110
111
tadqiqot tarzida ishlangan
42
. O‘rganilgan asarlar yuzasidan ssenariy
tuzish ham o‘ziga xos ijod mahsuli. Bu jarayonda o‘quvchilar
mustaqil fikrlab, ijod qiladilar. Adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchi
ma’naviyatini sog‘lomlashtirishning asosi bo‘lgan mustaqil fikr
-
lashga o‘rgatishda ssenariyli o‘qitishdan ham foydalanish mumkin.
Masalan, «Mazkur vaziyatdagi Anvar bilan Ra’no faoliyati
bo‘yicha ssenariy yozing» topshirig‘i o‘quvchilar Abdulla Qodiriy-
ning «Mehrobdan chayon» romanidan
olingan parchalar bilan
tanishib bo‘lganlaridan so‘ng asar matni tahliliga bag‘ishlangan
darslarda berilishi mumkin. Avval ssenariy va uning yaratilishi
haqida o‘quvchilarga maxsus bilim beriladi. Bir qator badiiy asarlar
va ularni sahnalashtirish uchun yozilgan ssenariylar matni, ularnig
tuzilishi, asardagi ssenariy uchun muhim jihatlarning ajratilishi bi
-
lan bog‘liq ma’lumotlar bilan tanishtiriladi. Bundan tashqari, sahna
asari ssenariysini tayyorlash uchun o‘quvchilarga yo‘nalish beruv
-
chi: «Ularning xatti-harakatlari ma’nosini oching. Qahramonlarn
-
ing so‘zlari ortidagi fikr va tuyg‘ularini harakatlarga ko‘chiring»,
«Qahramonlarning o‘zini tutishi bilan tabiat hodisalarini mutano-
siblashtiring», «Keyingi sahifalarni o‘qimasdan burun Ra’noning
hayotida shunday burilishlar bo‘lishini tasavvur qilganmidingiz?»
yoki «Anvarda bugungi kitobxon uchun yot bo‘lgan qanday sifatlar
bor? Bugungi kunda qahramonga xos qaysi sifatlar o‘z qimmatini
yo‘qotmagan?», «Spektakl-lavha qahramonlarini munosib kiyintir
-
ing», «Bu qahramonlarning har biri sizda qanday tuyg‘u va fikrlar
uyg‘otadi?» singari savol va topshiriqlar qo‘yilishi maqsadga mu
-
vofiqdir.
Yoki «Alpomish» dostonidagi (aniq bir) epizod asnosida
ssenariy yozing» topshirig‘i uchun «Siz nima deysiz, mana shu
sahna qanchalik tabiiy? Mazkur hodisalar tasviri Alpomishning
holatini ifodalashda qanday o‘rin tutadi? Bular asarda bo‘lmasligi
mumkinmidi?», «Alpomishning so‘zlari ortida qanday tuyg‘ular
bor? Uning ruhiy holati qanday?» va hk. savol,
topshiriqlar
o‘quvchini, shubhasiz, mulohaza yuritishga, qahramonning o‘ylari,
tuyg‘ulari, haraktlarini kuzatishga, ularni ajratishga yo‘naltiradi.
Sahnada namoyish etilishi lozim bo‘lgan muhimlarni nomuhimdan
42
Yaminova S. O‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishda
ssenariyli o‘qitish usulidan foydalanish. Ped. fan. nomzodi …diss. – T.: 1997; – 168
b.
111
farqlashga, bu boradagi qarashlarini asoslashga, fikr
larini isbot-
lashga va himoya qilishga odatlantiradi.
Badiiy asarlarni har xil metodlar ko‘magida o‘quv tahli-
liga tortishda, ular bilan ishlashda o‘quvchilarning tasavvurlarini
uyg‘otadigan, mantiqiy mulohaza yuritishga undaydigan, faqat o‘z
fikri va xulosasini aytishda qo‘l keladigan savol-topshiriqlar yetak
-
chilik qiladi. Ular shaklan ssenariy tuzishga yo‘naltirilgan tarzda
bo‘ladimi, muammo ko‘rinishida bo‘ladimi, birgalikda ishlashga
undovchi vazifalar bo‘ladimi, yakka
ishlash tartibiga qaratilgan
-
mi ekanidan qat’i nazar, barchasi zamirida o‘quvchining ma’nan
sog‘lomlashuvi, ruhiy erkinligi, fikr mustaqilligini ta’minlash yota
-
di.
Kitobxonda tuyg‘ularning junbushga kelishi aqlning jim turi-
shi degani emas. O‘qituvchi o‘quvchining tafakkuri faoliyatsizli
-
giga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Tahlil qilmay, mohiyatiga kirmay,
o‘ylamay badiiy asarni o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Aynan shunday
vaziyatda, aql va tuyg‘ular hamkorligida bola tafakkurining mus-
taqilligi yuzaga keladi. Mustaqil fikr bilan ayni zamonda, mantiqiy
va obrazli tafakkur ham rivojlanadi. Ta’limning mantiqiy metodlari
ham, interfaol metodlari ham o‘quvchilar mustaqil fikrini o‘stirish,
shu asnoda ma’naviy komillik yo‘lini
tutishi maqsadiga xizmat
qiladi.
Maktab amaliyotida usul, ko‘pincha, metod bilan bir narsa yoki
metodning bir qismi deb qaraladi. Aslida usullar metodlarni yuzaga
keltiruvchi, uni tashkil qiluvchi unsurlardir. Masalan, ta’limning
muammoli metodi muammoli vaziyat yaratish, o‘quv farazlarini
shakllantirish, ularni isbotlash singari usullarni o‘z ichiga ola
-
di. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘naltiruvchi muammoli,
suhbat,
evristik, tadqiqot, taqqoslash, induktiv, deduktiv singari
ta’limning mantiqiy metodlarida ham o‘rganilayotgan o‘quv ma-
terialidan muhimni ajratish, o‘rganilayotgan hodisaning umumiy
yoki xususiy jihatlarini topib tasnif qilish, tizimga solish, aniqliklar
kiritish, isbotlash singari usullardan foydalaniladi.
Muhimni ajratish usuli qo‘llanilganda o‘zlashtiriladigan ax-
borotni mantiqiy bo‘laklarga bo‘lish,
ularni taqqoslash, materi-
alni saralash, tayanch so‘z va tushunchalarni topish, asosiy fikrni
aniqlash, o‘quv materialini guruhlarga ajratish, asosiy fikr haqida
xulosa berish singari ishlar ham mazkur metodlarning usullari hi-
soblanadi va hk.
112
113
Badiiy tahlilni ongli ravishda amalga oshirishda timsollardagi
muhim jihatlarni ajratishda matnni qismlarga bo‘lish yoki undagi
muhim tizimli belgilarni topish, sintez aloqalarni anglash va tu-
shuntirib berish ishlari ham samarali usullardir. Aniqlik kiritish
usuliga umumnazariy fikrdan xususiysiga o‘tish, uni qo‘llash yoki
mavhumlikdan aniqlikka, ko‘p shakllilikka o‘tish ishlari kiradi.
Isbotlash usuliga
esa tezislarni aniqlab olish, isbotlashning
yo‘llarini belgilash, zarur dalillarni to‘plash, xulosalarni bir tizimga
solish, sababiy aloqalarni aniqlash ishlari kiradi. Dars jarayonida
ta’lim usullari qo‘llanilganda o‘quvchilar tomonidan bajariladigan
ishlarning ma’lum qismi takrorlanadi. Bu hol bilimlarning mustah-
kam o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
Qarashlarni umumlahtirib shuni
aytish mumkinki, adabiy
ta’lim jarayonini qiziqarli va o‘quvchilarga yoqimli tashkil etish
uchun an’anaviy o‘qitish usullari bilan birga turfa metod va usul
-
lardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: