O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

mezo-
ni
ga e’tibor qiling: «
Ma’lum vaqt oralig‘ida mustaqil ravishda ba-
jarilgan aqliy ish ko‘lami va sifati
». Siz buni qanday tushundingiz? 
Bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisi sifatida o‘quvchilar bilimining mus
-
taqilligi darajasini nimalarga asoslanib baholash to‘g‘risida o‘ylab 
ko‘ring. Kursdoshlar o‘zaro muhokama qilib, bir asar misolida qa-
rashlaringizni asoslang.
5. Quyidagi fikrga diqqatingizni qarating: «
Ammo adabiy 
ta’limning o‘ziga xosligi shundaki, unda har bir o‘quvchi o‘z oldi
-


85
ga qo‘yilgan muammoni tegishli maqsad va vazifalarini belgila-
gan holda bilimi, hayotiy tajribasiga tayanib turli yo‘l, usul, vosi-
talar yordamida mustaqil ravishda hal qilib, faqat o‘zining badiiy 
haqiqatini chiqarishi mumkin
». Bunga nima deysiz? Ona tili yoki 
matematika darslarida kelinadigan yagona haqiqat-xulosa bilan 
adabiyot darslarida qabul qilinadigan turfa haqiqatlar bir-biridan 
mazmunan qanday farq qiladi? Ularning mohiyatida, Sizningcha, 
nima yotadi? Ko‘chirmaning mazmunini sharhlang. 
6. Italiyalik mutaxassis J. Rodarining: «
Agar bolalarni mus-
taqil fikrlashga o‘rgatmoqchi bo‘lsak, eng avvalo, ularni ertaklar 
to‘qishga, sarguzashtlar tuzishga undash kerak. Fikrni faqat yangi, 
avval uchramagan, tortishuvlarga sabab bo‘ladigan masalalarga 
sarflash lozim. Zerikish – fikrning dushmani
», degan qarashlari-
ga asoslanib buni amaliyotga tatbiq etish yo‘llari haqida o‘ylab 
ko‘ring. Siz, bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisi, mazkur holatni qanday 
tashkil etgan bo‘lardingiz?
7. Yuqorida o‘quvchilarga namuna sifatida keltirilgan top
-
shiriq: «
Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» asari qahramonlari 
Kumushbibi va Zaynab timsollarini o‘zaro taqqoslash»
zamiridagi 
savol va topshiriqlar ustida Siz ham o‘ylab ko‘ring. O‘z munosa-
batingizni bildiring, xulosa chiqaring. Nega shunday xulosaga kel
-
ganingizni asoslang. 
8. Yuqorida: «
Muallim tarbiyalanuvchilarni mantiqiy fikr 
yuritish usullari bilan tanishtirib borishi; qolipda fikrlashga yo‘l 
qo‘ymasligi, nafaqat darslik mualliflari, balki o‘rtoqlarining fikr-
mulohazalarini takrorlamaslikka, ijodiy izlanishga yetaklashi; 
o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olib, ularning 
aqliy imkoniyatlarini ishga sola bilishi; har bir o‘quvchi oldiga 
o‘ziga xos muammo qo‘ya olishi va uni yechishga yo‘naltirishi; 
uchraydigan qiyinchiliklarni yengishga odatlantirishi zarur»
, de-
gan fikr bor. Siz buni, bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisi sifatida, qan
-
day tasavvur qilasiz? Muallim zimmasiga qo‘yilayotgan har bir ta-
labni alohida ajratib yozing. So‘ngra ularni tahlilga torting. Amalda 
qanday bajarish kerakligi haqida birgalashib mulohaza yuriting. 
9. Bo‘limda alohida ta’kidlangan: «
O‘quvchining mehnati oson 
bo‘lishi kerak emas»
degan fikrga o‘z munosabatingizni bildiring. 
Bu haqiqatga qo‘shilasizmi, yo‘qmi? Har ikkala holatda ham fi
-
kringizni asoslang.


86
87
10. Bo‘limda taqdim etilgan adabiyot darslarida o‘quvchilarni 
mustaqil mulohaza yuritishga undovchi har bir tavsiya 
(detal)ni alohida ajratib yozing. Ularni qanday tashkil etish bora
-
sida o‘qituvchingiz bilan birgalikda fikrlashing. 
11. Bo‘limdagi «Ravshan» dostonidan olingan parchaga 
diqqat qiling. Undan Zulxumorda mavjud bo‘lgan sifatlarni ajrat
-
ing. O‘zbek xalqining go‘zallikka qo‘ygan mezonini birma-bir 
yozing. Sizningcha, ularning qay biri haqiqatga yaqinu qay biri 
mubolag‘a? Siz, bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisi, mazkur matn yuza
-
sidan o‘quvchilaringizni mustaqil mulohaza yuritishga undaydigan 
qanday savol va topshiriqlarni tavsiya etgan bo‘lardingiz?
12. Zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimiga xos bo‘lgan: 
«
O‘quvchidagi ichki imkoniyatlarni uyg‘otib, uni o‘zi o‘qiydigan 
va o‘zini o‘zi tarbiyalaydigan qilish, bu jarayonda o‘zi tashabbus-
kor, ehtiyojmand bo‘lishiga erishish lozimligi hamda butun kuchni 
shunga yo‘naltirish
» tarzidagi vazifalarning mohiyatiga kirishga 
urinib ko‘ring. Bularni adabiy ta’lim amaliyotida qanday tashkil 
etish mumkin deb o‘ylaysiz? Fikrlaringizni o‘rtoqlashing.
13. O‘quvchilarni kitob o‘qishga jalb qilish borasidagi taklif va 
mulohazalarga diqqat qiling. Ularni yana qanday tavsiyalar bilan 
boyitgan bo‘lardingiz?
14. «Mashrab g‘azallarida ilohiy ishq tavsifi» mavzusida tahlil-
insho yozing. Har biringizning ishingizni birgalikda muhokama 
qiling. Xato va kamchiliklari ustida suhbatlashing.


87

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish