Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


Ikkinchi imperiyaning ichki va tashqi siyosati



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

Ikkinchi imperiyaning ichki va tashqi siyosati
Napoleon III har tomonlama mamlakatda sanoat taraqqiyotiga homiylik 
qildi. U sanoatni himoya qiluvchi tariflarni qo'llab-quvvatladi. Sanoatni 
rag'batlantirish maqsadida 1855 yil Parijda butunjahon ko'rgazmasi tashkil
qilindi. Napoleon III ayniqsa moliyachilarga ko'proq imkoniyat yaratdi. XIX 
asrning 50- yillarida bir qator yangi banklar-"Hisob banki", "Kredit mobele", 
"Lion krediti" va boshqalar ochildi. Ikkinchi imperiyadavrida birja 
chayqovchiligi avjiga chiqdi. Unda impcratorning o'zi va ministrlar ham 
ishtirok etdi.Imperator tog' asi Napoleon I ning "Qachonki ishchi beish qolsa, 
uni isyon ko'tarishga chorlash oson bo'ladi," - degan so'zlariga qat'iy amal qildi. 
Shuning uchun "u ochlik qo'zg'olonlari, 200 ming kishilik armiyaning 
mag'lubiyatidan ham daxshatliroqdir,"-deb ishsizlar uchun ko'plab jamoat 
ishlarini tashkil qiladi. Botqoqlar quritildi, tog'yo'nbag'irlarida bahorgi sellarni 
oldini olish maqsadida o'rmonlar tashkil qilindi. Shaharningko'plab aholi 
kvartallari buzilib, yangidan keng prospektlar qurildi. Bu ishlarni bajarishga 
ko'plab parijlik ishsizlar jalb qilindi.1857 yildagi iqtisodiy inqiroz Fransiyada 
ijtimoiy-siyosiy harakatlarni yangidan ko'tarilishiga sabab bo'ldi. Respublika 
tarafdorlari qatag’on qilindi, ammo imperiya davrida qonun chiqaruvchi 
korpusga, asosan, respublika tarafdorlari saylangan bo'lib, bu imperiyaga 
qarshi to'g'ridan-to'g'ri chaqiruv edi.Fransiya imperiyasining tiklanishi va iyul 
monarxiyasi davrida o'zining tashqi siyosati borasida Angliya bilan 
hisoblashishga majbur bo'ldi. Biroq, bu fransuzburjuaziyasining noroziligiga 


61 
sabab bo'ldi. Fransiya mustamlakachilik imperiyasini tashkil qilish harakati 1830-
1847- yillarda Jazoirning bosib olinishi bilan boshlangan edi.Ammo 1840- 
yildagi Sharq inqirozida Fransiyaning maglubiyati Angliya va Rossiya oldida 
taslim bo'lganligi fransuz burjuaziyasining xotirasida edi. 1848- yil inqilobidan 
so'ng Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti natijasida Napoleon 111 Angliya bilan 
ittifoqchilikda Sharq masalasi borasida Rossiyaga qarshi urush e'lon qildi.Turkiya 
XVI asrdan buyon Fransiyaning homiyligi ostida bo'lib, XIX asrda ham u Fransuz 
zayomlari, sanoat mahsulotlari va harbiy yordamiga muhtoj edi. Nikolay 1 ning 
1853- yilda Peterburgdagi ingliz elchisiga, Fransiyasiz Turkiyani bo'lib olish 
to'g'risidagi taklifi Napoleon III ning g'azabiga sabab bo'ldi. Natijada, 
Angliya, Fransiya va Turkiyaning Rossiyaga qarshi Qrim urushi (1853-1856 
yillar) kelib ehiqdi. Urushda ijtimoiy-iqtisodiy , siyosiy va harbiy jihatdan ancha 
qoloq bo'lgan Rossiya maglubiyatga uchradi. Rossiyaning maglubiyati rus 
chorizmining Yevropa jandarmi rolidan mahrum bo'lishi va shu bilan birga 
Fransiya uchun yangi bosqich - Yevropa kontinentida hukmronlik bosqichini 
boshlab berdi.Qrim urushidan so'ng o'lgan 15 yil davomida FransiyaYevropa 
kontinentidagi eng kuchli davlat bo'lib qoldi. Fransiya 1859- yili Avstriya bilan 
bo'lgan urushda katta muvaffaqiyatga erishdi Bu urushni Napoleon Italiyaning 
ozod qilish shiori ostida boshlandi. Buning uchun Fransiyachegaradosh bo'lgan 
Italiyaning Savoyi va Nitstsa viloyatlarini qo'shib oladigan bo'ldi. Natijada, 
Fransiyaning kontinentdagi mavqei yanada kuchaydi bundan hatto Angliya 
hukumati ham tashvishga lusha boshladi.Napoleon III mustamlakachilik 
borasida erkin va faol tashqi siyosat yuritish maqsadida Angliyaga yon berdi. 
1860-yil qonun chiqaruvchi korpusning roziligisiz Angliya bilan savdo 
shartnomasini imzoladi. Bu shartnomaga ko'ra Fransuz bozorlari nisbatan, 
arzon bo'lgan ingliz mahsulotlari uchun ochib qo'yildi. Fransiyaning boshqa 
davlatlar bilan imzolagan fridrid (erkin savdo) shartnomalari Fransiya uchun 
unchalik xavfli emas edi. Chunki bu davlatlarning aksariyati sanoat sohasida 
ancha qoloq edi. Ammo Angliya bilan imzolangan savdo shartnomasi fransuz 
sanoatchilarining noroziligini tugdirdi. Napoleon III ning Angliya bilan imzolagan 
savdo shartnomasi burjua muxolifatini kuchaytirgan bo'lsa, 1859-yildagi 
Napoleonning Avstriya ustidan erishgan g'alabasi uni katolik cherkovini qo'Ilab-
quvvatlashidan mahrum etdi va klerikal muxolifatini paydo qildi. Fransiyaning 
Avstriya bilan urushi natijasida papa qo'li ostida bo'lgan Italiya hududlarining 
ko'pchiligi birlashtirildi, natijada papalikning nufuzi tushib ketdi.Avstriya-Germaniya 
va Rossiyadagi milliy-ozodlik harakatlari, inqilobiy vaziyat Napoleon III ni 
Fransiyada liberal islohotlar o'tkazishga majbur qildi. Shuning uchun, imperiyaning 
1860-yilgacha bo'lgan davri avtoritar va undan keyingi davri esa liberal imperiya 
davri, deb ataladi. Ammo liberal islohotlar davrida ham Napoleon III ning 
mamlakat boshqaruvi o'zgarishsiz qoldi. Ammo imperator tomonidan liberal yon 
berishlar jamoatchilikni qoniqtirmadi va shunda Napoleon III mamlakat xalq 
ommasining e'tiborini tashqi siyosat masalalariga jalb qilmoqchi bo'ldi.50- yillarning 
oxiri va 60-yillarning boshlarida Fransiyaning Turkiyaga ta'siri kuchaydi. Bolqonda 
mustaqil tashqi siyosat yuritib, Yaqin Sharqdagi o'zining ittifoqchisi sifatida 
Ruminiyanmg tashkil topishini ta'minladi. 1860- yilda fransuztarning Suriyaga 
yurishi, Suvaysh kanalining kurilishi bilan bog'liq bo'lib, kanal 1869 yilda qo'rib 
bitkazildi. 60-yillar boshida Fransiya Hindi-Xitoyni zabt etishga erishdi. 50-60-
yillarda FransiyaXitoyga va Yaponiyaga qarshi harbiy harakatlarda qatnashdi.1859-


62 
1862 yillarda Fransiya Rossiya bilan yaqinlashish yo'llarini qidirdi. 1859 yil 
Avstriyaga qarshi urushga tayyorlanib, Rossiyaning betarafligi to'g'risida maxfiy 
shartnoma imzoladi. Fransiyaning Rossiya bilan yaqinlashuvi Angliyani tashvishga 
soldi. 1863 yilda Polshadagi xalq qo'zg'olonini bostirishda Rossiyaning 
shafqatsizligiga qarshi Angliya Napoleon III dan Polsha masalasida Vena 
kongressiga o'xshagan Yevropa kongeressini chaqirishni talab qildi, Angliya 
o'zining 
maqsadiga 
erishdi, 
Fransiya 
Rossiya 
munosabatlari 
buzildi.Germaniyada birlashish jarayoni boshlangach, Napoleon III bundan 
manfaatlanmoqchi bo'ldi. 1865 yilda Bismark bilan bo'lgan uchrashuvda agar 
Fransiya Germaniyaning biriashuviga qarshilik ko'rsatmasa unga hududiy 
rag'batlantirish berilishi va'da qilindi. 1866 yildagi Prussiyaning Avstriya bilan bo'lgan 
urushi oldidan ham Bismark va'dasini takrorladi. Natijada Fransiya bu urushda 
betaraf turdi. Shimoliy Gcrmaniya ittifoqining tashkil topishiga ham kompensatsiya 
olish umidida bo'lgan Napoleon I I I qarshiiik ko'rsalmadi. Napoleon III ning 
Lyuksemburgni Fransiya ixtiyoriga berish to'g'risidagi talabi Bismark tomonidan 
rad 
etildi. 
Aleksandr I ning Bismarkni qo'llab-quvvatlashi franko-rus 
munosabatlarini yomonlashtirdi.Uzluksiz urushlar va foydasiz diplomatik 
chiqishlar bilan Napoleon III xalq ommasini monarxiyaga qarshi kurashdan, 
burjuaziyani esa parlamentar boshqaruv talablaridan chalg’itishga harakat qildi. 
Urushlar muvaffaqiyatli ketayotgan vaqtda imperator maqsadiga erishdi. 60-yillarning 
oxirlariga kelib, Meksika va Germaniya bilan bo'lgan urushdagi mag'lubiyat 
vaziyatni o'zgartirib yubordi.1846-1848 yillarda AQSh Meksikaga hujum qilib, 
uning territoriyasining beshdan ikki qismini tashkil qiluvchi Yangi Meksika va 
Yuqori Kaliforniya viloyatlarini bosib oldi.1861 yilda AQShda fuqarolar urushi 
boshlanishi bilan Meksika prezidenti Benito Xuarosikki yilga chet el zayomlarini 
to'lashni to'xtatdi. Natijada Angliya-Fransiya va Ispaniya 1861 yilda Meksikada 
pomeshchiklar va ruhoniylarning hukmronligini tiklash maqsadidasalib yurishini 
boshladilar. 
Bu 
interventsiyaning 
tashabbuskori 
Palmerston 
edi. 
Tezdainterventsiyachilar o'rtasida nizo kelib chiqdi. Angliya va Ispaniya o'zining 
qo'shinlarinichaqirib oldi. Fransuz armiyasi esa harbiy harakatlarni davom ettirdi. 
Meksika respublikasi koloniyaga aylanlirildi, unga Napoleon III ning noibi
sifatida Avstriya statsgersogi Maksimilian o'tirdi. Meksikada interventlarga qarshi 
Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish