Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi



Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana12.05.2023
Hajmi1,22 Mb.
#937754
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
748e5cb8a7caee34129c7e1919ca8496 ROSSIYA VA O‘RTA OSIYO XONLIKLARI O‘RTASIDA SAVDO-DIPLOMATIK ALOQALAR

 
Savollar 


1.XIX asr 30-50 yillarida Rossiya va Buxoro munosabatlarining rivojlanishiga 
turtki bo'lgan omillar qanday edi? 
2. Xanikov Buxoro-Rossiya iqtisodiy munosabati xaqida qanday malumot bergan? 
3. Buxoro-Rossiya munosabatlariga Xiva xonligini to'sqinligi sabablari keltring? 
4. Golubkov O'rta Osiyo bilan bilan savdoni kuchaytrish uchun kiritgan taklifi 
qanday edi? 
5.1836 yil Amirlig elchisi Boltaqulbekning Orenburgga tashrif boisini sababi nima 
edi? 
6.1834 yil amirligga kelgan Demizon qanday niqob ostida kelgan edi va uning 
maqsadi 
7.Buxoro amirligining ingilizlarga nisbatan munosabati qanday edi?
8. Rossiyaning amirlig hududiga agressiv siyosati sababi nimada edi? 
7-MАVZU. XIX-АSRNING 50-YILLАRIDА BUXORO VА ROSSIYA 
O‘RTАSIDАGI MUNOSАBАTLАRGА OID BА‘ZI BIR MАNBАLАR 
Reja: 
1. XIX asr 50-yillarida Buxoro va Rossiya oʻrtasidagi diplomatik 
munosabatlar. 
2. Buxoro elchisi Mirza Xayrullayevga berilgan yorliq manba sifatida. 
3. N.Ignat'ev 1897-yilgi asari manba sifatida. 
4. N.Zalesovning asari manba sifatida. 
XIX asrning 50-yillariga kelib, Buxoro xonligi va Rossiya o‘zaro diplomatik 
aloqalarida ayrim masalalar yuzasidan kelisha olmaganliklariga va bu voqea 
natijasida Rossiya hokim doiralari orasida Buxoroga nisbatan norozilik paydo 
bo‘lishiga qaramasdan, bu ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar hamon 
kengaymoqda edi. 
Buxoro va Rossiya savdo munosabatlariga Rossiyada sanoatning, jumladan 
to‘qimachilik sanoatining tobora rivojlanishi va uning xomashyoga paxtaga 
bo‘lgan ehtiyojining orta borishi katta ta‘sir etadi. Rossiya sanoatining paxtaga 
bo‘lgan ehtiyoji, ayniqsa Аmerikada grajdanlar urushi davomida (1861 — 1865) 
juda ham oshib ketadi. Chunki Rossiya sanoati uchun paxta asosan Аmerikadan 
keltirilib, urush natijasida bu vaqtlarda yerdan olib kelinadigan paxta tamoman 
to‘xtab qolgan edi. Masalan, agarda 1860 yillarda Rossiya yarmarkalarida Buxoro 
paxtasining bir puti 4 so‘m bo‘lsa, 1864 yilga kelganda uning bahosi 22 so‘mgacha 
oshadi. 


O‘sha vaqtlardagi matbuotda Buxoro paxtasiga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risida 
quyidagilar bayon qilingan: «Buxoroda paxta yetishtirish va uning eksporti 
xonlikning butun ishlab chiqarishini qoplab olib, uning chetga chiqariladigan 
barcha mahsulotlari: kanaus (ipak gazlama), sus (qizil miya o‘simligining ildizi), 
viboyka (mahalliy ip-gazlama-bo‘z), tayyor to‘nlar va hatto quruq mevalarning 
o‘rnini egallagan edi. 
Bu ma‘lumotlar, birinchidan, Rossiyada bu vaqtlarda paxtaga bo‘lgan 
talabning qanchalik oshganligini ko‘rsatsa, ikkinchidan, Buxoro va Rossiya 
o‘rtasidagi savdo aloqalarining tobora kengayib borayotganligidan darak beradi. 
Mana shu sabablarga asosan, Buxoro va Rossiya o‘rtasidagi savdoni Rossiyadan 
chiqariladigan mollarning ichida tayyor mahsulot, Buxorodan olib kelinadigan 
mollarning orasida esa xom paxta tamoman egallab bormoqda edi. 
Buxoro va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi Buxoro 
xonligining ekonomikasiga ham katta ta‘sir qila boshladi. Chunki, Rossiyaga 
chiqariladigan paxta hajmining ortishi, o‘z navbatida, paxta ekiladigan yerlarning 
kengayishini talab etar edi. Shuning uchun ham bu vaqtlarda Buxoro territoriyasida 
paxta ekiladigan maydonlar juda tez sur‘at bilan kengaya boshlaydi, 
Demak, XIX asrning 50-yillarida Buxoro xonligi va Rossiya o‘rtasidagi 
iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi natijasida xonlikning ekonomik jihatdan Rossiya 
bozorlariga tobeligi anchagina oshgan edi. Shu bilan birga, Rossiyada sanoatniig 
rivojlanishi bnlan xomashyoga bo‘lgan ehtiyojning ortishi va buning ustiga 
Аmerikadan olinadigan paxtaning tamoman to‘xtab qolishi O‘rta Osiyoning, 
jumladan Buxoro xonligining Rossiya sanoati uchun paxta bazasi sifatida 
ahamiyatini juda ham oshirib yuboradi. 
Shuning uchun XIX asrning 50-yillarida ham rus diplomatiyasining O‘rta 
Osiyodagi asosiy vazifasi bu paxta bazasini qo‘ldan bermasdan va u yerga boshqa 
chet davlatning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymasdan, Rossiya ta‘sirini kuchaytirishdan 
iborat edi. 
Bu vaqtlarda O‘rta Osiyoda ingliz tajovuzkorlarining agressiv harakatlari 
tobora kengayib borishi va buning ustiga, XIX asrning 30-40-yillari davomida 
Rossiyaning O‘rta Osiyo xonliklari, jumladan Buxoro bilan olib borgan diplomatik 
aloqalari kerakli natijalar bermaganligi, Rossiyaning Qozog‘istonga, shuningdek 
O‘rta Osiyoga nisbatan bo‘lgan munosabatlarida yuzaga kelgan vaziyatni 
keskinlashtirib yubordi. Endilikda Rossiya Qozog‘istonni tamoman o‘ziga 
bo‘ysundirib, xonliklarni u bilan kerakli shartnoma tuzishga majbur etish siyosatini 
tuta boshladi. 
1847 yilda Sirdaryoning o‘rta oqimida Raimskiy istehkomi qurilib, 1853 
yilga kelganda Sirdaryogacha bo‘lgan rayonlar Rossiya qo‘l ostiga o‘tadi. Lekin, 
bu vaqtlarda paydo bo‘lgan xalqaro vaziyat Rossiyani o‘zining bu planlaridan 
vaqtinchalik voz kechishga majbur etdi. Rossiya ayni zamonda Qrim urushn 
(1853- 1856) bilan band edi. 


Аmmo, XIX asrning 50-yillarida Rossiyaning O‘rta Osiyoga nisbatan tutgan 
siyosatida bunday keskin o‘zgarish paydo bo‘lishiga qaramasdan, Buxoro xonligi 
Rossiya bilan aloqani yaxshilashga va ikki o‘rtada nizo kelib chiqishiga yo‘l 
qo‘ymaslikka harakat qila boshlaydi. Hatto Buxoro xonligi bu vaqtlarda 
Rossiyaning Qozog‘istonni tamoman o‘z qo‘l ostiga olishiga ham tarafdor edi. 
1848 yilda Rossiyaga yuborilgan Buxoro elchisi Mirza Xayrullaga berilgan 
yorliqda, Xiva xoni Sirdaryoda ruslar tomonidan qurilayotgan maxfiy istehkom 
to‘g‘risida Xiva bilan Rossiya o‘rtasida vositachilik qilishni Buxoro hukmron 
doiralaridan so‘ragan vaqtida, Buxoro amiri savdo yo‘lini mudofaa qilishda va bu 
istehkomning ahamiyatini yaxshi tushunib, o‘z yerida istehkom qurayotgan rus 
hukumatining ishlariga aralashishning Xiva xonligiga hech qanday taalluqli yeri 
yo‘q, deb javob berganligi haqida yozilgan. 
Shuningdek, Buxoro elchisi, ingliz agentlari Buxoroga kelib, amirni Аngliya 
bilan aloqa bog‘lashi uchun zo‘r berib harakat qilayotganliklari va ularning 
takliflarini amir Nasrullo qaytarganligi to‘g‘risida Rossiya hukumatini ogoh qilgan 
edi. 
Buxoro elchisi Mirza Xayrullaga berilgan yorliqda ikki davlat o‘rtasida 
qadimdan davom etib kelayotgan do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash uchun 
Buxoro amiri rus hukumatidan Buxoroga o‘z vakilini yuborishini iltimos qilgan 
edi. 
Bulardan ma‘lumki, Buxoro xonligi XIX asrning 40-yillarida Rossiya bilan 
olib borgan diplomatik aloqalarida uning ba‘zi bir takliflarini qabul qilmagan va 
natijada Rossiya hukmron doiralari orasida o‘ziga nisbatan norozilnk tug‘dirgan 
bo‘lsa ham, lekin u bilan aloqani tamoman uzib yuborish tarafdori bo‘lgan emas. 
Chunki, birinchidan, Rossiya bilan bo‘lgan iqtisodiy aloqalardan Buxoro xonligi 
juda ham manfaatdor bo‘lib, bu aloqalarga putur yetkazilishini xohlamasa, 
ikkinchidan, ingliz tajovuzkorlarining O‘rta Osiyoda agressiv harakatlarining 
tobora kuchayishi Buxoroning mustaqilligiga xavf solib kelmoqda edi. Shuning 
uchun ham Buxoro hukmron doiralari Rossiyaga uzluksiz o‘z vakillarini yuborib, u 
bilan do‘stona aloqada bo‘lish va bu aloqalarni mustahkamlash uchun Buxoroga 
rus vakillarini yuborishini Rossiya hukumatidan iltimos qilar edilar. Hatto Buxoro 
hukmron doiralari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashni 
belgilash uchugn bir qancha rus qullarini ozod etib, o‘z vatanlariga yuborgan ham 
edilar. 
1857 yilda Buxoro xonligi Rossiyaga elchi yuborib, o‘zaro munosabatlarni 
mustahkamlash uchun rus hukumatidan o‘z vakilini yuborishini ikkinchi marta 
so‘raydi. 
Buxoro hukmron doiralarining bunday iltimoslariga javoban Rossiya ham 
1858 yilda polkovnik N.Ignat‘ev boshliq diplomatik missiya yubordi. Аmmo, 1858 
yilda rus hukumatining Buxoroga elchilik yuborishining asosiy sababi Buxoro 
hukmron doiralarining iltimosi bo‘lmay, balki o‘sha vaqtlarda bu ikki davlat 
o‘rtasidagi munosabatlarda paydo bo‘lgan vaziyatga bog‘liq edi. Bu vaqtlarda 


Rossiya Qozog‘iston yerlarini tamoman o‘z ta‘siriga olib, O‘rta Osis xonliklari 
bilan bevosita qo‘shni bo‘lib qolgan edi. Endilikda Rossiyaning O‘rta Osiyo 
xonliklari, jumladan Buxoro bilan olib borayotgan diplomatik munosabatlari 
muvaffaqiyatli natijalar berishiga u yerda yuz berayotgan iqtisodiy va siyosiy 
ahvol hamda xonlik to‘g‘risida mukammal va aniq ma‘lumotlarning bo‘lishi 
anchagina ta‘sir etar edi. 
XIX asrning 40-yillarida Buxoro va unga qo‘shni bo‘lgan xonliklar 
to‘g‘risida to‘plangan ma‘lumotlar bu vaqtga kelib eskirib qolgan va rus 
hukumatining hozirgi vaqtlardagi talablariga to‘la javob bera olmas edi. Shu bilan 
birga, Rossiyaning O‘rta Osiyo xonliklari bilan olib borayotgan savdo 
munosabatlari ham aytarlik yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lib, avvalgidek, rus 
savdogarlari O‘rta Osiyo bozorlariga bemalol borolmas va borganlarida ham 
ortiqcha bojlar olinib, ularga to‘sqinlik qilinar edi. Bulardan tashqari, Аmudaryo 
bu vaqtlarda Rossiya uchun iqtisodiy va siyosiy jihatdan katta ahamiyatga ega 
bo‘lib, uning diqqatini o‘ziga tortmoqda edi. Mana shularning hammasi 1858 yilda 
Rossiyadan mazkur missiyaning yuborilishiga sabab bo‘ladi. 
XIX asrning 50-yillarida Rossiya va Buxoro xonligi o‘rtasidagi 
munosabatlarga oid manbalar unchalik ko‘p bo‘lmasdan, ularda ko‘proq 1858 
yilda Rossiyadan Xiva va Buxoro xonliklariga yuborilgan diplomatik missiya 
to‘g‘risida ma‘lumotlar berilib, ammo bu missiyagacha bo‘lgan davr ichida Buxoro 
va Rossiyaning o‘zaro munosabatlariga oid ma‘lumotlar juda ham oz keltiriladi. 
1858 yilda N.Ignat‘ev boshliq Rossiyadan Buxoroga yuborilgan missiya, uning 
sostavi, oldiga qo‘ygan vazifalari, missiya boshlig‘ining Buxoroda olib borgan 
muzokaralari hamda Buxoro hukmron doiralarinipg rus elchiligiga nisbatan 
munosabatlari, shuningdek ularning missiya boshlig‘i tomonidan taklif etilgan 
shartlarga bergan javoblari to‘g‘risida bizga Ignat‘ev va N.Zalesov asarlari 
ma‘lumot beradilar. Har ikki muallif ham mazkur missiyaning ishtirokchisi bo‘lib, 
ular o‘z asarlarini ko‘rgan va eshitgan ma‘lumotlari asosida yozgan edilar. 
N.Ignat‘evning asari 1897 yili Peterburgda nashr etilgan. Аsar, asosan, 1858 
yilda Rossiyadan Xiva va Buxoro xonliklariga yuborilgan missiyaga bag‘ishlanib, 
unda muallif ko‘proq Rossiya va Xiva munosabatlari ustida to‘xtalib o‘tadi. Shuni 
aytib o‘tish kerakki, N.Ignat‘evning asari boshidan to oxirigacha «rus shovinizmi» 
ruhida yozilgan. Аsarda muallif qaysi bir masala yoki voqea ustida to‘xtamasin, u 
har doim O‘rta Osiyo xalqlariga shovinistik nazarda qarab, ularni kamsitadi va 
oyoqosti qiladi. 
Hatto, N.Ignat‘ev Buxoro va Xiva xonliklari bilan olib borilgan muzokaralar 
muvaffaqiyatli patija berishi uchun ular bilan tinchlik, o‘zaro hamjihatlik yo‘li 
bilan emas, balki zo‘rlik yo‘li bilan muomala qilishni tavsiya qiladi. Аsarda muallif 
bu haqda quyidagilarni yozadi: «Biz tavsiya qilayotgan shartnomaga rozi bo‘lishi 
va uni tasdiqlash kerakligiga amirni ishontirishda, uni qo‘rqitish, bularni qaytargan 
vaqtda esa, biz Osiyo mahsulotlarisiz qanoatlanishimiz mumkin, deb ogohlantnrib, 


hozirgi vaqtlargacha mavjud bo‘lib kelayotgan savdo imtnyozlarini osiyoliklardan 
tortib olmoq kerak». 
Muallif Rossiya va O‘rta Osiyo xonliklari o‘rtasidagi munosabatlarga baho 
berar ekan, bu aloqalarga o‘z sinfi nuqtai nazaridan qarab, ular Rossiya uchun hech 
qanday foyda keltirmaydi, deb bayon qiladi. N.Ignat‘evning fikricha, O‘rta 
Osiyodan keladigan foydasiz elchilarni kutib olishda sarflanadigan va Rossiyadan 
u yerga yuboriladigan elchilarga xarajat qilinadigan bekorchi mablag‘ maqsadga 
erishish uchun boshqa yo‘lga (ya‘ni xonliklarni bosib olishga) ishlatilishi kerak 
edi. 
Muallif, Buxoro xonligi va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘risidagi 
o‘zining bu fikri bilan, birinchidan, O‘rta Osiyo xalqlarining Rossiya bilan asrlar 
davomida mustahkamlanib kelayotgan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarini 
hamda ulardan har ikki davlatning manfaatdor ekanini inkor etsa, ikkinchidan, 
O‘rta Osiyo yerlariga kolonizatorlarcha qarab, u yerlarni tezroq bosib olish 
planlarini olg‘a suradi. 
Garchi N.Ignat‘ev o‘z asarida Rossiya va O‘rta Osiyo xonliklari o‘rtasidagi 
munosabatlarni yoritishda o‘z sinfi manfaatlarining tor ramkasidan chiqolmay, 
kolonizatorlik pozitsiyasida turgan bo‘lsa ham, ammo uning bu munosabatlar 
to‘g‘risida bergan faktik materiallari XIX asrning 50-yillarida Rossiya va O‘rta 
Osiyo, jumladan Buxoro xonligi o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni 
o‘rganishda ahamiyatlidir. 
Ignat‘ev o‘z asarida 1858 yilda Rossiyadan Xiva va Buxoro xonliklariga
diplomatik missiya yuborilishining asosiy vazifalarini to‘g‘ri ko‘rsatadi. 
Muallifning yozishicha, avvalgi asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Rossiya va 
O‘rta Osiyo o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning yuksalishiga qaramasdan, 
o‘zaro savdo juda og‘ir bir sharoitda olib borilishi: chunonchi, savdo yo‘llaridagi 
qiyinchiliklar, xonliklarda rus savdogarlaridan ortiqcha boj olinishi, ularning bu 
savdoda erkin ishtirok etishiga to‘sqinlik qilinishi va, buning ustiga, ruslarning u 
yerda qullikda tutilishi hamda bu masalalar yuzasidak rus hukumatining Xiva va 
Buxoro bilan olib borgan diplomatik aloqalari to oxirgi vaqtlargacha kerakli 
natijalar bermaganligi, 1858 yilda Rossiyadan diplomatik 
missiyaning 
yuborilishiga sabab bo‘lgan edi. 
Haqiqatan ham, Rossiyaning O‘rta Osiyo xonliklari bilan olib borgan 
diplomatik munosabatlarining asosida uning O‘rta Osiyo bozorlaridagi manfaatlari 
yotsa ham, lekin 1858 yilda Xiva va Buxoro xonliklariga yuborilgan missiyaning 
yuborilishi faqat N.Ignat‘ev ko‘rsatganlarining o‘zidan iborat bo‘lmay, balki bu 
sabablarga yuqorida qayd qilingan masalalar ham kirar edi. 
Аsarda ko‘rsatilishicha, 1858 yilda Rossiyadan O‘rta Osiyo xonliklariga 
diplomatik missiyaning yuborilishidan faqatgina savdo maqsadlarigina emas, balki 
siyosiy-harbiy maqsadlar ham ko‘zda tutilib, unga quyidagi vazifalar topshirilgan 
edi: 


a) xonliklarda rus savdogarlaridan olingan bojlarni qisqartirish va o‘zaro 
aloqalarning olib borilishi hamda rus savdogarlarining ishlari ustidan nazorat qilib 
turish uchun vaqtinchalik xonliklarga rus savdo vakillarini yuborish masalalarini 
o‘z ichiga olgan savdo shartnomasini bog‘lash; 
b) Аmudaryoda rus savdo kemalarining bemalol suzishiga Buxoro xonlarining 
ruxsatini olish; 
v) Аmudaryo to‘g‘risida, imkoni boricha, har xil to‘liq va aniq ma‘lumotlar 
to‘plab, uni xaritaga tushirish; 
g) xonliklar to‘g‘risida geografik va boshqa xarakterdagk sistematik ma‘lumotlar 
to‘plash; 
d) O‘rta Osiyoda inglizlarning qo‘poruvchilik harakatlarini aniqlash. 
Missiyaga yuklangan topshiriqlar to‘g‘risida keltirilgan bu ma‘lumotlar 
shuni ko‘rsatadiki, ayrim masalalardan tashqari, 1858 yilda Xiva va Buxoro 
xonliklarmga yuborilgan diplomatik missiyaning asosiy vazifalari 1841 yilda 
mazkur xonliklarga yuborilgan missiyalarga topshirilgan vazifalarni tashkil qilar 
edi. 
N.Ignat‘ev o‘z asarida missiya sostavi ustida to‘xtar ekan, uning har bir 
a‘zosi, ularga berilgan topshiriqlar va bu topshiriqlarni bajarish uchun berilgan 
ba‘zi bir qo‘llanmalarni birma-bir bayon qiladi. 
Polkovnik N.Ignat‘evning o‘zi missiyaning boshlig‘i bo‘lib, unga xonliklar 
bilan muzokaralar olib borib, savdo shartnomasini bog‘lash masalasi topshirilgan 
edi. 
Missiyaning sostavida N.Ignat‘evdan tashqari, sekretar‘, ikki tarjimon, 
generalniy shtabdan ikki ofitser, ikki vrach, topograf korpusidan ikki ofitser, 
astronom, naturalist, monax va boshqalar bor edi. Missiyani kuzatish uchun 
konvoy belgilangan bo‘lib, uning sostavida qatnashgan kishilarning soni 117ga 
yetgan edi. 
Missiyaning sostavida qatnashgan P.Nazarov o‘zining asarida missiyaning 
hay‘atida Ignat‘evdan tashqari 16 mutaxassis bo‘lib, Rossiyadan O‘rta Osiyo 
xonliklariga to shu vaqtgacha bunday katta saforat yuborilmaganligi to‘g‘risida 
yozadi. 
Аsarda yozilishicha, missiyada sekretarlik vazifasini Tashqi Ishlar 
ministrligining xodimi Ye.Ya.Kileveyn olib borib, unga diplomatik xatlar jurnali 
tutish topshirilgan edi. General shtabning ofitseri K.V.Salatskiy boshliq topografiy 
korpusning ofitserlari: Yakovlev, Zelenin va ikki topograf: Nedorezov, 
Chernishyovlarga missiyada topografik ishlarni olib borish, missiya bo‘lgan 
rayonlar to‘g‘risida har xil ma‘lumotlar to‘plash vazifalari yuklangan edi. 
Generalniy shtabning kapitani N.Zalesovga kundalik tuzish va missiya borib 
yetgan mamlakatni harbiy va statistik jihatdan tasvir etish vazifasi topshirilgan, 
M.N.Galkin chegara kompaniyasi bilan aloqa olib borish, savdo to‘g‘risida 
ma‘lumotlar to‘plash va Orenburg general gubernatori uchun kundalik tuzish kabi 
vazifalarni o‘z ustiga olgan edi. Lerxe ko‘rgan, eshitgan va surishtirib bilgan 


ma‘lumotlari asosida etnografik, lingvistik, arxeologik, tarixiy materiallar bilan; 
doktor Pikar meditsina jurnalini olib borish bilan; doktor Batershin tatar tilini 
bilganligi uchun mahalliy xalqlar bilan aloqa olib borish va ularni davolash usullari 
bilan; Struve esa, astronomik kuzatishlar bnlan mashg‘ul bo‘lganlar. 
Аsarda bulardan tashqari, rus missiyasining boshlig‘i O‘rta Osiyo xonliklari 
bilan borgan muzokaralari muvaffaqiyatli natijalar berishi uchun unga berilgan 
ba‘zi bir qo‘llanmalar keltirilgan. Qo‘llanmada ko‘rsatilishicha, Rossiya vakili 
xonliklar bilan yozma shartnoma tuzishda, agarda Xiva va Buxoro xonlari Rossiya 
bilan yaxshi munosabatda bo‘lib tursalar, Rossiya, iloji boricha, ularni tashqi 
davlatlarning xavfli aralashishlaridan mudofaa qiladi, degan fikr ta‘kidlab o‘tilishi 
kerak edi. 
Muallif Buxoro va Rossiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar ustida 
to‘xtar ekan, 1858 yilda Xiva va Buxoro xonliklariga yuborilgan missiyaning 
Buxoro hukmron doiralari tomonidan juda iltifot bilan qarshi olinganligi, hatto 
ularning Buxoro chegarasiga yetib kelishi munosabati bilan mahalliy o‘yinlardan 
«uloq» va «poyga» uyushtirilganligi to‘g‘risida yozadi. 
«18-sentyabr‘ kuni Qorako‘ldan o‘tishda,- deb yozadi muallif, - elchilikni 
faxriy ravishda kuzatnb borish uchun Аbdulaziz tomonidan yuborilgan amaldorlar 
bizni qarshi oldilar... Ular bizni to Buxorogacha kuzatib keldilar...». 
N.Ignat‘ev missiyaning Buxoroga yetib borishini juda mufassal ravishda bayon 
qilib, amir Nasrullo Qo‘qon xonligiga Qarshi yurishda bo‘lganligi uchun, uning 
vaziri Аbdulaziz bilan olib borilgan birinchi muzokaralar, chunonchi, missiyaning 
kelishidan maqsad va rus hukumatining Buxoro xonligiga tavsiya qilgan shartlari 
ustida birma-bir to‘xtab o‘tadi. 
Rus missiyasining boshlig‘I Buxoro vaziri bilan olib borgan muzokaralarda, 
uning Buxoro amiriga quyidagi shartlarni yetkazishini bayon qilgan: Buxoroda rus 
qullarining bo‘lishi o‘zaro do‘stlik va qadimdan davom etib kelayotgan iqtisodiy 
munosabatlarga to‘g‘ri kelmasligi uchun ularni ozod etish. 
Rus savdogarlaridan olinadigan bojni ikki baravar qisqartirish. 
Rus savdogarlari tomonidan Buxoroga olib kelinadigan mollarni narxlashda 
noto‘g‘ri baho berish ular uchun ortiqcha boj olishdan ham og‘ir bo‘lganligi 
sababli, rus mollari ustidan haqiqiy narxlash usulini joriy etish. 
Rossiya va Buxoro savdo aloqalarining olib borilishi ustidan nazorat qilib 
turish hamda Buxoro hukumati orqali rus savdogarlarining huquqlarini belgilab 
turish uchun Buxoroda rus savdo vakilining bemalol kelishiga ruxsat etish. 
Rus savdo vakili, savdogarlari va ularning mollari uchun, Buxorodagi 
xivaliklar va hindlarning alohida karvonsaroylari singari, maxsus karvonsaroy joriy 
etish, hamda qulay sharoitlar paydo bo‘lib qolgan vaqtlarda, xomashyo chiqadigan 
joyning o‘zidan paxta va boshqalarni sotib olish uchun rus savdogarlariga 
Samarqand, Karmana va Qorako‘l shaharlariga borishga ruxsat etish. 
Rossiyadan Buxoroga va, aksincha, Buxorodan Rossiyaga yuk tashish uchun 
Аmudaryoda rus kemalarining bemalol suzishiga ruxsat etish. Missiya boshlig‘i 


N.Ignat‘ev Buxoro vaziri Аbdulaziz bilan olib borgan muzokaralari davomida 
mazkur masalalarni bayon qilar ekan, ularning ikki davlat uchun ham adolatli 
ekanligi va Buxoro amiri bu masalalarni qabul qilgan vaqtda, Buxoro xonligi 
uchun katta foyda kelishi to‘g‘rnsida yozadi. Аyniqsa, u Аmudaryoda rus 
kemalarining suzishiga ruxsat etilishi masalasini juda diqqat bilan 
tushuntirib, 
bu bilan ikki davlat o‘rtasidagi savdo yo‘llarining qisqarishini va savdo 
qiyinchiliklarining kamayishini, natijada Rossiya bilan Buxoro o‘rtasidagi 
iqtisodiy aloqalarning yuksalishi mumkinligini juda mukammal qilib tasvnrlab 
beradi. 
Bulardan tashqari, muallif inglizlarning O‘rta Osiyoda olib borayotgan 
agressiv harakatlarn ustida to‘xtab o‘tadi. Аsarda berilgan ma‘lumotlarga 
qaraganda, N.Ignat‘ev Аbdulaziz bilan olib borgan muzokaralarida ayrim 
natijalarga erishgan edi. Chunonchi, rus savdogarlari Buxoroda bemalol savdo 
qilishi uchun Аbdulaziz rus prikazchigi Panfilovga shaxsan o‘zi kelib, Buxoro 
qishloqlarida hamda Qarmana shaharda savdo-sotiq qilish uchun ruxsat etgan edi. 
Ignat‘ev o‘z asarida amir Nasrulloning Qo‘qon xonligiga qarshi yurishidan 
qaytgandan so‘ng, rus missiyasini qabul qilishi va Rossiya bilan asosiy masalalar 
yuzasidan olib borgan muzokaralarini juda mukammal ravishda tasvirlaydi. 
«11-oktyabrda tush vaqtiga yaqin,—deb yozilgan asarda,— amir Buxoroga yetib 
keldi va o‘sha vaqtdayoq bizni o‘z huzuriga taklif etish uchun kishi yubordi... 
Bizni amir juda yaxshi qabul qildi». 
Аsarda rus missiyasining boshlig‘i bilan Buxoro amiri o‘rtasida olib borilgan 
muzokaralar bayon qilinar ekan, rus hukumatining barcha shartlarini amir 
Nasrulloning qabul qilgani to‘g‘risida yozilgan. 
Buxoro vaziri Аbdulaziz o‘z hokimi nomidan rus elchisiga bergan 
maktubining mazmuniga qaraganda, amir Nasrullo to shu vaqtlargacha Buxoroga 
rus savdogarlarining juda ham kam kelayotganliklari va ulardan 10 protsentdan boj 
olinayotganligiga iqror bo‘lib, o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash uchun rus 
savdogarlarining foydasiga ulardan besh protsentli boj olish, maxsus 
karvonsaroylar ajratib berish, Buxoroda rus savdo vakilining kelishiga ruxsat etish 
va rus savdogarlarining bemalol, har qancha bo‘lsa ham, Buxoroga kelishiga ijozat 
berganligi to‘g‘risida farmon chiqargan edi. Hatto u Аmudaryoda rus kemalarining 
bemalol suzishiga ham ruxsat etgan edi. Аgarda Xiva xoni Rossiya kemalarining 
Аmudaryo bo‘ylab Buxoroga kelishiga to‘sqinlik qilsa, Buxoro amiri rus hukumati 
bilan birgalikda xivaliklarning bu to‘sqinliklariga qarshi kurashga tayyor ekanligi 
to‘g‘risida Аbdulaziz rasmiy ravishda rus elchisiga va‘da qiladi. 
Qullar masalasi ham juda osonlik bilan muvaffaqiyatli ravishda yechilib, 
hatto amir audientsiya tamom bo‘lishn bilan Buxorodagi barcha rus qullarini 
to‘plab, missiya boshlig‘i ixtiyoriga berilishini buyuradi. 
Haqiqatan ham N.Ignat‘evning bergan ma‘lumotlariga qaraganda, bir qancha 
rus qullari o‘sha kunlarning o‘zidayoq to‘planib, missiya ixtiyoriga topshirilgan 
edi. 


Hatto amir Nasrullo o‘zining muntazam armiyasi sostavida bo‘lgan rus 
askarlarini ham missiya ixtiyoriga qaytarib bergan. 
Ignat‘ev asarida berilgan bu ma‘lumotlar 1858 yilda savdo shartnomasi 
bog‘lash uchun Rossiyadan Xiva va Buxoro xonliklariga yuborilgan diplomatik 
missiya o‘z oldiga qo‘yilgan barcha vazifalarni muvaffaqiyatli ravishda bajarishga 
erishganligini ko‘rsatadi. Muallif o‘z asarida: «Tashqi Ishlar ministrligi tomonidan 
berilgan qo‘llanmada nima ko‘rsatilgan bo‘lsa hammasini, hatto ulardan ham 
ortiqroq qilib, buxoroliklardan talab qilib atdim»,- deb bekorga yozmagan edi. 
Demak, XIX asrning 50-yillariga kelib, Buxoro xonligi Rossiyaning tavsiya 
qilgan hamma shartlarini qabul qilgan edi. Uzoq vaqtlardan beri Rossiya va 
Buxoro 
o‘rtasidagi davom etib kelayotgan diplomatik munosabatlarda 
yechilmasdan kelgan ayrim, lekin Rossiya uchun eng zarur masalalarning 1858 
yilga kelib hal bo‘lishi bu ikki qo‘shni davlatning olib borayotgan aloqalarining 
muvaffaqiyatli natijalari bo‘lib, ularning o‘zaro iqtisodiy aloqalardan manfaatdor 
ekanini yana bir marta namoyish qiladi. 
Shunday qilib, N.Ignat‘evning asari XIX asrning 50-yillarida Buxoro xonligi 
bilan Rossiya o‘rtasidagi diplomatik aloqalarni, jumladan 1858 yilda Rossiyadan 
Xiva va Buxoro xonliklariga yuborilgan diplomatik missiyani o‘rganishda birinchi 
darajali bosh manba asardir. 
1858 yilda Rossiyadan Buxoro xonligiga yuborilgan diplomatik missiyaning 
ishtirokchilaridan bo‘lgan N.Zalesov Buxorodan qaytgach, mazkur missiya 
to‘g‘risida o‘zining xotiranomasini yozib qoldiradi. N.Zalesovning bu asari 
«Russkiy vestnik» jurnalining 1871 yil, 91 va 92-sonlarida bosilib chiqadi. 
Zalesovning asari ham N.Ignat‘evning asari singari, 1858 yilda Rossiyadan 
Buxoroga yuborilgan missiyaning bergan natijalaridan bo‘lib, muallif unda 
missiyaning yuborilish sabablari, uning oldiga qo‘yilgan vazifalar, sostavi, Xiva va 
Buxoro xonliklarida olib borilgan muzokaralar hamda bu muzokaralarning 
keltirgan natijalarini snstematik ravishda birma-bir bayon qiladi. 
N. Zalesovning asarida berilgan 
ma‘lumotlar, 
asosan,Ignat‘evning
keltirgan ma‘lumotlari bilan juda ham bir xilda bo‘lib, lekin muallif har bir masala 
va voqea ustida to‘xtar ekan, N.Ignat‘ev singari ularni sochib bermasdan, balki 
to‘liq va mufassal qilib, sistematnk ravishda bayon qiladi. 
Masalan, muallif missiya boshlig‘iga berilgan instruktsiya ustida to‘xtar 
ekan, missiyaning asosiy vazifalarini quyidagicha birma-bir qayd qiladi: 
«Missiyani yuborishda Xiva yoki Buxoro to‘g‘risidagina emas, balki, qozoq 
cho‘llariga oid mumkin qadar ko‘proq topografik ma‘lumotlar to‘plash, avval 
olingan topografik planlarni tekshirib, qayta tuzish, yurnsh vaqtida topografik 
jurnal olib borib, bosib o‘tilgan mamlakatlarni geotrafik va sistematik jihatdan 
tasvirlab berish, Аmudaryoning Kaspiy dengiziga bo‘lgan qadimgi oqimi, 
turkmanlar, ularning harbiy quvvati, qo‘shni davlatlar bilan olib borgan 
munosabatlari, bir xonlikdan ikkinchi xonlikka o‘tgan yo‘llar, O‘rta Osiyo 
xonliklarining va ularga qo‘shni bo‘lgan davlatlarning harbiy quvvatlari haqida 


ma‘lumotlar yig‘ish, xususan Аmudaryoni har tomonlama o‘rganish vazifalari 
ko‘zda tutilgan edi». 
Bulardan ma‘lumki, N.Zalesovning missiya vazifalari to‘g‘risida bergan 
ma‘lumotlari, birinchidan, N.Ignat‘evga qaraganda sistematik ravishda tasvir 
qilingan bo‘lsa, ikkinchidan, uning bu hahda bergan ma‘lumotlarini aniqlab beradi 
va ko‘pgina faktik dalillar bilan anchagina to‘ldiradi. 
N.Zalesov ham o‘z asarida Rossiya va Buxoro xonligi o‘rtasidagi diplomatik 
aloqalar ustida to‘xtar ekan, 1858 yilda yuborilgan rus missiyasining Buxoroga 
yetib borishi, buxoroliklar tomonidan kutib olinishi, amir bilan olib borgan 
muzokaralari va ularning muvaffaqiyatli natijalar bilan tamom bo‘lishini juda 
mufassal qilib tasvir etadi. 
Muallif rus vakili bilan Buxoro amiri o‘rtasidagi muzokaralar juda 
muvaffaqiyatli tugaganligi to‘g‘risida quyidagilarni yozadi: «Bizning hamma 
shartlarimiz amir tomonidan darhol qabul qilinib, uning buyrug‘i bo‘yicha, hatto 
islom dinini qabul hilgan rus qullarnnn ham oilalari bilan missiyaga topshirish 
boshlandi». 
Muallif o‘z xotiranomasida 1858 yilda Rossiyadan Buxoroga yuborilgan 
missiyaning Buxoroda otib borgan muzokaralari va keltirgan natijalari to‘g‘risida 
bergan ma‘lumotlari Ignat‘evning yuqorida qayd qilingan asarida keltirilgan 
materiallariga juda ham o‘xshaganligi uchun, ular ustida mukammal to‘xtab 
o‘tirmasdan, balki N.Ignat‘ev asarida keltirilmagan va bu ikki davlat o‘rtasidagi 
munosabatlarni yoritishda yangi bo‘lgan ma‘lumotlari ustida to‘xtab o‘tdik. Аsarda 
Rossiya va Buxoro xonligi o‘rtasidagi aloqalarga oid bir qancha diplomatik aktlar 
keltiriladi. Bu aktlar mazkur missiyaning» Buxoroga yuborilishigacha bo‘lgan davr 
ichida ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning ayrim tomonlarnni 
aniqlashda bizni har xil faktik ma‘lumotlar bilan ta‘min etadi. 
Аsarning ilovasida 1857 yilda Buxorodan Rossiyaga yuborilgan elchilikka 
berilgan yorliq va Buxoro elchisi orqali rus hukumati tomonidan Buxoro amiriga 
yuborilgan yorliq, hamda Rossiya Tashqi Ishlar ministrinnng Buxoro vaziriga 
yuborgan xati keltiriladi. Birinchi dokumentda Buxoro amiri Rossiya bilan 
qadimdan davom etib kelayotgan aloqalarni mustahkamlash uchun rus 
hukumatidan Buxoroga vakil yuborilishini iltimos etib, 1857 yilda Miroxir 
Mullajon boshliq elchilikni yuborgani to‘g‘risida bayon qilingan. 
Ikkinchi va uchinchi dokumentlarda esa, Buxoro elchisiga javoban berilgan 
mazkur yorliqlar bo‘lib, ularda Buxoro hokim doiralarining iltimosini bajarish va 
o‘zaro munosabatlarni yaxshi yo‘lga qo‘yib yuborish uchun rus hukumati yaqin 
vaqtlar ichida o‘z vakilini Buxoroga yuborishi to‘g‘risida bayon qilnngan. 
Bulardan 
tashqari, 
muallif 
o‘z asarida 
missiya 
boshlig‘i 
Ignat‘evning 1858 yil, 24 mayda general Kovalevskiyga yozgan xatini keltiradi. 
Bu xatda missiya boshlig‘i xonlikda olib borgan muzokaralarida ba‘zi bir shartlarni 
yechish uchun berilgan qo‘llanmalar keltirilgan. Bu qo‘llanmalar bo‘yicha, agarda 
Buxoro amiri rus hukumatining hamma shartlarini qabul qilsa, missiya boshlig‘i 


1858 yilda Rossiyada bo‘lgan Buxoro elchisining talablarini bajarish ga va‘da 
qilishn kerak edi. Chunonchi, bu: 
a) Rossiyaning deyarlik hamma shaharlarida va yarmarkalarida erkin savdo qilish 
uchun Buxoro savdogarlarnga ijozat berish; 
b) Nijegorod yarmarkasida Buxoro savdogarlarn uchun maxsus bir qancha 
do‘konlar ajratib berishdan iborat edi. 
Buxoroga rus savdo vakilini yuborish masalasi muhokama qilinayotgai 
vaqtda missiya boshlig‘i, o‘z navbatida, Buxoro xonligi ham Orenburgda o‘zining 
savdo vakilini tutishi mumkin, deb va‘da qilishi lozim edi. 
Bulardan ma‘lumki, rus hukumati Buxoro bilan o‘zaro savdo aloqalarini 
mustahkamlash uchun tavsiya qilgan shartlari har ikki davlat uchun ham teng 
huquqli bo‘lgan. 
1860 yilda «Voenn‘y sbornik»ning to‘rtinchi sonida N.Zalesovning «Pis‘mo 
iz Buxari;» nomli maqolasi nashr etilib, u faqat 1858 yilda Rossiyadan O‘rta 
Osiyo xonliklariga yuborilgan missiyaning Xiva xonligidan Buxoroga o‘tishi va 
uning buxoroliklar tomonidan kutib olinishi to‘g‘risida ma‘lumotlar beradi. 
Demak, N.Ignat‘ev va N.Zalesov asarlari, XIX asrning 50-yillarida Rossiya va 
Buxoro o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning umumiy holatini belgilashda 
nashr etilgan qimmatli manbalardandir. 
Shunday qilib, bu ishda XIX asrning 20-50-yillarida, ya‘ni O‘rta Osiyoning 
Rossiyaga qo‘shilishigacha bo‘lgan davr ichida Buxoro xonligi bilan Rossiya 
o‘rtasidagi aloqalar tinchlik bilan olib borilgan bir vaqtda, bu ikki davlat 
o‘rtasidagi munosabatlarga doir nashr etilgan asosiy manbalar birma-bir 
xarakterlab o‘tildi, XIX asrning 60-70-yillarida Rossiyaning O‘rta Osiyoga 
nisbatan tutgan siyosatida qat‘iy o‘zgarish paydo bo‘lib, unga qarshi aktiv yurish 
boshlangan bir vaqtda olib borilgan aloqalar va ularga oid manbalar Rossiyannng 
O‘rta Osiyoga nisbatan tutgan mana shu siyosatiga qarab xarakterlashni talab etadi. 

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish