103
Bugungi adabiy ta’limda o‘quvchi ma’naviy
kamolotini
ta’minlash maqsadida mustaqil fikrlash va erkin faoliyatga undash
yetakchilik qilayotgan ekan, induktiv metodning birinchi varianti
yetarli samara bermaydi. Ikkinchi variant, ya’ni o‘qituvchining
xususiy jihatlardan umumiy holatlarga yetaklovchi, umumiy
xulosalarga olib keluvchi muammoli masalalarni qo‘yishi va
o‘quvchilarning haqiqatlar ustida mustaqil ravishda mulohaza
yuritib,
xulosalar chiqarib, umumlashmalar qilishi – ko‘proq sa
-
mara beradi.
Induktiv metodning zaif tomonlari shundan iboratki, unda
yangi mavzuni o‘zlashtirishda ko‘proq vaqt talab qilinadi. Bu
metod o‘quvchining mavhum tafakkurini o‘stirishga xizmat qiladi.
Maktab adabiy ta’limida o‘quvchi ma’naviyatini sog‘lomlashtirish
yo‘lida quyi sinflarda induktiv metodidan foydalanib, sinflar yuqo
-
rilab borgani sari asta-sekinlik bilan deduktivga o‘tish o‘rinliroq
bo‘ladi. Chunki quyi sinflarda narsa, hodisa va bilimlarning ko‘proq
xususiy tomonlari o‘rganiladi.
Masalan, boshlang‘ich sinflarning «O‘qish kitobi» darsliklari
ham adabiy ta’lim asosini tashkil etgani holda ularda tavsiya etil-
gan «Uy hayvonlari», «Qushlar», «Baliqlar» singari mavzularni
induktiv metoddan foydalangan holda o‘tish mumkin. Masalan,
uy hayvonlari bilan o‘quvchilarni tanishtirish uchun ularga tay-
yor ma’lumotlar berilmay, mavzu va manbalar uy vazifasi sifatida
topshiriladi. Darsda darstaxtaga ko‘plab uy hayvonlarining rasmi
qo‘yiladi. So‘ng o‘quvchilardan ular to‘plagan
bilimlar asosida
hayvonlarning har biriga xos individual xususiyatlar so‘raladi. «Ot-
ning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?» savoli bolalardan
ot haqida bilganlarini aytishni talab qiladi. Ma’lumki, biya suti-
dan qimiz olinadi, tuyog‘iga taqa qoqiladi, uning go‘shtidan qazi
qilinadi, ot kishnaydi, otdan sportda, uloqda,
urushlarda foydalani-
ladi va hk. «Eshakning faqat o‘ziga xos xususiyatlaridan nimalarni
bilasiz?» savoli o‘quvchini eshakni tasavvur qilishga, u haqida
o‘qiganlarini aytishga yo‘naltiradi. Boshqa barcha uy hayvonlari-
ning shunday individual xususiyatlari o‘quvchilar tomonidan to‘liq
ochib bo‘lingach, ularning barchasi uchun umumiy bo‘lgan jihatlar
haqida so‘raladi.
O‘quvchilar uy hayvonlarining hammasi odam uchun xizmat
qilishini, hammasi tirik tug‘ishi, hammasi odamlar tomonidan bo-
104
105
qilishi, hammasi o‘t-yem bilan oziqlanishi, hammasining oyog‘i
to‘rttaligi, hammasining tuyog‘i borligi va hk.larni bilganlaricha
sanaydilar. Bu jarayonda bilim bilan
xotira birgalikda faoliyat
ko‘rsatadi. O‘quvchilar bilimlarni o‘qituvchidan tayyor holda ol
-
may, o‘zlari bilganlarini namoyish etadilar.
Ta’limning deduktiv metodini qo‘llaganda, umuman,
o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyati quyidagi tarzda bo‘ladi:
o‘qituvchi avval qoida yoki qonunning umumiy jihatini so‘raydi,
asta-sekinlik bilan uning xususiy tomonlariga o‘tadi, so‘ng birgalik-
da ma’lum masalani yechishga kirishiladi. O‘quvchilar o‘qituvchi
rahbarligida avval umumiy holatni o‘zlashtiradilar, so‘ng ulardan
kelib chiqadigan xususiy jihatlarni o‘rganadilar.
O‘qituvchi adabiy ta’lim maqsadidan kelib chiqib deduk
-
tiv metodni qo‘llaganda umumiy holatlardan xususiy jihatlarga
o‘tadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga yo‘nalish berishi, yo‘l-yo‘riqlarni
taqdim etishi adabiy ta’lim maqsadiga ko‘proq muvofiq keladi.
Ko‘rsatilgan yo‘ldan o‘quvchilarning o‘zlari
umumiylikdan xu
-
susiy jihatlarni ajratishi, ularni farqlashi, asoslashi va xulosalar
chiqarishi lozim bo‘ladi.
Deduktiv metod o‘quv materialini nisbatan tez o‘tish imko-
nini beradi. O‘quvchini tez fikrlashga o‘rgatadi. Adabiy ta’lim ja
-
rayonida sharoitdan kelib chiqib, induktiv va deduktiv metodlarni
birgalikda qo‘llash ham katta samara beradi. Bir darsning o‘zida
bir masala yuzasidan avval xususiyni aniqlab, undan umumiyga
o‘tish va ikkinchi bir muammo bo‘yicha avval umumiyni ajratib,
so‘ng xususiyga, mayda tafsillarga o‘tish jarayoni ham o‘quvchilar
tasavvuri tiniqlashuvi, xulosalari qat’iylashuviga ko‘mak beradi.
Bugun milliy pedagogikada keng qo‘llanilayotgan
metodlar
o‘quvchi-o‘qituvchidan ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay,
qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarda tut
-
moqda. Qisqa vaqt mobaynida zarur nazariy bilimlarni o‘quvchiga
yetkazish, unda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma, malaka hosil
qilish, shu bilan birga bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qi-
lish hamda baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni ta
-
lab qiladi. Bugun qator rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanilayotgan
«Fikriy hujum», «6x6x6», «Klaster», «Qarorlar shajarasi» singari
metodlarning ayrimlaridan adabiy ta’lim jarayonidagi badiiy asar
tahlilida ham foydalanish mumkin.
Aslini olganda, bu metodlar ning
105
ta’limdagi mantiqiy metodlardan farqi uncha katta emas
. Ularning
barchasi zamirida muammoli metodning unsurlari mavjud.
Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: