106
107
4. Har bir o‘
quvchi o‘zgalar g‘oyasiga asoslanishi va ularni
o‘zgartirishi mumkin. Chunki fikrdan fikr tug‘iladi. Oldin tak
-
lif etilgan g‘oyalarni o‘zgartirish, ko‘pincha,
birlamchi fikrdan
kuchliroq, yaxshiroq qarashlarni keltirib chiqaradi
38
.
«Fikriy hujum» metodidan foydalanish jarayoni quyidagi bos-
qichlarda amalga oshiriladi:
•
o‘quvchilar erkin tartibda joylashtiriladi;
•
g‘oya va fikrlarni yozish uchun darstaxta yoki varaqlar tay-
yorlab qo‘yiladi;
•
hal etilishi lozim bo‘lgan muammo aniqlanadi;
•
ish jarayoni belgilab olinadi: a) g‘oyalar baholanmaydi;
b) fikrlashga to‘liq erk beriladi; v) fikrlar ko‘p bo‘lishiga (miq
-
dorga) intilinadi; g) o‘quvchilar faoliyati «ilg‘ab oling», «bilib
oling», «g‘oyalarga asoslaning», «qo‘shing», «kengaytiring»,
«o‘zgartiring» singari chaqiriqlarga
asosan uyushtiriladi;
•
qo‘yilgan muammo yuzasidan fikrlar so‘raladi va yozib bo
-
riladi;
•
o‘zgalarning fikrlaridan kulish, kinoyali sharhlar va mayna
qilishlarga aslo yo‘l qo‘yilmaydi;
•
varaqlar g‘oya va fikrlar bilan to‘lganda ular ko‘rinarli yerga
osib qo‘yiladi;
•
g‘oyalar tugamaguncha ish davom ettirilaveriladi;
•
shundan so‘ng yangi, kuchli, asosli va original g‘oyalar
o‘qituvchi tomonidan rag‘batlantiriladi, baholanadi
39
.
Abdurauf Fitratning 5-sinflar uchun yozilgan «Adabiyot» dars
-
lik-majmuasidan o‘rin olgan «Yurt qayg‘usi I», «Yurt qayg‘usi II»
nomdagi sochma she’rini
40
«Fikriy hujum» metodidan foydalanil
-
gan holda o‘tish uchun o‘quvchini aqliy muvozanatdan, loqayd
-
likdan chiqaradigan quyidagi savol-topshiriqlarni berish mumkin:
«
Nomusini bot kishilarning oyog‘lari ostinda ko‘rub, turklik
qoni qaynag‘ay, musulmonlik hamiyati toshgay, tamug‘ olovlari
kabi sachragay. Lekin o‘z kuchsizligini anglab, qaytib o‘tirgan va
qon yig‘agan turk
...» sizningcha kim? «
Sening omonatingga xiyo-
nat qilganlarni ez, ur, o‘ldur
!» shaklidagi chaqiriq kimga qaratil
-
gan va «xiyonatchi» kim deb o‘ylaysiz?
38
https://ru.wikipedia.org/wiki. Википедия. Свободная энциклопедия.
39
https://ru.wikipedia.org/wiki.
Википедия
.
Свободная
энциклопедия
.
40
Karimov N., Normatov U. Adabiyot. 5-sinf uchun darslik-majmua. – T.:
«O‘qituvchi», 2006. 152-b.
107
Shoirning: «
…yuqorida aytdigim ishlarning hammasiga o‘zim
sabab bo‘ldim, barchasini o‘zim qildim, sening Turoningni o‘zim
talatdim, sening turkingni o‘zim ezdirdim, sening omonatlaringga
xiyonat o‘zim qildim
», – degan iqrori to‘g‘risida nima deysiz? Siz
ham Fitratni xiyonatchi deb hisoblaysizmi yoki bu yerda boshqa
-
charoq fikr bormi?
«
Men qo‘limga topshirdig‘ing qilichni tashlab cholg‘uni ol-
masa edim, Turonim talanmas edi!..
»
satrlaridagi yurt uchun
kurashish o‘rniga cholg‘u bilan ko‘ngil ochishni qanday tushu
-
nasiz? «
Sening dunyoda sig‘magan g‘ayratingga ont ichamanki,
Turoning eski sharaf va ulug‘ligini qaytarmasdan burun oyoqdan
turmasman
». Shoir ont ichishga asos qilib olgan g‘ayratni siz qan
-
day tushunasiz?
«Turon», «Turkiston», «turk», «turklik» tushunchalari haqida
mulohaza yuriting. Ularni qanday tushunasiz?
Asarda yigitning xayolini o‘g‘irlagan sohibjamol Xotun,
Sizningcha, kimning timsoli?
«
Bir Xotunki, egnida ipakli, lekin yirtiq va eski bir ko‘ylakdan
boshqa bir kiyim yo‘q
» tarzida tasvirga e’tibor qiling. Nega Xotun-
ning kiyimi ipakli-yu, yirtiq?
«
Yonimda, ko‘zimda, miyamda, yuragimda nima axtarasan,
nechuk ketmaysan? Qayg‘u tutunlari ichra yog‘dusiz qolg‘an
ko‘zlaring nechuk yosh yomg‘urlari to‘kadur
?» shaklidagi muro
-
jaatga asoslanib ayolning ko‘zlari nega yog‘dusizligi, nima uchun
yig‘layotgani haqida o‘ylab ko‘ring.
«
Bildim… Bildim… Angladim! Sen mening Vatanimsan,
Vatanimning mungli xayolisan
» tarzidagi kashfiyot nimaga asos-
langan? Asar qahramonini bezovta qilgan ayol – Vatan ekanligiga
siz ham ishondingizmi?
«
Ey, muqaddas Turonimning xayoli, ketmay tur, ayrilma.
Yonimda, ko‘zlarimda, yuragimda, vijdonimda qol, ketma. Yurtim,
Turonim, sendan ayrilmoq, mening o‘limim
» xitobining mazmuni-
ni chaqishga urinib ko‘ring.
Muallif tilidan aytilgan: «
Sening uchun o‘lmoq – mening
tirikligimdur
» shaklidagi xitobning ma’nosini anglating. O‘lim
qan day qilib tiriklik bo‘lishi mumkin?
Mana shu kabi savol-topshiriqlar o‘quvchilarni ruhiy loqayd-
likdan chiqaradi, ularning har birini o‘zicha o‘ylashga, o‘z muno
-
108
109
sabatini bildirishga majbur qiladi. Yana shu narsa haqiqatki, bu
savol-topshiriqlarning hammasiga sinfdagi barcha o‘quvchi javob
berishi shart emas. Aqli yetgan, fikri bor bolalar javob beraveradi
-
lar, qolganlar ular haqida mulohaza yuritadilar, javob berolmagan
taqdirda ham, fikriy loqaydlikdan chiqadilarki, adabiy ta’lim uchun
bu katta hodisadir.
Do'stlaringiz bilan baham: