va chet mamlakatda savdogarlarning xushtabiat va halol 
muomalalari ularning shaxsiy foydalari uchun va o‘zaro savdo munosabatida birga 
bo‘ladigan osiyoliklarda o‘zlari va hamshaharlari to‘g‘risida yaxshi fikr paydo 
etish uchun lozim ekanligiga diqqat qilishingizni so‘rayman. 
Savdogarlarimiz tomonidan hisobda, tarozida va o‘lchovda aldashlikka yo‘l 
qo‘ymaslik uchun ular ustidan g‘amxo‘rlik va hurmat bilan nazorat qilib turishni 
sizga (E.Kaydalovga) topshiraman. Umuman shunday bir ish qilish kerakki, 
mahalliy aholi bilan hamjihatlikni saqlash har bir rus savdogarining asosiy burchi 
bo‘lsin
1824 yilda Buxoroga yuborilgan qurolli savdo karvonining boshlig‘i 
Ye.Kaydalovga berilgan bu qo‘llanmadan ma‘lumki, rus hukumati O‘rta Osiyo 
xonliklari, jumladan Buxoro xonligi bilan mavjud bo‘lgan iqtisodiy aloqalarni 
rivojlantirishda faqatgina katta diplomatik missiyalarnigina emas, hatto savdo 
karvonida ishtirok etuvchi har bir rus savdogarini ham ikki davlat o‘rtasidagi 
munosabatlarga putur yetkazmaslik uchun maxsus instruktsiyalar bilan ta‘min etib 
yuborar edi. 
Savdo karvonini kuzatuvchi qurolli eskort komandiriga quyidagi vazifalar 
topshirilgan edi: 
a) savdo karvonini talonchilikdan saqlash; 
b) yo‘ldagi tabiiy baxtsizliklardan saqlash uchun karvonning harakati, dam olishi 
va boshqalarni o‘z vaqtida belgilash; 
v) Rossiyadan chiqqan, ayniqsa, Orenburg liniyasidan, rus savdogarlari bo‘lmasin, 
mahalliy O‘rta Osiyo savdogarlari bo‘lmasin, hammasini harbiy konvoy mudofaasi 
ostiga olish;
g) o‘zboshimchalik bilan harbiy konvoy sostavidan ajralib ketgan savdogarlarni 
mudofaa ostiga qayta olmaslik; 
d) otryad komandiriga bo‘ysunmagan kishilarni konvoy sostavidan chiqarib 
yuborish. 
Аgarda otryad komandiri o‘z vazifalarini bajarishdan bosh tortsa va karvon 
yoki uning biror qismi talonchilikka uchrab, halok bo‘lsa, u vaqtda otryad 
komandiri davlat qonuni oldida jazoga tortilar edi. Karvon boshlig‘i va otryad 
komandiriga berilgan bu qo‘llanma savdo karvonining Buxorodan Orenburgga 
qaytib kelgunicha o‘z quvvatini saqlab, karvon sostavida ishtirok etgan barcha 
savdogarlar instruktsiyasining oxirida o‘z imzolarini chekib, Orenburg general-
gubernatoriga qaytarib berishlari kerak edi. 
Shunday qilib, Ye.Kaydalovning xotiranomasi 1824 yilda Rossiyadan 
Buxoroga harbiy soqchi bilan yuborilgan savdo karvoni va karvonboshi hamda 


konvoy otryadining komandiriga berilgan maxsus qo‘llanmalar to‘g‘risida birinchi 
bo‘lib ma‘lumot beradi. 
Bulardan tashqari, Ye.Kaydalov 1824 yili Buxoroga harbiy konvoy bilan 
yuborilgan savdo karvonining Qizilqumdagi Beshtepa mavzeida Xiva va 
qozoqlarning birlashgan guruhlari tomonidan talonchilikka uchraganini va bir 
necha to‘qnashlardan so‘ng ko‘pgina mollaridan ajralib, Rossiyaga qaytib 
kelganligini bayon qiladi. Muallifning bergan ma‘lumotlariga ko‘ra, rus savdo 
karvoni va harbiy konvoy sostavida hammasi bo‘lib 1300 kishi qatnashgan edi, 
ularga qarshi hujum qilgan xivalik va qozoqlar shaykasining soni 12 mingga yaqin 
borardi. 
Kaydalovning bergan ma‘lumotlariga ko‘ra, 1824 yilda Buxoroga 
yuborilgan savdo karvoniga qarshi qozoq va xivaliklarning shaykasi tomonidan 
qilingan talonchilik rus savdogarlariga 550.027 so‘mga yaqin zarar yetkazgan. Rus 
davlat» esa, bu talonchilikdan 230 ming so‘m zarar ko‘rgan edi. 
Kaydalov ham o‘z xotiranomasida savdo yo‘lidagi tartibsizlikka Buxoro 
xonligida tamoman befarq qaralganini bayon qiladi. Muallif Buxoroning hukmron 
doiralari savdo yo‘lidagi talonchilik u yoqda tursin, o‘z davlat chegaralaridagi 
tartibsizlikka qarshi kurashmaydilar, deb ularni qoralaydi. Аmmo, muallif bu 
tartibsizlikka qarshi kurashish uchun Buxoro xonligi zaif ekanligini, mana shu 
sababli, 1820 yilda Buxoroga yuborilgan rus missiyasining boshlig‘i А.F.Negri 
tomonidan savdo karvonlarini harbiy konvoy bilan kuzatish uchun Buxoro 
hukmron doiralarining roziligini olish vazifasi topshirilganligini sezmagan. 
Bulardan tashqari, Ye. Kaydalov 
Qozog‘istondagi 
o‘zaro 
ayirbosh 
savdonining holatini, uning Rossiya uchun ham, O‘rta Osiyo xonliklari uchun ham 
katta ahamiyatga ega ekanlign to‘g‘risida juda qiziq ma‘lumotlar keltiradi. U o‘z 
xotiranomasida Qozog‘istondagi ayirbosh savdoni quyidagicha tasvirlandi: «Ular 
(qozoqlar) biz keltirgan buyumlarga ot, tuya va qo‘ylar, mahalliy mahsulotlardan 
namat, jun chakmon, po‘stin, arqon, belbog‘, har xil hayvonlarning terilari va juda 
ko‘p miqdorda turli yirtqich hayvonlarni ayirbosh qildilar. Bizdan esa, charm, 
movut, ip gazlamalardan: nanka, kitayka, chit, ro‘mol va turli mayda-chuyda 
mollarni oldilar. yo‘ldagi qozoqlar bilan biz uchun mana shunday foydali savdo bir 
oyga yaqin to Quvon daryogacha davom etdi. Karvonlarning Buxoroga har yili 
to‘xtovsiz qatnashi ta‘minlansa, rus savdogarlari uchun juda foydali bo‘lib, har bir 
savdogar mazkur mamlakat bilan savdo qilish uchun yetarli mahsulotlarni g‘amlab 
olib, yo‘lda Buxoro uchun kerakli mollarga, qaytishda esa, Buxorodan olingan 
mollar hisobiga Rossiya uchun kerakli mollarga osonlik bilan ayirbosh qila 
olishlari mumkin edi. Karvon yo‘lidagi bunday qulay ayirbosh savdo o‘zaro savdo 
oborotini bir necha martaba ko‘paytirib, mamlakatimiz foydasiga savdo balansini 
muqarrar ravishda oshirishga olib keladi». 
Shunday qilib, Qozog‘iston cho‘llarini kesib o‘tgan savdo yo‘llaridagi 
talonchiliklardan karvonlarni mudofaa qilish uchun 1824 yilda Rossiyadan 
Buxoroga harbiy eskort bilan yuborilgan savdo karvonlarining boshlig‘iga va 


otryad komandirlariga rus hukumati tomonidan berilgan maxsus instruktsiyalar 
hamda Qozog‘iston cho‘llarida mavjud bo‘lgan ahvol va qurolli karvonning 
falokatga uchrashi to‘g‘risida Ye.Kaydalovning asari juda ajoyib ma‘lumotlar 
beradi. Bulardan tashqari, muallif Qozog‘istondagi ayirbosh savdo Rossiya uchun 
ham, Buxoro xonligi uchun ham juda katta ahamiyatga ega ekanligini yangi 
dalillar bilan ko‘rsatib beradi. 
1824 yilda Rossiyadan Buxoroga harbiy soqchi bilan yuborilgan savdo 
karvoni to‘g‘risida Ye.Kaydalovning asaridan tashqari, «Аziatskiy vestnik» 
jurnalining 1825 yil, yanvar‘ oyida «Ob otpravlenii karavana iz Orenburga v 
Buxariyu» sarlavha ostida bosilib chiqqan maqolada ma‘lumotlar keltirilgan. Bu 
maqolada 
keltirilgan 
ma‘lumotlar, 
asosan, 
Kaydalov 
asarida 
berilgan 
materiallarning qisqacha bayoni bo‘lib, ular ustida mukammal to‘xtalmadi. Demak, 
1824 yilda Rossiyadan Buxoroga yuborilgan qurolli savdo karvonini va ikki davlat 
munosabatlari tarixini o‘rganishda Kaydalovning xotiranomasi va «Аziatskiy 
vestnik» jurnalida nashr etilgan xabarlar muhim manbalardandir. 
Shunday qilib, Rossiya va Buxoro munosabatlari ishtirokchilarining yozib 
qoldirgan xotiranomalari XIX asrning birinchi choragida Buxoro xonligi bilan 
Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy va diplomatik aloqalarni o‘rganishda birinchi darajali 
juda boy va qimmatbaho manbadir. Bu tarixiy yodgornomalarda XIX asrning 
birinchi choragida Buxoro xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarga oid 
berilgan ma‘lumotlarni qisqacha xarakterlab, quyidagi xulosaga keldik: 
G.Meyendorf, Budrin, E.Eversman va G.Spasskiylarning asarlarida Buxoro 
va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar to‘g‘risida juda ajoyib va boy faktik 
ma‘lumotlar berilib, ular XIX asrning oxirlaridan boshlab, bu ikki davlat 
o‘rtasidagi savdo aloqalarining juda katta ahamiyatga ega bo‘la boshlaganini va 
uning tez sur‘at bilan rivojlanayotganini aniqlab bera oladi. Bu manbalarda 
keltirilgan faktik materiallar ayni zamonda Buxoro va Rossiya o‘rtasidagi 
savdoning va savdo yo‘llarining holatini har tomonlama ko‘rsatib beradi. 
Bu memuar asarlar XIX asrning birinchi choragida Buxoro xonligi Rossiya 
uchun xomashyo bozori sifatidagina emas, balki qo‘shni sharq davlatlari: Eron, 
Аfg‘oniston, Sharqiy Turkiston va hatto Xitoyni rus mollari bilan ta‘min etishda 
vositachi bo‘lib xizmat etishi to‘g‘risida juda qiziq faktik dalillar beradilar. 
Bu manbalar, ayniqsa E.Eversmanning asari XIX asrning birinchi choragida 
O‘rta Osiyo bozorlariga ingliz sanoat mollari rus savdogarlarining vositasi bilan 
Rossiya orqali olib kelinishini ko‘rsatib beradi. 
Bu manbalarda Rossiya va Buxoro xonligi o‘rtasidagi iqtisodiy 
munosabatlarning yuksalishi asosida bu ikki davlatning o‘zaro diplomatik 
munosabatlarining rivojlanishi to‘g‘risida juda ko‘p qimmatli ma‘lumotlar 
berilgan. Bu vaqtlarda yuborilgan o‘zaro elchiliklar va diplomatik missiyalar faqat 
savdo xarakteriga ega bo‘lib, ularning asosiy vazifalari savdo yo‘llari va 
bozorlarning holatini o‘rganishdan iborat edi. Аyniqsa, 1820 yilda Rossiyadan 
Buxoroga yuborilgan diplomatik 
missiyani o‘rganishda G.Meyendorf, Budrin 


va Eversmanlarning bergan ma‘lumotlari juda qimmatlidir. Lekin, G.Meyendorf
va E.Eversmanlar asarida bu diplomatik missiya oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalar 
ochiq ko‘rsatilmagan. Mazkur missiya oldiga qo‘yilgan ayrim masalalar 
Budrinning xotiranomasida ochiqroq ko‘rsatilib, uning bergan ma‘lumotlari 
G.Meyendorf va E. Eversmanlarning asarlarida berilgan ma‘lumotlarga qaraganda 
aniqroqdir. Shunga qaramasdan, bu manbalarda missiya oldiga qo‘yilgan eng 
asosiy masala: savdo karvonlarini Qozog‘iston cho‘llaridagi talonchilikdan 
mudofaa qilish uchun Buxoro hukmron doiralarining roziligini olish masalasi qayd 
qilinmaydi. 
L.Meyer va А.Shepelevlar o‘z asarlarida, rus missiyasining boshlig‘i 
А.F.Negrining Buxoro amiri bilan olib borgan muzokaralarida amir Haydar savdo 
karvonlarini Buxoroga harbiy soqchi bilan kuzatish masalasi yuzasidan o‘z 
roziligini bergan, deb ko‘rsatdilar. 
Savdo karvonlarini Buxorogacha qurolli kuch bilan kuzatish uchun amirning 
rozi bo‘lishi XIX asrning birinchi choragida Buxoro xonligi bilan Rossiya 
o‘rtasidagi munosabatlar tarixida katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu voqea, 
birinchidan, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar rivojlanishining natijasi 
bo‘lsa, ikkinchidan, bu iqtisodiy aloqalarning yuksalish idan har ikki tomonning 
ham manfaatdor ekanligidan darak berar edi. Uchinchidan esa, Buxoro-Rossiya 
savdo munosabatlarining rivojlanishiga Qozog‘istondagi talonchilik asosiy to‘siq 
bo‘lib, unga qarshi kurashda Buxoro xonligining juda ojiz ekanini, shuning uchun 
ham Buxoro hukmron doiralari Rossiyaning qurolli kuchlarining Qozog‘istonga 
kirib to Buxorogacha yetib kelishidan qo‘rqmasdan, balki unga talabgor ekanini 
ko‘rsatar edi. 
1824 yilda savdo karvonining Buxorogacha qurolli kuch bilan yuborilishini 
o‘rganishda Ye.Kaydalovning kundalik xotiranomasi bosh manba asar bo‘lib, 
savdo karvonining harbiy konvoy bilan yuborilish sabablari, yo‘ldagi harakati va 
Qozog‘iston cho‘llaridagi talonchiliklar to‘g‘risida to‘liq ma‘lumot beradi. 
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, yuqorida xarakterlangan bu memuarlarning 
mualliflari: G.Meyendorf ham, E.Eversman va boshqalar ham hokim tabaqa 
vakillaridan bo‘lib, ular har bir masalani yechishda va mulohaza qilishda hamda 
voqealarni bayon etishda o‘z sinflarining manfaatini ko‘zda tutganlar, shuning 
uchun ham ularning asarlarini o‘rganishda, keltirgan ma‘lumotlariga va fikrlariga 
baho berishda tanqidiy qarashga to‘g‘ri keladi. 

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish