35-36-mavzu. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xiva xonligining davlat tuzumi va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli Xiva xonligida Rossiya protektorati o‘rnatilganidan keyin ichki va tashqi siyosatdagi arzimas o‘zgarishlarni ham Xiva xoni kim bilan kelishib olgan? Turkiston general-gubernatori.
Rossiya imperiyasi Xiva xoni ustidan nazorat qilish maqsadida necha kishidan iborat Kengash (devon) ta’sis etgan? 7 kishi.
Xiva xoni ustidan nazorat qilish maqsadida ta’sis etilgan Kengashda necha kishi podsho hukumati vakili bo‘lgan? 4 kishi.
Gandimiyon shartnomasiga ko‘ra Amurdaryoning qaysi qirg‘og‘i Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o‘tgan? O‘ng qirg‘og‘i.
Kim Rossiya imperiyasining Xiva xonligidagi vakili sifatida mamlakatni boshqarishda xonning hamma harakatlari ustidan nazoratni amalga oshirgan? Amudaryo bo‘limi boshlig‘i.
Xiva xonligi qaysi sulola vakillari tomonidan boshqarilayotgan monarxiya bo‘lgan? Qo‘ng‘irotlar.
Qaysi urug‘ siyosiy va ijtimoiy hayotda hamda harbiy sohada Xiva xonining suyanchig‘i? Qo‘ng‘irot urug‘i.
Xiva xoni davlatni kimlarning madadiga tayanib boshqargan? Qo‘ng‘irot urug‘i zodagonlari, saroy a’yonlari va oliy ruhoniylar guruhi.
Xiva xonligida xalq qarshilik harakatini bostirish va davlat yaxlitligini saqlash uchun kurash vositasi nima edi? Qo‘shin.
Xiva xonligida muntazam qo‘shinni kim boshqargan? Yasovulboshi.
Xiva xonligida muntazam qo‘shin necha kishidan iborat bo‘lgan? 1,5 ming.
1873-yildan boshlab Xiva qo‘shini qanday vazifasini bajargan? Ichki tartibni saqlash.
Xiva xonligi ma’muriy jihatdan qanday bo‘lib bo‘lingan? 18 ta beklik va 2 ta noiblik.
Xiva xonligidagi eng yirik bekliklar qaysilar? Hazorasp, Urganch, Qiyot, Ko‘hna Urganch, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot.
Xiva xonligida beklik va noibliklarni kim boshqargan? Xon tomonidan tayinlangan bek yoki hokim.
Xiva xonligida necha kichik biloyat bo‘lgan? 2 ta.
Xiva xonligida kichik viloyatlarni kim boshqargan? Xon noiblari.
Xiva shahri va uning tevaragi kimningtasarrufida bo‘lgan? Xonning.
Xiva xonligida mavjud boshqaruv apparatidagi mansabdor shaxslar kimlardan yig‘iladigan soliqlar hisobidan kun kechirgan? Dehqon va hunarmandlardan.
Xiva xonligida bosh vazir nima deb atalgan? Mehtar.
Xiva xonligida devonxona mutasaddisi nima deb atalgan? Devonbegi.
Kimlar Xiva xonining oliy amaldorlari va yaqin maslahatchisi bo‘lgan? Mehtar va devonbegi.
Kimlar Xiva xonligigi ijtimoiy-siyosiy hayotda katta ta’sirga ega bo‘lgan? Islom dini ruhoniylari.
Qaysi shahar Buxorodan keyingi islom dini markazlaridan biri sanalgan? Xiva.
Xivada nechta masjid bo‘lgan? 160 dan ortiq.
Xivada nechta avliyolar daxmasi bo‘lgan? 60 dan ortiq.
Xiva xonligida necha maktab faoliyat yuritgan? 1,5 mingga yaqin.
Xiva xonligida madrasada ta’lim olish muddati necha yil bo‘lgan? 10 yil.
Xiva xonligida madrasada qanday fanlar asosiy fanlar sifatida o‘qitilgan? Arab grammatikasi, islom huquqi va falsafasi.
Xiva xonligida madrasada qanday fanlar qo‘shimcha ravishda o‘qitilgan? Arifmetika va geometriya.
Xiva xonligida madrasa talabalari imtihon sinovlari topshirganlaridan so‘ng qanday lavozimlarni egallashlari mumkin bo‘lgan? Bo‘shab qolgan qozilik, imomlik.
Xiva xonligida davlat boyligining birlamchi omili nima? Yer.
Xiva xonligida qaysi mahsulotni yetishtirish qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i hisoblangan? G‘alla.
Xiva xonligida qishloq xo‘jaligida asosan qanday mahsulotlar yetishtirilgan? Sholi, jo‘xori hamda suli.
XIX asrning 90-yillaridan boshlab Xiva xonligida Rossiya bilan savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida qaysi mahsulotni yetishtirishga ixtisoslashuv jadallashgan? Paxta
Xiva xonligida yerlarning asosiy qismi kimlarga tegishli bo‘lgan? Xon va uning amaldorlariga.
Xiva xonlari amaldor va a’yonlarga haq sifatida qaysi yer egaligi hisobidan ehsonlar qilgan? Davlat yerlari.
Xiva xonligida yer maydonlarining katta qismi diniy muassasalar tasarrufida bo‘lib, xonlikdagi necha % sug‘oriladigan yer masjidlar mulki hisoblangan? 40 %.
Xiva xonligida 64 ta masjid va madrasa XIX asrning oxirgi choragida necha tanob yerga egalik qilgan? 205 ming tanobdan ziyod.
Qanday holat Xiva xonlarining dindorlarga nisbatan hurmat va izzatining ifodasi edi? 64 ta masjid va madrasa XIX asrning oxirgi choragida 205 ming tanobdan ziyod yerga egalik qilishi.
XIX asrning oxirida qancha ruhoniylar oilasi barcha soliqlardan ozod etilgan? 4 000.
1873-yildan so‘ng hosildor yerlarning katta qismi Rossiya tasarrufiga o‘tishi oqibatida xonlik ma’muriyati sarf-xarajatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qanday yo‘l bilan qoplay boshlagan? Yangi soliqlarni joriy etish yoki ilgari mavjud bo‘lganlarini oshirish.
Xiva xonligida doimiy yoki favqulodda soliqlarning necha turi mavjud bo‘lgan? 25 ta.
Xiva xonligida solg‘ut qanday soliq? Yer solig‘i.
Xiva xonligida o‘tloqlardan foydalanganlik uchun qanday soliq olingan? Zakot, cho‘p puli
Xiva xonligida turar joylardan qanday soliq olingan? O‘tov solig‘i.
Dehqonlar bajargan majburiyatlar orasida eng og‘iri qaysi edi? Sug‘orish tizimini ta’minlash, yangilarini barpo etish.
Xiva xonligida xon farmonlarini e’lon qiluvchi jarchi o‘z foydasiga qanday soliq yig‘gan? Afanak puli.
Xiva xonligida jarchidan tashqari yana kimlar xalqdan o‘z ulushini olishga harakat qilgan? Ishlar nazo ratchisi va mutasaddisi.
Xiva xonligida necha % aholi dehqonlar bo‘lgan? 90 % ga yaqin.
Xiva xonligida dehqonlar necha % yerga egalik qilgan? 5 %.
Xiva xonligida yersiz va kam yerli dehqonlar qayerda ijarachi sifatida ishlab bergan? Yirik zamindorlarning va vaqf yerlarida.
Xiva xonligida ijarachi dehqonlar tomonidan ishlar yakunlaganidan keyin yer egasiga hosilning necha % berilgan? 40-50 %.
Xiva xonligida teng yarimiga ishlovchilar nima deb atalgan? Yarimchilar.
Xiva xonligida yersiz dehqonlar kimlarga qaram bo‘lib borgan? Xonlar, beklar va ularning amaldorlariga.
Xiva xonligida uy hunarmandchiligida qanday mahsulotlar tayyorlangan? Ip yigirish va to‘quvchilik, oyoq kiyimlar, gilamlar, kigizlar va hokazolar.
Xiva xonligida aholining qaysi qatlami yordamchi daromad manbayi bo‘lgan uy hunarmandchiligi bilan shug‘ullangan? Dehqonlar.
Xiva xonligidagi har bir qishloqda qaysi soha mutaxassislari faoliyat yuritgan? Ko‘nchi, etikchi, bo‘zchi, bo‘yoqchi, juvozchi va boshqalar.
Xiva xonligida hunarmandlar olgan buyurtmalariga haqni qanday olgan? Mahsulot yoki pul bilan.
Xiva xonligining qaysi davlatlar bilan savdo munosabatlari rivojlanishi ichki savdo-sotiqni jonlantirgan? Rossiya, qozoq juzlari, Kavkaz, Eron.
Xiva xonligida qanday omil tovar-pul munosabatlarining shitob bilan o‘sishiga imkon yaratgan? Bozor munosabatlarining rivojlanishi.
Shaharlarning qishloqlarga nisbatan jadal rivojlanishi qanday natijalarga olib kelgan? yangi shaharlarni vujudga keltirgan va eskilarining rivojlanish jarayonini tezlashtirgan.
Xiva xonligida qanday omil mamlakat iqtisodiy hayotida shaharlarning ahamiyati ortishiga olib kelgan? Shaharlarning qishloqlarga nisbatan jadal rivojlanishi yangi shaharlarni vujudga keltirishi va eskilarining rivojlanish jarayonini tezlashtirishi.
XX asr boshlarida Xiva xonligida qaysi shaharlar ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy markazlarga aylangan? Xiva, Yangi Urganch, Qo‘ng‘irot, Toshhovuz, Gurlan.
XX asr boshlarida Xiva xonligida vujudga kelgan yangi shaharlar qaysilar? Bog‘ot, Mo‘ynoq, Taxta.
Yangi Urganchda nechta paxta tozalash zavodi joylashgan? 11 ta.
Yangi Urganchdagi paxta tozalash zavodining nechtasi mahalliy tadbiykorlarga tegishli edi? 6 tasi.
Qaysi shaharda 2 ta yog‘ zavodi bor bo‘lgan? Yangi Urganch.
Qaysi shaharda sovun va kon zavodi bo‘lgan? Yangi Urganch.
Yangi Urganchda necha tegirmon bo‘lgan? Bitta.
Yangi Urganchda qaysi bankning bo‘limlari ochilgan? Rossiya–Osiyo va Sibir savdo bankining.
Qaysi shaharda pochta-telegraf idorasi, komission va sug‘urta jamiyatlarining vakolatxonalari ochilgan? Yangi Urganch.
Qaysi shaharda rossiyaliklarga, ham mahalliy sarmoyadorlarga tegishli kapital jamlangan? Gurlanda.
Rossiya savdogarlari Gurlanda asosan nima bilan shug‘ullangan? Paxtani tashib ketish bilan.
Rossiyaning Gurlanda paxtani tashib ketish bilan shug‘ullangan necha idora bo‘lgan? 10 ta.
Gurlanda mahalliy tadbirkorlarning paxta tozalash zavodlari soni qancha? 9 ta.
Gurlanda kimlarning paxta tozalash zavodlari bo‘lgan? Aka-uka Rizayevlar,P.A.Manuilov, S.Maxsum, S.Tojiniyozov, T.Solijonov va boshqalarning.
1909-yili Xiva xonligida necha sanoat korxonasi bo‘lgan? 81 ta.
Xiva xonligida sanoat shakllanishi qachon yanada jadallashgan? 1910-1915-yillarda.
Xiva xonligida sanoat shakllanishi yanada jadallashgan vaqtda kerosin va neft bilan ishlaydigan nechta sanoat korxonasi barpo etilgan? 40 ta.
Qanday omil sabab O‘rta Osiyoda mahalliy ishlab chiqariladigan mahsulotlar kasodga uchragan? Rossiya tovar mahsulotlari O‘rta Osiyo bozorlariga tez kirib kelishi natijasida.
Mahalliy tadbirkorlar Xiva xonligi va Rossiya o‘rtasida bozor munosabatlarini rivojlantirish uchun qanday ish olib borgan? Qo‘shma bank uyushmalari tuzishga harakat qigan.
«A-Meta» sindikati nimalarni birlashtirgan? Rossiya–Osiyo banki va Madiyorov–Baqqolov kapitalini.
«A-Meta» sindikati qachon tashkil topgan? 1909-yili.
«A-Meta» sindikati har yili qancha paxtani Rossiyaga eksport qilgan? 3 ming tonna.
«A-Meta» sindikati qaysi sohada yakkahukmronlikni o‘rnatgan? Beda urug‘i sotib olish.
Qanday omil asosida Xiva xonligida yangi savdo-sanoat markazlari shakllan? Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi asosida.
Xiva xonligida mayda savdogarlar qanday tovarlarni eng olis qishloqlarga olib borib sotgan? Choy, manufaktura mahsulotlari, shakar, samovar
Sanoatning bir yoqlama va sust rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotida qanday natijaga olib kelgan? Yetakchi hunarmandkasanachilik ishlab chiqarishining salmog‘i nisbatining saqlanib qolishiga.
Nima uchun mahalliy hunarmandlarning mahsulotlari mamlakat hududidan tashqarida yuqori baholangan? Bu mahsulotlar qadimiy boy hunarmandchilik ishlab chiqarishi an’analari asosida tayyorlangan.
Qachon ayrim tumanlar hunarmandchilik ishlab chiqarishining u yoki bu sohasiga ixtisoslashuvi jarayoni kuzatilgan? XIX asr oxiri va XX asr boshlarida.
Metallni qayta ishlovchi asosiy ustaxonalar qaysi shaharlarda joylashgan? Buxoro, Xiva, Yangi Urganch, Chimboy, Hazorasp.
Metallni qayta ishlovchi asosiy ustaxonalar joylashgan shaharlarda nimalar yasalgan? Ketmonlar, omoch tishi, belkuraklar, boltalar, taqalar, idish-tovoqlar va hokazolar.
Qaysi shaharlardako‘nchilik ishlab chiqarishi markazlari rivojlangan? Buxoro, Xiva, Xonqa, Yangi Urganch, Xo‘jayli.
Qoplar va arqonlar qaysi shaharda tayyorlangan? Yangi Urganch.
Gilam va kigizlar qaysi shaharlardagi hunarmandchilik maskanlarida ishlab chiqarilgan? Porsu, Alieli, Ko‘hna Urganch, G‘azovot.
O‘rta Osiyoning deyarli barcha shaharlarida qanday buyumlar yasash rivojlangan? To‘qimachilik, sopol idishlar va zargarlik buyumlari.
Qachon Kaspiyorti temiryo‘lining qurilgan? 1885-yili.
Qachon Amudaryo flotiliyasining ta’sis etilgan? 1887-yil oxirlarida.
Qanday omil Xiva xonligining Rossiyaga qaramlikni yanada kuchaytirgan? 1885-yilda Kaspiyorti temiryo‘lining qurilishi va 1887-yil oxirlarida Amudaryo flotiliyasining ta’sis etilishi.
Xiva xonligining Rossiyaga qaramlikni yanada kuchaytirganidan keyin yuklarning katta qismi qanday qilib Amudaryoning yuqori oqimi bo‘ylab tashiladigan bo‘lgan? Temiryo‘l orqali va paroxodlar bilan.
Qanday qilib hunarmandlar o‘z ishlab chiqarishini ko‘paytirishga va yangi texnologiyalarni joriy qilishga qodir bo‘lmay qolgan? Har bir hunarmandchilik usta xonalarining egalari amaldorlarga sovg‘alar taqdim etishi, daromadlariga mos kelmaydigan soliqlarni to‘lashlari lozimligi.
Sex birlashmalariga kimlar kirgan? Usta, xalfa va shogird.
Hunarmandlar ishlab topgan pullarining anchagina qismini kimlarning sharafiga xayr-ehsonga bergan? Avliyolar va ma’naviy ustozlar.
Kimlarning ish kuni cheklanmagan? Xalfa va shogirdlarning.
Bo‘nagi – bu …? Avans.
Rossiya imperiyasidan arzon narxlardagi sanoat tovarlari kirib kelishining ko‘payishi qanday oqibatlarga olib kelgan? mahalliy korxonalarning buyumlariga talabni pasaytirgan. Mahalliy matolar, iplar, kulolchilik, cho‘yan va misdan yasalgan buyumlar ba’zi turlarining ishlab chiqarilishi keskin kamaygan.
Sindikat so‘zining ma’nosi qanday? Yunoncha – birgalikda ishlash.
Monopoliya so‘zining ma’nosi qanday? Yunoncha – tanho sotish.
Kasanachilik – bu …? Uyda yollanib ishlanadigan hunarmandchilik.
Iqtisodiyotning bir sohasidagi yakkahukmronlik nima deb ataladi? Monopoliya.
Bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi nima deb ataladi? Sindikat.
Quyidagi rasmda qaysi inshoot tasvirlangan? Qo‘sh darvoza.
Quyidagi rasmda kim tasvirlangan? Xiva xonligini bosh vaziri.