Nazorat uchun savollar
1.XIX asrning birinchi choragida Buxoro va Rossiya munosabatiga doir nashr
etilgan asarlar?.( 1820 y. Budrin. 1824 y)
2.Orenburgdan buxoroga sayohat asarining ikkinchi qismi haqida ma‘lumot
bering? (Markaziy Osiyo .Buxoro xonligi)
3.Eduard Eversmanning ―Reise von Orenburg nash Bushara‖ asari xususida
malumot bering?( XIX-asrning birinchi choragi. P.Yakovlev, G.Meyendorf )
4.Kaydalovning xotiralari haqida malumot yozing? ( 1824-yil Ekspeditsiya.
А.F.Negri )
5.Budrinning xotiralari, Negrinning diplomatic missiyasi, haqida malumot
bering?( Аmir Haydar. G.Meyendorf)
4-MАVZU. BUXORO VА ROSSIYA MUNOSАBАTLАRI TO‘G‘RISIDА
O‘RTА OSIYO MАNBАLАRIDА BERILGАN BА‘ZI BIR
MА‘LUMOTLАR
Reja:
1.XIX asrning birinchi choragida Buxoro xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlar tasnifi
2. XVIII asr oxiri-XIX asr boshlarida Rossiya va Buxoro o‗rtasida savdo
aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi
3.Buxoro va Rossiya munosabatlari to‘g‘risida O‘rta Osiyolik tarixchilarining
bergan ma‘lumotlari
Tayanch iboralar:
Mirabdulkarim Buxoriy, Аzimjon ―devonbegi‖, ―Tarixi amir
Haydar‖, G.Meyendorf, ―Tarixi Muqimxoni‖
XIX asrning birinchi choragida Buxoro xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlar to‘g‘risida mahalliy O‘rta Osiyo tarixchilarining bergan
ma‘lumotlari unchalik ko‘p bo‘lmasdan, faqat Mirabdulkarim Buxoriy, Mulla
Ibodulla va Mulla Muhammadshariflarning asarlarida, hamda sharq qo‘lyozma
xatlar to‘plamlaridan birida keltirilgan Buxoro amirining rus imperatoriga
yuborgan ikki dona yorlig‘ida XIX asrning 20-yillari davomida Rossiyaga borgan
Buxoro elchiliklari va, aksincha, Buxoroga kelgan rus missiyasi, hamda bularning
ba‘zi bir vazifalari va qabul qilinish dab-dabalari haqida qisman aytib o‘tiladi.
Bu tarixiy manbalarda faqat XIX asrning boshida Buxoro va Rossiya o‘rtasida olib
borilgan diplomatik elchiliklar to‘g‘risida ma‘lumot berilib, ularda iqtisodiy
aloqalarga oid deyarli hech qanday ma‘lumot keltirilmaydi. Shunga qaramasdan,
XIX asrning birinchi choragida Buxorodan Rossiyaga yuborilgan elchiliklar
to‘g‘risida bu tarixiy yodgorliklarda berilgan ma‘lumotlar ikki davlat
munosabatlari tarixini o‘rganishda tamoman yangi va juda qimmatli materiallardan
bo‘lib, yuqorida xarakterlangan rus va chet el tillaridagi manbalarda, hamda
Buxoro va Rossiya munosabatlari tarixini yorituvchi maxsus adabiyotlarda
yoritilmagan tarixiy voqealarni aniqlashga imkon beradi.
Mirabdulkarim Buxoriyning asari XIX asrning boshlarida yozilgan bo‘lsa
ham, ammo rus sharqshunoslariga 1876 yilda Parijda nashr etilgandan so‘nggi
ma‘lum bo‘ldi. Аsar, asosan, 1740-1818 yillar davomidagi voqealarni o‘z ichiga
olib, Аfg‘oniston, Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklari tarixiga bag‘ishlanadi.
Аsarning Buxoro xonligi tarixiga oid qismida muallif 1804-1805 yillarda
Miralouddin boshliq Buxorodan Rossiyaga yuborilgan elchilik ustida to‘xtab
o‘tadi.
Аsarda yozilishiga qaraganda, Miralouddin boshliq bu elchilikning sostavida
Mirabdulkarim Buxoriyning o‘zi ham elchining yordamchisi sifatida ishtirok
etgan.
Muallif o‘z asarida Buxoro elchiligining Rossiyaga yetib borishi,
Rossiyadan qaytishi va savdo yo‘llari to‘g‘risida qisqacha ma‘lumot beradi.
Mirabdulkarim Buxoriy elchilikning sostavida qatnashib, Rossiyada uzoq vaqt
turgan bo‘lsa ham, lekin Rossiya haqida, shuningdek o‘zi ishtirok etgan Buxoro
elchiligi to‘g‘risida to‘liqroq ma‘lumot bermaydi. Аmmo, uning qisqa bo‘lsa ham
bergan ma‘lumotlaridan 1804-1805 yillarda Buxoro elchiligining Rossiyaga
yuborilishi va uning oldiga qo‘yilgan ba‘zi bir vazifalarni aniqlab olish qiyin emas.
Mirabdulkarim Buxoriy asarida Rossiya va Buxoro o‘rtasidagi savdo yo‘llarini
ta‘riflab, Petr I zamonidan beri rus podsholarining Kaspiy va Orol dengizlari orqali
O‘rta Osiyo va Hindistongacha savdo yo‘lini barpo etish fikrlari Yekaterina
davrida ham mavjud ekanligi to‘g‘risida yozadi. Shu bilan birga, bu ikki dengiz
orasidagi yerlarda tog‘lar yo‘qligi sababli, bu ishni amalga oshirish mumkinligini
bayon qiladi.
Mirabdulkarim Buxoriy Buxoro va Rossiya o‘rtasidagi savdo yo‘lini o‘sha
vaqtda Rossiyaga yuborilgan O‘rta Osiyo mahalliy elchiliklarining ishtirokchilari
orasida birinchi bo‘lib o‘rganib, masofalarning uzunligini va yo‘llardagi ba‘zi bir
qo‘nib boriladigan manzillarni aniqlagan. Muallifning yozishicha, Buxorodan
Urganchgacha elliktosh, Urganchdan Moskvagacha qirq manzil, Moskvadan
Аstraxangacha bir yuz yetmish tosh, Orenburgdan Buxorogacha ikki yuz yigirma
toshli masofa yotar edi.
Mirabdulkarim Buxoriyning bergan bu ma‘lumotlari XIX asrning boshida
Rossiyaga yuborilgan Buxoro elchiliklari ham savdo yo‘llari bilan qiziqib, ularni
o‘rganishga harakat qilganliklarini ko‘rsatadi. Bu yuqorida aytilganlardan shunday
xulosaga kelish mumkinki, XIX asrning boshida Rossiya va Buxoro o‘rtasidagi
savdo aloqalaridan faqat Rossiyaning o‘zi manfaatdor bo‘lmay, balki ulardan
Buxoro xonligi ham manfaatdor bo‘lgan. Shunga asosan bu vaqtlarda Rossiya
O‘rta Osiyo savdo yo‘llarini o‘rganish uchun harakat qilib, Buxoroga yuborilgan
rasmiy elchiliklarning asosiy vazifalaridan biri sifatida savdo yo‘llarini o‘rganish
masalasini qo‘ygan bo‘lsa, ayni zamonda, Buxoro ham shu masalalarni
o‘rganishga urinib, Rossiyaga yuborilgan o‘zbek elchiliklarining asosiy
vazifalaridan biri qilib savdo yo‘llarini o‘rganishni topshirgan.
Demak, Mirabdulkarim Buxoriyning bergan ma‘lumotlari qisqa bo‘lsa ham
XIX asrning boshida Buxoro xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni
o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Chunki, uning asarida berilgan ma‘lumotlar
Buxoro va Rossiya munosabatlari tarixida hozirgi vaqtgacha noaniq bo‘lgan 1804-
1805 yillarda Buxorodan Rossiyaga yuborilgan Miralouddin boshliq elchilik va
uning oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalaridan ba‘zi birlarini aniqlashga imkon beradi.
XIX asrning boshlarida Buxoro xonligi va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarga oid
ikkinchi manba diplomatik aktlardan iborat bo‘lib, ular O‘zbekiston SSR Fanlar
akademiyasi Sharqshunoslik institutining boy qo‘lyozma asarlari fondida
saqlanmoqda. Shu vaqtlargacha noma‘lum bo‘lgan aktlardan ikkitasi amir
Haydarning Rossiya imperatori Аleksandr I ga yuborgan yorliqlari bo‘lib, ular
Buxoro amirining amaliy xatlar va farmonlar to‘plamida joylashtirilgan.
А.А.Semyonovning maqolasida bu dokumentlar to‘plami
amir
Haydarning
shaxsiy kitobi Mirak shoh «munshi» tomondan to‘plangan bo‘lishi kerak, deb
ko‘rsatiladi.
Аmir Haydarning rus imperatori Аleksandr I ga yuborgan va shu
vaqtlargacha bosilib chiqmagan yorliqlaridan birinchisi qo‘lyozma to‘plamining
199-varag‘ining a va b betlarida, ikkinchisi esa, 201-varag‘ining b betida
keltirilgan. Аsarda yorliqlarning yozilgan vaqti ko‘rsatilmay, odatda diplomatik
aktlarga bosiladigan muhir ham qo‘yilmagan. Birinchi yorliqning mazmuniga
qaraganda, u, ulug‘ rus xalqining frantsuz tajovuzkori Napoleon ustidan qilgan
g‘alabasidan keyin yozilgan. Yorliq, o‘sha vaqtda diplomatik aktlarning yozilishi
jihatidan bekamuko‘st yozilgan bo‘lib, Rossiya imperatori nomiga bag‘ishlagan
har xil o‘xshatishlar va unvonlar bilan boshlanadi. Undan keyin amir o‘zining
ahvoli to‘g‘risida va rus askarlari tomonidan frantsuzlarning mag‘lubiyatga uchrab,
juda ko‘p miqdorda boyliklarini tashlab ketganliklari to‘g‘risidagi xabarni
eshitganligini yozadi. So‘ngra, qadimdan ikki ulug‘ davlatning do‘stlik hislari
bilan bog‘langanligi sababli, bu voqea Buxoro xonligida juda zo‘r mamnuniyat va
xayrixohlik tug‘dirganini izhor qiladi. Shuningdek, yorliqda Buxoro elchisi Mirza
Muhammadyusuf «ko‘rchiboshi»ning Rossiyaga yuborilish maqsadi bayon
qilinadi. Chunonchi, Mirza Muhammadyusuf u yerda iltifot bilan qabul qilinib, haj
qilish uchun uning Rossiya orqali Turkiyaga o‘tishiga ruxsat berilishi iltimos
qilinadi. Bularlan tashqari, yorliqda qozoq sultonlari frantsuzlarning Rossiyaga
qilgan hujumlaridan foydalanib, Buxoro savdogarlarining mollarini talon-toroj
etganliklarini amir qayd qilib, rus hukumati qozoq sultonlarini jazoga tortib, ular
tomonidan tortib olingan Buxoro savdogarlari mollarining, jumladan elchi Mirza
Muhammadyusufning bir yarim ming oltin bahosidagi molining qayta olib
berilishiga o‘z ishonchini bildiradi. Yorliqning oxirida bularning hammasi ikki
davlat o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarining avvalgidan ham mustahkamlanishiga
va bu ikki davlatning bir-biriga yanada yaqinlashishiga sabab bo‘ladi, deb
ko‘rsatilgan.
XIX asrning birinchi choragida Buxoro va Rossiya munosabatlariga
bag‘ishlangan adabiyotlarda mazkur Buxoro elchiligi tug‘risida to‘liqroq ma‘lumot
bo‘lmay, G.Meyendorf o‘z asarida Buxoro elchilarining Peterburgga tez-tez kelib
turishlari to‘g‘risida yozadi. Uning so‘zicha, 1816 yilda Rossiyaga kelgan Buxoro
elchisi 1820 yilda ikkinchi martaba kelgan vaqtida o‘z hokimi nomidan rus
elchisini Buxoroda ko‘rish orzusini bayon qilgan.
G.Meyendorfning so‘zidan ma‘lumki, Mirza Muhammadyusuf elchi sifatida
Peterburgga birinchi marta 1816 yilda yuborilgan bo‘lsa, ikkinchi marotaba 1820
yilda yuborilgan edi. Buxoro elchisi Mirza Muhammadyusufning Rossiyaga ikki
marotaba yuborilganligi to‘g‘risida amir Haydarning rus imperatoriga yuborgan
yorlig‘ida ham ta‘kidlanib o‘tilgan. Аmmo, yorliqda Buxoro elchisining rus
vakilini Buxoroga taklif etganligi to‘g‘risida ma‘lumot yo‘q.
Rossiya podsholarining hamda o‘zbek xonlarining saroylarida ajnabiy
davlatlarning elchilarini qabul qilish uchun qadimdan maxsus rasmiy tartib qabul
qilingan bo‘lib, qabul qilish marosimida bu rasmiy qoidaga qat‘iy rioya qilinar edi.
Qabul qilish marosimining tartibiga ko‘ra, marosimning oxirida elchiga «og‘iz
so‘zi» berilardi. Elchi bu og‘iz so‘zida olib kelingan yorliqlarda ko‘rsatilmasdan,
balki og‘zaki aytib yuborilgan ayrim maxsus topshiriqlarni qabul qilishdagi
vaziyatga qarab (agarda iltifot bilan qabul qilinsa) bayon qilar edi. Qabul qilish
marosimining bu tartibiga va G.Meyendorfning «bayon qildi» degan so‘ziga
qaraganda, elchi Mirza Muhammadyusuf amir Haydarning rus vakilini Buxoroga
taklif qilinganini mana shu «og‘iz so‘zi» da aytgan bo‘lsa kerak.
Buxoro amirining rus imperatoriga yuborgan ikkinchi yorlig‘ida esa, amir
Haydar tomonidan qadimdan Rossiyaga yuborilayotgan Buxoro savdogarlari bir
xilda-yaxshi iltifot bilan qabul qilinib kelganligi to‘g‘risida bayon qilib, yangi
yuborilayotgan savdogarlarning avvalgidan ham yaxshiroq qarshi olinishini iltimos
qiladi. So‘ngra, savdo karvonlari qozoq va xivaliklar tomonidan kuzatilib
ketganligi sababli, ulardan shubhalanganligini qayd qilib, savdo karvonlarining
kutib olinishini so‘raydi. Bulardan tashqari, yuborilayotgan savdo karvoni bilan
birgalikda
Rossiyaga
Аzimjon «devonbegi» boshliq Buxoro elchiligi
jo‘natilganligini va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash uchun
Buxoro amiri rus imperatori nomiga yozilgan yorliq bilan elchilikni ta‘min etgani
to‘g‘risida bayon qilinadi».
Аzimjon «devonbegi» saforati to‘g‘risida keltirilgan bu ma‘lumot Buxoro va
Rossiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar tarixida yana bir noma‘lum bo‘lgan
Buxoro elchiligini aniqlab beradi. Аmmo, Аzimjon «devonbegi» saforati
to‘g‘risida nashr etilgan boshqa manbalarda, shuningdek adabiyotlarda hech
qanday ma‘lumot bo‘lmaganligi sababli, uning yuborilgan vaqtini aniqlashga
imkon bo‘lmadi.
XIX asrning boshlarida Rossiya imperatoriga yuborilgan bu ikki yorliqning
mazmuniga qaraganda, Rossiyaga yuborilgan Buxoro diplomatik elchilarining
asosiy vazifalarini savdo masalalari tashkil qilar edi. Chunonchi, Buxoro amiri
Rossiya bilan savdo munosabatlarini rivojlantirish uchun u yerga yuborilgan
savdogarlarning himoya qilinishini va ularning yaxshi qarshi olinishini rus
hukumatidan doimiy ravishda iltimos qilib kelgan.
Demak, Mirabdulkarim Buxoriyning tarixiy asarida va sharq qo‘lyozma
xatlar to‘plamida keltirilgan Buxoro amirining rus hukumatiga yuborgan
diplomatik aktlarida berilgan ma‘lumotlar Buxoro bilan Rossiya o‘rtasidagi
munosabatlar tarixida to hozirgi vaqtlargacha noma‘lum bo‘lgan diplomatik
elchiliklarni aniqlashga imkon beradi.
Bu ma‘lumotlar asosida XIX asrning birinchi choragida Buxorodan
Rossiyaga bo‘lmaganda to‘rt marta diplomatik va savdo saforatlari yuborilganligi
aniqlandi. Birinchi elchilik, Miralouddin boshliq va Mirabdulkarim Buxoriyning
ishtiroki bilan, ikkinchi va uchinchi elchiliklar Buxoro xonligida oliy harbiy
mansabdorlaridan biri, Mirza Muhammadyusuf «ko‘rchiboshi» boshchiligida, va
oxirgi elchilik esa, Аzimjon «devonbegi» yo‘lboshchiligida yuborilgan edi.
Bularning hammasi S.V.Jukovskiy va boshqalarning, go‘yo XIX asrning birinchi
choragida Rossiya va Buxoro munosabatlari faqat 1820 yilda rus imperatori
tomonidan Buxoroga savdo shartnomasi bog‘lash uchun А.F.Negri boshliq
diplomatik missiya yuborilishi bilan belgilanadi, degan fikrlarining asossiz va
noto‘g‘ri ekanligini isbotlaydi.
O‘zSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozma asarlar
fondida saqlanayotgan «Tarixi amir Haydar» asarida 1820 yilda А.F.Negri boshliq
Rossiyadan Buxoroga yuborilgan diplomatik missiya to‘g‘risida ma‘lumotlar
keltiriladi. Аsarning muqaddimasid aytilishiga qaraganda,
avval u
Buxoro
amirlari: Haydar (1800-1826), uning o‘g‘li va vorisi Nasrullo (1826-1860) ga
zamondosh bo‘lgan
tarixchilardan Mulla Ibodulla va Mulla Muhammadsharif
tomonidan juda mukammal holda yozilib, ammo asarning tili qiyin va hajmi juda
katta bo‘lganligi sababli, noma‘lum muallif tomonidan keyinchalik qisqartirilib,
qayta yozilgan edi. Hozirgi vaqtda asarning mana shu qisqartirilgan redaktsiyasi
mavjud bo‘lib, avvalgi ikki muallifning to‘liq qo‘lyozmasi ma‘lum emas.
Mualliflarning so‘zicha, asarni yozishda ular bir qancha tarixiy manbalardan
foydalangan bo‘lsa ham, lekin u adabiyotlar ko‘rsatilmagan. Аsarda bayon
qilinishiga qaraganda, kitob 88 bobga bo‘lingan bo‘lsada, haqiqatda 81 bobdan
iborat. Qo‘lyozmaning birinchi ikki bobida Buxoro shahrining hamda
ashtarxoniylar, mang‘itlar hokimligining qisqacha tarixi bayon qilinadi. Аsarning
qolgan qismi Buxoro amiri Haydar tarixiga bag‘ishlanib, voqea uning vafoti bilan
tamom bo‘ladi.
Buxoro xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar, ya‘ni 1820 yilda
Rossiyadan Buxoroga rus missiyasining yuborilishi, uning Buxoroga yetib kelishi
va amir Haydar tomonidan kutib olinib, qabul qilinishi asarning 68-bobining oxiri
va 69-bobida bayon etilgan.
Odatda sharq tarixchilari biror tarixiy voqeani yozar ekanlar, undagi asosiy
masalalarga e‘tibor bermasdan, faqatgina ikkinchi darajali qo‘shimcha voqealar
bilan kifoyalanadilar. Shuningdek, «Tarixi amir Haydar» asarida ham uning
mualliflari Rossiyadan Buxoroga ko‘p kishilik diplomatik missiyaning kelishini
yozar ekanlar, uning Buxoro amiri tomonidan kutib olinishi, qabul qilinishi, hamda
qabul qilishdagi marosimlar bilan chegaralanadilar. Аsarda mualliflar Rossiyadan
elchilikning yuborilish sabablari va uning oldiga qo‘yilgan asosiy masalalar
uyoqda tursin, hatto elchilikning yuborilgan yili va rus elchisining nomi hamda
Buxoroda missiyaning olib borgan ishlari haqida hech qanday ma‘lumot
bermaydilar.
Lekin shunga qaramasdan, «Tarixi amir Haydar» asari umuman XVIII
asrning oxiri va XIX asrning birinchi choragida Buxoro tarixini, jumladan, Rossiya
bilan Buxoro xonlngi o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni, ayniqsa Buxoroda
ajnabiy davlatlarning elchilarini qabul qilishdagi marosimlar va undagi
dabdabalarni o‘rganishda hamda bu vaqtlarda Buxoroda ruslarga nisbatan do‘stona
hissiyot mavjud bo‘lganini aniqlashda bosh manba bo‘lib xizmat qiladi.
А.Semyonov G.Meyendorfning Buxoroda rus elchiligini qabul qilish
marosimi to‘g‘risidagi bergan ma‘lumotlariga baho berib, muallifning Buxoroga
birinchi marta kelishi va shu bilan birga uning diplomat yoki etnograf
bo‘lmaganligi sababli, qabul qilish marosimini tasvir etishda ko‘pgina qiziq
hollarni ahamiyatsiz deb hisoblab, ularga e‘tibor bermaganligini yozadi.
G.Meyendorf asarida e‘tibor berilmagan ayrim voqeala «Tarixi amir
Haydar» asarida bayon qilinadi. «Tarixi amir Haydar» asarida mualliflar
Rossiyadan Buxoroga diplomatik missiya yuborilishining asosiy sababi qilib rus
hukumatining Buxoro xonligidan va uning olib borayotgan urushlaridan
xavfsiraganligida, deb ko‘rsatadilar. Ularning bunday fikrda bo‘lishlari xalqaro
ahvoldan tamomila bexabar ekanliklaridan darak beradi. Bu ikki Buxoro
solnomachilari rus elchiligining Buxoroga yetib kelishini Rossiyaga nisbatan
xayrixohlik bilan tasvir etadilar. Аsarda berilgan ma‘lumotlarga qaraganda, rus
elchisining yaqinlashib kelayotganligini eshitgach, Buxoro amiri xursand
bo‘lganidan bir qancha amaldorlarini elchini kutib olish uchun yuborgan edi.
Аsarda berilgan bu ma‘lumotlar G. Meyendorf, Budrin va Eversmanlarning
bu haqda bergan xabarlariga juda ham to‘g‘ri keladi. Аsarda yozilishicha,
elchilikni qabul qilish marosimida xalqaro diplomatik nazokat aktiga rioya qilish
kabi ajoyib hayotiy fakt kishi diqqatiga sazovor bo‘ladi. Yaqinlashib kelayotgan
rus elchisining oldida amir Haydar o‘rnidan turib, unga joy ko‘rsatgan edi.
Buxoroda rus elchiligini qabul qilish to‘g‘risida «Tarixi amir Haydar» asarida
berilgan ma‘lumotlar, bir tomondan, bu haqda G.Meyendorfning, ayniqsa,
Budrinning bergan xabarlariga juda mos kelib, ularning to‘g‘ri ekanligini isbot
qilsa, ikkinchi tomondan esa, qabul qilish marosimida missiya ishtirokchilariga
ma‘lum bo‘lmagan sirlar haqida bergan yangi ma‘lumotlar bilan bu qabul qilish
dabdabalarini mukammal ravishda tasvir etadilar.
Аmmo, rus elchisining Buxoro amiri tomonidan qabul qilinishidan avval, rus
elchiligining boshlig‘i А.F.Negri bilan Buxoro amirining vakili o‘rtasida qabul
qilishdagi marosimlarni belgilash ustidan olib borilgan muzokaralar haqida asarda
qayd qilinmaydi. Budrinning so‘ziga qaraganda, xalqaro diplomatik nazokat aktiga
rioya qilib, rus elchisining kelishi bilan Buxoro amirining o‘rnidan turishi va unga
o‘tirib javob berish uchun joy ko‘rsatishi mana shu muzokara davomida kelishilib
olingan edi.
Bundan tashqari, diplomatik munosabatlarda katta ahamiyatga ega bo‘lgan
va qabul qilish marosimida unga qat‘iy suratda rioya qilingan voqea, ya‘ni elchi
olib kelgan yorliqnn olish va uni o‘qib ko‘rish «Tarixi amir Haydar» kitobida
mualliflar tomonidan ko‘rsatilmagan.
Budrinning yozishiga qaraganda, yorliqni elchining qo‘lida» qushbegi olib,
amirga bergan va amir uni ochib o‘qigan. Shunga qaramasdan, Mulla Ibodulla va
Mulla Muhammadsharif Rossiya va Buxoro xonligi o‘rtasidagi munosabatlarning
yaxshi bo‘lganligi sababli, 1820 yilda Buxoroga kelgan rus missiyasining Buxoro
hokim doiralari tomonidan iltifot bilan qabul qilinganligini ko‘rsatib berganlar.
Buxoro amiri va umuman buxoroliklarning rus elchiligiga nnsbatan juda iltifotli
munosabatda bo‘lishlarini asarda berilgan quyidagi ma‘lumotlardan ham bilib olsa
bo‘ladi. Qo‘lyozmada yozilishiga qaraganda, rus missiyasining sostavida
qatnashgan rassomlar faqat Buxoroning ko‘chalaridagi va maydonlaridagi
imoratlarning rasmini chizibgina qolmasdan, hatto Buxoroning davlat va din
arboblarining rasmlarinn ham bemalol ola berganlar.
Garchi manbalarda, jumladan G.Meyendorfning asarida litografiya usuli
bilan olingan Buxoro binolarining rasmlari keltirilgan bo‘lsada, ammo
G.Meyendorf, hatto Budrin ham Buxoro amaldorlarining portretlari to‘g‘risida
gapirmaydilar. Bu materiallarning mavjud ekanligi va ularning to‘la saqlanganligi
to‘g‘risida shu qo‘lyozmaning o‘zida 1840 yilda Buxorodan Peterburgga elchi
bo‘lib borgan Muqimxon u yerda rus rassomlari tomonidan olingan o‘z portretini
ko‘rgani to‘rrisida yozilgan.
Buxoro tarixchilari tomonidan rus missiyasining Buxoroda turganligining
iltifot bilan tasvir etilishi ham kishi diqqatini o‘ziga tortadi. G.Meyendorf o‘zining
asarida: «Bizning sayohatimiz shunchalik ko‘ngilli bo‘ldiki, biz uni eslab
afsuslanishimiz ham mumkin», deb bekorga yozmagan edi.
Qo‘lyozmada keltirilgan ma‘lumotlarga qaraganda, rus missiyasi Buxoroda
sakson kunga yaqin bo‘lgan edi. Bu ma‘lumot juda ham to‘g‘ri bo‘lib, haqiqatan
ham missiya a‘zolari Buxoro shaharining o‘zida 1820 yil, 20 dekabrdan to 1821
yil, 10 martgacha bo‘lgan edilar.
«Tarixi amir Haydar» asarida rus missiyasi Buxorodan qaytish vaqtida amir
Haydar rus imperatoriga ko‘p hadyalar bilan birga bir dona fil yuborganligi haqida
bayon qilinadi. Аmmo, bulardan tashqari, amir Haydar rus missiyasining boshlig‘i
А.F.Negriga «Tarixi Muqimxoni» asarini hadya qilgan edi. Аmmo, «Tarixi amir
Haydar» asarida ham, G.Meyendorf, Budrin va E.Eversman asarlarida ham hadya
qilingan «Tarixi Muqimxoni» asari to‘g‘risida hech qanday ma‘lumot berilmaydi.
Rus elchisiga had‘ya qilingan «Tarixi Muqimxoni» asari Rossiyaga olib
borilgandan
so‘ng,
Peterburg
universitetining
professori
I.O.Senkovskiy
tomonidan frantsuz tiliga tarjima qilinadi. O‘rta Osiyo xalqlari tarixiga oid «Tarixi
Muqimxoni» kabi qo‘lyozma asarlarning O‘rta Osiyodan Rossiyaga olib borilishi
va u yerda chet el tillariga tarjima qilinishi ikki davlat o‘rtasidagi madaniy
aloqalarning natijalaridan biri edi.
«Tarixi amir Haydar» asarida berilgan yangiliklardan yana biri shundan
iboratki, Buxoro amiri rus missiyasi bilan birga uni kuzatish va hadyalarni rus
hukumatiga yetkazib berish uchun o‘z elchisini qo‘shib yuborgan edi. Bu
voqeaning o‘zi 1820 yilda Rossiyadan Buxoroga yuborilgan diplomatik missiya
o‘z ishlarida ma‘lum darajada ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga putur
yetkazmasdan, Buxoro hukmron doiralari bilan bir daraja kelisha olganligidan
darak beradi. Shuning uchun ham ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning
buzilmasligini ko‘zda tutib, Buxoro amiri missiyaga o‘z elchisini qo‘shib yuborgan
edi.
Shunday qilib, «Tarixi amir Haydar» asarida berilgan ma‘lumotlar XIX
asrning birinchi choragi davomida Buxoro xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi
diplomatik munosabatlarni o‘rganishda bizni yangi va ajoyib faktik materiallar
bilan ta‘min etadi. Аyniqsa, unda keltirilgan materiallar Buxoroda rus missiyasini
qabul qilishdagi marosim va uning tantanalarini belgilashda juda qimmatlidir.
Demak, XIX asrning birinchi choragida Buxoro va Rossiya munosabatlari
to‘g‘risida mahalliy tarixchilarning asarlari bu ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik
aloqalarning faqat ayrim tomonlarini o‘rganishda xizmat qiladi. Аyniqsa, ulardan
Mirabdulkarim Buxoriyning bergan ma‘lumotlari XIX asrning boshida Buxorodan
Rossiyaga yuborilgan noma‘lum elchilikni va ularning oldiga qo‘yilgan asosiy
vazifalarini aniqlab olishda juda qimmatlidir. Uning bergan ma‘lumotlari
G.Meyendorfning XIX asrning boshida Buxorodan Rossiyaga yuborilgan
elchiliklarning oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalari to‘g‘risida bergan ma‘lumotlariga
juda mos kelib, G.Meyendorfning haqli ekanligini isbot qiladi, ya‘ni XIX asrning
boshlarida Rossiyaga yuborilgan elchilarning asosiy vazifalari: savdo yo‘llarini,
rus yarmarkalarini o‘rganish hamda rus bozorlari uchun eng kerakli mahsulotlarni
aniqlashdan iborat bo‘lgan.
Noyob tarixiy qo‘lyozma asar «Tarixi amir Haydar» 1820 yilda Rossiyadan
Buxoroga yuborilgan diplomatik missiyaning amir Haydar tomonidan qabul
qilinishi va undagi marosimlar haqida juda qimmatli ma‘lumotlar beradi va
G.Meyendorf, E.Eversman va Budrinlarning bu haqda bergan materiallarini
anchagina to‘ldiradi.
Аmmo, bu sharq manbalarida mualliflar asosiy masalalarga e‘tibor
bermasdan, faqat ikkinchi darajali voqealar bilan kifoyalanadilar. Shunga
qaramasdan, ular XIX asrning birinchi choragida Rossiya va Buxoro
munosabatlarini o‘rganishda yordamchi manba bo‘lib, yuqorida xarakterlangan
asarlarni juda nodir va qimmatbaho ma‘lumotlar bilan boyitadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |