Mavzu. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xiva xonligining davlat tuzumi va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli


-mavzu. Xiva xonligining tugatilishi



Download 3,28 Mb.
bet2/9
Sana30.12.2021
Hajmi3,28 Mb.
#191331
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9 O'zbek savol javob 35-38

37-mavzu. Xiva xonligining tugatilishi

  1. Turli xildagi jabr-zulmlar natijasida dehqonlarning kuchayib borayotgan noroziligi qanday holatlarini ko‘paytirgan? Soliqlarni to‘lashdan, majburiyatlarni bajarishdan ommaviy bosh tortish, yirik zamindorlar yerlarini egallab olish, soliq yig‘uvchilar va xonlik ma’muriyatining boshqa namoyandalariga hujum qilish.

  2. XIX asrning 80-yillarida qayerlarda dehqon uyushmalari vujudga kelgan? Pitnak, Hazorasp, Yangi Urganch, Ko‘hna Urganch.

  3. Dehqon uyushmalarining harakatini bostirish uchun qaysi davlat qo‘shinlarini yordamga chaqirgan? Rossiya.

  4. Matyoqub pishiq qo‘zg‘oloni ko‘ratilgan? 1902-yili.

  5. Matyoqub pishiq rahnamoligida qaysi tumanlarda qo‘zg‘olon ko‘tarilgan? Xonqa, Hazorasp, Bog‘ot.

  6. Qanday omillar Xiva xonligida ko‘plab xalq g‘alayonlarini keltirib chiqargan? Mustamlakachi hokimiyat va mahalliy amaldorlarning jabr-zulmi, turmush sharoitlarining yomonligi.

  7. Qachon arzimas sabablar bilan qo‘zg‘olonlar yuz berib turgan? XX asr boshlarida.

  8. 1906-yilda qayerlarda muhtoj dehqonlar yirik zamindorlar yerlarini egallab ola boshlagan? Yangi Urganch, Xonqa, Hazoraspda.

  9. Qachon Xiva xonligida qurg‘oqchilik va hosilsizlik yili bo‘lgan? 1910–1911-yillarda.

  10. Nechanchi yillarda Xiva xonligida dehqonlar g‘alayonlari keng tus olgan? 1910–1917-yillarda.

  11. Xiva xonligida dehqonlar g‘alayonlari keng tus olgan vaqtda qanday holatlar avj olgan? Insofsiz katta yer egalari va boylarni kaltaklash, ularning imoratlari, xo‘jalik inshootlari, omborlarini buzib tashlash.

  12. 1912-yildagi qayerlarda qo‘zg‘olonlar keskin tus olgan? Hazorasp va Xonqada.

  13. Xiva xonligida dehqonlar o‘qotar aslahalar bilan qurollangan vaqtida, uni bostirish uchun Asfandiyorxon necha kishilik qo‘shinini yuborgan? 1000 kishilik.

  14. Asfandiyorxon yuborgan qo‘shin qayerda joylashgan? Alieli va Toshhovuz o‘rtasida.

  15. Yosh xivaliklarning yosh buxoroliklardan farqi qanday? Aholining turli qatlamlari – dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar, ziyolilar va mayda mulkdorlarning ishtirok etgan.

  16. Yosh xivaliklar harakati rahbarlari kimlar? Polvonniyoz hoji Yusupov, Bobooxun Salimov, Bekjon Rahmonov, Nazir Sholikorov, Jumaniyoz Sultonmurodov.

  17. Yosh xivaliklar harakati rahbarlari qayerda katta nufuzga ega bo‘lishgan? Xorazmda.

  18. Yosh xivaliklar nima uchun jiddiy harakat qilgan? Xiva xonligida ma’rifat tarqatish va islohotlar o‘tkazish uchun.

  19. Xiva xonligida qachon «Islohotlar loyihasi»ni qabul qilgan? 1910-yili.

  20. Xiva xonligida «Islohotlar loyihasi»da boshqaruv tizimini tartibga solishni nazarda tutgan bo‘lib, davlatda qanday o‘zgarishlar bo‘lgan? Xon devoni saqlab qolinib, faqat amaldorlar davlat ta’minotiga o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Shuningdek, yangicha milliy maktablarni tashkil qilish g‘oyasi ham ilgari surilgan.

  21. Yangicha milliy maktablar nima uchun kerak bo‘lgan? Ta’lim va madaniyat saviyasini ko‘tarish hamda xivalik ziyolilarning yangi avlodini shakllantirish.

  22. Muhammad Rahimxon II vafot etgach xonlik taxtiga kim o‘tirgan? O‘g‘li Asfandiyorxon.

  23. Asfandiyorxon nechanchi yillarda hukmronlik qilgan? 1910-1918-yillarda.

  24. Asfandiyorxon nimaga tayangan? Petro-Aleksandrovskda turgan Rossiya harbiy kuchlari madadiga.

  25. Asfandiyorxon ishni nimadan boshlagan? Zulmni kuchaytirish va muxolafatni to‘liq mahv etishdan.

  26. Asfandiyorxon kimni o‘ldirgan? Islomxo‘jani.

  27. Islomxo‘jani qaysi lavozim egasi? Bosh vazir.

  28. Asfandiyorxon qachon Islomxo‘jani o‘ldirgan? 1913-yili.

  29. Asfandiyorxon qanday ayb bilan o‘ldirilgan? Davlat mablag‘larini o‘zlashtirish.

  30. Qaysi xon buyrug‘iga ko‘ra yerlarni yangidan o‘lchash boshlangan? Asfandiyorxon.

  31. Yangi soliqlar joriy qilinishi natijasida qayerlarda dehqonlar qo‘zg‘oloni ko‘tarilgan? Mang‘it va Xo‘jayli.

  32. Qanday qilib Asfandiyorxon asosiy tayanchi mahrum bo‘lgan? Rossiyadagi 1917-yilgi fevral voqealaridan keyin.

  33. Qachon Yosh xivaliklar Asfandiyorxondan islohotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi manifestni imzolashni talab qilgan? 1917-yil 5-aprelda.

  34. Asfandiyorxon imzolagan manifestga ko‘ra xon hokimiyatini cheklagan deputatlar palatasi nima deb atalagan? Majlis.

  35. Asfandiyorxon imzolagan manifestga ko‘ra xon hokimiyatini cheklagan Vazirlar kengashi nima deb atalgan? Nozirlar kengashi.

  36. Yosh xivaliklar Asfandiyorxondan qanday islohotlarni talab qilgan? Moliya vazirligi, suv taqsimotini isloh qilish, xonlikning butun hududida yangi usul maktablarini tashkil qilish uchun qo‘mita tuzishni, temiryo‘llar va pochta-telegraf tizimi qurilishini.

  37. Asfandiyorxon qanday maqsadda islohotlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi manifestga imzo chekkan? Har qanday yo‘l bilan hokimiyatni saqlab qolish va vaqtdan yutish maqsadida.

  38. Xiva xonligida Majlisning birinchi sessiyasi qachon bo‘lgan? 1917-yil 26-aprel.

  39. Xiva xonligida Majlisning birinchi sessiyasida necha xivalik deputat ishtirok etgan? 30 ta.

  40. Xiva xonligida Majlisning birinchi sessiyasi turkmanlardan necha vakil ishtirok etgan? 7 ta.

  41. Qancha vaqtdan keyin xon boshchiligidagi konservativ kuchlar harbiy to‘ntarishni amalga oshirdi va Majlisni tarqatib yuborilgan? Ikki oy o‘tmasdan.

  42. Qaysi voqeadan keyin yosh xivaliklar rahnamolari hibsga olinib, ulardan bir qismi otib tashlangan? Harbiy to‘ntarishni amalga oshirilib, Majlisni tarqatib yuborilganch.

  43. Turkman urug‘laridan birining sardori Junaidxon qachonXivani egallagan? 1918-yil yanvarda.

  44. Junaidxon qancha otliq otryad bilan Xivani egallgan? 1,5 ming kishilik.

  45. Afsandiyorxon o‘ldirilganidan keyin taxta kim o‘tirgan? Said Abdulla.

  46. Rossiya hukumati Xivaga qarshi qayerda Kommunistik partiya tuzgan? Petro-Aleksandrovsk.

  47. Rossiya hukumati qachon Xivada to‘ntarish o‘tkazgan? 1920-yil 2-fevralda.

  48. Rossiya hukumati tomonidan Xivada o‘tkazilgan to‘ntarish qanday nom olgan? «Xalq inqilobi».

  49. Xiva xonligi qancha vaqt hukm surgan? 4 asrdan ortiqroq vaqt.

  50. Qachon Sovetlarning birinchi Butun Xiva qurultoyi Xiva xonligi o‘rnida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) tashkil topganini e’lon qilgan? 1920-yil 27-aprelda.

  51. Manisfest so‘zi qaysi tildan olingan? Lotincha.

  52. Konservativ so‘zi qaysi tildan olingan? Lotincha.

  53. Quyidagi rasmda tasvirlangan shaxs qachon o‘ldirilgan? 1918-yil oktabrda.

  54. Hukumatning muhim voqea munosabati bilan xalqqa qilgan yozma murojaati, qonun kuchiga teng hujjat nima deb ataladi? Manifest.

  55. Eski tuzum tarafdorlari, islohotlar va o‘zgarishlarga qarshi turuvchilar nima deb ataladi? Konservativ.

  56. Quyidagi rasmda qaysi inshoot tasvirlangan? Xivadagi Toshdarvoza.


Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish